Informatika va kompyuter haqida qiziqarli faktlar

Birinchi kompyuterlar paydo bo‘lganidan beri ancha vaqt o‘tdi va ularning rivojlanishi jarayonida juda ko‘p qiziqarli hodisalar ro‘y berdi.

Masalan, ko‘pchilik insonlar dastlab sichqoncha kursorini aylanaga o‘ralgan o‘q shaklida belgilash reja qilinganligini yoki ilgari baytda bitlar soni ko‘rsatilmaganligini tushunishmaydi.

Biz sizlarni foydalanuvchilarning aksariyati bilmaydigan g‘ayrioddiy va hayratlanarli faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

kompyuter haqida faktlar

1 — Birinchi smaylikni yuborish Kevin Makkenzi nomi bilan bog‘liq (1979 yil). U juda sodda ko‘rinishda bo‘lgan :-).

2 — 1995 – birinchi veb brauzer Netscape Navigator sotuvga chiqarildi.

3 — Eng qimmat domen nomi Vacationrentals.com. U 2007 yilda 35 million dollarga sotilgan.

Odam (inson) haqida qiziqarli faktlar

4 — Linux operatsion tizimining kompaniya belgisi – pingvin. Chunki bu sistemani yaratuvchi shaxsni yoshligida zooparkda pingvin tishlab olgan.

5 — Har soatda taxminan 4200 ta yangi domen nomlari indekslanadi.

6 — Shveysariyada katta hajmli ma‘lumotlar saqlanuvchi server markazlaridan chiqqan issiqlik sabab kichik ko‘ldagi suv iluq turadi.

7 — 2001 – Fayl almashish xizmati ommaviylashib ketdi.

8 — Birinchi kompyuter virusi 1982-yilda sistemalarni buzish maqsadida Apple tomonidan ishlab chiqilgan.

9 — 1982-yilda “smaylik“ belgisi ro‘yxatga olingan, u aloqa jarayonida tabassumni ifodalash uchun ishlatilgan.

10 — Statistikaga ko‘ra, aksariyat kompyuterlar o‘z imkoniyatlarining yarmidan foydalanadi, xolos.

11 — Xitoy hukumati odamlarni o‘ldirish aks etgan kompyuter o‘yinlarini taqiqlagan.

To‘ti qush haqida qiziqarli faktlar

12 — GameStation o‘yinlarini ishlab chiquvchilar, uning mahsulotlarini o‘rnatayotganda ruxsat berish so‘raladigan savollarni foydalanuvchi o‘qishi yoki o‘qimasligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lishgan. Buning uchun ular punktga «Siz do‘konga joningizni berasiz» bandini qo‘shib qo‘yishdi. Aniqlnishicha, bir necha ming foydalanuvchi buni sezmagan.

13 — Barcha elektron pochta xabarlarining 75 foizdan ortig‘i spamdir. Foydalanuvchilar tomonidan ularning atigi 6% ochiladi.

informatika haqida faktlar

14 — 1972 – Larry Roberts tomonidan elektron pochta uchun birinchi dastur yaratildi.

15 — Barcha internet foydalanuvchilarining yarmidan ko‘pi Facebook‘da o‘z akkauntlariga ega.

16 — 1999 – yirik shaharlarda DSL liniyalari orqali internetga ulanish ommaviylasha boshladi.

17 — Internet foydalanuvchilarining yarmidan ko‘pi Osiyoda istiqomat qilishadi.

18 — 1984 – Internetda domenlarni nomlash tizimi (Domain Name System) joriy qilindi.

19 — 1981-yilda yaratilgan kompyuter 12 kilogramm tosh bosgan. Uning monitor ekrani esa atigi 5 dyum bo‘lgan (hozirgi mobil telefonlarniki kabi).

20 — Internetdagi barcha qidiruvlarning deyarli 1/3 qismi erotik materiallar va pornografiyani qidirishga yo‘naltirilgan.

Qushlar haqida qiziqarli faktlar

21 — Dunyoda atigi 7 shaxsda ommaviy axborot vositasi bo‘lgan “internet kalitlari“ mavjud. Kalitlarning har biri smart-karta joylashgan maxfiy qutiga kirishni ta‘minlaydi. Ushbu yettita smart-kartani birlashtirib, ICANN ma‘lumotlar bazasiga kirishga imkon beruvchi master-kalitni olish mumkin. Qachonki internetni global darajada buzishga urinish bo‘lsa, master-kalit Internetni qayta yoqishga imkon beradi.

22 — Onlayn tanishish tokchasi har yili bir milliard dollardan ko‘proq foyda keltiradi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida barcha er-xotinlarning deyarli 19 foizi internetda tanishishgan.

23 — Internetga asoslangan texnologiya 1960 yillarda paydo bo‘lgan, u Massachusets texnologiya institutida ishlab chiqilgan. Arpanet deb nomlanuvchi birinchi kompyuter tarmog‘i esa hukumat maqsadlari uchun yaratilgan.

24 — 1962 – Intergalactic Network – Galaktikalararo tarmoq loyihasi boshlandi. Maqsad dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan ma‘lumotlarni ola bilish.

25 — Kompyuterda «con» nomi bilan papka yaratish mumkin emas (sinab ko‘ring!).

26 — Dunyodagi birinchi onlayn veb-sayt http://info.cern.ch 1991 yil 6 avgustda yaratilgan. U 153 so‘zdan iborat bitta veb-sahifadan iborat bo‘lgan.

27 — 1994 – Yahoo kompaniyasiga asos solindi.

28 — Internetda har daqiqada 70 ta yangi blog paydo bo‘ladi.

Dunyodagi eng qiziqarli faktlar

29 — Shimoliy Koreya faqat hukumat amaldorlari va harbiylar internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan yagona mamlakatdir.

30 — Dunyo bo‘ylab har daqiqada taxminan 15 soatlik videomaterial YouTube‘ga yuklanadi.

31 — Internet birinchi 50 million foydalananuvchisini 5 yilda to‘plagan. Televideniyega esa buning uchun 13 yil kerak bo‘lgan edi.

32 — Dunyodagi eng katta internet-kafe Nyu-Yorkda joylashgan. Bu erda bir vaqtning o‘zida 800 kompyuter foydalanuvchilarga xizmat qiladi.

33 — Internet orqali yuborilgan barcha elektron xabarlarning qariyb 70 foizi spamdir.

34 — 2007 – Mobil internet ommaviylashdi. Apple iPhone ommaviy ravishda sotila boshladi.

35 — 1974 – Tarmoqdagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash uchun TCP – Transmission Control Protocol taklif qilindi. Bu protokolni taklif qilgan Virt Cerf va Bob Kahn lar keyinchalik internet otalari deb nom oldilar.

36 — 1996 – Google loyihasi ish boshladi.

37 — Faqat Rossiya va SSSRning sobiq davlatlarida @ bu belgi «kuchukcha» deb nomlanadi. Boshqa mamalakatlarda esa bu belgini «shilliq qurt» yoki «maymuncha» deb nomlashadi.

internet haqida malumotlar

38 — 2008 – Facebook portali o‘zining egasi: 20 yoshli talabaga 6 milliard daromad keltirdi.

39 — Birinchi grafik brauzer “Mosaic“ 1993 yilda Illinoys universiteti mutaxassislari tomonidan chiqarilgan.

40 — 1990 – Birinchi xususiy Internet provayderi ish boshladi.

Afsonaviy izquvar: Puaro rolini ijro qilgan aktyor Devid Sushe haqida 7 fakt

41 — Internetga ulangan qurilmalar soni sayyoradagi odamlar sonidan ko‘proq.

42 — 1995 – eBay ish boshladi.

43 — Barcha eski domen zonalarida uch harfli bo‘sh domenlarni topish imkonsiz.

44 — Klaviaturaga suyuqlik to‘kilishi kompyuter buzilishining eng ko‘p uchraydigan sababi hisoblanadi. Ikkinchi asosiy sabab esa elektr energiyasidagi uzilishlar bilan bog‘liq.

  1. Shohida:

    Kompyuterlar haqidagi ushbu qiziqarli faktlarni rosa foydasi tekdi menga!

    • Abdullo:

      Informatika fani haqida super malumotlar ekan. Bilmagan malumotlarimga ega bo’ldim.

  2. Yoqutxon:

    Meni eng yoqtirgan fanim bu informatika, bu malumotlar menga juda yoqdi.

  3. Temur:

    Men Kompyuterlarga va Dasturlashga qiziqaman, menga bu faktlar juda xam yoqdi raxmat!

  4. Rustamova Nodira:

    Ajoyib! Ammo dars jarayonida foydalanish uchun nusxa olish yoki yuklab olishni iloji bo’lmadi.

  5. Dilnoza:

    Informatika va kompyuter haqida aynan manga kerakli faktlar boraka rahmat.

  6. Foydalanuvchi:

    Menga juda ham yoqdi ayniqsa kompyuter qurilmalari va programmalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Rahmat sog‘ bo‘ling.

  7. Hayotxon:

    Juda zo’r malumotlar bor ekan, lekin men o’zimga saqlay olmadim, admin iloji bo’lsa shuni ham yo’lga qo’ysangiz.

  8. Ruxsora:

    Sayt yomon emas bo’ladi, ammo kam malumotlar berilgan ekan, kelgusida bundanda ko’proq malumotlar kutib qolaman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *