Dono yigit ertagi bolalar uchun
O’tgan zamonda bir donishmand chol yashagan ekan. Uning uch o’g’li bo’lgan ekan. O’g’illari voyaga yetgach, chol ularga shunday debdi:
— Bolalarim, men sizni yeyish-ichishdan kamsitmay o’stirdim. Endi otlaninglar, turli shaharlarga borib, qo’rg’on solib kelinglar!
To’ng’ich o’g’li otasi topgan oltin-kumushlardan olibdi. Farg’ona vodiysining hamma shaharlariga boribdi. U yerlarga bittadan kattakon uy solibdi.
O’rtancha o’g’il bo’lsa, Buxoro, Samarqand tomonlarga borib, qo’rg’onlar qurdiribdi.
Qarg‘a bilan qo‘zi ertagi bolalar uchun
Kenja o’g’il oqil, dono ekan. U o’zicha : «Dadam turli shaharlarda qo’rg’on solinglar, deyish bilan har bir shahardan do’st, yor-birodar orttiringlar, demoqchi. Men boshqa shaharlarga borib, uy solib yurmayman! » debdi. Kenja o’g’il safarga chiqib ketipdi.
U qayerga borsa, u yerda eng yaxshi, vafodor kishilarni topib, ular bilan do’stlashibdi. U o’z safari davomida o’rtoqlari orasida mashhur bo’lib ketipdi. U akalaridan avval uyga qaytibdi.
Chol bir kuni:
— Qani, kim qaysi shaharga qanday qo’rg’on qurdi? Yuringlar, bir aylanib ko’rib kelamiz, — debdi.
U o’g’illari bilan birga katta o’g’li qurgan qo’rg’onga boribdi. Qarasa, uy-joyning o’zi so’ppayib odamsiz turgan emish. Chol indamapti. So’ngra o’rtancha o’g’ilning qilgan ishini ko’zdan kechiribdi. Uniki ham xuddi akasiniga o’xshar ekan.
Til tig‘dan o‘tkir ertagi bolalar uchun
— Bu qo’rg’onlarning odamlari qani? — deb so’rabdi chol. To’ng’ich va o’rtancha o’g’il unga javob bera olmabdi. Hammalari kenja o’g’ilning yor-birodarlari yashaydigan joylarga borishibdi.
Ularni kenja o’g’ilning yor-u do’stlari izzat-hurmat bilan kutib olibdilar, ketma-ket ziyofatdan bo’shamay qolibdilar, shunda chol o’g’illariga qarab bunday debdi:
— Har bir shahardan orttirilgan do’st u yerga bir qo’rg’on qurish bilan teng. Mening maqsadimni faqat kenja o’g’lim tushunibdi. Mening ismim, bilim-tajribam unga meros bo’lib qolsin.
Shayton bilan dehqon ertagi bolalar uchun
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Qizil shapkacha (qalpoqcha) ertagi bolalar uchun
- Chol bilan Bo‘ri ertagi bolalar uchun
- Eng katta sehr ertagi bolalar uchun
- Quyonchaning uychasi ertagi bolalar uchun
- Tulkining jazosi ertagi bolalar uchun
- Tuz qadri ertagi bolalar uchun
- Piyozvoy nega xomush? ertagi bolalar uchun
- Sichqonga aylangan yo‘lbars ertagi bolalar uchun
- Maqtanchoq kesak ertagi bolalar uchun
- Ikki to'lqin ertagi bolalar uchun
Biz bolalarimiz bilan Dono yigit ertagini o’qib chiqdik. Juda qiziq ertaklar bor ekan.
Men bu ertaklardan juda hayratlandim. Juda qiziq ertaklar bor ekan, sizlarga kattakon raxmat.