Vatan va Vatanparvarlik haqida maqollar to‘plami

Vatan hamda vatanparvarlik haqida eng sara maqollar to’plami. «Vatanni sevish — vatanparvarlik haqida kuylashing emas. Vatanni sevish — vatanparvarlik haqida lof urishing ham emas. Vatanni sevish — mashinang oynasidan tashqariga axlat uloqtirmasliging xolos» (Mubashshir Ahmad).

Vatan haqida maqollar

Eling-yurting bo‘lmasa,
oying-kuning bo‘lmasin.

Ko‘rpang qaerda bo‘lsa,
ko‘ngling shu yerda.

Er bolasi — el bolasi.

Har elning — o‘z irimi.

Elning baxti — erning baxti.

O‘pkadan urgan yel yomon,
elidan ayrilgan er yomon.

Manmanlik va kamtarlik haqida maqollar

Qush butaga sig‘inar,
odam — Vatanga.

Elga qo‘shilsang, er bo‘lasan,
eldan ajralsang, yer bo‘lasan.

Eling senga cho‘zsa qo‘l,
unga doim sodiq bo‘l.

Vatanga falokat — o‘zingga halokat

Erning ishi — elning bo‘ynida,
elning ishi — erning bo‘ynida.

Har gulning o‘z isi bor,
har elning o‘z tusi bor.

Vatanga falokat o’zingga halokat

Er yigit o‘zi uchun tug‘ilar,
eli uchun o‘lar.

Elga xizmat — oliy himmat.

Yoringni gul orasidan izla,
erkingni — el orasidan.

Vatanga kelgan — imonga kelar.

El — kunim bo‘lmasa,
oy — kunim tug‘masin.

El — qo‘ngan yerda,
ot — to‘ygan yerda.

Suvni bersang elga,
yasharsan ming yilga.

Bulbulga bog‘ yaxshi,
kaklikka tog‘.

Vatansiz inson – kuysiz bulbul.

Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o‘lar

O‘z uyim – o‘lan to‘shagim.

Har ko‘katning o‘z suygan tuprog‘i bor.

Vatandan yiroqlashgan nomusdan o’lar

O‘zbek iskab bo‘lsa ham,
elini topar.

Eliga vafo qilgan,
yoviga jafo qilar.

Elning egasi bo‘l,
tobutning chegasi bo‘l.

Elga qo‘shilganning ko‘ngli to‘q,
eldan ajralganning beti yo‘q.

Til haqida maqollar to‘plami

Ona yerning tuprog‘i — ona sutidan aziz.

Yurtda odam bo‘lmasa,
to‘ng‘iz tepaga chiqar.

Elli yer — bozor,
elsiz yer — mozor.

Yoridan ayrilgan yetti yil yig‘lar,
yurtidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.

Qush ham ketsa keladi,
o‘z elini sevadi.

El g‘amini bilgan elda doston.

Vatani borning baxti bor, mehnati borning taxti

Betkay ketar, bel qolar,
beklar ketar, el qolar.

Eringdan bezsang ham,
elingdan bezma.

Vatani borning baxti bor

Elda bori — senda bori.

Ona yurting omon bo‘lsa,
rangi ro‘ying somon bo‘lmas.

Kishi yurtida sulton bo‘lguncha,
o‘z yurtingda ulton bo‘l.

El qo‘ngan yerni bilar,
ot to‘ygan yerda tinar.

Kishi yerida sulton bo‘lguncha,
o‘z elingda cho‘pon bo‘l.

Vatanni sotgan er bo‘lmas.

Yurtni dedim,
yuzga kirdim.

Elning ichi — oltin beshik.

Erning moli — elning moli.

Ahillik va birdamlik haqida maqollar

Vatan uchun o‘lmoq ham sharaf

El boshiga kun tushsa,
el yaratgan er kelar.

Er davlati — elida.

Vatan uchun o’lmoq ham sharaf

O‘zga yurtning qozisi bo‘lgandan,
o‘z elingning tozisi bo‘l.

O‘zga yurtning gulidan,
o‘z yurtingning cho‘li yaxshi.

El kuyunganda kuyungan — botir,
el suyunganda suyungan — botir.

Vatangado bo‘lguncha,
kafangado bo‘l.

El boshiga tushgani — Er boshiga tushgani.

Yaxshi yigit yurt tuzar,
yomon yigit yurt buzar.

Baliq suv bilan tirik,
odam – el bilan.

Birovning yurtida bek bo‘lguncha,
o‘zingning yurtingda it bo‘l.

Tovushqonga tug‘ilgan tepasi aziz.

El ishini er qilur,
er qadrini el bilur.

To‘ygan yerdan tuqqan yer yaxshi.

Har gul o‘z butasida aziz.

Tuqqan yerda tug‘ing tik.

Ekin yerida ko‘karar,
er — elida.

El qudrati — chin qudrat,
vatan tuprog‘i — qimmat.

Ona yurting – oltin beshiging

Begona tuproq – devona tuproq.

Ellik yilda el yangi.

Ona yurting oltin beshiging

Yurtim — ko‘ksim,
elim — iligim.

O‘lsang o‘l,
vataningda bo‘l.

Har shaharning havosi boshqa.

Fil tushida Hindistonni ko‘rar.

Sigirning suti — tilida,
erning quti — elida.

Non gadosi bo‘lsang ham,
yurt gadosi bo‘lma.

Qorong‘i qolgan yurtda,
qorashaqshaq podsho bo‘lur.

Ayrilmagin elingdan,
quvvat ketar belingdan.

El egasiz bo‘lmas,
to‘n — yoqasiz.

Yurtdan ketgan, yurtmonda.

Sovuq urgandan qolar,
tuproq surgandan qolmas.

Tug‘ilgan yering — Vataning, Vataning — nomusing

Har kimning o‘z eli — o‘ziga shirin.

Changal ham o‘z joyida gurillar.

Vataning nomusing

O‘z yurtingni qadri,
o‘zga yurtda bilinar.

Qurigan yurtga qul oqsoqol.

Yurtdan ayrilganni yov chopar.

Himmatli er,
o‘z elini der.

Har toycha o‘zi suv ichgan bulog‘ini maqtar.

Vatan qadrini bilmagan o‘z qadrini bilmas.

Eldan ayrilguncha, jondan ayril.

Yurting omon — o‘zing omon.

Elim boshqa degan,
el bo‘lmas.

El bor bo‘lsa, er xor bo‘lmas,
er bor bo‘lsa, el xor bo‘lmas.

Aylanasi ovuli,
to‘garagi to‘rkuni.

O‘zga yurtda shox bo‘lguncha,
o‘z yurtingda gado bo‘l.

Ko‘lning otini balig‘i chiqarar.

Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar

Vatan gadosi — kafan gadosi

Tug‘ilgan yerdan ko‘ngil uzilmas,
yurt qo‘riganning yurti buzilmas.

Yurt qo‘risang, o‘sarsan,
qo‘rimasang, to‘zarsan.

Vatan gadosi kafan gadosi

Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.

Elga qo‘shilgan moy yutar,
eldan ayrilgan qon yutar.

Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.

Ursa ham, el yaxshi,
so‘ksa ham, el yaxshi.

Yurt egasi yo‘lbarsdir,
oldirgani qo‘ymasdir.

O‘tar hasrat, armonda.

Yigit g‘ami elida,
elning g‘ami dilida.

Elga manzur — erga manzur.

Har qush o‘z uyasiga qarab uchar.

O‘zga yurtning boshi bo‘lgancha,
o’z yurtingning toshi bo‘l.

O‘z yurting – o‘lan to‘shaging,
o‘zga yurt bo‘lmas beshiging.

Yurti boyning o‘zi boy.

Dushmanga nafrati bo‘lmaganning,
vatanga muhabbati bo‘lmas.

Yurt boshiga ish tushsa,
er yigit hozir.

Kishi yurtida shoh bo‘lguncha,
o‘z yurtingda gado bo‘l.

Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni

Elning g‘ami — erning g‘ami.

Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.

Odam vatanni sevar

Er yigit elga tortar.

Yurt qo‘ri, eling o‘sar,
qo‘rimasang, uying to‘zar.

El tilagin tilagin,
siniq ko‘nglin siylagin.

Elidan bezgan er o‘ngmas,
ko‘lidan bezgan g‘oz o‘ngmas.

El qurimasa, yer qurimas.

Faqirlik va boylik haqida maqollar

Vataning tinch – sen tinch.

Elning yirtig‘iga yamoq bo‘l,
uzuniga uloq bo‘l.

Kiymoqqa katan yaxshi,
turmoqqa vatan yaxshi.

Badqavm bo‘lsang bo‘l,
beqavm bo‘lma.

  1. Fazilat:

    Maqollar yaxshi,ammo juda kam. Ko’proq havola qilsangiz maqsadga muvofiq bo’lar edi. Maslahatimni o’rinli deb bilsangiz maqollarni ma’nosi bilan taqdim etsangiz ajoyib ish bo’lar edi.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m Fazilat. Maqollarni ko’proq yuklashga imkon darajasida harakat qilamiz. Maqollar manosiga kelsak, bu juda yaxshi fikr. Qimmatli fikringiz uchun tashakkur.

  2. Foydalanuvchi:

    Raxmat sizga endi maktabda ko’p besh olaman Hudo hohlasa

  3. Fotima:

    Vatanparvarlik va vatan haqidagi ushbu maqollar juda ham zoʻr ekan.

  4. Durdona:

    Vatan haqidagi ushbu maqollar zo’r, ishlaringizga omad ♥

  5. Bekzod:

    Zo‘r kam bo’lsada, vatan haqida ko’paytirish lozim, vatanparvarlik kerak o‘g‘il bolalarga bu narsa kamayib boryapdi.

  6. Farangizoy:

    Assalomu alayko’m. Menga yoqdi, judaham zo’r, yanayam ko’paytiringlar, yurt emas vatan haqda bo’lsin.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *