Hayvonlar va Qushlar haqida maqollar to‘plami
Qushlar hamda hayvonlar haqida eng sara maqollar to‘plami. «Hayvonlar o‘z egalarining qafasidan chiqib, o‘zlarini xo‘jayin deb his etmoqni istaydilar, lekin ular bu o‘yin faqat egalarining yangi qafasni qurib bitkazgunicha o‘ylab chiqqan bir hiyla ekanini bilmaydilar» (Frants Kafka).

Etning yaxshisi — qazi,
Itning yaxshisi — tozi.
Yaxshi ot jonga sherik,
Yomon ot — molga.
Tog‘iga qarab quloni,
Suviga qarab — iloni.
Bo‘ri bo‘ronda quturar.
Ot — yigitning qanoti.
Yo‘ldosh va yo‘l haqida maqollar
Tuya to‘pig‘i ham to‘piq,
Qo‘y to‘pig‘i ham to‘piq.
Itdan suyak ortmas,
Mushukdan — bez.
Bedana tezotar bo‘lsa,
O‘z boshini o‘zi yer.
Zag‘cha sigirdan qo‘rqmas.
Tuya silkinsa, eshakka yuk chiqar
Ot olsang, ho‘kiz qorindan ol,
Ho‘kiz olsang, ot qorindan ol.

El qo‘nmay, it tinmas.
Qarg‘a keldi — qish keldi.
Eshakka pashmakdan xashak yaxshi.
Chopqir ot — o‘tkir pichoq.
Zag‘izg‘on sog‘ligidan o‘lmas, suqligidan o‘lar.
Yaxshi ot — ko‘pniki.
Itda jiyan yo‘q,
Baqada — qayin.
Toy otga yetkazar,
Ot — murodga.
Keksalik va yoshlik haqida maqollar
Cho‘pon bo‘lsang, qo‘yni boq,
Moyi toshsin choradan.
Tog‘ bo‘risiz bo‘lmas,
To‘qay arslonsiz bo‘lmas.
Yuvvosh tuya yumushga yaxshi
Yaxshi ot to‘rvasini orttirar,
Yomon ot — qamchisini.

El tinsa ham, it tinmas.
Bedananing «vit» degani — qochgani.
Echki bo‘lsa, qo‘yga yo‘l ochilar.
Tishini ko‘rguncha, ishini ko‘r.
Qalmoqi ot qoqilmas,
Qoqilsa ham, yiqilmas.
Yaxshi ot yod qoldirar,
Yomon ot lat qoldirar.
Echki qo‘y bo‘lmas,
Eshak — toy.
Zag‘izg‘on chaqib to‘q bo‘lmas.
Yuvvosh it hurmay tishlar.
To‘ng‘izni botqoqda bos
It boqqanda sirtlon boq,
Qo‘y oldirmas qo‘radan.

Eshak urgan bilan ot bo‘lmas.
Bo‘rining ozig‘i — burnida.
Yaxshi ot oyog‘idan ozar.
Yuvvosh otning tepkisi qattiq.
Etik kiysang, er bo‘lasan,
Otga minsang, sher bo‘lasan.
Eshak minganning oyog‘i tinmas.
Sevinch va g‘am haqida maqollar
Ot — yigitning yo‘ldoshi.
Toyni toy deb xo‘rlama,
Erta-indin ot bo‘lar.
Toy otga ergashar,
Qo‘y — serkaga.











Assalomaleko’m maqollarni manosi tushunarsi ekan judayam.
Ko‘proq maqollar borku lekin bu maqollar tushunarsiz ekan. Bu maqollar hech qanday ma’noga ega emas.
Ko‘proq maqollar borku, lekin bu maqollar tushunarsiz ekan. Yoki men tshunmadim?
Menga maqollar yoqdi. Har safar shu uzbaza dan foydalanaman.
Assalomu alayko’m. Qushlar haqida ko’roq maqollar qo’yinglar.
Maqollar umuman yoqmadi, bu maqolar hech qanday manoga ega emas.
Oʻzimizni eski ma’noli maqollardan qoʻyilar
Tabiat va hayvonlarga bo‘lgan mehrni oshirish uchun ajoyib maqollar. Hayvonlar va qushlar inson hayoti bilan chambarchas bog‘liq.
Qushlar haqidaham va hayvonlar haqidaham juda yaxshi maqollar yig’ilgan ekan, barchasini ko’chirib oldim, endi yod olsam bo’ldi.
Ko‘proq maqollar borku, lekin bu maqollar tushunarsiz ekan. Yoki men tushunmadim?