To‘g‘rilik va Egrilik haqida maqollar to‘plami

To‘g‘rilik, to‘g‘riso‘zlik, egrilik hamda o‘g‘rilik haqida eng sara maqollar to‘plami. «To‘g‘rilik Musoning asosi kabidir. Egrilik esa sehrgarlarning sehrlariga o‘xshaydi. To‘g‘rilik o‘rtaga chiqqach, barcha egriliklarni yutib yuboradi» (Jaloliddin Rumiy).

To‘g‘rilik va Egrilik haqida maqollar

Haqni aytgan xor bo‘lmas.

Yurtda o‘g‘ri topilmasa,
zargarni dorga os.

O‘g‘rilik ko‘zdan boshlanar,
to‘g‘rilik — so‘zdan.

Aybi borning tizi qaltirar.

Bir xotinning hiylasi
qirq eshakka yuk bo‘lar.

O‘g‘rini o‘g‘ri desang, o‘lgisi kelar,
to‘g‘rini o‘g‘ri desang, kulgisi kelar.

Mug‘ombir tumshug‘idan ilinar.

Qing‘ir ish qirq yildan keyin ham bilinar.

Qo‘ton bo‘risiz bo‘lmas,
el — o‘g‘risiz.

Halollik va tekinxo‘rlik haqida maqollar

Zargar firibgar bo‘lsa, oltin zanglar.

Qirq kishi ham bir,
qing‘ir kishi ham.

O‘g‘rining ko‘zi — o‘mochda.

O‘g‘ri mushuk kunda uxlab, tunda kezar.

Dardini yashirgan darmon topmas.

Daladan kelgan o‘g‘rini tutish oson,
uydagi o‘g‘rini tutish qiyin.

Tushi o‘ngning ishi o‘ng.

Aybini yashirgan boy bo‘lmas.

O‘g‘rining o‘zi — bitta, ko‘zi — yuzta.

O‘g‘ridan qolgani — qaroqchiniki.

Tayoq ur-da, go‘rga kir,
tayoq ye-da, do‘ngga chiq.

Ishsizning ishi — o‘g‘irlik.

To‘g‘ri boshni egri qilich kesmas

Igna o‘g‘irlagandan sigir yo‘qotgan gumonsirar.

Dardni berkitsang, isitmasi oshkor qilar.

To‘g‘ri boshni egri qilich kesmas

O‘g‘rining yelkasi — qiyshiq.

Kavushimni olgan bir kishi,
gumondorim ming kishi.

Egri qo‘l ishga yetmas,
ushga yetsa ham, ishi bitmas.

Baliq boshidan sasir.

To‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lar,
egri o‘sgan kul bo‘lar.

Bemahal yurgan qoqilar.

O‘g‘rining ko‘ngli — gumonda.

Sayoq ketdi, sayoq ketdi,
sayoq ketidan tayoq ketdi.

O‘g‘rining keti — quvish.

Tulki-qarsoq ini bir,
g‘ar-o‘g‘rining till bir.

O‘g‘ri berkitib olar,
qaroqchi — qo‘rqitib.

O‘g‘rilik ayb, g‘arlik ayb,
kambag‘allikning nesi ayb.

Nayrang bilan ish ko‘rgan,
ko‘p qiynalib jon berar.

Dili qing‘irning tili qing‘ir.

Egri tayoq ko‘targanni egri tayoq bilan ur.

O‘g‘irlik mol boy qilmas.

Egri yuk manzilga yetkazmas.

Dili to‘g‘rining yo‘li to‘g‘ri

Qora itning uyati oq itga tegar.

Tulki tovga,
quyrug‘i soyga.

Dili to‘g‘rining yo‘li to‘g‘ri

Asli qora oqarmas,
asli buzuq tuzalmas.

Egilgan daraxtga suyanma,
seni ham egar.

Egri bola o‘stirsang,
ikki ko‘zi ko‘r bo‘lar.

O‘g‘ri qo‘li kesilmaguncha
o‘g‘riligini qo‘ymas.

O‘zi to‘g‘rining — so‘zi to‘g‘ri.

Gunohsiz odam podshodan qo‘rqmas.

Qulf o‘g‘ri uchun,
mehr to‘g‘ri uchun.

Tuyada to‘g‘ri joy bo‘lmas.

Qing‘ir qilich qinga to‘g‘ri.

O‘g‘ri tom teshar,
qaroqchi yo‘l to‘sar.

Tilingni to‘g‘ri tutolmasang,
dilingni to‘g‘ri tut.

Igna o‘g‘irlagan sigir ham o‘g‘irlar.

O‘g‘ri zo‘r bo‘lsa,
da’vogar javobgar bo‘lar.

To‘g‘ri yurdim — yetdim murodga,
egri yurdim — qoldim uyatga.

O‘g‘ri zo‘r kelsa,
mol egasini yengar.

Gadoy tilab oladi,
jodugar o‘zi oladi.

Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar

Qora ko‘ngil — yara ko‘ngil.

To‘g‘ri yo‘l — el yo‘ldoshi

Bilakka boqma, yurakka boq.

Boylik, boylik tubi o‘g‘irlik.

To‘g‘ri yo‘l el yo‘ldoshi

Rostga zavol yo‘q.

Ko‘z tarozi, ko‘ngil — qozi.

Qo‘li qing‘irning — dili qing‘ir.

Bo‘rining og‘zi yesa ham qon,
yemasa ham — qon.

Yulduz aslo oy bo‘lmas,
o‘g‘rilikdan boy bo‘lmas.

Qing‘irlik — tiriklik go‘ri,
egrilik — umrning sho‘ri.

O‘g‘riga o‘g‘rilikdan mol kirmasa,
o‘z bo‘rkini o‘g‘irlar.

Yeyar og‘izni yemas og‘iz bog‘lar.

O‘g‘ri — tun oshguncha,
bo‘ri — do‘ng oshguncha.

Egilgan boshni qilich kesmas.

Yoz yomg‘iri loy bo‘lmas,
o‘g‘ri aslo boy bo‘lmas.

Manman kamtardan yengilar,
to‘g‘ri el ichida tanilar.

Qamish ichida ilon to‘g‘ri.

To‘ni yomonni it qopar,
ko‘ngli yomonni haq topar.

Nohaq ishga rivoj yo‘q.

Yo‘li buzuqning yoqasi yirtiq.

O‘zi qilgan o‘kinmas.

To‘g‘ri oshini yer, egri boshini

O‘g‘ri boylik topsa, baxtidan ko‘rar,
to‘g‘ri boylik topsa, mehnatdan ko‘rar.

O‘zi qing‘irning — so‘zi qing‘ir.

To‘g‘ri oshini yer

Egrining soyasi ham egri.

Mullaning yomoni — varaqchi,
odamning yomoni — qaroqchi.

O‘g‘rining ko‘zi — o‘ljada.

O‘g‘rining uyi bo‘lmas,
uyida siri bo‘lmas.

Bilmaganni bildim dema,
qilmaganni qildim dema.

Firibgarga shaytonning havasi kelar.

Egri mo‘ridan egri tutun chiqar.

Yo‘qlikning uyati yo‘q,
o‘g‘irlik — uyat.

Egri qoziqqa — egri to‘qmoq.

Haqni nohaq etma,
nohaqni haq etma.

Tulki tulkiligini qilguncha,
terisi qo‘ldan qo‘lga o‘tar.

Egri ish ellik yildan keyin ham bilinar.

Tuxum o‘g‘risi tuya o‘g‘risi ham bo‘la oladi.

O‘g‘rini qaroqchi urar.

G‘iybatchining dili kir,
g‘ar-o‘g‘rining tili bir.

O‘g‘irlik osh badanga yuqmas.

Egri o‘sgan terak,
nimaga ham kerak.

To‘g‘ri devor uzoqqa chidar

Bir tulkining hiylasi,
necha yerda pand berar.

Afting qiyshiq bo‘lsa oynadan o‘pkalama.

To‘g‘ri devor uzoqqa chidar

Xo‘roz qichqirmasa ham tong otaveradi.

Egri bitgan daraxt to‘g‘ri o‘smas.

Ilon har yerda buralib yursa ham,
o‘z iniga borganda to‘g‘rilanar.

Betga aytganning zahri yo‘q.

Ilon o‘z egriligini bilmas,
tuyaning bo‘ynini egri der.

Yurishi yomon yigitni yov olar.

Ahillik va birlik haqida maqollar

Aytib qilgan o‘g‘irlikning aybi yo‘q.

Yuzim oq bo‘lsin desang,
ishingni to‘g‘ri qil.

Ko‘ngil to‘g‘ri uchun,
qulf o‘g‘ri uchun.

Erning atog‘i elga sig‘sa ham,
chatog‘i sig‘mas.

Qing‘ir ish — qirg‘in ish.

O‘g‘ri o‘g‘riga — xolavachcha.

Yuzning qoraligi uyat emas,
yuzi qoralik uyat.

Tog‘ eshitganini deydi.

O‘g‘ri ham noliydi, o‘g‘irlatgan ham.

Egri kaltakdan to‘g‘ri soya tushmas.

O‘g‘ri o‘g‘irlab yo‘lga tushar,
oxiri borib qo‘lga tushar.

To‘g‘riga balo yo‘q,
yomonda hayo yo‘q.

To‘g‘ri o‘zar, egri ozar

O‘g‘irlik molning tagi qilday,
to‘g‘rilik molning boshi tog‘day.

Haqiqat oltindan qimmat.

To‘g‘ri o‘zar, egri ozar

Tavba qilganni el kechirar.

Tulki tulkilik qilar,
bo‘ri bo‘rilik qilar.

O‘g‘ri yurt ololmas.

Egri yo‘ldan yursang ham, to‘g‘ri yur.

Teva o‘g‘irlagan teva bo‘yi chuqur qazir.

Quloqdan ko‘z haq.

O‘g‘riga mol qahatmi.

Ho‘kiz o‘lsa ham, ko‘zining olaligi qolmas.

Qing‘ir odam — bir tomon,
qirq odam — bir tomon.

O‘g‘rini uyga kirgizma,
oyog‘ini yerga tegizma.

Alishar bo‘lsang, chiningni ayt,
qovushar bo‘lsang, siringni ayt.

To‘g‘rilik to‘rga tortar,
o‘g‘rilik — go‘rga.

O‘rgangan o‘g‘ri o‘rmonda qolar.

To‘g‘rilikka o‘lim yo‘q

Birovni aldama,
yurgan ko‘changning boshi berk.

Egri bo‘lsang, sinar qanoting,
to‘g‘ri bo‘lsang, chiqadi oting.

To‘g‘rilikka o‘lim yo‘q

To‘g‘ri yurgan kiyikning
ko‘zidan boshqa aybi yo‘q.

Ochko‘z boyimas, o‘g‘ri to‘ymas.

Er yuragi pok bo‘lsa,
yov hiylasi xok bo‘lar.

It to‘ygan kuni o‘g‘rilik qilmas.

O‘g‘ri kirar joyini emas,
qochar joyini ko‘zlar.

To‘g‘ri bola o‘stirsang,
xalq ichida sher bo‘lar.

Manmanlik va kamtarlik haqida maqollar

O‘g‘irlik solsang qo‘yningga,
sirtmoq tushar bo‘yningga.

Egri tayoqning butog‘i burunni yirtar.

Mis qozonning misi chiqar,
berkitganning isi chiqar.

Tullakni tuzoqqa tushirish oson emas.

Tavbachining oshini yeguncha,
qasam ichgan yaxshi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *