Nodonlik va Donolik haqida maqollar to‘plami
Donolik, nodonlik, aql hamda aqlsizlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Oqil, dono kishi aql ishlatib, manosiz, behuda ishlardan chetlanadi. Aqlsiz, nodon odam esa doimo o‘zini maqtab sirlarini ochadi» (Abdiy).
Aql boshdan chiqadi,
Asl — toshdan.
Ahmoqqa — kaltak,
Donoga — ishorat.
Boqqa bulbul yarashar,
Ko‘p yashagan ko‘p bilmaydi,
Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi.
Adashgan aqldan ozar.
Kishi aqli bilan boy bo‘lguncha,
O‘z aqling bilan gado bo‘l.
Echkining o‘lgisi kelsa, cho‘ponning tayog‘iga suykanar.
Odamning yuziga boqma,
So‘ziga boq.
Adashmagan til,
Toyrilmagan tuyoq yo‘q.
Tenglik va tengsizlik haqida maqollar
Donoga ilm — ilm,
Nodonga essiz ilm.
Oydin tun adashmasga yaxshi.
Kalla boshqa, salla boshqa.
Dono aytsa, el aytgani,
Elning g‘amin yeb aytgani.
Aynlining bolasi qarg‘aning tilini bilar.
Yo‘lda yursang, tuya ishlat,
Elda yursang — miya.
Ahmoq kalla oyoq og‘ritar.
Fikri ravshanning so‘zi ravshan.
Ma’rakaga dono aralashsa,
Tuzilmay qolmas.
Ahmoq so‘zlar, aqlli tinglar.
Dono bilan nodon bir buloqdan suv ichmas
Betamizda uyat yo‘q,
Ahmoqda — niyat.
Vaysaqi — elga dushman.
Ahmoqniki — og‘zida,
Podshoniki — g‘aznada.
Aqling ko‘r bo‘lsa, ko‘zdan ne foyda.
Bo‘yga boqma, o‘yga boq.
Ahmoqning o‘z bilgani,
Gapirmasa, o‘lgani.
Daryoni mehnat to‘sar,
Odam aqldan o‘sar.
Ahmoqning katta-kichigi bo‘lmas.
Anqov o‘yin buzar,
Tentak — uyin.
Ko‘r siypab topar,
Aqlli — o‘ylab.
So‘z bilmagan er
El boshiga yov keltirar.
Ko‘z bilan ko‘r, dil bilan bil.
Ahmoqning javobi — sukut.
Dono so‘ziga bino qo‘yar
Nodon — o‘ziga.
O‘tgan bulutdan yomg‘ir kutma.
Aqlli uzoqni ko‘zlar,
Ahmoq — yaqinni.
Ahmoqqa Quva bir tosh.
Nodonning kulfati ko‘p,
Dononing — hikmati.
Aqlsiz xotin husnini ko‘z-ko‘z qilar,
Aqlli xotin — aqlini.
Ahmoqdan so‘rama, o‘zi aytar.
Ahmoqdan — chaqmoq.
Aqlli ish sevar,
Aqlsiz — so‘z.
Aql ozmaydi, ten to‘zmaydi
Botirdan yaxshi ish qolar,
Donodan — so‘z.
Gapni gapir uqqanga,
Jonni jonga suqqanga.
Gapni gapirib netasan,
Onasi bemahal tuqqanga.
Qorong‘ining ko‘zi ko‘r.
Ahmoq — o‘ynashda,
Yaxshi — o‘ylashda.
Aqlli otini maqtar,
Ahmoq — xotinini.
Idrok — aqlning jilovi.
Naql — ibrat o‘chog‘i,
Aql — fikr pichog‘i.
Inson — aqli bilan,
Dono — naqli bilan.
Ko‘p moldan oz aql yaxshi.
Aqli kirmagan qaridan,
Ziyrak tug‘ilgan bola yaxshi.
Yigit orif bo‘lsa, aslini so‘rama.
Bosh bo‘lmasa, gavda — losh.
Nodondan aql kutma,
Beburddan — nomus.
Oy to‘lganini bilmas,
Yigit — bo‘lganini.
Sohibkordan bog‘ qolar,
Donodan — kitob.
Aql aqldan quvvat olar.
Oy nuri tunni yoritar,
Odam aqli — hayotni.
So‘ngak osh bo‘lmas,
Nodon bosh bo‘lmas.
Ahmoqning ahmoqligi ham bosh og‘ritadi, ham oyoq.
Nasihat — achchiq, hazmi — totli.
Aqllingga aql qo‘sh,
Jahlingga — sabr.
Ahmoqning aqli — to‘pig‘ida.
Aqlsiz jahlli, jahlsiz aqlli
Aqllashsang, aql topasan.
Kuchiga ishongan — yiqilar,
Aqliga ishongan — yiqitar.
Olimdan ot qoladi.
Ahmoqning sirini och,
Urishsa, qoch.
Odamdan hiyla qochib qutulmas.
Odamning tizgini — aql.
Dononing o‘zini olmasang ham, so‘zini ol.
Bo‘lar bola o‘n beshida
Boshman, deydi.
Bo‘lmag‘uri o‘ttizida
Yoshman, deydi.
Ahmoqqa To‘ytepa bir tosh.
Dono bajarar ishni,
Nodon sindirar tishni.
Ahmoq o‘z oyog‘idan horiydi.
Dono aqli dor emas,
Nodon aqli yor emas.
Aqlli kengash qilar,
Ahmoq — urush.
Aqlliga — hurmat, aqlsizga — kaltak.
Uchgan o‘qning aqh yo‘q.
Ko‘p gap dushmanga ma’qul.
Aqlli pakana ahmoq darozdan yaxshi.
Nodondan — dod.
Achchig‘ing oldin yursa,
Aqling keynidan oshib kelsin.
Kallam bor — bir qop tillam bor.
Nodonga ulfat bo‘lgan qon yutar
Aql o‘rgatguncha, naql o‘rgat,
Aql — Hasan, odob — Husan.
Burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘yma.
Boshliq bo‘lsang, boshli bo‘l.
Kelishingni o‘ylama, ketishingni o‘yla.
Hovuzda quibaqa vaqillaydi,
Nodon — davrada.
Hamma mulla — bir mulla,
Ming mulla — bir tilla.
Ahmoq ahmoq emas,
Ahmoqni alimoq qilgan ahmoq.
Besalom odam — to‘ng,
Beaql odam — gung.
Aytguvchi nodon bo‘lsa,
Tinglovchi dono kerak.
Ahmoqning oldingi tishi qimirlar.
Dono naqli — hayot aqli.
Xudoga ishonib, och qolma.
Ahmoq to‘qmoq yig‘ar.
Johil ulfat — boshingga kulfat.
Mardlik va nomardlik haqida maqollar
Olim bo‘lsang, olam seniki.
Ahmoqni urma, so‘kma — gapga sol.
Ayolning husni pardozda emas, aqlida.
Kasalga davo topilsa ham,
Anqovga davo topilmas.
Tentak tentakligini qo‘y so‘yib bildirmas.
Kishi baxti taxtida emas, aqlida.
Ipni uzun qo‘y, qimirlashini ko‘r.
Aql yoshdan,
Odob — boshdan.
Dono donoga yor, ahmoq do‘stga zor
Naql — koni aql.
Odam bo‘ladigan bola olisga qarar.
Olim adashsa, olam qoqilar.
Belgi bo‘lsa yo‘ldan adashmas,
Aql bo‘lsa — so‘zdan.
Naql — tagi aql.
Nodon o‘z aybini ko‘rmay,
Kishi aybini qidirar.
Nodon so‘zlar,
Dono ibrat olar.
Ulug‘lik yoshda emas, boshda.
Aqlli o‘ylanguncha, tentak suvdan o‘tar.
So‘mdan savdo qildim,
Boshimga g‘avg‘o qildim.
Ahmoq o‘zi bilmas,
Bilganning so‘ziga kirmas.
Aqlli qizni yig‘latish ham qiyin,
Kuldirish ham.
Ahmoq o‘zini maqtar,
Tentak — qizini.
Ahmoq o‘zin bildirar,
To‘garagin kuldirar.
Katta daryo hayqirmas,
Aqlli kishi baqirmas.
Bo‘yimday bo‘y topilsa ham,
O‘yimday o‘y topilmas.
Teran daryo tinch oqar.
Dono durdan a’lo.
Aqllining qadri ahmoqning oldida bilinar.
Cholni ko‘rib «bobom» dema.
Johilda kuch ko‘p bo‘lar,
Kuchim degan tez o‘lar.
Donoga ish — shon-u shuhrat,
Nodonga ish — g‘am-u kulfat.
Aqling borida er tani,
Kuching borida yer tani.
Aqlli qariya — oqib turgan daryo.
Aqlli ish — qanotli qush.
Aql bozorda sotilmas.
Ayron osh bo‘lmas,
Nodon — bosh.
Aql boshlovchi, tana ishlovchi
Dono qarisa ham, donoligi qarimas.
Aql boshlaydi,
Oyoq tashlaydi.
Oz-ozdan o‘rganib, dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib, daryo bo‘lur.
Yigitning aqli — ko‘zida.
Eshak qirqqa kirganda ham qiliq chiqarar.
Aqlni beaqldan o‘rgan.
Totli suv toshdan chiqar,
Yaxshi aql — boshdan.
Ahmoqning shox-u butog‘i bo‘lmas.
Fozillar fazilati — hayot ziynati.
Dono hikmat keltirar,
Nodon — kulfat.
Aqldan ortiq boylik yo‘q.
Husnni ko‘z bilar,
Aqlni — ko‘ngil.
Aqlli aqlliga yo‘ldosh,
Yomon yomonga qo‘ldosh.
Yorim bor deb yorilma,
Haqiqiy yor bo‘lmasa.
Qizim bor deb kerilma,
Esli-xushli bo‘lmasa.
Aqlga yondosh, Jahldan qoch.
Aqlsiz bosh — nursiz chiroq.
Yo kattaning gapiga kir, yo kichikning.
Nodonga tek turmoq — javob.
Nodonning dili — tilida,
Dononing till — dilida.
Nodon bilan shavla yesang,
Oyog‘ingning tagi pishar.
Aqlsiz qo‘shnidan bitta himmat yaxshi.
Oqil johildan pand olar.
Yigitning zehnli bo‘lgani —
Adashmay yo‘lidan yurgani.
Odamga — aql.
Dono ming yashar, nodon bir yashar
Tentak to‘rini bermas,
Telba — to‘nini.
Nodon kuzatar,
Dono tuzatar.
Ahmoq aql o‘rgatar.
Aqlliga bir so‘z bas,
Aqlsizga ming so‘z oz.
Donoda mehr bo‘ladi,
Nodonda — zahr.
Ahmoq og‘asini tanimas,
To‘qmoq tog‘asini tanimas.
Ma’rakada topib gapirgan — dono,
O‘zini tutib o‘tirgan ham — dono.
Burgani deb, po‘stinni olovga tashlama.
Ahmoq oyog‘idan horiydi.
It yalog‘ida band bo‘lmas,
Ahmoq qulog‘ida — pand.
Odamning husniga baho berma,
Aqliga baho ber.
Inson aqli — olmos.
Sigir o‘zining buzoq bo‘lganini bilmas.
Dono aql so‘rab hormas,
Nodon nozin qilib bormas.
Aqli kaltaning till uzun.
Turnadan qorovul qo‘ysang,
Tepangdan qiyqiruv ketmas.
Otning yaxshisi tizidan ma’lum,
Odamning yaxshisi — so‘zidan.
Ahmoq elchi ikki tarafni buzar.
Buloqning suvi tiniq,
Dononing — suhbati.
Aql toshi — inson boshi.
Podshong qarg‘a bo‘lsa, yeganing go‘ng bo‘lar.
Aql bo‘y bilan o‘lchanmas.
Tan pardozi oltmishgacha,
Aql pardozi o‘lguncha.
Bo‘lmaganga bo‘lishma,
Bolaning o‘rtasiga tushma.
Ahmoqqa son tegmas,
Sepdan ishton kiyar.
Dono o‘ylab aytar, nodon o‘ynab
Ahmoq horimas,
Ko‘sa qarimas.
Tuyaday bo‘y beiguncha,
Ninaday aql bersin.
Boshi yo‘qning oshi yo‘q.
Bo‘ying tengi bilan yurma,
Aqling tengi bilan yur.
Nodondan boshchi bo‘lsa,
Jarga qulab ketasan.
Aqlli naqllab so‘zlar,
Aqlsiz laqillab so‘zlar.
Johillikdan jon chiqar,
Qobillikdan — dong.
Yiqilgan qoqilganga kular.
Olim aytgani — olam aytgani.
To‘qqizida bo‘lmagan aql,
To‘qsonida ham bo‘lmas.
Aqlning tagi — naql,
Naqlning tagi — aql.
Johillar kamon bo‘lar,
Mehrlilar — chaman.
Aybini yashirmoq nodonlar ishi.
Folbinga ahmoq ishonar.
Aql-farosat — nisbi karomat.
Botirlik va qo‘rqoqlik haqida maqollar
Aqling pesh — ishing besh,
Aqling kech — ishing hech.
So‘zlovchi ahmoq bo‘lsa,
Tinglovchi dono kerak.
Aql aynimas, oltin chirimas.
Ahmoqlarga bosh bo‘lguncha,
Donolarga yosh bo‘l.
Dononing so‘ziga boq,
Yaxshining — o‘ziga.
Donoga ergashgan dovondan oshar
Oldiga kelganni yemak —
Hayvonning ishi.
Og‘ziga kelganni demak —
Nodonning ishi.
Echkining ajah yetsa, qassobni suzar.
Javob oltin bo‘lsa, savol — kumush.
Ma’rakaga ahmoq aralashsa,
Buzilmay qolmas.
Aqlli do‘st — rohat,
Aqlsiz do‘st — ofat.
Ko‘p bilgan oz so‘zlar,
Oz bo‘lsa ham soz so‘zlar.
Qoqilsang toshdan o‘pkalama.
Uqmagan uyatga qolar.
Yaxshining xatosi yo‘q,
Nodonning — oshnasi.
Beaqlning ohi yo‘q,
Bog‘lamoqqa shoxi yo‘q.
Dono so‘zini tergar,
Nodon — ko‘zini.
Ahmoqning joni azobda.
Aqlsiz gap tashir,
Oqibatda bosh qashir.
Aql bo‘yda emas, o‘yda.
Ahmoq do‘st yovdan yomon.
Ahmoq boshdan aql chiqmas,
Aql chiqsa ham, ma’qul chiqmas.
Aqlli bolaga mol na kerak.
Nodonga — kaltak, donoga — ishora.
Fikrsiz odamdan tosh yaxshi.
Ish aqllini topar,
Aqlli — ishni.
Ahmoqqa salom berdim,
Besh tanga tovon berdim.
Aqllidan el rozi,
Ahmoqdan dil norozi.
Amalga qarama, aqlga qara.
Aqlli ishiga ishonar,
Aqlsiz — tushiga.
Ilon boshini dushman qo‘li bilan yanch.
Donolikni cheki yo‘q
Tentak o‘ylanguncha,
Aqlli suvdan o‘tar.
Oldingdagini ko‘rib, fikr qil,
Orqadagini ko‘rib, shukur qil.
Ahmoq otdan tushsa ham,
Egardan tushmas.
Kim gapirganga boqma,
Nima gapirganga boq.
Dono bilan yursang, dono bo‘lasan,
Ahmoq bilan yursang, rasvo bo‘lasan.
Dononing so‘zidan ham qolma,
Yurgan izidan ham.
Aqlning ko‘zi — uzoqning ko‘zi.
Aqlning o‘lchovi — idrok.
Toy ot bo‘lganini sezmas,
Yigit ota bo‘lganini sezmas.
Aqlsizga og‘a bo‘lgandan,
Aqllining olovini yoqqan afzal.
Aqlli boshda soch turmas.
Ming ishchiga — bir boshchi.
Birovning holiga kulmagin zinhor,
Sening ham holingga kulguvchilar bor.
Aqlli baxt topar,
Baxt bilan taxt topar.
Elanmagin kalga,
O‘zi kelar halga.
Aqlsiz do‘stga kular,
Aqlli do‘stni suyar.
Ahmoq ahmoqni topar.
Naql qaydan chiqadi, o‘y bo‘lmasa,
Kigiz qaydan chiqadi, qo‘y bo‘lmasa.
Aqlsiz og‘zidagini oldirar.
Devor bino bo‘lmas,
Qari bo‘lgan bilan dono bo‘lmas.
O‘likka yig‘lagan essiz ko‘zim,
Nodonga so‘zlagan essiz so‘zim.
Aqling bo‘lsa, oqilga ergash,
Aqling bo‘lmasa — naqlga.
Ahmoqning aqli tushdan keyin kirar.
Aqlli desang ahmoqni,
Boshga urar to‘qmoqni.
Ko‘r tovuqqa har narsa don ko‘rinar.
Ahmoqqa — to‘qmoq.
Ahmoqda or bo‘lmas,
Dengizda — guzar.
Ming qo‘shchiga — bir boshchi.
Aqli kamning azobi ko‘p.
Boshda aql bo‘lmasa, oyoqda tinim yo‘q.
Yuz ishchiga — bir boshchi.
Ahmoqqa aytgan bilan gap uqmas,
Xarsangga qoqqan bilan mix o‘tmas.
Aqlliga aytsang, biladi,
Aqlsizga aytsang, kuladi.
Ko‘p o‘qigan olim bo‘lsa,
Ko‘pni ko‘rgan dono bo‘lar.
Nodon bilan sirdosh bo‘lma
Aqlli o‘zini ayblar,
Aqlsiz — do‘stini.
Kar eshitganini qo‘ymas,
Ko‘r — tutganini.
Oltmish yashar ahmoqdan
Olti yashar dono yaxshi.
Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi,
Onalar so‘zi — baxtning o‘zi.
Bilgan topib gapirar,
Bilmagan — qopib.
Aql bilan odob egizak.
Aql — boshda,
G‘ayrat — yoshda,
Asl — toshda.
Kar bo‘lsang bo‘l, ko‘r bo‘lma.
Husn to‘yda kerak,
Aql — kunda.
Yomonni yaxshi qilish — dononing ishi,
Yaxshini yomon qilish — nodonning ishi.
Tinchlik va notinchlik haqida maqollar
Aqllining oti ham horimas,
To‘ni ham to‘zimas.
Ahmoqning orqasida bir dasta yantog‘i bo‘lmas.
Naynovning aqli — to‘pig‘ida.
Ko‘p o‘yla, bir so‘yla.
O‘zini bilmagan haqni bilmas.
Ahmoq o‘zi so‘zlab, o‘zi kular.
Kattada naql bor,
Yaxshida — aql.
Aql o‘lchovi — so‘z,
So‘z o‘lchovi — naql.
Aqli kalta pand yeydi,
Aqli teran — qand.
Uyga jihoz yarashar,
Odamga — aql.
Achchig‘ing chiqsa ham, aqling qochmasin.
Ahmoqning o‘zi bilmas,
O‘zgani ko‘zga ilmas.
Aqlliga aytdim, angladi-bildi,
Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi.
Aqlsiz dushmandan bir saqlan,
Aqlsiz do‘stdan ming saqlan.
Tog‘ning ko‘rki tosh bilan,
Odamning ko‘rki bosh bilan.
Aqldor bo‘lsa yigitning xotini,
Yaxshilikka chiqarar yigitning otini.
Chinordek bo‘ying bo‘lguncha,
Tumordek aqling bo‘lsin.
So‘gat tolga qush qo‘nar,
So‘zamolga — so‘z.
Yaxshi rahbar — chin padar.
Dononing gapi — tegadi nafi.
Bilgan so‘zni ayt,
Bilmas so‘zdan qayt.