Barqarorlik va Beqarorlik haqida maqollar to‘plami

Barqarorlik hamda beqarorlik haqida eng sara maqollar to‘plami.

Barqarorlik va beqarorlik haqida maqollar

Erning so‘zi bitta.

Qo‘nimi yo‘qning unumi yo‘q.

Tez kirishgan tez qaytar.

Qunti yo‘q qo‘ra qurolmas.

Ruhi so‘lg‘inning ishi so‘lg‘in,
Ruhi tetikning ishi tetik.

Erk va erksizlik haqida maqollar

Yaxshi odam qarisa ham so‘zi aynimas,
Yaxshi ot qarisa ham, yurishi aynimas.

Lovullaki ot ko‘tarar,
Pismiqi dim o‘tirar.

Boylik — bir oylik.

O‘rlashgan jonini bermas.

Er yigitning aytgani — miltiqdan o‘q otgani.

Lov yongan o‘t tez o‘char.

Qarib quyulmagan, achib suyulmas.

Dunyo moli dunyoda qolar

Kaptar bo‘lib tug‘ilsang, qarg‘a bo‘lib o‘lma.

Er tuqqan yeriga,
It to‘ygan yeriga.

Dunyo moli dunyoda qolar

Yov qo‘liga tushsang ham, siring aytma.

O‘t ko‘rgan loy uvoqlanmas.

Suvni ming qaynatsa ham quyulmas.

Er aytmas, aytsa qaytmas.

Qazisan, qartasan,
Asl zotingga tortasan.

Tubdan aql bo‘lmasa,
Turtgan aql ne qilsin.

Qoradan ortiq bo‘yoq bo‘lmas.

Ahdi borning baxti bor.

Ishonchsizlik va gumon haqida maqollar

Quyosh qoraymas, oltin zanglamas

O‘sma ketar, qosh qolar,
Begona ketar, o‘z qolar.

Qo‘nimsiz, qo‘nimsizning ishi unumsiz.

Quyosh qoraymas, oltin zanglamas

Dunyo yig‘ib netarsan,
Bir kun tashlab ketarsan.

Qatiq to‘kilsa, yuqi qolar,
Ayron to‘kilsa, nesi qolar.

Yarab turar, deb torn solma,
Yarab turar, deb xotin olma.

Daraxt bir joyda ko‘karar.

Har sadafdan dur chiqmas.

Et yaxshisi qartadir.
Oxir asliga tortadir.

Echingan suvdan qaytmas,
Kezangan yovdan qaytmas.

Bor bo‘lsang, «yo‘qman» dema,
Yo‘q bo‘lsang, «to‘qman» dema.

Temirning bir boshi issiq, bir boshi sovuq

Qozon qorasi ketar,
Dil yarasi ketmas.

Ikki ko‘chgan — bir talangan.

Temirning bir boshi issiq

Beburdga behisht yo‘q,
Qaytib kelsa do‘zax ham.

Tursang so‘zingda, hurmat o‘zingda.

Oltin chirimas,
Da’vo qarimas.

Yugurukdan yuguruk tug‘ilar,
Suluvdan — suluv.

Ulug‘ kishi va’dasida yolg‘on yo‘q.

Saxiy berganini aytmas,
Er aytganidan qaytmas.

Joyidan qo‘zg‘algan daraxt kech ayj olar.

Pishgan loyning chinnisi toza.

Umidsizlik va umid haqida maqollar

Chinor chirimas, archa qurimas

Topganing — boyliging,
Boyligingmas, oyhging.

Har ishning ketiga tushgan,
Qo‘liga olmay qolmas.

Chinor chirimas

Ellik yilda el o‘zgarar.

Qorani yuvgan bilan oq bo‘lmas.

Ko‘ngil kirin yetti daryoda yuvsa ham ketmas.

Bu eshak — o‘sha eshak,
To‘qimi boshqa eshak.

Tagi qora qoraligicha qolar.

Qizning puli — qorning suvi.

Bedananing uyi yo‘q,
Qayga borsa «bitbildiq».

Ochko‘zlik va nafs haqida maqollar

Qozon qorasi ketar,
Yurak qorasi ketmas.

O‘zbek o‘z bilganidan qolmas.

Suyak sinsa, et qolar,
Jasad chirisa, ot qolar.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *