Yer yuzida juda kamchilik gapiradigan tillar haqida qiziqarli faktlar

Sayyoramizda yetti mingdan ortiq til bor. Ulardan faqat sakkiztasi — xitoy, ingliz, ispan, arab, portugal, rus, nemis va fransuz tillari dunyo ahamiyatiga molik tillardir. Bu tillarning o‘ziga xosligi shundaki, 50 milliondan ortiq aholi guruhlarining har biri ularni o‘zining ona tili deb hisoblaydi.

Yer yuzida kamchilik gapiradigan tillar malumotlar

Kombodjaning rasmiy tili bo‘lgan kxemer eng katta alifboga ega. Unda 74 ta harf bor. 

Boshqa tillardan farqli o‘laroq, yapon tilini mustaqil ravishda o‘rganib bo‘lmaydi. Unda kitob va so‘zlashuv nutqi, erkak va ayol talaffuzi o‘rtasida juda ko‘p nomutanosibliklar bor. Yapon tilida jins va son tushunchasi yo‘q, shuning uchun jumlalar son va jinsni aniqlaydigan tarzda joylashtiriladi.

Dunyoning barcha alifbolarida “A” harfi bor va u eng ko‘p tarqalgan harf sifatida tan olingan. “O” harfi esa eng qadimiy bo‘lib, u dastlab miloddan avvalgi 1300 yilda finikiyaliklar alifbosida paydo bo‘lgan.

Fin tili o‘rganilishi eng oson til. Unda so‘zlar qanday eshitilsa, shunday yoziladi. Grammatikasi esa ingliz tilidan ham murakkabroq, kelishiklar soni 15 taga yetadi.

Dunyodagi 8 ta eng murakkab tillar reytingi

Deyarli barcha tillarda «Ona» so‘zi «M» harfi bilan boshlanadi

Yevropalik shifokorlar til o‘rganish miyani 15 yoshga yoshartirishi mumkinligini aniqlashdi. Keksalikda bu qarish jarayonini sekinlashtirishiga va xotirani mustahkamlashiga yordam beradi.

Barcha tillarda ona so'zi m harfidan boshlanadi

Tillar soni bo‘yicha rekordchi Papua-Yangi-Gvineya mintaqasi. U yerdagi nisbatan kichik hududda sakkiz yuzdan ortiq tilda so‘zlashishadi. Qo‘shni, undan ham kichiroq Vanuatu davlatining iste’molida 113 til bor.

Dunyodagi eng qiyin tillardan biri

«Ginnesning rekordlar kitobi»ga dunyodagi eng qiyin tillardan biri sifatida kirgan tabasaran tili tashuvchilari asosan Dog‘istonda yashovchi odamlardir. Tilning murakkabliki shundaki, unda hatto tabasaranliklarning hammasi ham bilmaydigan 48 ta kelishik (padej) bor.

Dunyodagi eng qiyin tillardan biri

Bolgar tilida esa aksincha fe’lning infinitiv (noaniq) formasi, kelishiklar umuman yo‘q, biroq unda artikl bor. Bu uni boshqa slavyan tillardan ajratib turadi.

Hayot tarzi boshqalardan butunlay farq qiladigan xalqlar

Taushiro tilini mutlaq rekordchi deb hisoblash mumkin. Gap shundaki, bu tilda bizning zamonamizda faqat bir kishi — perulik hindu Amadeo Garsia gaplashadi(?).

Garchi, bu faqat kichik bir qism bo‘lsa-da, bugun dunyo tillari haqidagi ajoyib faktlar bilan tanishdik. Sayyoramiz tillari tarixi va madaniyatini cheksiz o‘rganish mumkin, chunki ularning har biri o‘ziga xos xususiyat va nozikliklarga ega. Odamlar dunyosi va tili esa hali ham boshqalar  uchun ochiq va qiziqarlidir.

  1. Shukrona:

    Yer yuzid kamchilik gapiradigan tillarga doir juda ajoyib va qiziqarli malumot bo’libdi o’ziyam.

  2. Mavludaxon:

    Qoyil qolish kerak. Malumotlar juda zo’r yoritib berilgan ekan.

  3. Sarvinoz:

    O’o’o’ qaranga, yer yuzida shunaqangi tillar borligini bilmagan ekanman. Bu faklar ajoyib ekan, raxmat sizlarga.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *