Mehnatsevarlik va Ishyoqmaslik haqida maqollar to‘plami

Mehnatsevarlik hamda ishyoqmaslik yani dangasalik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Farzandlariga mehnatsevarlikni o’rgatgan odam, ularga meros qoldirgandan ham ko’ra yaxshiroq ta’minlaydi» (Richard Ueytli).

Dangasalik va Mehnatsevarlik haqida maqollar

Bersang — olasan,
Eksang — o‘rasan.

Реклама

Bemehnat hikmat yo‘q.

Gap bilan o‘roq o‘rish oson.

Bo‘lsa hamki qo‘riq yer,
Hosil berar, to‘ksang ter.

Реклама

Arg‘umog‘im jirtak otdi,
Loyni ko‘rib tappa yotdi.

Ahillik va birdamlik haqida maqollar

Bekorchilik — bemazachilik.

Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas.

Реклама

Birovning bergani — ko‘rgulik,
Mehnatning bergani — to‘ygulik.

Bir ezma topadi, bir — kezma.

Dangasaning vaji ko‘p,
Ohangsizning — avji.

Ahd qilgan baxt topar.

Реклама

Mehnat qilsang, davron surasan

Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan,
Mehnat qilsang, davron surasan.

Mehnat qilsang davron surasan

Baxt yalqovga begona.

Gap bo‘lsa, paka-paka,
Ish bo‘lsa, cheka-cheka.

Bemaza qovunning urug‘i ko‘p.

Реклама

Bekorchining hunari — g‘iybat.

Bekor o‘tirguncha, bekor ishla.

Gap — boshqa, ish — boshqa.

G‘ayratsizning yuragi o‘ynar.

Daraxt — havodan, odam — mehnatdan.

Реклама

Dangasaga ish buyursang,
Otangdan ortiq nasihat qilar.

Gap bilan osh pishmas.

Bog‘bonga tog‘ yarashmas,
Biyobonga — bog‘.

Beli bog‘liqning dili bog‘liq.

Ari zahrin chekmagan,
Bol qadrini bilmas.

Реклама

Bekorchining beti yo‘q,
Qozon osar eti yo‘q.

Himmat — elning tayanchi,
Mehnat — rohat quvonchi.

Bog‘ni boqsang — bog‘ bo‘lur,
Botmon dahsar yog‘ bo‘lur.

Manmanlik va kamtarlik haqida maqollar

Mehnating — boyliging

Harakating — sog‘liging,
Mehnating — boyliging.

Реклама
Mehnating boyliging

Aravani ot tortar,
Ko‘lankasin — it.

Bimi birov beradi,
Ko‘pni — mehnat.

Bermas tangridan hormas ovchi olar.

Dangasaning saratonda qo‘li sovqotar.

Ahmoqning kulgusi ko‘p,
Dangasaning — uyqusi.

Реклама

Bor-bor, ishda bor,
Ishlamagan nonga zor.

Bog‘ kimniki — bog‘bonniki.

Birov uchun birov qozon osmas.

Gap bilan shoshma, ish bilan shosh.

Betashvish bosh qayda,
Mehnatsiz osh qayda.

Реклама

G‘ayratsiz bilak — o‘rinsiz tilak.

Dangasaga ish buyursang

Dangasaga ish buyursang,
senga aql o‘rgatar

Gapni oz so‘zla,
Ishni ko‘p ko‘zla.

Dangasaga ish buyursang

Gapga — chechan, ishga — mechan.

Axtargan topar.

Реклама

Bekordan xudo bezor.

Bozoringni o‘zing qil,
Tegirmoningni o‘zing tort.

Наг kungi vadabozlikdan,
Bir kungi jonbozlik yaxshi.

Bekorchidan — bemaza gap.

Bir qo‘llab eksang,
Ikki qo‘llab o‘rasan.

Реклама

Baxtingga ishonma, barmog‘ingga ishon.

Boqimsiz bog‘ tog‘ bo‘lur,
Yurak-bag‘ring dog‘ bo‘lur.

Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam,
Odam — mehnati bilan.

Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.

Dangasaning ishi bitmas

Dangasaning ishi bitmas,
yoz kelsa ham qishi bitmas

Реклама

Bekorchidan el bezor,
So‘zidan ko‘ngil ozar.

Vatanparvarlik va vatan haqida maqollar

Dangasaning ishi bitmas

Hamma narsaning otasi — mehnat.

Gap desang, qop-qop,
Ish desang — betob.

Boqsang — bog‘, boqmasang — tog‘.

Реклама

Ayb yilda emas, mehnatda.

Dangasaga bulut soyasi ham yuk.

Ahdi boming baxti bor.

Dangasaga ostona tepa bo‘lib ko‘rinar.

Gap desang, qop-qop,
Ish desang, Ashtarxondan top.

Gap bilguncha, ish bil.

Реклама

Amaldorlar va din vakillari haqida maqollar

Dangasaning g‘ayrati ish bitganda qo‘zir.

Hurmating — savlating,
Mehnating — davlating.

Bog‘ jamoli — bog‘bondan.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Ahillik va Birlik haqida maqollar to‘plami
  2. Manmanlik va Kamtarlik haqida maqollar to‘plami
  3. Vatan va Vatanparvarlik haqida maqollar to‘plami
  4. Til va uning ofati haqida maqollar to‘plami
  5. Amaldorlar va Din vakillari haqida maqollar to‘plami
  6. Faqirlik va Boylik haqida maqollar to‘plami
  7. Yil fasllari va Tabiat hodisalari haqida maqollar to‘plami
  8. Hayvonlar va Qushlar haqida maqollar to‘plami
  9. Yo‘l va Yo‘ldosh haqida maqollar to‘plami
  10. Yoshlik va Keksalik haqida maqollar to‘plami
  1. Zarifa:

    Juda zòr

    • UzBaza.uz:

      Rahmat Zarifa.

    • Dilnura 2020:

      Juda yaxshi

    • Qilichbek:

      Juda katta foyda beryapti. Sizlarga katta raxmat. Ishingizga omad, charchamaylar!

    • Kumushoy:

      Bu maqollar judayam zo’rakan, bu saytga qiziqib qoldim.

    • Madina:

      Mehnatsevarlik haqida 10 ta maqol yodlash bugun uyga vazifa sifatida berilgan edi, shu maqollardan yod oldim.

  2. Nigina:

    Samarqand

  3. Ibrohim:

    Zo’r omad

  4. Muslima:

    ZO’R

    • UzBaza.uz:

      Muslima fikringiz uchun tashakkur.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko‘m Anna. Fikringiz uchun tashakkur! Kelgusida sizni saytimizda yana kutib qolamiz.

  5. Jayrona:

    Juda zo’rku

    • UzBaza.uz:

      Fikringizdan mamnunmiz.

    • Ulug'bek:

      Zo’r

    • Aziza:

      ZÕR👍👍

  6. Jayrona:

    Zo’r

    • UzBaza.uz:

      Jayrona assalomu alayko’m. Mehnatsevarlik va dangasalik haqidagi maqollar sizga yoqganidan bag’oyatda xursandmiz! sizni kelgusida web-saytimizda yana kutib qolamiz.

    • Ruxsora:

      🗯Assalomu alaykum . Fikrim ~ ajoyib🤩🙃😃

    • Dilnoza:

      Men bu mavzuga oid maqollar topa olmagandim, keyin google platformasini tortib oldim va o‘zimga kerakli ma‘lumotlarni topib oldim. Zo‘r rahmat 😊

  7. Аноним:

    juda zo’r omad……..

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m samimiy fikringizdan bag’oyatda xursandmiz.

  8. Ruxsora:

    🗯Assalomu alaykum . Fikrim ~ ajoyib🤩🙃😃

    • UzBaza.uz:

      Ruxsora assalomu alayko’m. Fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz.

  9. Muhabbat:

    Ajoyib,menga yoqdi

  10. Ayzada:

    Zo’r) gap yo👍👍🙂

  11. Muslima:

    Zo’r, ajoyib gap yo’q 👍👍👍👍 Menga kk bo’lgan hammasi bor ekan. Katta raxmat!

  12. Aziza:

    Juda zo‘r 👍👍👍

    • Iroda:

      Zor gap yoq rahmat

  13. Zubayda:

    Zòr

  14. Аноним:

    juda zor

  15. Ruxshona:

    Ishyoqmaslik va mehnatni sevishlik haqida yaxshi maqollar to’plangan ekan, o’zimga kerakli maqollardan topib yodlab oldim.

  16. Rayim:

    Mehnatsevarlik haqida juda yaxshi maqollar bor ekan. Sizlarga kattakon raxmat, ishlaringizga ulkan zafarlar tilab qolaman.

  17. Ziyoda:

    Allohga shukur rahmat, mashu maqollarni yozganni otasi va onasi umri uzoq bo’lsin.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *