Tilda va Dilda juda tasirli hikoya

Uch musulmon Rum urushiga borib, tez orada dushmanga asir tushib qolibdilar. Rum qaysari vakillari orqali ularga shart qo‘yibdi: “Agar islom dinidan yuz o‘girib, masihiylikka o‘tsangiz, omon qolasizlar, aks holda sizlarni qatl etamiz”, debdi.

Asir jangchilar bu taklif va farmonni eshitib, o‘zlaricha o‘yga tolibdilar. Asir tushgan jangchilardan biri avval faqih bo‘lib, shariat qonunlarini (ahkomlarini) yaxshi bilar ekan.

Tilda va dilda Tasirli hikoya

Tuproq Xudo bo‘la oladimi? Ibratli hikoya

U o‘ylab ko‘rib, “Men dilimda emas, tilimda o‘z dinimdan kechsam, omon qolaman, bu gunoh bo‘lmas”, degan xulosaga kelibdi.

Ikkinchi jangchi hazrat Ali avlodiga mansub sayyidlardan ekan. U o‘ylabdi: “Men vaziyat taqozosi bilan, tilimda dinimdan voz kechsam, mahshar kuni buyuk ajdodlarim menga shafoat qilar”.

Uchinchi jangchi o‘z umrida ko‘p gunoh ishlar qilgan bezori odam ekan. U safdoshlarining fikrini eshitib, o‘yga tolibdi va debdi:

Uchinchi jangchi

Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam: Ibratli voqea

— Menga hech kim shariat ahkomlarini o‘rgatmagan, hech bir qarindoshim meni himoya qilmaydi. Shu sababli men dinimdan voz kechmayman va o‘limimga roziman.

Oxiratda hech bo‘lmasa shu ishim — dinimdan qaytmagach o‘lib ketganim uchun menga rahm qilishsa kerak. Ming-ming gunoh bilan yashaganimdan ko‘ra, bitta savobli amal bilan yaxshi nom chiqarib o‘lganim yaxshi!

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
  2. O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi
  3. Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi
  4. Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi
  5. Tuproq Hudo bo‘la oladimi? Juda ibratli hikoya
  6. Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam, ibratli voqea
  7. Eri boshiga ko‘targan ayol, juda ibratli hikoya
  8. Agar bir oy umringiz qolsa, juda ibratli voqe
  9. Dono bola, juda ta'sirli voqea
  10. Germaniyada o‘qigan arab yigit, ibratli hikoya
  1. Xamidjon:

    Assalomu alayko’m. Manbalar ajoyib. Bir iltimos, so’rov bu rivoyatlarni manbasini ko’rsatib foydalansa bo’ladimi? Masalan, telegram yoki you tube da?

    • UzBaza.uz:

      Xamidjon Assalomu alayko’m. Web-saytdagi barcha malumotlardan Manba ko’rsatgan holda foydalanishingiz mumkin.

  2. Qirmizi:

    Jaqsi eken barin oqip shiqtim tasieli ham adamlarga paydalu.

  3. Xonzoda:

    Hikoyalar juda ham ta’sirli va ibratli ekan. O’qib anchagina ma’lumotlarga ega bo’ldim. Yana bundan ham yaxshilarini kutib qolaman. Rahmat! 👍

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *