Bilmaslikning foydasi, juda ibratli voqea

Bir ishbilarmon Janubiy Amerikada tuxum sarig‘icha keladigan olmos sotib oldi. Biroq olmosning o‘rtasida teshik bor edi.

Balki birorta jo‘yaliroq maslahat berar degan umidda tadbirkor bir yaxshi zargarning oldiga bordi. Zargar olmosni ko‘rib, zavq bilan bosh silkitdi:

Bilmaslikning foydasi ibratli voqea

– Bu toshni ikkiga bo‘lish mumkin. Undan ikkita brilliant chiqadi va har biri olmosning o‘zidan ko‘ra qimmatroqqa baholanadi.

Biroq bitta muammo bor: agar zarb to‘g‘ri berilmasa, bu mo‘jaz mo‘jiza parcha-parcha bo‘lib ketadi.

Omon qolsang, unutma! Juda tasirli voqea

Bu parchalardan yasalgan brilliantlar juda arzon ketadi, to‘g‘risini aytganda, sariq chaqaga qimmat bo‘lib qoladi. Men bunaqa tahlikali ishni bo‘ynimga ololmayman, uzr.

Ishbilarmon bu masalada o‘zi safar qilgan juda ko‘p mamlakatlardagi zargarlarga murojaat qildi. Ammo ular ham xuddi shu gapni deyarli takrorladi.

Oxiri unga Amsterdamdagi keksa va mohir zargarga uchrashni tavsiya etishdi. Ishbilarmon taʼrifi ketgan zargarning huzuriga yo‘l oldi. Usta durbin-monokli bilan olmosga yaxshilab tikilgach, boshqalar singari bu ishning tahlikali jihatlari haqida so‘zlay ketdi.

Ishbilarmon zargarning so‘zini kesib, bu gaplarni ko‘p va xo‘b eshitgani, deyarli yod bilishini aytdi. Zargar ishni olishga ko‘ndi, narxini ham belgiladi.

yod bilishini aytdi

Tosh egasi narx-navoga rozi bo‘lgach, usta uzoqroqda o‘zlariga orqa qilib ishlab o‘tirgan shogirdini chaqirdi. Ustozidan kerakli topshiriqni olgan shogird toshni kaftiga qo‘yib, bolg‘acha bilan urdi.

Nechta do‘stim bo‘lishi kerak? Ibratli voqea

Ikkiga bo‘lingan toshga eʼtibor ham bermay ustoziga qaytarib berdi. Ishbilarmon hayratini yashirolmadi:

– Zo‘r-ku, bu yigit sizda qachondan beri ishlaydi?

– Endi uchinchi kun. U bu toshning haqiqiy bahosini bilmaydi. Shu sababli qo‘rqmay, qo‘llari qaltiramay ishga kirishdi, – deb javob berdi nuroniy zargar.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
  2. O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi
  3. Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi
  4. Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi
  5. Omon qolsang, unutma! Juda tasirli voqea
  6. Nechta do‘stim bo‘lishi kerak? Ibratli voqea
  7. Tilda va Dilda juda tasirli hikoya
  8. Tuproq Hudo bo‘la oladimi? Juda ibratli hikoya
  9. Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam, ibratli voqea
  10. Eri boshiga ko‘targan ayol, juda ibratli hikoya
  1. DIYORA:

    JUDA ZOR VA iBRATLI RIVOYATLAR

  2. Gulzora:

    Juda ham foydali va kerakli RIVOYATLAR ekan. Bilimlarimni oshirishga yordam berdi.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *