Yaxshi va Yomon so‘z haqida maqollar to‘plami

Yaxshi so‘z hamda yomon so‘z haqida eng sara maqollar to‘plami. «Shirin so’z so’zlagan kishi hech kimdan yomon so’z eshitmaydi» (Abulqosim Firdavsiy).

Yaxshi va Yomon so‘z haqida maqollar

Uzun tilim — uzgun tilim,
Qisqa tilim — tizgin tilim.

Реклама

Yaxshi so‘zning mazzasini bilmagan,
Yomon so‘zning izzasini bilmas.

Gapi gapga o‘xshamas,
Og‘zi gapdan bo‘shamas.

Egasiz qarg‘ish egasini topar.

Реклама

Tili nopok — o‘zi nopok.

Til tig‘i qilich tig‘idan o‘tkir.

Og‘rigan joyga qo‘l yugurar,
Og‘ritar so‘zga til yugurar.

Elni sevsang, elcha gapir.

Реклама

Tilni bog‘la dil bilan,
Dilni bog‘la til bilan.

Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar

Suyaksiz til suyak sindirar.

Og‘izdan chiqqan so‘z qaytmas.

Реклама

Jikli qarg‘ish jigini topar,
Jiksiz qarg‘ish — o‘zini.

Yomon so‘zlab sovutma, jon og‘ritib ovutma

Odam so‘zlashib tanishar,
Hayvon — hidlashib.

Bir yaxshi gap esdan chiqmas,
Bir — yomon gap.

Yomon so‘zlab sovutma

So‘zdan so‘z chiqar,
So‘zlamasang na chiqar.

Реклама

El bor yerda so‘z bor.

Odam gap bilan,
Hayvon o‘t bilan.

Pichir-pichirdan o‘t chiqar.

Tilga ehtiyot — elga ehtiyot.

«Barakalla»ga qui mehnat qilib o‘lar.

Реклама

O‘ziga boqma, so‘ziga boq.

Odam — so‘zlashguncha,
Yilqi — kishnashguncha.

Gapni gap ochar,
Yomon gapdan qochar.

Gapi sassiqning o‘zi sassiq.

So‘zni bir ezmadan so‘ra,
Bir — kezmadan.

Реклама

Yo‘l quvgan xazinaga yo‘liqar,
So‘z quvgan — baloga.

Qizil tilim bo‘lmasa,
Qishlar edim elimda.

Yaxshi gapning ham qulog‘i bor, yomon gapning ham

Shirin so‘z — qaymoqli ayron,
Achchiq so‘z — bo‘yniga arqon.

Sevdirgan ham til,
Bezdirgan ham til.

Yaxshi gapning ham qulog‘i bor

Yomonning yaxshi so‘zidan,
Yaxshining yomon so‘zi yaxshi.

Реклама

So‘z nayzadan o‘tkir.

Chin so‘z — mo‘tabar,
Yaxshi so‘z — muxtasar.

Tilingda bo‘lsa boling,
Kulib turar iqboling.

So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq,
So‘zlab edim, boshimga tegdi tayoq.

Oz gapir — soz gapir.

Реклама

To‘qson og‘iz so‘zning to‘qsonta tuguni bor.

Tanballik — kulfat,
Mahmadanalik — ofat.

Tuya ham muomalaga cho‘kar.

Yaxshi so‘z — yurakka malham,
Yomon so‘z — yurakka g‘am.

Fil ko‘tarmaganni til ko‘tarar.

Реклама

Ma’qul gapga qoruv yo‘q.

So‘z emgak bo‘lar,
Bo‘z — ko‘ylak.

Yaxshi so‘zdan — vafo, yomon so‘zdan — vabo

Shirin-shirin so‘zlasang,
Ilon inidan chiqar.

Iliq so‘z — shakar,
Sovuq so‘z — zahar.

Yaxshi so‘zdan vafo

Ko‘ngilsiz gapning kechikkani yaxshi.

Реклама

Gapda g‘iybat yomon,
Dardda — quyanchiq.

Shirin yuzingdan shirin so‘zing a’lo.

Gap egasini topar.

Til haqida maqollar to‘plami

Tilga e’tibor — elga e’tibor.

Реклама

Oq degani — olqish,
Qora degani — qaig‘ish.

Gapdan gap chiqar,
Cho‘pdan — xas.

Er so‘zi — el so‘zi.

Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.

Har mevaning po‘chog‘i bor,
Har so‘zning o‘lchovi bor.

Реклама

Yaxshi so‘z bo‘ldiradi, yomon so‘z kuydiradi

Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.

Qo‘tir qo‘ldan yuqar,
Balo — tildan.

Yaxshi so‘z bo‘ldiradi

Quloqdan kirgan sovuq so‘z
Ko‘ngilga borib muz bo‘lar.

Tayog‘i yo‘g‘on birni urar,
So‘zi yo‘g‘on mingni urar.

Go‘sht-yog‘ berma, yaxshi til ber.

Реклама

Yaxshi so‘z qand yedirar,
Yomon so‘z pand yedirar.

Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar,
Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lar.

Til — dil kaliti.

Ming chechanni bir ezma yengar.

Sovuq gap yurakni muzlatar.

Tili shirinning do‘sti ko‘p.

Реклама

Qizil tilim tiyolmadim,
Qizimnikiga borolmadim.

Ko‘p gap — eshakka yuk.

O‘z aqling aqldir,
Elning aqli naqldir.

Sen ham bir og‘izdan,
Siz — ham.

Yaxshi so‘z — ko‘ngil podshosi

So‘zning onasi — quloq,
Suvning onasi — buloq.

Uzun til — boshga to‘qmoq,
Bo‘yinga — sirtmoq.

Реклама
Yaxshi so‘z ko‘ngil podshosi

Gapi to‘ngning o‘zi to‘ng.

Qo‘yning qimmati — yungida,
Odamning qimmati — so‘zida.

Til tig‘dan o‘tkir.

Yomon til boshga balo keltirar,
Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.

To‘g‘rilik va egrilik haqida maqollar

Er boyligi — yo‘lda,
So‘z boyligi — tilda.

Реклама

So‘z ojizi bo‘lguncha,
Ko‘z ojizi bo‘l.

Til — aql tarozusi.

El qo‘shiq bilan tirik.

Har kim o‘z till bilan tirik.

Zahar til suyakni yorar.

Til yaxshisi bor etar,
Til yomoni xor etar.

Yomon so‘z bo‘lmasa,
Yaxshi so‘z bo‘lmaydi.

Реклама

So‘zdan so‘zning farqi bor,
O‘ttiz ikki narxi bor.

Yuz yuzdan shirin,
So‘z so‘zdan shirin.

Til — aql bezagi.

Muzdan suv tomar,
So‘zamoldan — bol.

Puling bo‘lmasa, bo‘lmasin,
Shirin so‘zing bo‘lsin.

Mazali so‘zga quloq charchamas.

Ko‘ngilni qo‘l bilan ovlamasang,
Til bilan ovla.

Реклама

Yomonning tili bor, yaxshining — dili

El g‘aznasi — eski so‘z.

Sel ariqni buzar,
Yomon so‘z — dilni.

Yomonning tili bor

Dunyoni yel buzar,
Odamni — so‘z.

So‘z ko‘rki — maqol.

Achchiq-achchiq so‘zlasang,
Musulmon dinidan chiqar.

Etigi yomon to‘r bulg‘ar,
Og‘zi yomon — el.

So‘z kaltada,
Un xaltada.

Yomon gapning oyog‘i olti.

Er — lafzidan,
Qo‘y — bo‘g‘zidan.

Yomon so‘zning qanoti bor

So‘zning boyligi — odamning chiroyligi.

O‘n og‘iz so‘z ming og‘iz bo‘lar.

Yomon so‘zning qanoti bor

Do‘st orttiraman desang,
Shirin suhbat qil.

Kuch egmaganni so‘z egar.

Odam so‘zlashar,
Hayvon yalashar.

Olim so‘zi oz,
Oz bo‘lsa ham soz.

Achchiq savol berib,
Shirin javob kutma.

Ariqni suv bezar,
Odamni — so‘z.

Aytar so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt.

So‘zda qanquv yomon,
Dardda — sanchuv.

Yomon gap yer tagida uch yil yotar

Orqadagi gap — og‘ildagi tezak.

Hikmat — bir hovuch oltin.

Yomon gap uch yil yotar

Og‘izga kelgan so‘z arzon,
Ovulga kelgan bo‘z arzon.

Yaxshi so‘z iydirar,
Yomon so‘z bezdirar.

Eldagi gap — dildagi gap.

Aytilgan so‘z — otilgan o‘q.

Bemorga shirin so‘z kerak,
Aqlsizga — ko‘z.

Til bor, bol keltirar,
Til bor, balo keltirar.

Yaxshi-yaxshi desa,
Kunda tariqday yaxshilik qo‘shilar emish.

Yaxshi so‘z boldan shirin

Gapning yomoni pichir.

Yomon gap tarsakidan yomon.

Yaxshi so‘z boldan shirin

Til — dil tarjimoni.

Birovning o‘zi g‘ar,
Birovning so‘zi g‘ar.

Tig‘ jarohati bitar,
Til jarohati bitmas.

So‘zning yomoni — sanchiq,
Dardning yomoni — quyonchiq.

So‘z — bir, sayqal — qirq.

Anjom — uy ziynati,
So‘z — inson ziynati.

So‘zni so‘z ochar.

Toza suvni yer olar,
Yaxshi so‘zni el olar.

Til — aql o‘lchovi.

Gapi to‘mtoqning o‘zi to‘mtoq.

Achchiq til — zahri ilon,
Chuchuk tilga — jon qurbon.

Taom lazzati o‘zida.
Odam lazzati — so‘zida.

Elli(k) gapdan belli gap yaxshi.

O‘zi sovuqning — so‘zi sovuq.

Yaxshining so‘zi — oltin, yomonning so‘zi — bolta

Til yugurigi — boshga,
Oyoq yugurigi — oshga.

O‘tarchining nashtari yeng ichida,
Zahar xotin nashtari til uchida.

Yaxshining so‘zi oltin

Gapning qisqasi — yaxshi,
Qisqasidan hissasi — yaxshi.

Gapning ozi yaxshi,
Qizning — nozi.

Uzun til — umr zavoli.

Shakar ham tilda,
Zahar ham tilda.

Yomon-yomon desa,
Kunda tariqday yomonlik qo‘shilar emish.

Halollik va tekinxo‘rlik haqida maqollar

Ovni — oziq bilan,
Odamni — so‘z bilan.

Yomon gap — bosh qozig‘i,
Yaxshi gap — jon ozig‘i.

Yaxshi og‘izga — osh, yomon og‘izga — tosh

Til — dil jarchisi.

So‘zi nodurustning o‘zi nodurust.

Yaxshi og‘izga osh

Shirin so‘z shakardan shirin.

Yaxshi gapga quloq sol,
Yomon gapga uloq sol.

Qarg‘ishning ikki uchi bo‘lar.

Quruq so‘z bosh og‘ritar,
Yoriq qoshiq og‘iz yirtar.

Ochiq til osh yedirar,
Achchiq til tosh yedirar.

So‘z suyakdan o‘tar,
Tayoq — etdan.

Dushman orttiraman desang,
Chaqirtikan bo‘l.

Yomon so‘z egasiga qaytar

Donning achchig‘i yaxshi,
So‘zning — shirini.

Tuzsiz oshning epi oson,
Tuzsiz gapning epi qiyin.

Yomon so‘z egasiga qaytar

Duo bilan el ko‘karar,
Yomg‘ir bilan yer ko‘karar.

Suv o‘z yo‘lini topar,
So‘z — o‘z egasini.

Yaxshining so‘zi toshni eritar,
Yomonning so‘zi boshni chiritar.

Bir shirin so‘z bitkazar,
Ming ko‘ngilning yarasin.

O‘ttiz tishdan chiqqan so‘z,
O‘ttiz uruqqa tarqalar.

Duo olgan omondir,
Qarg‘ish olgan yomondir.

Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.

Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar.

Xabar — shamoldan tez.

Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.

Yaxshining so‘zi — qaymoq, yomonning so‘zi — to‘qmoq

Suvni sevgan suv keltirar,
So‘zni sevgan so‘z keltirar.

Shirin so‘zh shoh kosasida suv ichar.

Yomonning so‘zi to‘qmoq

So‘z oyoqdan ilgari borar.

Yomon til yo jonga urar,
Yo — imonga.

Bir tavakkal buzadi,
Ming qayg‘uning qal’asin.

Yaxshi so‘z kuldirar,
Yomon so‘z o‘ldirar.

Yaxshi naql — tomiri aql.

Sabr qilgan moy oshar,
Olqish olgan ko‘p yashar.

Ovqatni tuz mazali qilar,
Odamni — so‘z.

Yaxshi so‘z to‘rga eltar, yomon so‘z — go‘rga

Bug‘doy noning bo‘lmasin,
Bug‘doy so‘zing bo‘lsin.

Duo olgan ko‘karar,
Tuhmat olgan oqarar.

Yomon so‘z go‘rga

Xotin so‘zini qondirar,
Er urug‘idan tondirar.

O‘q birni o‘ldirar,
So‘z — mingni.

Yaxshi osh berguncha, yaxshi so‘z ber.

Xushxabaming qanoti bor.

Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar.

Yashil tilim bo‘lmasa,
Yayrar edim elimda.

Odam so‘zi bilan sinalar,
Osh — tuzi bilan.

Yaxshi so‘z suyuntirar, yomon so‘z kuyuntirar

Yomonning yuzi qursin,
Gapirgan so‘zi qursin.

So‘z chumchuq emas,
Og‘izdan chiqsa, tutib bo‘lmas.

Yaxshi so‘z suyuntirar

Shirin so‘z o‘likni ham tiriltirar.

Yaxshi so‘z — yurak yog‘i,
Yomon so‘z — yurak dog‘i.

Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar

Ko‘zdan ko‘zing toysa,
So‘zdan ko‘ngling toyar.

Yaxshi so‘zdan moy eriydi,
Yomon so‘zdan soy quriydi.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Yaxshilik va Yomonlik haqida maqollar to‘plami
  2. To‘g‘rilik va Egrilik haqida maqollar to‘plami
  3. Halollik va Tekinxo‘rlik haqida maqollar to‘plami
  4. Mehnatsevarlik va Ishyoqmaslik haqida maqollar to‘plami
  5. Ahillik va Birlik haqida maqollar to‘plami
  6. Manmanlik va Kamtarlik haqida maqollar to‘plami
  7. Vatan va Vatanparvarlik haqida maqollar to‘plami
  8. Til va uning ofati haqida maqollar to‘plami
  9. Amaldorlar va Din vakillari haqida maqollar to‘plami
  10. Faqirlik va Boylik haqida maqollar to‘plami
  1. Risolat:

    Yaxshi va Yomon so‘z haqidgi maqollar juda ajoyib ekan. Sayt ijodkorlariga omad tilayman.

  2. Аноним:

    Yaxshi va yomon so’z haqidagi maqollar judaham ajoyib tuzilgan ekan.

  3. Аноним:

    Menga bu maqollar juda yoqdi, sizlarga raxmat, ijodingizga omad.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *