Samimiylik va Nosamimiylik haqida maqollar to‘plami
Samimiylik hamda nosamimiylik haqida eng sara maqollar to‘plami. Samimiy inson deganda har bir ishini chin dildan bajaradigan, aytgan gapi bilan ishi to‘g‘ri keladigan, birovga nisbatan qalbida hech qanday g‘ashlik va adovati bo‘lmagan, kek saqlamaydigan kishi tushuniladi.
Ixlos — xalos.
Yaltiroq narsa oltin bo‘la bermas.
Go‘sht suyaksiz bo‘lmas,
Sholi — kurmaksiz.
Xushomad va g‘urur haqida maqollar
O‘xshamagin tulkiga,
Qolarsan ko‘p kulkiga.
Qalbing toza — umring toza.
Yaxshilikni unutma,
Yomonlikni ko‘zda tutma.
O‘g‘ri o‘la-o‘lguncha to‘g‘riman der.
Inson qalbi quyoshdan yorug‘
Bolada gina bo‘lmas.
Qalbakilik bir kun quvontirsa,
Ming kun munkaytirar.
Dehqon emas, ketmon chopib non bermasa,
Oshiq emas, ishq yo‘lida jon bermasa.
«Balli» dedim — band bo‘ldim.
Yurak toza — tilak toza.
Etsa — mol, yetmasa — jon.
Ixlos bilan yig‘lasang,
So‘qir ko‘zdan yosh chiqar.
Or-nomus va obro‘ haqida maqollar
Qalb ko‘zdan oldinroq ko‘rar
Boshliq to‘ra bo‘lsa,
Laganbardor ko‘payar.
Bug‘doy noning bo‘lmasa ham,
Ochiq yuzing bo‘lsin.
Ixlos bilan yopishsang,
Taqir yerdan chang chiqar.
Goh — pirdan, goh — muriddan.
O‘g‘limning suyuq oshi,
Ichida qayroq toshi.
Yuzi ochiqning till uzun.
Yosh ko‘zdan emas, yurakdan chiqar.
Totuvlik va ahillik haqida maqollar
Ixlos qilsang, cho‘pdan topasan
Chaqinib turgan chayondan
Biqinib yotgan ilon yomon.
Hamma gap pismiqdan chiqar.
Er yomoni — bozor joy,
Cho‘p yomoni — qo‘g‘a,
Odam yomoni — sipohi.
Bog‘ingda o‘riging bor,
Saloming-aliging bor.
Qo‘rqmasang, shivirlama.
Barqarorlik va beqarorlik haqida maqollar
Davlat kelsa, yo‘l ochar,
Davlat ketsa, do‘st qochar.