Germaniyada o‘qigan arab yigit, ibratli hikoya

Olmoniya sanoatlashgan, o‘ta rivojlangan davlat. U yerda turli sohalarga oid mahsulotlarning saralari ishlab chiqariladi. Ko‘pchilik, bu mamlakat aholisi nihoyatda to‘kin-sochin, o‘ta dabdabada yashaydi, deb o‘ylaydi.

Safarimdan oldin men ham shu fikrda edim. Gamburg shahriga kelib tushganimda, u yerdagi tanishlarim bir restoranda ziyofat uyushtirdi.

ziyofat uyushtirdi hikoya

Restoranga bordik. Qarasak, restoranda odam kam, bir nechta yoshi ulug‘ ayollar bor, bir chetdagi stolda yosh er-xotin o‘tiribdi. Oldilarida ikkita tarelka ovqat va ikkita ichimlikdan boshqa narsa yo‘q.

Biz xam bir stolga o‘tirdik, qorin xam ochqab ketgandi, shundan sherigim ko‘pgina ovqat buyurtma berdi. Restoran tinch ekan, ovqat ham tezda keldi.

Dono bola: Juda ta’sirli voqea

Ovqatlanib bo‘lib, turib ketayotganimizda ovqatni deyarli uchdan biri tarelkada ortib qolgan edi. Restoran eshigiga yetib bormagan xam edikki, kimdir bizni chaqirdi, qarasak yoshi ulug‘ xonimlar restoran boshlig‘iga nimalarnidir gapirishyapti.

Bilsak, ular ko‘p ovqat qoldirib ketayotganimizdan norozi ekanlar. Sherigim: “O‘zimiz buyurtma bergan ovqat, pulini to‘ladik, sizlarga daxli bo‘lmagan narsaga nega aralashasizlar”, dedi. Xonimlardan biri bizga qattiq g‘azab bilan qarab turdi-da, telefon oldiga borib, kimgadir sim qoqdi…

kimgadir sim qoqdi

Ko‘p o‘tmasdan, rasmiy kiyimda bir kishi kerib keldi, o‘zini “ijtimoiy taʼminot muassasa”sining zobiti deb tanishtirdi. Bizga 50 marka (pul birligi) jarima soldi.

Biz javob qaytarolmadik. Sherigim uzr so‘rab 50 marka to‘ladi. Zobit: “Ortib qolmasligiga ko‘zlaring yetgan taomni buyurtma beringlar, pul o‘zlaringniki, lekin resurslar barchaniki.

Dunyoda ko‘plab odamlar resurs, oziq-ovqat taqchilligiga duch kelmoqda, sizlar esa behudaga ketkazyapsizlar”. Biz rosa xijolatda qoldik. Uning gaplari haq edi.

Biz shuni tafakkur qilishimiz kerak, bizning yurtlarda (Arab davlatlari) o‘zi resurs ko‘p emas, shunday bo‘lsa ham, birovni chaqirsak, odamlar nima deydi, deb, ko‘p yeguliklar xarajat qilib yuboramiz.

Faqirning haqqi: Juda ibratli voqea

Natijada kimlardir zor bo‘layotgan ko‘plab ovqatlar isrof bo‘lib qolib ketadi. Bu biz uchun amal qilishimiz kerak bo‘lgan dars bo‘ldi.

ibratli hikoya dars boʻldi

Sherigim o‘sha jinoyat qog‘ozini suratga olib, xar birimizga esdalik sifatida bittadan nusxa berdi. Biz uni hech qachon isrof qilmasligimizni eslatib tursin, deb xonamiz devoriga osib qo‘ydik… “Pul o‘zingniki, lekin resurslar barchaniki”.

Bu hikmatni xar qachon ovqatlanganimizda, yoki dush qabul qilganimizda, yoki resurslardan, masalan, elektr, gaz, suv va xakazo… qay biri bo‘lsin, ishlatayotganimizda eslashimiz kerak. Resurslarning barchasi Yaratganning neʼmati!

  1. Marjona:

    Assalomu alayko’m. Bu ibratli hikoya menga juda ham yoqdi, juda tasirli ekan, ishlaringizga omad tilab qolamiz.

  2. Nigina:

    Assalomu alayko’m. Bu ma’lumotlar aynan men uchun kerak bo’lgan malumotlar ekan.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *