Xushomad va G‘urur haqida maqollar to‘plami
G‘urur va xushomad haqida eng sara maqollar to‘plami. «Aftidan, barcha tug‘ma ehtiroslarimiz ichida, ayniqsa g‘ururimizni yengishimiz qiyin bo‘lsa kerak; uni qancha berkitma, u bilan qancha olishma, bo‘g‘ma, chala o‘lik qilma — bari bir u yashayveradi, vaqti-vaqti bilan haddan oshib, o‘zini ko‘rsatib turadi» (B. FRANKLIN).
Dimog‘dorga bir gap oz,
Ikki gap ko‘p.
Yovga yalinma — joningni olar,
Dovga yalinma — molingni olar.
Egilganga bukilma.
Hamjihatlik va totuvlik haqida maqollar
Xom kishini xushomad xarob etar.
Berib yaxshi ko‘ringuncha,
Bermay yomon ko‘rin.
Ichak-qorin go‘sht bo‘lmas,
Laganbardor do‘st bo‘lmas.
Xushomadgo‘yga qo‘y so‘ydirma
Haqni aytsa, urarlar,
Xushomadni suyarlar.
Xushomadni suymasa,
Kaltak olib quvarlar.
Rostini aytsang, urarlar,
Xushomadni suyarlar.
Zamonasozlik — masxarabozlik.
Noo‘rin g‘urur, boshga balo.
Sahroyining xushomadidan dashnom chiqar.
Har odamga sunma aslo bo‘yningni,
Puch yong‘oqqa to‘ldiradi qo‘yningni.
Beqarorlik va barqarorlik haqida maqollar
Xushomad so‘zlagan til, yalab-yalab yara etar
Beta’maning boshi baland.
Behuda olqishlagan do‘st emas.
Ko‘rganga ko‘z, eshitganga quloq bo‘lma.
Muzga suyanma, yovga sig‘inma.
Gado gadodan uyalar.
Surur bir boshqa,
Kibr-u g‘urur bir boshqa.
Xushomadgo‘yning salomi ta’masiz bo‘lmas.
Ota o‘g‘li bo‘lsang,
Ota nomini baland tut.
Xushomadgo’y va g’ururli insonlarga aytilgan maqollar juda yaxshi ekan.