Faqirning haqqi, juda ibratli voqea

Bir badaviy Payg‘ambarimiz Sallallohu Alayhi Vasallamni ziyorat qilgani kelibdi. U bir qishloqdan, qabiladan, cho‘ldan kelgan odam. Juda ham chiroyli qo‘ylarni o‘tlatib yurganlarini ko‘ribdi va:

“Yo Rasululloh! Bular qanday chiroyli qo‘ylar-a!” – debdi.

“Senga juda yoqdimi?” – deb so‘rabdilar Rasululloh Sallallohu Alayhi Vasallam.

“Juda ham chiroyli ekan! Juda yoqdi, yo Rasululloh!”

“Unday bo‘lsa, ol hammasini” – deb aytgan ekanlar.

Faqirning haqqi ibratli voqea

Biz nima qilamiz? Biz bir donasini so‘yamiz yoki beramiz, yoki “Shu sonini kesib, unga berib yuboring!” deymiz.

Ko‘pincha, kallani pishirish uyda xotinlarga mushkulligi uchun: “Boshini, shu narsalarini berib yuboring!” deymiz. Ammo Rasululloh Sallallohu Alayhi Vasallam nima demoqdalar:

“Ol hammasini!”

“Hammasinimi, yo Rasululloh?”

“Ha, hammasini!”

Hammasini olibdi, jimgina ularni olib, kechga yaqin qabilasiga kirib boribdi.

“Allohu Akbar! Bu nima? Sen ertalab bir o‘zing chiqib ketganding. Nima, talonchilik qildingmi yoki o‘g‘irlik qildingmi?” – deb taajjublanib so‘rabdilar. Shunda u:

“Muhammad berdi. Faqirlikdan qo‘rqmaydigan Muhammad berdi”, – deb aytibdi.

Bizning esa faqirlikdan qo‘rqqanimizdan qo‘llarimiz titraydi: “Hoy, hoy, bola-chaqangga nima qoladi?” – deymiz.

Dono bola: Juda ta’sirli voqea

Payg‘ambarimiz faqirliqdan qo‘rqmasdan butun borini beribdilar. Odamlar hayron qolishibdi, hammalari maftun bo‘lib, musulmonchilikni qabul qilibdilar. Bir poda qo‘y yaxshimi yoki bir guruh musulmonlar yaxshimi? Shu qadar musulmonga ega bo‘ldilar.

Paygʻambarimiz faqirliqdan qoʻrqmas edilar

Qo‘yni berdilar, musulmonni – mo‘minni oldilar Payg‘ambarimiz sallalloxu alayhi vasallam. Bu bilan zarar ish qilmadilar. Yanada ko‘proq foyda ko‘rdilar, chunki xolis musulmonlar ko‘paydi.

Yaʼni berishdan qo‘rqmay berar edilar. Abu Bakr Siddiq ham bermoqchi bo‘lganlarida qo‘rqmasdan hammasini berar edilar.

“Miskinlarga mollaringizdan berdingizmi?” Beramiz. Nima uchun beramiz? Chunki ularning haqlari bor. Bizning mollarimizda ularning ham haqlari bor. Uni bergan vaqtimizda molimiz maʼnan tozalanadi, poklanadi. Shuning uchun ham arabchada zakotning maʼnosi tozalash degani.

Zakot berishing bilan moling poklanadi. Zakot bu – insonning Allohga itoatkorligini ko‘rsatadigan belgi. Baxil bilan saxiy musulmonning farqi zakot berishda bilinadi.

Zakot bergan insonni baxil deb aytolmaysan. Ammo zakot bu – saxiylikning eng quyi qismi, eng yuqori cho‘qqisi bu siddiqiyatdir. Nimang bo‘lsa, Alloh yo‘lida hammasini berasan.

ramazonning sifatlaridan biri

Payg‘ambarimiz Sallallohu Alayhi Vassallam hadisi shariflarida ramazonning sifatlaridan biri haqida nima degan edilar:

“Muvasot – mol bilan birovga yaxshilik qilish, moldan biror narsa berish degani”. Ramazonda bilasiz, Qurʼoni karim o‘qiladi, tarovih namozlari ado etiladi, ro‘za tutiladi.

Germaniyada o‘qigan arab yigit: Ibratli hikoya

Yana nima qilinadi? Xazinalar eshigi ochilib, faqirlarga ham ulush beriladi. Ular sevintiriladi. Shunda Alloh rozi bo‘ladi. Nega? Chunki, ko‘ngil olish – Kaʼba qurishdek savob. Qalbni buzish – Kaʼbani buzishdek gunoh.

Payg‘ambarimiz Sallallohu Alayhi Vasallam Kaʼbaning oldiga borib:

“Qanday chiroylisan, qanday muboraksan, ey Kaʼba! Naqadar muhtaramsan, lekin Allohga qasam bo‘lsinki, mo‘min qulning qalbi Alloh nazdida sendan ko‘ra qiymatliroqdir”, – deydilar.

Mo‘min qulning qalbi Kaʼbadan ko‘ra hurmatliroq. Namozxon, niyozmand bir faqirga biror narsa berib ko‘nglini olsangiz, qanchalik savob topgan bo‘lasiz!

  1. Jumanazar:

    Ajoyipgapyoq yana shunaqalardan ciqaring iltimos

  2. Fayzullo:

    Hikmat izlaganga hikmatdur dunyo, illat izlaganga illatdur dunyo.

  3. Mohinur:

    Juda ajoyib rivoyat ekan. O’zim uchun yaxshi ibrat oldim.

  4. Muslima:

    Juda ajoyib va juda ibratli voqealar ekan!

  5. Maftun:

    O’zimga kerakli ibratni oldim bu voqeadan so’ng.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *