Me’yor va Me’yorsizlik haqida maqollar to‘plami

Me’yorsizlik va me’yor haqida eng sara maqollar to‘plami. «Har narsada me’yor bor. Hattoki Me’yor so’zida ham. Shunday ekan me’yoringni unutma».

Me'yor va me'yorsizlik haqida maqollar

Bir qo‘yga — pichoq,
Ikki qo‘yga tayoq.

Chana chanadan o‘zmas,
Qimiz — savadan.

Gapning ozi yaxshi,
Qizning — nozi.

Har narsa o‘z epi bilan.

Shirin taomning achchiq kekirigi bo‘lar.

Oz so‘z — orom so‘z,
Ko‘p so‘z — harom so‘z.

Xira yongan chiroqdan qorong‘i yaxshi.

Reja va rejasizlik haqida maqollar

Har yerni qilma orzu,
Har yerda bor tosh-u tarozi.

Bo‘yingni yetmagan joyga cho‘zma.

Yo‘qning ko‘ngli yo‘rg‘a tilar.

Shakarning ozi shirin

Botmon yuk bora bosar.

Hazilning ozi yaxshi,
Kal qizning — nozi.

Shakarning ozi shirin

Toshqin suvning kechigi ham bo‘lar.

O‘yinning ozi yaxshi,
Kampirning nozi yaxshi.

Gap bilaman, deb og‘zingga zo‘r berma,
Ish bilaman deb — qo‘lingga.

Kuching yetmasa, kuchanma.

G‘ozga ergashaman deb,
O‘rdakning choti ayrilibdi.

Do‘sting ming bo‘lsa ham — oz,
Dushmaning bir bo‘lsa ham — ko‘p.

Sumalak — bir yalamak.

Suv ko‘paysa, daryo toshar

Katta karvonga katta yo‘l.

Ko‘rmaganning ko‘rgani,
Yurmaganning yurgani yomon.

Suv ko‘paysa daryo toshar

Gapning hissasi yaxshi,
Yo‘lning — qisqasi.

Har yerning o‘z botmoni bor.

Tubsiz quduq bo‘lmas.

Zaruriyat va ehtiyoj haqida maqollar

Besh qo‘l og‘izga sig‘mas.

Tuzsiz xamir tandirda turmas.

Erdan oshmoq bor,
Eldan oshmoq yo‘q.

Ko‘p qidirgan kezma bo‘lar,
Ko‘p gapirgan ezma bo‘lar.

O‘tkir qilich qinning zavoli.

Yarimta non, rohati jon

Ko‘p kulgan bir yig‘lar.

Oyning oti ko‘p,
Ruhning quti ko‘p.

Yarimta non rohati jon

Daryoni bir kesak bilan loyqata olmaysan.

Bir tomchi suv chumoliga daryo ko‘rinar.

Achchiq bo‘lsang, qalampir bo‘l,
Totli bo‘lsang, bolday bo‘l.

Har narsaning ozi shirin.

Suv — muzdan, ariq — seldan.

Tuzsiz oshni it ichmas.

Ko‘p gapning ozi yaxshi,
Oz gapning sozi yaxshi.

Katta karvon katta ko‘char.

Ortiq davlat ko‘z chiqarar

Oz-oz ye, doim ye.

Ko‘p boy bo‘lgan bir surinar.

Ortiq davlat ko‘z chiqarar

Ko‘p qilsang, ketadi,
Oz qilsang, yetadi.

Otang temirchi bo‘lsa ham, gapni cho‘zma.

Naqd va nasiya haqida maqollar

So‘z ma’quldan oshmas,
Devor — sarxoldan.

Pastgina torn tushmoqqa yaxshi.

Tuzsiz qazi tez sasir.

Bir salla tagida ikki kalla bo‘lmas.

Sirka o‘tkir bo‘lsa, shishani sindirar.

Taom tuz bilan,
Tuz o‘lchov bilan.

Oz demak — soz demak.
Oz yemak — soz yemak.

Tuzsizni ko‘zsiz ham biladi

Yotar qursoqqa — yorti non.

Behudaga yig‘laganing — yuragingni dog‘laganing.

Tuzsizni ko‘zsiz ham biladi

Behuda kuchanish belni sindirar.

Jonidan o‘tmasa, jonim demas.

Behuda harakat beburd qilar.

Besh panjangni og‘zingga tiqma.

Tuyani cho‘mich bilan sug‘orib bo‘lmas.

Ko‘p egilma, bosarlar,
Ko‘p bo‘y cho‘zma, osarlar.

Tejamkorlik va isrofgarchilik haqida maqollar

Bo‘z yamog‘i — bo‘zcha,
Qop yamog‘i — qopcha.

Igna bilan bitadigan ishga juvoldiz tiqma.

Bir bulduruq uch qorga tatiydi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *