Mamnunlik va Afsuslanish haqida maqollar to‘plami
Mamnunlik va Afsuslanish haqida eng sara maqollar to‘plami. «G‘azab vaqtidagi ozgina sabr, keladigan minglab afsuslarni oldini oladi» (Ali ibn Abu Tolib).
Isimadim olovingga,
Ko‘r bo‘ldim tutuningga.
Bir ho‘plasang, may ho‘pla,
Qilqillasin yuraging.
Lo‘li eshagini maqtar,
Gadoy — to‘rvasini.
Keyingi pushaymon — o‘zingga dushman.
Dalaning begi bo‘lguncha,
Qal’aning iti bo‘l.
Ehtiyotsizlik va ehtiyotkorlik haqida maqollar
Nodonga aytgan esiz so‘zim,
O‘likka yig‘lagan esiz ko‘zim.
Gapirgandan gapirmagan yaxshiroq,
Gapiruvdim tegdi boshimga tayoq.
Otga o‘igangan kishining
Toyga taqimi to‘lmas.
Oltin boslui otang bilan qolguncha,
Paxmoq bosbJi onang bilan qol.
Egachimga ishonib, ersiz qoldim.
Qo‘shiq aytgan horimas
Erda turib o‘kinma,
Tomga chiqib so‘kinma.
Minmasang ham, ot yaxshi,
Quchmasang ham, qiz yaxshi.
Oz bo‘lsin-u soz bo‘lsin.
Oltin halqadan kech, quloq og‘ritsa,
Zardo‘zi etikdan kech, oyoq og‘ritsa.
Minnatli osh tatimas.
Orzuga ayb yo‘q.
Ko‘rgan oshning kuyugi yomon.
Borniki farmon bilan,
Yo‘qniki armon bilan.
O‘tib ketgan yomg‘irning ketidan o‘pkalama.
Kengashib kesgan qo‘l og‘rimas.
Qizini tiymagan tizini quchoqlar
Yetishmovchilik va farovonlik haqida maqollar
Ich og‘risa o‘zingdan,
Gina qilgin ko‘zingdan.
Ari chaqdi deb arazlama, boli bor.
Ota o‘lib bola qolsa — murodiga yetgani,
Bola o‘lib ota qolsa — armoni ichda ketgani.
O‘tgan gapga o‘kinma.
Ko‘ngilsiz erdan ko‘ngilli qui yaxshi.
Otamning o‘larini bilsam,
Chaksa kepakka sotib yer edim.
Dalada bo‘ri ulisa,
Uydagi itning ichi achir.
Og‘a-ining yomoniab, qani tuqqan topganing,
Arg‘umoqni yomoniab, qani tulpor topganing.
Darmoni yo‘qning armoni ko‘p.
Bola, bolaning ishi chala.
Puli kuygan qalampir chaynar
Och qolib yegan so‘ng,
Zog‘ora non ham qand bo‘lar.
Olma yeb og‘riguncha,
O‘rik yeb o‘lgan yaxshi.
Har kishiga o‘z ishi xush.
Bo‘luvchiga oz,
Oz ham bo‘lsa soz.
Imkonsizlik va imkon haqida maqollar
Ochga bir non — qalqon.
Eganim og‘zimda yo‘q,
Kiyganim — egnimda.
Ola ishga o‘rin yo‘q,
Rosa ishdan ko‘ngil to‘q.
Otga minolmagan uzangidan o‘pkalar.
Otasi o‘lgan olti kun yig‘lar,
Onasi o‘lgan — oltmish yil.
Bo‘g‘izim-bo‘g‘izim,
Bo‘g‘izimni bo‘g‘dim o‘zim.
O‘tgan ishdan tush yaxshi
Dalaning qozisi bo‘lguncha,
Shaharning tozisi bo‘l.
O‘tgan ishga salovat.
Yomon kunning o‘tgani ham — davlat.
Intizorlikning oshi — shirin.
Yetdim dedim — yiqildim,
Boyidim dedim — bo‘lindim.
It yalog‘ini yalamasa, ko‘ngli to‘lmas.
Otam deb, erni tashlama,
So‘ng boshingni qashlama.
Vaqt va fursat qadri haqida maqollar
Shoshilgan kishining pushaymoni ko‘p.
Bol dedim, baloga qoldim.
Bir minsang ham yo‘rg‘a min,
Bulkillasin buyraging.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Ehtiyotkorlik va Ehtiyotsizlik haqida maqollar to‘plami
- Farovonlik va Yetishmovchilik haqida maqollar to‘plami
- Imkon va Imkonsizlik haqida maqollar to‘plami
- Vaqt va Fursat qadri haqida maqollar to‘plami
- Taqdir va Tadbir haqida maqollar to‘plami
- Mas'uliyat va Mas'uliyatsizlik haqida maqollar to‘plami
- Foyda va Zarar haqida maqollar to‘plami
- Kuch qudrat va Ojizlik haqida maqollar to‘plami
- Me'yor va Me'yorsizlik haqida maqollar to‘plami
- Reja va Rejasizlik haqida maqollar to‘plami