Ilon Mask haqida qiziqarli faktlar

Ilon Mask — taniqli injyener, ixtirochi, innovator va biznesmen. SpaceX, Tesla Motors va SolarCity kompaniyalarining asoschisi va rahbari.

Ilon Mask haqida qiziqarli faktlar

U bolaligida shunchalik jim ediki, uning ota-onasi uni kar deb o’ylashgan.

Mask filmda va ko’rsatuvlarda ro’l ijro etgan.

Ilon Mask 1971 yilning 28 iyunida Pretoriya (JAR)da dunyoga kelgan.

Ilon Mask 12 yoshida Blastar nomli video o’yin yaratib, uni $500 ga sotib yuborgan.

Otasining so‘zlariga ko‘ra, Mask «doim o‘ychan introvert bo‘lgan».

Ilon Mask ning birinchi farzandi vafot etgan. Uning barcha farzandlari o’g’il bola.

Dunyoga mashhur 12 inson haqida qiziqarli faktlar

Ilon Mask universitetda ikki kun o’qigan

Ilon Mask 8 ta kompaniyaga asos solgan

Ilon Mask Stendford universitetidan ikki kun o’qib, chiqib ketgan.

Ilon Mask shu paytga qadar 8 ta kompaniyaga asos solgan.

Maskning onasi — professional parhezshunos va model.

Ilon Mask 2013-yilda Teslani 11 milliard AQSh dollariga sotaman deb, xaridor qidirib, sarson bo’lgan.

Bir intevyusida Ilon Mask eng kichik o’g’li borligini unutib qo’ygan.

1979 yilda ota-onasi ajrashib ketgach, 9 yoshli Ilon va uning ukasi Kimbal otasi bilan yashashga qaror qilishdi.

Mask Tesla kompaniyasidan yillik maoshi atiga 1$ dollar.

SpaceX’ning uzoq muddatli maqsadi — Marsni egallash.

O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Mask Kanadaga yo‘l olgan va ikki yil Ontarioda, Kingston Qirollik universitetida tahsil olgan.

Mask yoshligida portlovchi raketalar yasagan

Mask yoshligida portlovchi raketalar yasagan

Ota-onasi yo’qligida, Mask asosan uy bekasi nazorati ostida bo’lgan paytda portlovchi raketallar yasagan.

Mask agar Tesla huquqlarini ta’minlay olmaganda, Mask Tesla kompanyasini “Faraday“ deb nomlardi.

Mask yoshligida uyma-uy yurib boylarga shirinliklar sotgan.

Ilon ukasi Kimbal bilan Zip2 kompaniyasiga asos solgan.

Mask Zip2 ustida ishlagan vaqtida deyarli idorada yashagan va YMCA mahalliy yoshlar tashkiloti binosida dush qabul qilgan.

Mask sinfdagi eng kichkina bola bo’lganligi uchun bezori bolalar har doim Maskni qaltaklashgan. Mask uzi ximoyalash uchun karateni o’rgangan.

Mask PayPal’ning bosh direktori bo‘lgan, lekin boshqaruv boshida uzoq qolmadi.

Sevgi haqida sizni hayratga soluvchi faktlar

Quyida uning «Ilon Mask: Hech qachon taslim bo‘lmayman» nomli kitobidan qiziqarli parchalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Ilon Mask Innovatsiyalar va taraqqiyot haqida

Mag‘lubiyatga ko‘nikish noto‘g‘ri. Boshqa yangi g‘oyani sinab ko‘rish to‘g‘riroq. Agarda har bir o‘ylangan g‘oya muvaffaqiyatli bo‘ladi deb o‘ylasangiz, u holda hech bir g‘oyangiz amalga oshmaydi.

Agar bir necha yuz yil ortga qaytsak, bugun biz oddiy deb o‘ylayotgan ko‘p narsalar sehrgarlikday tuyuladi — masofadan turib so‘zlashish, tasvirlarni uzatish, parvozlar.

Mask taraqqiyot haqida shunday degan
  • Ish haqida

Qattiq ishlang. Boshqalar haftasiga qirq soat, siz esa yuz soat ishlasangiz, siz ulardan ikki yarim marta tezroq maqsadga erishasiz. Boshqalar bir yilda erishadigan narsaga to‘rt oyda erishasiz. Agarda dangasa bo‘lsangiz, o‘z biznesingizni boshlashga urinib yurmang.

Salbiy fikrlar haqida so‘rash va ularga diqqat bilan quloq solish juda muhim. Odatda odamlar noxush kayfiyatda qolmaslik uchun salbiy fikrlardan qochishadi. Lekin men salbiy fikrlarni so‘ramaslik va ularni inobatga olmaslikni keng tarqalgan xato deb hisoblayman.

  • Biznes haqida

So‘rang: «Nima uchun bu yerda muvaffaqiyatga erishdingiz, boshqa holatlarda esa yo‘q?»

Agarda nimadir ish bermasa, buning aksi ekanligiga ishonib o‘zingizni aldamang, aks holda noto‘g‘ri yo‘lda ketasiz.

Inson miyasi haqida qiziqarli faktlar

  • Koinotni zabt etish haqida

Agarda koinot uchun ketayotgan xarajatlarni kamaytirsak, buyuk ishlar qilishga qodir bo‘lamiz.

Ilon Mask va uning ukasi

Masl Avtomobilsozlik haqida shunday degan

Har juma kuni tushlikdan so‘ng men dizayner va injyenerlar guruhi bilan uchrashaman va biz avtomobilning har bir qismini tahlil qilib chiqamiz. Har bitta bamper, har bitta mayda detalgacha. Nimani amalga oshirsa bo‘ladi, nimani texnik va ergonomik talablardan kelib chiqib tekshirish kerakligini ham. Ochig‘ini aytganda, cheklovlar juda ko‘p. Istalgan shakldagi mashinani tayyorlab bo‘lmaydi. U barcha me’yorlarga mos kelishi, ishonchlilik talablariga javob berishi darkor. Buning uchun esa har bir millimetrga e’tibor qaratish lozim.

Elektromobillar va Tesla kompaniyasi haqida] Bungacha birorta ham tuzukroq elektromobil bo‘lmagan.

Biz andozalarni yo‘qqa chiqarishni va elektromobillar shunchaki elektrda yuradigan sut tashuvchi transportlar emasligini ko‘rsatishni judayam istagandik. Elektromobil bu dunyodagi eng tez tezlik oladigan to‘rt eshikli avtomobildir.

Maskning onasi parhezshunos
  • Zakovat haqida

Talabalarga u yoki bu muammoni hal qilish usullarini o‘rgatish va ushbu muammoni yechadigan yo‘llar bilangina cheklanib qolmasdan muammoning o‘zi haqida ham aytish muhim. Masalan, siz odamlarga dvigatel qanday tuzilganligini va qanday ishlashini o‘rgatmoqchisiz. An’anaviy yo‘l bilan o‘rgatishda bunday deyiladi: «Biz dvigatelni ta’mirlashda kerak bo‘ladigan barcha otvertka va gayka kalitlarini o‘rganamiz». Menimcha, quyidagicha yondashuv to‘g‘riroq bo‘ladi: «Mana dvigatel. Kelinglar, uni qismlarga ajratamiz. Uni qanday qilib qismlarga ajratish mumkin? Juda oson, buning uchun otvertka kerak bo‘ladi!»

Ikkinchi jahon urushi haqida qiziqarli faktlar

Universitetda men insoniyat oldida qanday asosiy muammolar turgani va kelajakka qanchalik kuchli ta’sir etishi mumkinligini aniqlashga uringandim. Mana, men muhim deb hisoblagan uch yo‘nalish: internet, iqtisodiyotning qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tishi hamda koinotni tadqiq qilish, qisman hayotning boshqa sayyoralarga yoyilishi.

Sun’iy ongning muvaffaqiyatli tarzda yaratilishi insoniyat tarixidagi eng yirik voqea bo‘ladi. Afsuski, agar xavfning oldini olmasak, bu eng so‘nggi voqea bo‘lishi mumkin.

  1. Umidjon:

    Assalomu aleyko’m. Bu saytda juda-juda ajoyib faktlar bor ekan sayt egasiga raxmat.

  2. Sofiyya:

    Bu Ilon Mask degan odam bir balo chiqdi, umuman olganda yaxshi, insoniyatga foydasi tegadigan ixtirolar qilomqda. Juda zo’r maqola ekan ramat!

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *