Halollik va Tekinxo‘rlik haqida maqollar to‘plami
Halollik, poklik hamda tekinxo‘rlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Halollik sizga ko‘p do‘stlar keltirmaydi, lekin paydo bo‘ladiganlar haqiqiy bo‘ladi» (Jon Lennon).
Tekinxo‘rga teng kelma, qopadi,
o‘z aybini tekin pulga yopadi.
Shirafurushning shirasi bor,
ortish-tortish kirasi bor.
Xalq molini yegan halqumidan ilinar.
Og‘zingdan chiqqan tupruk,
Yerga tushsa, makruh.
Pora do‘zax eshigini ochar,
o‘zini bilgan undan qochar.
Mehnatsevarlik va dangasalik haqida maqollar
Poraxo‘r boyimas,
o‘g‘ri koyinmas.
Tekin yegan — ko‘zga tikan.
O‘zi o‘lgan qo‘y qurbonlikka kirmas.
Tekin tomoq tish sindirar.
Tekin topgan mol yomon,
Oxiri qo‘ymas omon.
Halol mehnat yerda qolmas
Tekin go‘shtning suyagi burun yirtar.
Dili pokning yo‘li — pok.
Harakating erta bo‘lsa,
kuzda erta o‘rasan.
Haromdan kelgan haromga ketar.
Tomog‘ining yo‘li toza,
ishi bo‘lar pokiza.
Manglay tering bilan topilgan mol,
Taningga halol.
Yulg‘ich yuladi,
Yulib olgach, ko‘madi.
Yerga boqqan ish qilmas,
ish qilsa ham, tinch qilmas.
Tekin yema, teshadi,
sim bo‘lsang ham, eshadi.
Tekin tomoq odamning tuzog‘i,
Yedirib aytadi: Ammamning buzog‘i.
Oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ich
Tekin bo‘lsa, mix yut.
Eshak Makkaga borib halol bo‘lmas.
Tekinxo‘r soyasidan qo‘rqar.
Bir dehqon omoch bilan,
Yettovlon cho‘mich bilan.
Bersang — yeydi, ursang — o‘ladi.
Poraxo‘r — tekinxo‘r.
Pora kanda bo‘lmasa,
Parokanda bo‘lasan.
Poraxo‘rning tavbasidan qo‘rq,
Mug‘ombirning — yig‘isidan.
Poraxo‘r — haromxo‘r.
Tekinxo‘r boyimaydi,
boyisa ham yuqmaydi.
Ahillik va birlik haqida maqollar
Halol molning qulfi o‘zida bo‘lar
Haromzodaning quyrug‘i — bir tutam.
Haromdan ming tanga,
haloldan bir tanga.
Tikanning zahri yomon,
Tekinxo‘rning qahri yomon.
Tekin to‘n qimmatga tushar.
Ekkanda yo‘q,
Tikkanda yo‘q,
Xirmonda hozir.
Tekinxo‘r qopib yeydi,
Mehnatkash topib yeydi.
Birovning qo‘li bilan tikan yulish oson.
Poraxo‘r besh qo‘lini og‘ziga tiqar.
Eshakning go‘shti harom,
Mehnati — halol.
Eldan osh yesang, elga osh ber.
Halol ishla, halol tishla
Kambag‘alning puli — peshona ter.
Tekindan tomoq bo‘lsa,
qirq kun yotmoq kerak.
Tekinxo‘r — suvsiz ariq.
Haromzoda bug‘doy ko‘rsatib, arpa sotar.
Oqar suvning haromi yo‘q.
Tekin tomoq totlik kelar.
Ishlagan er, tishlab yer.
Ko‘ngil tortgan osh — halol.
Yulg‘ich yulib to‘ymaydi,
Qirg‘ich qirib qo‘ymaydi.
Kim ishlaydi, kim tishlaydi.
Harom haromni chaqirar
Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r.
Davlatning illati bor.
Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar
Tekin yeguncha, ekib ye.
Pora yegan pona yer.
Og‘iz yesa, ko‘z uyalar.
Sharob tekin bo‘lsa, hamma ichar,
Tekinxo‘r vijdonidan kechar.
Dili pokning ishi — pok.
Yulg‘ich borning molin yulqar,
Yo‘qning nomin bulg‘ar.
Halol pishib chiqar,
harom teshib chiqar.
Tekin tomoqning tikanagi tiqilar.
Harom ish tez qaritar
Uzum tilaganga uzib-uzib ber,
qovun tilaganga — qon yalatib.
Mehnatingni halol qilsang,
huzurini ko‘rasan.
Ishlab topganning oshi — lazzatli.
Tekinxo‘rga shafqat yo‘q.
Kishining zari kishini buzar,
Zami ko‘rgan zanjirini uzar.
Halol ish — lazzatli yemish
Poraxo‘rning ko‘zi beshta,
qo‘li — to‘rtta.
Yulg‘ich yulib to‘ymas.
Halol mehnat — mo‘l daromad.
Haromzoda suvdan holva pishirar.
Manmanlik va kamtarlik haqida maqollar
Harom yegin to‘yguncha,
Kaltak yegin o‘lguncha.
Tekin tomoqning ta’mi boshqa,
Yeganlarning boshi qashqa.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Mehnatsevarlik va Ishyoqmaslik haqida maqollar to‘plami
- Ahillik va Birlik haqida maqollar to‘plami
- Manmanlik va Kamtarlik haqida maqollar to‘plami
- Vatan va Vatanparvarlik haqida maqollar to‘plami
- Til va uning ofati haqida maqollar to‘plami
- Amaldorlar va Din vakillari haqida maqollar to‘plami
- Faqirlik va Boylik haqida maqollar to‘plami
- Yil fasllari va Tabiat hodisalari haqida maqollar to‘plami
- Hayvonlar va Qushlar haqida maqollar to‘plami
- Yo‘l va Yo‘ldosh haqida maqollar to‘plami
Juda ajoyib sayt ekan. ishlaringizga omad.
Rahmat.
Maqollar toplami menga juda yoqdi.
Assalom alayko‘m! fikringizdan mamnunmiz.
Maqollar juda qiziqarli ekan .
Ulardan xulosa qilish kerak .
Assalom alayko‘m Zarina. O‘z fikringizni bildirganingiz uchun minnatdormiz. Albatta hulosa qilishimiz kerak. Sizni yana saytimizda kutib qolamiz.
Maqollar juda ham yaxshi ekan
Sayt juda ham yaxshi ekan menga yoqdi maqollar ham ishingizga omad
Assalom alayko‘m Rano. Iliq fikringiz uchun minnatdormiz. Sizni kelgusida saytimizda yana kutib qolamiz.
Bu yerda eng kerakli maqollar jamlangan ekan
Assalom alayko‘m Charos. Ha yaqin orada yana 50 dan ortiq mavzularda maqollar to‘plamini kiritmoqchimiz.
Bu maqollarning hammasi halollik haqidami? Juda ajoyib sayt ekan. Menga yoqdi.
Fayoza assalomu alayko’m. Ha ushbu maqollarning barchasi halollik haqida. FIkringiz uchun tashakkur.
Assalomu alayko’m, maqollariz juda foydali, bizga juda yoqti, ishizga omad 👍