Farovonlik va Yetishmovchilik haqida maqollar to‘plami

Farovonlik va yetishmovchilik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Baxt yaxshi kayfiyat, farovonlik, uyg‘unlik, mutanosiblik va vazminlikdir» (Demokrit).

Farovonlik va yetishmovchilik haqida maqollar

Och otasini bilmas,
To‘q to‘g‘ralgan etni yemas.

Akangda bo‘lsa, so‘raysan,
Uyingda bo‘lsa, yalaysan.

Egachili qizga to‘y qayda,
Echkili qo‘yga suv qayda.

Loydan holva ajratib bo‘lmas.

Har supraning noni boshqa.

Egachim erga tegdi,
Eskisi menga tegdi.

Bor o‘xshatar,
Yo‘q qaqshatar.

Imkon va Imkonsizlik haqida maqollar

El to‘q — sen to‘q.

Och urishqoq kelar.

Ot topilguncha oyoq ham ulov.

Haromdan — kuchugi.

Oti bor — botir,
Oti yo‘q — yotir.

Ignaning chizig‘i bor,
Ipning — uzugi.

Osmon — yiroq, yer — qattiq.

Qarz etma birovdan,
Qutilmaysan ingrovdan.

Eldan tomgani — yomg‘ir yoqqani.

Yog‘ ye, yalang‘och yot.

Bir tariqdan bo‘tqa bo‘lmas

Yo‘g‘on cho‘zilar,
Ingichka uzilar.

Buxoroda moli borning ko‘ngli to‘q.

Bir tariqdan bo‘tqa bo‘lmas

Qo‘rada ko‘rsam, ko‘nglim to‘q.

Otliqqa yayov yetolmas,
Ikkovga birov botolmas.

Ot topguncha eshak min.

Bor qarindosh — qarindosh,
Yo‘q qarindosh — ziyondosh.

Umrim umr bo‘ldi,
Soqolim ko‘mir bo‘ldi.

Haloldan tovug‘i yo‘q,

Birdan ikki yaxshi,
Ikkidan uch yaxshi.

To‘kinning do‘ppisi kam.

Bir qishga quyon chorig‘i ham chidar.

Bor — so‘yilar,
Yo‘q — o‘yilar.

Qanotsiz qush uchmas,
Suvsiz tegirmon yurmas.

Urug‘ingda bo‘lsa, urpog‘ingga tatir.

Har idish o‘z ichidagini to‘kar.

Erda bo‘lsa, yo‘rg‘alaydi xotin,
Erda bo‘lmasa, nima qiladi xotin.

Botqoqning kengligi qurbaqaga yaxshi.

Oqlik bo‘lsa, ochlik yo‘q.

Et ko‘rmaganga o‘pka tansiq.

Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv.

Borlik yarashtirar, yo‘qlik qarashtirar

Arpa yegan ot o‘ynar,
Makka yegan tot o‘ynar.

Qoqqani qozig‘i yo‘q,
Egani — ozig‘i.

Borlik yarashtirar, yo‘qlik qarashtirar

Igna o‘tgan joydan ip ham o‘tar.

Oldingda yetakching bo‘lsin,
Orqangda — tayanching.

Unida bo‘lsa, urvog‘iga tatir.

Yo‘qni yo‘ndirib bo‘lmas,
Qushni — qo‘ndirib.

Senda bo‘lsa, elga o‘tar,
Elda bo‘lsa — senga.

O‘zbekka osh yaxshi,
Qozoqqa — go‘sht.

Oyog‘i katta topganini kiyar,
Oyog‘i kichik — istaganini.

Zo‘rayganga xudo berar,
So‘m temirga — bolg‘a.

Tilanganning to‘rvasi to‘lmas.

Xolamning oshini shirin qilgan
Pochchamning go‘shti.

Fursat qadri va vaqt haqida maqollar

Qora qozon qaynab tursa,
Qizilo‘ngach kuyib qolmas.

Qo‘y bo‘lmasa, qiy bo‘lmas.

Moy aynisa, tuz solar,
Tuz aynisa, ne solar.

Yo‘qchilik mard qo‘lini bog‘lar.

Maqtanishga musofirchilik yaxshi.

Bermasa ham boy yaxshi,
Emasang ham moy yaxshi.

Ot bitdi — qanot bitdi.

Bo‘ri bo‘lsin, to‘q bo‘lsin

O‘qariqda suv semiz.

Igna o‘z teshigini tikolmas.

Bo‘ri bo‘lsin, to‘q bo‘lsin

Uydagilar ozmidi,
Ozmon eshikdan keldi.

Ovchiga go‘sht qahat emas,
O‘g‘riga — mol.

Olma tagidan yiroqqa tushmas.

Kichik kalit katta uyni ochar.

Don to‘kis — chorva to‘kis,
Chorva to‘kis — el-yurt to‘kis.

Yig‘lamoqni mozor boshida ko‘r.

Ignaning ishini nayza qilolmas.

Boy bo‘lib boltasi yo‘q,
Gadoy bo‘lib — xaltasi.

Hamyonga boq, nog‘ora qoq.

Borning bor degani — botmon.

It ham o‘z ko‘chasida o‘zini sher bilar.

Borning olasi ko‘p,
Yo‘qning — berasi.

Og‘riq joyini topsa,
Olti oy qishlar.

Yo‘g‘onni yo‘nib ye,
Ingichkani cho‘zib ye.

Gapning kaltasi,
Arqonning uzuni yaxshi.

Qorni to‘qning qayg‘usi yo‘q.

O‘zingda bo‘lsa, oshaysan,
Qo‘shningda bo‘lsa, tilaysan.

O‘zingda bo‘lsa, kunda yersan,
Kishida bo‘lsa — bir kunda.

O‘tning quyug‘i suvning tinig‘i

Ariq to‘ymasa, baliq to‘ymas.

Bor — baqirar,
Yo‘q — chaqirar.

O‘tning quyug‘i suvning tinig‘i

Har to‘kisda — bir ayb.

Gado to‘ydi — qayqaydi.

Qozonda bo‘lsa, cho‘michga chiqar.

Bor maqtansa, yarashar,
Yo‘q maqtansa, adashar.

Oz yirtiqqa yamoq bo‘lmas,
Teshikka — tiqin.

Balig‘i yo‘q ko‘li qursin,
Kiyigi yo‘q cho‘li qursin.

Er to‘ygani — el to‘ygani.

To‘q yomon emas, yo‘q yomon.

Igna bilan quduq qazib bo‘lmas.

Sho‘rvaning beti — oshning keti.

Bor belgisi osh bilan.

Ot bo‘lmasang, nima qilasan kishnab,
Eshak bo‘lmasang, nima qilasan hangrab.

Ko‘zing borida ko‘rib qol,
Oyog‘ing borida yurib qol.

Oti borning qanoti bor,
Moli borning — baxti.

Mollining moli o‘lar,
Molsizning nesi o‘lar.

Bor bolasiga yetti osh berar.

Bozorda birov baxtini sotar,
Birov — raxtini.

Qo‘ldan berganga qush to‘ymas

Tadbir va taqdir haqida maqollar

Borning bolasi mol deb turar,
Yo‘qning bolasi — non.

Qui ering bo‘lsin,
Quymoq — yemishing.

Qo‘ldan berganga qush to‘ymas

Ko‘rpangga qarab oyoq uzat.

Et bo‘lmasa — sho‘rva.

Musofirga qiz berma,
Shahri — ikki,
ko‘ngli — ikki.

Bor — bilimtoy,
Yo‘q — horimtoy.

Ozgan ot arg‘umoq bo‘lmas.

Bor bor, desa — topilar,
Yo‘q bor, desa — chopilar.

Oqlik bor joyda og‘riq bo‘lmas.

Og‘riq ko‘paysa, emchi ko‘payar.

Ot bo‘lsa, maydon topilar,
Ot bo‘lmasa, maydon chopilar.

O‘zingda yo‘q — olamda yo‘q.

Yalang‘och yetolgan kun esdan chiqar,
Och to‘ygan kun esdan chiqar.

Ot — sag‘ridan, qo‘y — bag‘ridan.

Yo‘qqa yugruk yetolmas.

Borlik yumush keltirar,
Yo‘qlik — urush.

Har supradan bir kulcha.

Bor yarashtiradi,
Yo‘q talashtiradi.

Uyga uy bo‘yi uysang ham oz.

Yo‘qchilik toshdan qattiq, go‘ngdan sassiq

Tushlik umring bo‘lsa, choshlik harakat qil.

Borning boshi og‘rir,
Yo‘qning — qorni.

Yo‘qchilik toshdan qattiq

Iyirli yerda ot o‘lmas.

Faqir bo‘lsang, baxmal kiy.

Mushukka qanot bitsa,
Sichqon zoti quriydi.

Qui bo‘lsin, qulochi yog‘lik bo‘lsin.

Uydagilar yetmas edi,
Tuynukdan tushdi kar balo.

Sigir yo‘g‘ida echki ham sigir.

Dunyoning ishi — miri kam ikki.

Temirchidan ko‘mir so‘rama.

O‘n oylik o‘zdirar,
To‘qqiz oylik to‘ydirar.

Mas’uliyat va mas’uliyatsizlik haqida maqollar

Uying kapa bo‘lsin,
Noning katta bo‘lsin.

El ulog‘i — ellik.

Mushuk yo‘g‘ida sichqon tepaga chiqar.

Hamma choy — bir yoq,
Shamma choy — bir yoq.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *