Vaqt va Fursat qadri haqida maqollar to‘plami
Fursat va vaqt qadri haqida eng sara maqollar to‘plami. Qadimda bir donishmand aytgan ekan: «Men vaqtning nima ekanini bilaman. Ammo «Vaqt nima?» deb so‘rasalar, aytolmayman» (Asqad Muxtor).
Vaqt o‘tgandan keyin,
Qilichingni toshga chop.
Vaqti kelsa, fil sichqondan qo‘rqar.
Yoqut bilan vaqt topilmas,
Vaqt bilan yoqut topilar.
Har bir ishning vaqti bor,
Vaqt bilganning baxti yor.
Tadbir va taqdir haqida maqollar
Avvalgi savdo — savdo,
Keyingi savdo — g‘avg‘o.
Umr — o‘tkinchi mehmon.
Og‘am — olguncha,
Yangam — yeguncha.
Qariganda odatlansang,
Ko‘nikkancha ko‘milasan.
Ekinni erta ekkan,
Hosilni erta o‘rar.
Vaqti yetsa, qush ham bolasiga uya qurar.
Vaqt tog‘ni yemirar, suv toshni kemirar
Vaqt ketdi — baxt ketdi,
Toji sari taxt ketdi.
Bahorning bir kuni yilga tatir.
Besh kunim — xush kunim.
Bahorning bir kuni qishni boqar.
Ertalabki ish,
Ko‘ngilni qilar xush.
Qurbaqa ham vaqti bilan vaqillar.
Yozda ishlamagan
Qishda tishlamas.
Yoqti borida g‘amlamasang,
Qorong‘ida qarmalarsan.
Qolgan ishga qor yog‘ar.
Har meva o‘z vaqtida pishar.
Har narsa o‘z vaqtida yarashar.
Vaqting bor naqding bor
Bevaqt qichqirgan xo‘rozning
Tojidan qon olinar.
Kech boshlagan kechikar.
Kechning xazinasidan
Ertaning nasibasi yaxshi.
Tabibdan o‘pkalama.
Oqsoq qo‘y tushdan keyin ma’raydi.
Bahorgi beg‘amlik — kuzgi pushmonlik.
Erta turgan ish bitirar,
Kech turgan ko‘p turtinar.
Bozordan qolgan bir kun qolar,
Ekishdan qolgan bir yil qolar.
Temirni qizig‘ida bos.
Vaqt g‘animat, o‘tsa nadomat
Mas’uliyatsizlik va mas’uliyat haqida maqollar
Yoshligingda kiymakka qizg‘anasan,
Qariganda kiymakka uyalasan.
Vaqt — qozi.
Gap — ko‘p, ko‘mir — oz.
Vaqtdan yutding — baxtdan yutding.
Yo‘qolgan oltin topilar,
Yo‘qolgan vaqt topilmas.
Ertaga osh qolsa — davlat,
Ish qolsa — mehnat.
Jo‘ja tovuq bo‘lguncha,
Kalxat ko‘p kelar.
Qirqida tanbur olgan
O‘lganda chalar.
Barvaqt qilingan harakat,
Hosilga berar barakat.
Uch kun barvaqt turgan bir kun yutar.
Vaqt aqchadur, g‘ofil bo‘lma, qochadur
Bolta tushguncha, kunda dam olar.
Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
Muzdan o‘tsang, oldin o‘t,
O‘yilguncha o‘tarsan.
Erta turgan horimas.
Oldin otlangan manzilga oldin borar.
Yoshligingda odatlansang,
Qariganda ko‘nikasan.
O‘tgan umr — otilgan o‘q.
Bir kun burun sochsang,
Hafta burun o‘rasan.
Ertalabki vaqt — naqdgina baxt.
Chiroying borida chinoringni top.
Vaqting ketdi — naqding ketdi.
Vaqtli harakat oxiri barakat
Yozda mehnat qilsang,
Qishda yeysan kishmish.
Bahorgi harakat — kuzgi barakat.
Nonni tandirning qizig‘ida yop.
Zarar va foyda haqida maqollar
Dehqon bo‘lsang, kuz hayda,
Kuz haydamasang, yuz hayda.
Vaqillagan vaqtni o‘tkazar,
Qo‘lidan naqdni ketkazar.
Ertagi savdoning dahsar og‘irligi bor.
Vaqt — omad.
Oting borida yo‘l tani,
Esing borida el tani.
Kechki ekinning xatari ko‘p.
Yozni qo‘yib, qish dema,
Qishga yarasha ishing bor.
Vaqting ketdi baxting ketdi
Yozda mehnat qilmasang,
Qishda yeysan tirkish.
Ekinni erta yiqqan xirmon qilar,
Kech qolgan armon qilar.
Umr — ariqdan oqqan suv.
Gap — ko‘p, umr — oz.
Yozda miyang qaynasa,
Qishda qozoning qaynar.
Yozda ishlamagan
Qishda kesak yer.
Yozda kuyungan
Qishda suyunar.
Bultur edi kuygani,
Endi keldingmi so‘rgani.
Yozda yuz yama,
Qishda g‘am yema.
Inson umri — daryo suvi.
Vaqtim bo‘shga ketdi, erim go‘shtga ketdi
Sayil o‘tgandan keyin
Xinani ketingga qo‘y.
O‘tgan vaqt yo‘qolgan oltindan qimmat.
Yozda uy-joy qurmasang,
Qishda balchiq kecharsan.
Jo‘jani kuzda sanarlar.
Ovchi kechiksa, ang ketar.
Kuch qudrat va ojizlik haqida maqollar
Avval kelgan ho‘kiz
Suvning tozasini ichar.
Osh kutsa ham, ish kutmas.
O‘tgan kun topilmas,
Kelar kun sotilmas.
Umr temir bo‘lsa ham, bir kun eriydi.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Taqdir va Tadbir haqida maqollar to‘plami
- Mas'uliyat va Mas'uliyatsizlik haqida maqollar to‘plami
- Foyda va Zarar haqida maqollar to‘plami
- Kuch qudrat va Ojizlik haqida maqollar to‘plami
- Me'yor va Me'yorsizlik haqida maqollar to‘plami
- Reja va Rejasizlik haqida maqollar to‘plami
- Ehtiyoj va Zaruriyat haqida maqollar to‘plami
- Nasiya va Naqd haqida maqollar to‘plami
- Tejamkorlik va Isrofgarchilik haqida maqollar to‘plami
- Rizq va Nasiba haqida maqollar to‘plami
Vaqt hamda fursat haqidagi ushbu maqollar menga juda yoqdi!
Durdona assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan bag’oyatda xursandmiz, sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Assalomu alayko’m. O’tib borayotgan vaqt yani fursat haqida juda ajoyib maqollar bor ekan. Boshqa mavzudagi maqollarni kutib qolamiz.
Vaqt haqidagi maqollarning barchasi menga juda yoqdi. Ayrimlarini boshqa manbalarda o’qimaganman.
Chidasa bo’ladi ammo insho uchun loyiqlari kam ekan.
Bu maqollarni o’qib, vaqtni ortga qaytarib bo’lmasligini va behuda sarflash kerakmasligini tshunib yetdim.
Assalomu aleyko’m, manga bu topishmoqlariz juda yoqdi, sizga katta rahmat, manga shu topishmoqla judda kerak edi, ijodizga omad yana bir marta.
Assalomu alayko’m barchangizga. Maqollar juda zo’r, ijodingizga omad tilab qolaman. Olloh sizlardan rozi bo’lsin ilohim.