Tinchlik va Notinchlik haqida maqollar to‘plami

Tinchlik hamda notinchlik haqida maqollar to‘plami. «Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog‘liq. Tinchlik.» (O’tkir Hoshimov).

tinchlik va notinchlik haqida maqollar

Bir kun urush bo‘lgan uydan,
Qirq kun baraka ko‘tarilar.

Urushda turish yo‘q.

Qirg‘in daraxt shoxida emas,
Odam boshida yurar.

Tush uyqusi — qush uyqusi.

Do‘stlik va dushmanlik haqida maqollar

Janjalli joyda og‘zingni ochma.

Tomosha tandir boshida.

Bugun sizdan, ertaga bizdan.

Tinchlik — farovonlik yo‘ldoshi

Tinchlik va farovonlik

Nog‘ora tovushining uzog‘i yaxshi.

Qo‘shning tinch — sen tinch.
G‘aming yo‘q bo‘lsa, quda qil.

Beg‘alva bosh bosh emas.

Yovning tashida bo‘iguncha, ichida bo‘l.

Oz oshim — g‘avg‘osiz boshim.

Urushning kengashi yo‘q.

Urush ayirar,
Tinchlik topishtirar.

El omon — yaxshi zamon.

Urush bo‘lsa, turish yo‘q

Urush bo‘lsa

Bo‘y — bo‘ylab,
Teng — tenglab.

Urush — yo‘qlik,
Tinchlik — to‘qlik.

Qirqdan qirg‘in yomon.

Osoyishtalik — eng yaxshi malham.

Yurti tinchning eli tinch.

Janjalli uy — azobli go‘r.

Insofsizlik va adolat haqida maqollar

Tinchlik urushni yengar

Tinchlik urushni yengar

Bir kunlik janjal
Qirq kunlik rizqni olar.

Urush bilan gap ortar,
Gapdan nima naf ortar.

Tinch elning bog‘i gullar.

Urushlik uy — mozor.

Olam tinch — xonam tinch.

Urushning boshi — o‘yin,
Oxiri — o‘lim.

Och bo‘l, omon bo‘l.

Urush — xunrezlik.

Urush qurbonsiz bo‘lmas

Urush qurbonsiz bo‘lmas

Och yur, tinch yur.

Molingni o‘g‘riga topshir,
Qo‘shning omonda bo‘lsin.

Och qornim — tinch qulog‘im.

Qori erib, tog‘i qolar,
Urush o‘tib, dog‘i qolar.

Dovul tursa, bulut quvar,
Yov qutursa, yurt quvar.

Tinchliging — hurliging.

Tinchlik bilan el ko‘karar,
Yomg‘ir bilan — yer.

Yaxshi va yomon so‘z haqida maqollar

Urush — ofat, tinchlik — farog‘at

Urush ofat, tinchlik yaxshi

Jon bor joyda janjal bor.

Yopig‘liq qozon — yopig‘lik.

Urush — tomoshabinga oson.

Tinchlik — baxt, sog‘lik — taxt.

Qarz tovush chiqarmasa ham,
Uxlagani qo‘ymas.

Moli to‘qning ko‘ngli to‘q.

  1. Gavharoy:

    Tinchlik va notinchlik qadri haqida hech kim aytmagan maqollar bo’libdi o’ziyam, bu maqollarni o’qib chiqib shunga amin bo’ldimki, dunyodagi eng ulug’ nematlardan biri bu tinch va hotirjam yashash ekan.

    • Sabina Shuxratova:

      Juda ajoyib maqollar ekan, yurtimizda hech qachon urush bo’lmasin, barchaga hotirjamlik tilab qolaman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *