Hayvonlar yomg‘iri haqida hozirgacha nimalar ma‘lum?

Sirli, g‘alati hodisalar har qanday joyda, hatto yomg‘ir paytida ham sodir bo‘lishi mumkin. Turli ma’lumotlarda sakkizoyoq va mollyuska kabi dengiz jonzotlari, ba’zan qurbaqa, hatto o‘rgimchak yomg‘iri “yoqqan”ligi to‘g‘risida yozuvlar mavjud.

G‘alati yomg‘irlar baliq yoki o‘rgimchaklar, hatto sigirlar bilan birga yerga quyilib odamlarni hayratlantirgan.

Salta qishlog‘idagi o‘rgimchaklar yomg‘iri

Salta qishlog'idagi o'rgimchaklar yomg'iri

2007 yilning iyun oyida Argentinaning Salta qishlog‘ida osmonda o‘rgimchaklar yomg‘iri paydo bo‘ldi. Guvohlar nima uchun San-Bernardo tog‘lari tomonidan bunchalik ko‘p o‘rgimchak uchib kelgani sababini tushuna olmadi.

Bunday g‘ayritabiiy hodisaning asosiy sababi esa bu bo‘g‘imoyoqlilar sonining ko‘payishi bo‘lib, ular haddan tashqari ko‘p to‘r to‘qigan, bu esa o‘rgimchaklarni odatdagi yashash joyidan uzoqlashtirish uchun yetarli bo‘ldi.

Dunyo mamlakatlarida turli g‘alati qonunlar

Shri-Lankadagi g‘alati “baliq yomg‘iri”

Shri-Lanka g‘arbida joylashgan Chilav qishlog‘i aholisi uy tomlariga urilayotgan baland tovushlarni eshitib, avvaliga do‘l yog‘yapti, deb o‘yladi, lekin osmondan yomg‘ir kabi katta miqdorda baliq tushganini ko‘rib, hayron qolishdi.

Barcha tezda bu osmondan tushayotgan (ba’zilari hatto tirik edi) baliqlarni yig‘ib olishga kirishishdi.
Olimlarning fikricha, “baliq yomg‘iri” hodisasi nisbatan sayoz suv yuzasida tornado paydo bo‘lib, suvdagi hamma narsani, jumladan baliq, ilon baliq va hatto qurbaqalarni ham so‘rib chiqarishi natijasida sodir bo‘ladi.

Dengizida “sigir yog‘ishi” tufayli yaponiyalik baliqchi qayig‘i cho‘kib ketdi

Sigir yomg'iri tufayli baliqchi cho'kib ketdi

1986 yilda Sibirdan unchalik uzoq bo‘lmagan Oxot dengizida “sigir yog‘ishi” tufayli yaponiyalik baliqchi qayig‘i cho‘kib ketdi. Osmondan taxminan 23 bosh sigir «yog‘di», bittasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri baliqchilar qayig‘iga tushdi.

Zudlik bilan yordam chaqirilib, baliqchilar qutqarildi. Yomg‘irga esa Rossiya samolyotida olib ketilayotgan sigirlar qo‘rquvdan kabina bo‘ylab yugurib, “qo‘zg‘olon” qila boshlagani sabab bo‘ldi.

Sigirlar «aqldan ozgan»iga amin bo‘lgan ekipajning yuk bo‘limi eshiklarini ochib, ularni samolyotdan chiqarib yuborishdan boshqa iloji qolmagan ekan.

Eng ko‘p egizak tug‘iladigan dunyodagi 3 joy

Qurbaqa yomg‘iri

Qurbaqa yomg‘iri to‘g‘risidagi ma’lumot 1987 yil 24 oktyabrda Britaniyaning ikki taniqli “Daily Mirror” i “Daily Star” gazetalarida o‘rta yoshli ayol mahalliy hokimiyatga osmondan ko‘plab qurbaqalar tushayotgan yomg‘irning guvohi bo‘lganligi haqidagi maqolani e’lon qilganidan keyin ma’lum bo‘ldi.

Hududdagi boshqa odamlar ham o‘sha g‘alati yomg‘ir paytida o‘tkinchilar soyabonlariga minglab pushti rang qurbaqa tushganini ko‘rganligini aytishgan.

Qurt yomg‘iri

Qurt yomg'iri haqida bilasizmi

Jennings politsiya departamenti (Luiziana, AQSh) xodimi Eleonor Bille misli ko‘rilmagan qurtlar yomg‘irini ko‘rib seskanib ketdi. Yo‘l bo‘ylab qurtlar sudralib yurardi. Qurtlar uning boshi va qo‘llariga ham tushdi. Hozirgi kungacha ushbu qurtlar yomg‘irining sababi aniqlanmagan.

Dunyoning eng qimmat mevalari 1600 / 45 000 dollargacha

5/5 - (13 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Dunyo mamlakatlarida turli g‘alati qonunlar
  2. Eng ko‘p egizak tug‘iladigan dunyodagi 3 joy
  3. Dunyoning eng qimmat mevalari 1600 / 45 000 dollargacha
  4. Odamlarda uchraydigan eng noyob 9 kasalliklar
  5. Dunyodagi eng qimmat hayvonlar haqida bilasizmi?
  6. Eng baland va past bo‘yli odamlar qayerda yashaydi?
  7. Qaysi mamlakat odamlari tezroq qarishi haqida bilasizmi?
  8. 1 soniyada dunyoda nimalar sodir bo‘ladi?
  9. Xitoyliklar nimaga tayoqchalar bilan ovqatlanishadi?
  10. Aysberglar haqida eng qiziqarli 23 fakt

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *