Eng ko‘p egizak tug‘iladigan dunyodagi 3 joy
Egizaklarning o‘rtacha tug‘ilish darajasi Yerdagi barcha bolalarning 1,1-1,2 foizini tashkil qiladi. Shunday bo‘lsa-da, dunyoning turli burchaklarida hayratlanarli darajada ko‘p egizaklar tug‘iladigan aholi punktlari bor.
Hindistonning Kodinay shahrida juda ko‘p egizak tug‘iladi
Hindistonning Kalkutta shahridan 35 kilometr janubda joylashgan Kodinay shahrida juda ko‘p egizak tug‘iladi. Bundan tashqari, agar kodinaylik ayol mamlakatning boshqa hududiga ko‘chib ketsa, u yerda ham uning qo‘shaloq farzand ko‘rish ehtimoli saqlanib qoladi.
Bu aholi ayollarining ko‘p homiladorlikka ma’lum bir genetik moyilligining mavjudligidan dalolat beradi. Bundan ham ajablanarlisi, egizaklar tug‘ilishining bu o‘sishi nisbatan yaqinda, taxminan 1970 yillarda boshlangan va shundan beri ortib bormoqda.
Dunyoning eng qimmat mevalari 1600 / 45 000 dollargacha
Bu genetik xususiyat mavjudligining sababi ko‘pgina kam aholi yashaydigan qishloqlarda bo‘lganidek, bu yerda ham yuz berib turadigan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar tufayli deyilgan edi. Lekin o‘tkazilgan tadqiqotlar qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar butun Hindistondagiga qaraganda aynan Kodinayda kamroq bo‘lganini ko‘rsatdi.
G‘alati anomaliyaning yechimi hali topilmadi, biroq shaharchaga mahalliy aholi va sayohatchilar o‘zaro xursandchiligining sababchisi bo‘lgan turistik marshrutlar yo‘lga qo‘yilgan.
Nigeriya ko‘p homilalik darajasi bilan ajralib turadi
Aslida agar butun dunyodagi ko‘rsatkich o‘rtacha 2 foizga yaqin bo‘lsa, bu yerdagi chastota 4,5 foizni tashkil etib, Nigeriya ko‘p homilalik darajasi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turadi.
92 ming kishi yashaydigan Igbo-ora esa bu fonda ham ajralib turib, shahardagi mingta tug‘ilishning 50 tasi qo‘shaloq farzandlarga to‘g‘ri keladi.
Mahalliy aholi ko‘pincha kundalik ratsiondagi go‘sht bilan tayyorlanadigan bamiya va kassava nomli tropik o‘simliklarining iste’moli egizaklar “paydo bo‘lishi”ning sababchilari deb biladi. Ilm-fan bu nazariya isbotini topmaganligi to‘g‘risida gapiradi.
Aholi esa hamon o‘zlarining bu xususiyatidan foydalanish harakatida turli mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun “festival”lar uyushtirib, “Dunyoning egizak poytaxti” unvoni uchun bahslashib kelmoqda.
Odamlarda uchraydigan eng noyob 9 kasalliklar
Braziliyada Kandida-Godoy nomli hududni “egizaklar mamlakati” deb atashadi
Braziliya janubidagi Kandida-Godoy nomlikichik hududni “egizaklar mamlakati” deb atashadi. Nomidan kelib chiqib, bu yerdagi tug‘ilishlarning taxminan 10 foizi egizaklardir. Albatta, ushbu hodisani tushuntirish uchun bir necha farazlar ilgari surilgan.
Afsonalar Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyadan qochgan harbiy jinoyatchilar shu yerda yashiringanidan, ular qatorida konslager asirlari ustidan tibbiy tajribalar o‘tkazgan Yozef Mengel ham shifokor sifatida mahalliy aholiga noma’lum dori-darmonlarni buyurganligi haqida so‘zlaydi.
Lekin bu taxmin haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, negaki Kandida-Godoyda egizak farzandlar urushdan ancha oldin, XX asrning boshlarida tug‘ila boshlagan.
Dunyoda ro‘y bergan eng sirli va g‘aroyib tasodiflar
Egizaklar konsentratsiyasining balandligi haqidagi yana bir taxmin — ushbu aholiga asos solgan kishilardan birida mavjud bo‘lgan qandaydir xarakterli xususiyatning tarqalishidan kelib chiqib, “asoschi effekti” deb nomlangan. Yaqin qarindoshlar orasida bo‘lgan nikohlar tufayli mas’ul gen aholining keyingi avlodlariga tarqalib ketish sababchisi bo‘lgan.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Dunyo mamlakatlarida turli g‘alati qonunlar
- Dunyoning eng qimmat mevalari 1600 / 45 000 dollargacha
- Odamlarda uchraydigan eng noyob 9 kasalliklar
- Dunyodagi eng qimmat hayvonlar haqida bilasizmi?
- Eng baland va past bo‘yli odamlar qayerda yashaydi?
- Qaysi mamlakat odamlari tezroq qarishi haqida bilasizmi?
- 1 soniyada dunyoda nimalar sodir bo‘ladi?
- Xitoyliklar nimaga tayoqchalar bilan ovqatlanishadi?
- Aysberglar haqida eng qiziqarli 23 fakt
- Kuchuklar haqida eng keng tarqalgan 7 afsona