Nasiya va Naqd haqida maqollar to‘plami

Nasiya va naqd haqida eng sara maqollar to‘plami. «Naqd pulsiz, pulini keyin to‘lash sharti bilan bo‘lgan yoki bo‘ladigan savdo muomalasi tilimizda nasiya deb ataladi».

Nasiya va naqd haqida maqollar

Nasiyadan ungani — tegirmondan chiqqani.

Merosi bor murabbo yer.

Olisning oti o‘zguncha,
Yaqinning toyi o‘zsin.

Totilmagan bo‘zadan
Miriqib ichgan go‘ja yaxshi.

Bozordagi botmon quyruq,
Taroziga tortgan quyruq.

Tejamkorlik va isrofgarchilik haqida maqollar

Mol egasiga o‘xshamasa, harom o‘lar.

Qorasi ko‘ringandan qoldim dema,
Qo‘lingga tegmaganni oldim dema.

Emayman degan kelin,
Engdek hasipni yer.

Nasiya qaymoqdan naqd qatiq yaxshi

Nasiya nonning ham kuyugi bo‘lar, ham kesagi.

Ming shirin maslahatdan bitta o‘rnak ish yaxshi.

Nasiya qaymoqdan naqd qatiq

Ko‘zaning kuni bir kun.

Ming kulishning bir yig‘isi bor.

Nasiya yema go‘shtni,
Teshib chiqar to‘shni.

Mingtaning tusini bilguncha,
Bittaning ismini bil.

Olmadan — olma, dovchadan — dovcha.

Uzoqqa tuzoq qo‘yma.

O‘zganing mis qozonidan
O‘zingni qora qozoning yaxshi.

Ming kun shahidlikdan
Bir kun tiriklik afzal.

Chiqmagan terakka keimagan laylak in qurar.

Emayman degan kelin,
Rapida bilan rapchani yer.

Benasiblik va nasiba haqida maqollar

Naqd pul qarchig‘ay

Ming siz-u bizdan,
Bir jiz-u biz yaxshi.

Pishmagan oshdan xom oshqovoq yaxshi.

Naqd pul qarchig‘ay

Aynigan bo‘lsa ham, butun bo‘lsin.

Yo‘ldagi ikki qushdan,
Qo‘ldagi bir qush yaxshi.

Kishanli ot — o‘z oting,
Tushovli ot — bo‘z oting.

Chirigan bo‘lsa ham o‘tin bo‘lsin.

Arpa ekib, bug‘doy kutma.

Uzoqning bug‘doyidan
Yaqinning somoni afzal.

Bug‘doy bo‘lsa, o‘lchov topilar.

Mendan bu gunoh,
Sendan u gunoh.

Nasiyaga maymun o‘ynamas

Nasiya yemang etni, —
Qizartirar betni.

Uzoqning palovidan
Yaqinning sho‘rvasi yaxshi.

Nasiyaga maymun o‘ynamas

Ko‘z ko‘rar, qo‘l ishlar.

Olov degan bilan og‘iz kuymas.

Uzoqning qozisi bo‘lguncha,
Yaqinning tozisi bo‘l.

Arpa ekkan arpa olar,
Bug‘doy ekkan — bug‘doy.

Boyga kelin bo‘lguncha,
Kambag‘alga qiz bo‘l.

Yo‘qni quvib, bordan ajralma.

Besamarlik va samaradorlik haqida maqollar

Mijozingdan ayrilging kelsa,
Nasiyaga mol ber.

Chiqmagan bug‘doyga — o‘tmagan o‘roq.

Nasiya quyruqdan naqd o‘pka yaxshi

Yemayman degan kuyov,
Yetmish quymoq yer.

Ming Makka ziyoratdan
Bir ko‘ngil imorat yaxshi.

Nasiya quyruqdan naqd o‘pka

Olisdagi otdan yaqindagi eshak afzal.

Olisdan arbalagandan ko‘ra,
Yaqindan to‘rvalagan yaxshi.

Mol oyog‘in mol topar.

Nasiyaning o‘n so‘midan
Naqdning bir so‘mi yaxshi.

Yashirin narsa yetmish yilda topilar.

Nasiya mol emas,
Bergan musulmon emas.

O‘zganing otidan
O‘zingning eshaging yaxshi.

Nasiyani o‘g‘ri chiqargan

Halvo degan bilan og‘iz chuchimas.

Nasiyaga devona fotiha bermaydi.

Nasiyani o‘g‘ri chiqargan

Falon yerda oltin bor,
Borsang, paqir topilmas.

Olmaning tagida olma yotar,
Dovchaning tagida dovcha yotar.

Mingni chala bilgandan,
Birni to‘la bilgan yaxshi.

Sabab va natija haqida maqollar

Orqadagi gap — oxurdagi yem.

Uzoqning uzunidan
Yaqinning kaltasi yaxshi.

Bo‘lsa — obi, bo‘lmasa — yobi.

Ming so‘zdan bir ish yaxshi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *