Omon qolsang, unutma! Juda tasirli voqea

Yaponiyada yuz bergan zilziladan so‘ng qutqaruvchilar bir yosh juvonning uyi oldiga keldilar. Xarobalarni tozalab, uning ostida qolganlarga yordam berish kerak edi.

Shu uyda yashaydigan ayolning tanasi bir-biriga suyanib qolgan devorlarning yoriq-darzlaridan ko‘rinib turardi. U g‘alati bir holatda – xuddi ibodat qilayotganday oldinga egilgan, qo‘llari bilan nimanidir bag‘riga bosib olgandi.

Omon qolsang, unutma! Juda tasirli voqea

Uy qulaganda ayolning yelkasi va bosh qismi jarohatlangan, u allaqachon dunyodan ko‘z yumgandi.

Nechta do‘stim bo‘lishi kerak? Ibratli voqea

Qutqaruvchilar ayol tanasini deyarli ko‘mib yotgan turli siniqlar va parchalarni asta-sekin tozalashdi. U guldor yo‘rgakka o‘ralgan go‘dakni quchoqlab olgandi.

Chaqaloq taxminan uch oylik edi. Uy yiqilgan chog‘da ona o‘z jonini fido qilib, bolasini qutqargan ekan.

Guruh boshlig‘i bolakayni qo‘lga olgan payt u hali hech nimadan xabarsiz, tinchgina uxlab yotardi. Go‘dakni tekshirishga kelgan shifokor yo‘rgakni ochib, uning ichida yotgan qo‘l telefonini topib oldi.

Telefon ekranida “Omon qolsang, unutma, men seni yaxshi ko‘raman, bolam”, degan xat bor edi. Hali tanasidagi issiq jonidan, ongu shuuridan ayrilib ulgurmagan bechora ona qo‘lidagi telefonga bir umrlik vidolashuv va mehr xatini yozib ketibdi.

vidolashuv va mehr

Tilda va Dilda: Tasirli hikoya

Balki o‘sha oniy lahzalarda u o‘g‘lining chopqillab o‘ynab yurganini, bejirim tuflicha va oppoq ko‘ylakda maktabga borganini, bo‘ydorgina yigitga aylanib jilmayib turganini xayolidan o‘tkazgandir.

Cheksiz onalik mehr-muhabbatini ana shu bir og‘iz gapga sig‘dirmoqchi bo‘lgandir.

Qutqaruvchilar telefonni bir-biriga uzatar, onaizorning so‘nggi so‘zlarini o‘qib, ko‘zlarida yosh halqalanardi.

  1. Durdona:

    Omon qolsang, unutma! deb nomlangan ushbu hikoya juda tasirli ekan.

  2. Seda:

    Omon qolsang unutma deb nomlangan hikoya zo’r ekan.

  3. Moxinabonu:

    Omon qolsang unutma degan hikoya juda ta’sirli ekan, menga yoqdi.

  4. zohid:

    Bu tasirli rivoyat mengayam juda yoqdi.

  5. Sevinchbonu:

    Juda tasirli hikoya ekan, o’qib tasirlanib ketdim, shunaqangi mavzularni chiqarishdan charchamanglar.

  6. Sohiba:

    Judayam tasirli hikoya, menga judayam yoqdi, onajonlarimiz so’g bo’lishsin.

  7. Malika:

    Menga bu hikoya juda ham yoqti, o’qib tasirlanib kettim, shunaqa hikoyalarni yozishdan charchamanglar.

    • Muqaddas:

      Farzand uchun jonini fido qila oladigan bittayu bitta inson ona. Bu hikoyada aynan shu holat aks etgan.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *