Dunyodagi 8 ta eng murakkab tillar reytingi

Horijiy tillarni o‘rganish insonga ko‘plab imkoniyatlarni taqdim qiladi. Sayohatlar, daromadli ish, yangi tanishuvlar shular jumlasidandir. Ammo, boshlanishiga o‘rganish osonroq bo‘lgan til bilan qiziqqan ma‘qulroq, bizningcha. O‘rganish uchun eng qiyin tillar qaysi ekanligini bilasizmi?

8 o‘rin — fransuz tili

Fransuz tili roman tillari guruhi

Fransuz tili — buyuk olimlar hamda faylasuflar so‘zlashgan til bo‘lish bilan birga roman tillari guruhiga tegishli sanaladi. Dunyoning 29 ta mamlakatida yashovchi insonlar mazkur tilda muloqot qiladilar. Fransuz tilidagi eng qiyin narsa — so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishdir. Tilni o‘rganishga endi kirishgan insonlar unli harflar tufayli juda ko‘p adashib qolishadi. Fransuz tili dunyodagi eng ko‘p o‘rganilgan tillar qatorida ingliz tilidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Ahmoq kishilarga xos bo‘lgan 5 odat

7 o‘rin — norveg tili

Norveg tilida standart mavjud emas

Og‘zaki norveg tilida aniq bir tasdiqlangan standart mavjud emas. Shu sababli muloqot vaqtida juda ko‘p qiyinchilik yuzaga keladi. Norvegiyaning bir shahrida tilni o‘rganib olib, mamlakatning ikkinchi burchagiga yo‘l olsangiz, bu yerliklar sizni tushunmasliklari ham mumkin. Norveg tilida shevalar haddan tashqari ko‘p.

6 o‘rin — nemis tili

Nemis tilida ham shevalar yetarlicha

Nemis tilida ham shevalar yetarlicha. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun 44 ta tovushni o‘rganish kerak. Nemis tili grammatik jihatdan ham biroz qiyin tuyulishi mumkin. Mazkur tildagi so‘zlar haddan tashqari ko‘p turlanishi sababli ham o‘rganish vaqtida qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Qorong‘uda nega rang ajratib bo‘lmaydi?

5 o‘rin — ivrit tili

Ivrit dunyodagi eng qadimiy til sanaladi

Ivrit — dunyodagi eng qadimiy til sanaladi. Uning yozilishi ham, grammatikasi ham tilni o‘rganish vaqtida katta qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Harflarning barchasi bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi, bundan tashqari ivrit tilidagi matnni o‘ngdan chapga qarab o‘qish kerak.

4 o‘rin — island tili

Qadimgi tillar sanalmish island tili

Bu ham dunyodagi eng qadimgi tillardan biri hisoblanadi. Rasman mazkur tilda so‘zlashuvchilar faqat Islandiyada yashashadi. Tilning asos grammatikasi 10 asrdan beri deyarli o‘zgarmagan, leksikasi haddan tashqari qiyin, ushbu tilni mustaqil ravishda o‘rganish imkonsiz.

3 o‘rin — rus tili

Rus tili ham o‘rganish uchun qiyin sanaladi

Rus tili ham o‘rganish uchun qiyin sanaladi. Bu ayniqsa, tilni o‘zlashtirish istagidagi xorijliklarga tegishlidir. Tovushlar va harflarning ko‘pligi, urg‘u tushunchasi, sinonimlar ham o‘quvchilarni juda ko‘p adashtiradi.

Baxtli insonlar amal qiladigan 10 odat

2 o‘rin — arab tili

Arab tili eng murakkab tillardan biri

Dunyodagi eng murakkab tillardan biri — arab tili hisoblanadi. Arab tilining yozuvi haddan tashqari qiyin. Aslida arab alifbosidagi harflar soni 28 ta, ammo ular so‘z boshida, o‘rtasi va oxirida kelishiga qarab turlicha yoziladi. Fonetikada ham o‘ziga xosliklar yetarlicha.

1 o‘rin — xitoy tili

Xitoy tili ginnes rekord kitobida

Sizni baxtli qilishga qodir 40 mayda va oddiy narsalar

Xitoy tili dunyodagi eng murakkab til sifatida Ginnes Rekordlari kitobiga kiritilgan. Xitoy lug‘atlarida 85 000 tadan ortiq ierogliflar mavjud, ammo so‘zlashuvda ularning 7000 tasi ishlatiladi. Ularning har birini eslab qolish lozim. Ierogliflarni to‘g‘ri yozish esa butunlay boshqa masala. Fonetikada to‘rt hil ohang mavjud bo‘lib, bitta so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilish orqali uning ma‘nosini butunlay o‘zgartirib yuborish mumkin.

  1. Charos:

    Buyerda qiziqarli malumotlar koproq bosa yaxshi bolardi

  2. Heaven:

    Menga qolsa hamma tillarni o’rganishni xohlardim.

  3. Azizbek:

    Dunyoda ushbu tillarni bunchalik murakkab deb o’ylamagandim, ancha malumotga ega bo’ldim.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *