Sevinch va G‘am haqida maqollar to‘plami
G‘am va sevinch haqida eng sara maqollar to‘plami. «Yaxshilik va osoyishtalikda barcha senga do‘st-birodar bo‘lar. Dard va g‘amda, Allohdan boshqa kim yaqining bo‘lar?» (Jaloliddin Rumiy).
Qayg‘uli boshga qor yog‘ar.
Har kunning o‘z tongi bor.
Oh tortmasang, soch oqarmas.
Qayg‘u — umr egovi.
Suygan ham qo‘shiqchi,
Kuygan ham qo‘shiqchi.
Dehqonchilik va chorvachilik haqida maqollar
Dard tomirni yer,
Hasrat — umrni.
G‘ash ko‘ngilga keng uy ham tor.
Og‘riqsiz bosh bosh emas.
G‘am yema, beg‘am ham bo‘lma
Jahl bilan qartayasan,
Kulgi bilan yasharasan.
Ming qayg‘u bir ish bitirmas.
Ota-onaning dog‘i — oz-moz,
Farzand dog‘i tinch qo‘ymas.
Qari-yosh qayg‘usiz bo‘lmas.
O‘ynab-kulgin yigitdek,
Siqilmagin chigitdek.
Har narsaga g‘am yema,
Parcha nonni kam yema.
Qayg‘u keltirar shodlikdan,
Yomg‘ir keltirar momaqaldiroq yaxshi.
Har kechaning kunduzi,
Har kunduzning kechasi bor.
Og‘rimagan quloqqa — oltin sirg‘a.
Moli ko‘pning — g‘ami ko‘p.
Sog‘lik va bemorlik haqida maqollar
G‘amsiz oshim da’vosiz boshim
Boshimni bosh desam,
Oyog‘imda nima g‘am.
Mushukning o‘limi — sichqonga to‘y.
Devorni nam yiqitar,
Odamni — g‘am.
Tug‘ilish to‘lg‘oqsiz bo‘lmas.
Yuragi to‘lganning — yig‘isi ko‘p.
Jon bor joyda qazo bor.
O‘tda yongan kuyar,
G‘amda yongan o‘lar.
Qayg‘uni ko‘z yoshi yuvolmas.
Hamdardi bor dard — yarim dard.
Joni borning g‘ami bor.
Dard ustiga chipqon.
G‘am yuki tog‘dan og‘ir
Sayohat tanga rohat,
Tan emas, jonga rohat.
Afsuslanish va mamnunlik haqida maqollar
Qo‘rqqandan quvongan yomon.
Bir yig‘ining bir kulgusi bor.
Yomg‘irdan o‘t-o‘lan o‘sar,
Qo‘shiqdan — ko‘ngil.
Har kim o‘z go‘riga yig‘lar.
Issiq cho‘pni quritar,
Qayg‘u erni qaritar.
Gado non topsa, to‘rva topmas.
Qayg‘u bitar, shodlik o‘tar.
Qayg‘usiz qora suvga semirar.
Qayg‘u qaritar, g‘am o‘ldirar
Odam odam bilan,
Odam ado g‘am bilan.
Zang temirni kemirar,
G‘am — odamni.
O‘ylasang, qayg‘u ko‘p,
O‘ylamasang, qayg‘u yo‘q.
O‘limdan achchiq narsa yo‘q,
Shodlikdan ortiq boylik yo‘q.
Ehtiyotkorlik va ehtiyotsizlik haqida maqollar
Azaga borgan xotin
O‘z dardini aytib yig‘lar.
Odam odam bilan,
Pista bodom bilan.