Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam, ibratli voqea
Soat tongi 03:30 edi. Uning telefoni jiringlay boshladi. Yostiqdan ming mashaqqat bilan boshini ko‘tarib, qo‘ng‘iroqqa javob berdi:
— Eshitaman! Kimsiz?
— Menman, o‘g‘lim. Onangman!
Eri boshiga ko‘targan ayol: Ibratli hikoya
— Uff, ona, Xudo xayringizni bersin! Koshki bilsangiz edi, ertaga qiladigan qanchalik muhim ishlarim bor.
— Haligi… O‘g‘lim…
— Nima, ona, nima. Meni shu paytda uyg‘otadigan nima muhim ishingiz bor? Ertalab qo‘ng‘iroq qilsangiz ham bo‘laverardi-ku?
Ona o‘g‘lidan bu sovuq muomalani eshitib qattiq ranjidi, o‘ksindi. Yig‘lamsiragan bir ovozda javob berib telefonni o‘chirdi:
— Bundan roppa-rosa o‘ttiz besh yil avval shunday tun yarmida 03:30 da sen ham meni uyg‘otgan eding!
Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam! Seni yaxshi ko‘raman!
Hikoyaga gap yoq
Mativatsiya beradigan hikoyalar yozinglar
Oldindan rahmat
Rahmat zor hikoya
Mativatsiya beradigan hikoyalarni yozinglar Oldindan rahmat
Rahmat yaxshi hikoya yanada insonni tarbiyalaydigan hikoyalar yozinglar.
Rahmat hikoya uchun bundan ham insonni tarbiyalaydigan hikoyalar yozingizlar ollohni nazaridan qolmangizlar.
Ishlaringga omad tilayman!