Ishonch va Ishonchsizlik haqida maqollar to‘plami
Ishonch hamda ishonchsizlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Eng yomon narsa insonga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi: mengami, sengami yoki ungami — farqi yo‘q» (Muhammad Toshboltaev).
Jasurni — jangda,
Donishmandni — g‘azablanganda,
Do‘stni muhtojlikda sina.
Gumon do‘stdan ajratar.
Birovga qolgan kun — tong otmagan tun.
O‘g‘ri oydindan qo‘rqar.
Kiyim — to‘zar, toy — o‘zar.
It ichmas oshidan umid qilar.
Kuf-sufchiga ishonsang ham,
Xo‘p-xo‘pchiga ishonma.
Umid va umidsizlik haqida maqollar
Uyim — sinch,
Ko‘nglim — tinch.
Birovning ishi — ko‘ngilning hushi.
Do‘stlik sinovda chiniqar.
Yo‘q bug‘doyga yo‘q tegirmon.
Jinga ishongan baxshini tinglaguncha,
Chinga ishongan yaxshini tingla.
Nor yo‘lida yuk qolmas.
Tusi bordan to‘ngilma.
Gumon do‘stdan ajratar
Zo‘rga ham zo‘rdek balo bor.
Kavushimni olgan bir kishi,
Gumondorim ming kishi.
Ko‘z o‘ziga, quloq boshqalarga ishonadi.
Ola yilqi yo‘qolmaydi,
Haromzoda o‘ng‘almaydi.
Ayol tilini ayol bilar.
Ikki quloqdan ko‘ra,
Bir ko‘zga ko‘proq ishon.
Itning ko‘ngli — bir suyak.
Osilgan o‘g‘ri olmaguncha qo‘ymas.
Tabibga ishonmagan bemor tuzalmas.
Sirtin ko‘rib, ichidan to‘ngilma,
Qorasin ko‘rib, kuchidan to‘ngilma.
Katta suv ko‘priksiz bo‘lmas.
Oz bilganning shubhasi ko‘p.
Nafs va ochko‘zlik haqida maqollar
O‘g‘ri bitta, gumon mingta
Noma’lum yerda oltin bor,
Borsang paqir topilmas.
Oyoq tuproqda iz qoldirar,
Shubha — yurakda.
Bit ham bo‘lsa — panoh.
Kuching yetgan ishga yopish.
Bozorim bozor emas, ovulim — bozor.
Bir ko‘rgan yuz eshitgandan yaxshi.
Ko‘z ko‘rgan boshqa,
Qo‘l bilan tutgan boshqa.
Dalaning ko‘kiga,
Odamning po‘kiga ishonma.
Yong‘oq mag‘zini po‘st tutar,
Sirni — hushyor do‘st.
Do‘stni so‘rab sina.
Yong‘oq ming yashar,
Archa bilan teng yashar.
Yovni qora qochirar.
Tirishdim, tog‘dan oshdim,
Asir edim, qutulib qochdim.
Oriq otga minguncha, oyog‘ingga min.
Yomg‘irda ot tanlama,
Hayitda — qiz.
Gumondor ko‘ngildan gumon arimas
Tog‘dan orqasi bo‘lganning
Tog‘day yuragi bo‘lar.
Birovning ishiga saratonda qo‘l sovqotar.
Tajriba va hayot haqida maqollar
Notanish farishtadan sinashta shayton yaxshi.
Bozorning ota-onasi yo‘q.
Ishonish bilan kasal bo‘lsang,
Umid bilan tuzalasan.
Tirishmagan ulg‘aymas.
Bahorgi jo‘jani kuzda sana,
Kelinni kelar yili sina.
Yuz bor eshitgandan,
Bir bor ko‘rgan yaxshi.
O‘g‘ridan qo‘rqqan mol yig‘mas.
Ko‘ngilga kelgan qo‘ldan kelsa,
Bitmaydigan ish qolmas.
Inson beorzu bo‘lmas.
Oriq ot manzilga yetkazmas.
Kun hisobini oy olar,
Bedov o‘rnini toy olar.
Ko‘z — o‘zingniki, quloq — o‘zganiki.
Ishongan tog‘da kiyik yotmas.
Gumon imondan ayirar
Do‘stim deb siringni aytma,
Do‘stingning ham siri bor.
Ovuli yaqin it qashqirdan qo‘rqmas.
Tirishdim, tog‘dan oshdim,
Yorug‘lik sari yo‘l ochdim.
Bir minarga ot berma.
Igna o‘g‘irlagandan sigir yo‘qotgan gumonsirar.
Andizli yerda ot o‘lmas, Iyirli yerda — er.
Vorisning ham vorisi bor.
Imorat qilgan kishi o‘lishini o‘ylamas.
Farzand va farzandsizlik haqida maqollar
Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum.
Yong‘oq olsang, chaqib ol,
Ipak olsang — boqib.
Dini boshqaning fe’li boshqa.
Ola butaga ot berkitma.