Erk va Erksizlik haqida maqollar to‘plami
Erk va erksizlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Kimki hayot va erkinlik uchun har kuni kurashsa, faqat ugina hayot va erkinlikka munosib» (Gyote).
Qafasdagi bulbuldan,
Vayronadagi boyqush erkin.
Erimning topganini o‘ynab yeyman,
O‘g‘limning topganini o‘ylab yeyman.
Xatga tushding — o‘tga tushding.
Erli uy — eshikli uy.
Ov bor joyda ovchi ham bo‘lar.
Ishonch va ishonchsizlik haqida maqollar
Erimnikiga hokimman,
O‘g‘limnikiga boqimman.
Har kim o‘z uyida sulton.
Tirik qulga tinim yo‘q.
Har kimning o‘z fikri bor.
Yaratganning erki bor, qaydan buloq chiqarsa
Suvga tushgan quruq chiqmas,
Mozorga tushgan tirik chiqmas.
Kiprigim ko‘zimniki,
Nima qilsam o‘zimnlki.
Har qush o‘z uyasida erkin.
Maqolning boshi ochiq.
It o‘yin bilan,
Qum quyun bilan.
Tomib tursa, quhngman,
Tommay qolsa, quhmsan.
Kimning aravasiga minsang,
O‘shaning qo‘shig‘ini ayt.
Ko‘chdim — o‘chdim.
Mol topganning tili uzun.
Qiz bola — birovning xasmi.
Yegan og‘iz uyalar
G‘amli uyga shodlik kelar,
Kambag‘alga — ozodlik.
Qiz bola — palaxmon toshi,
Otildimi, qaytib kelmas.
Nari borma, bo‘ri yemasin,
Beri kelma, ko‘zim ko‘rmasin.
Xon bilganni biy bilar,
So‘zlaguday haddi yo‘q.
Umid va umidsizlik haqida maqollar
Qiz chog‘im — sulton,
Kelin chog‘im — ulton.
Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas.
Birovning qo‘lida o‘g‘il bo‘lguncha,
O‘z uyingda qul bo‘l.
Erga tegish oson,
Etik yechari qiyin.
Tiriklik toshdan qattiq.
Qizingga erk bersang, baxtini topar,
O‘g‘lingga erk bersang — taxtini.
Ersiz xotin — boshvoqsiz xotin
Eshagim yurar edi zo‘rg‘a,
Yuki ko‘pligidan bo‘ldi yo‘rg‘a.
Soy qayoqqa oqsa, tosh ham shu yoqqa dumalar.
Yuz yil qul bo‘lib yashagandan,
Bir kun hur bo‘lib yashagan yaxshi.
Har kim o‘ziga — xon, o‘ziga — bek.
Kuykunak o‘z yerida ham g‘oz bo‘lar, ham — o‘rdak.
Darding bo‘lsa bo‘lsin, qarzing bo‘lmasin.
Minnatli norindan
Och turgan qorin yaxshi.
Devonaga yo‘l bo‘lsin, deb bo‘larmi.
Yigit bo‘lsang, sho‘x bo‘l,
Sho‘x bo‘lmasang, yo‘q bo‘l.
Qozonchining erki bor
Qaydan quloq chiqarsa.
It o‘z uyida — botir.
O‘zi bemalolning so‘zi bemalol.
Yigit — ovulning erki
Kambag‘alnikida intilib yeysan,
Boynikida — qimtinib.
Er yigit ko‘p bo‘lsa,
Erkinliging ko‘p bo‘lar.
Ochko‘zlik va tamagirlik haqida maqollar
Yigit ko‘ngli — podsho.
Tog‘ boshi tumansiz bo‘lmas.
Devonaga ikki dunyo barobar.
Otasiz o‘g‘ilning og‘zi katta.
Birovga qul bo‘lgandan
Ko‘pchilikka bo‘ysungan yaxshi.
Erga boqqan yerga boqar
Dunyo — bevafo, mol-dunyo — bebaqo.
Qiz — ovulning ko‘rki,
O‘g‘il — ovulning erki.
Otali o‘g‘il — xo‘jali qul.
To‘qayga o‘t tushsa, ho‘l-quruq baravar yonar.
Sulaymon o‘ldi, devlar qutuldi.
Tajriba va tajribasizlik haqida maqollar
Og‘asiz el bo‘lmas,
Sog‘asiz — suv.
Ulkan uydagi kulsa,
Kichkina uydagi yig‘lar.