Sevgi haqida sizni hayratga soluvchi faktlar

Muhabbat dunyodagi eng shirin va sirli tuyg’u. Biroq u qaerdan keladi? Barchamiz uni Yaratuvchi tomonidan berilgan in’om deb bilamiz. Olimlar esa bu organizmning kimyoviy reaktsiyasi degan xulosani ilgari suradilar.

Sevgi haqida faktlar

1 — Oilada muhabbatning bardavom bo’lishi uchun bir-birini eshita bilish va har ikki taraf uchun qiziqarli mavzulardagi bahs-munozara katta o’rin tutarkan.

2 — Dunyoqarashlari bir xil juftliklarning munosabatlari esa osongina boshlanadi, lekin uzoqqa cho’zilmaydi.

3 — Oshiqning sevgilisi haqida o’ylashi uni ijod qilishga undaydi.

4 — Bu sizni hayratga solmas, ammo juftliklarning munosabatida ozgina romantika bo‘lishi o‘rtadagi rishtalarni yanada mustahkamlashi ayni haqiqat! Va bu o‘zlarini yanada baxtli his etishlariga turtki bo‘ladi.

Sevgi munosabatlarida qanday insonsiz: Psixologik test

5 — Yoqtirgan insonini ko‘rgan holatdagi oshiqning dahshatli filmdan ta’sirlangan kishidan deyarli farqi bo‘lmaydi. Negaki har ikki holatda ham ko‘z qorachig‘i kengayib, kaftlar terlaydi, yurak urishi esa tezlashadi.

6 — Chikago universiteti olimlarining fikricha, dunyoda boshqalarning tavsiyalariga ko’ra tanishib turmush qurganlar soni o’zlari topishgan juftlikalrga qaraganda ikki baravar ko’p ekan.

7 — Mutaxassislar fikricha, ayollarning aksariyati nisbatan takabbur, dunyoqarashi keng, jamiyatda o’z obro’-e’tiboriga ega, hazilkash, baland bo’yli erkaklarga ko’proq moyillik bildirishadi.

8 — Afsuski, sevish kabi bebaho ne’mat har kimga ham nasib qilavermas ekan. Agar sizga kimdir «umrimda sevmaganman» desa ishonavering. Negaki kamdan-kam uchrasada, muhabbat tuyg‘usini tuya olmaslik — gipopituitarizm kasalligi haqiqattan mavjud.

9 — Sevishganlar bir-birlarining ko’zlariga qaraganlarida ularning yuraklari bir maromda va baravariga ura boshlaydi. Bunday hodisaga olimlar hanuzgacha izoh bera olganlari yo’q.

Sevgi muhabbat haqida sherlar

Sevib qolish xavfli vaziyatlarda ko’p uchraydi

10 — Ekstremal xavfli vaziyatlarda insonlarda sevib qolish hollari ko’proq uchqaydi. Chunki bunday paytda inson organizmida adrenalin miqdori oshadi, u esa “sevgi gormoni” bilan bir xildir.

Sevishish haqida malumotlar

11 — Odatda ayol jufti bilan yuzma-yuz suhbatlashishni xohlasa, erkak esa yaxshi ko‘rgan ayoli u bilan elkama-elka o‘tirishini yoqtiradi.

12 — Oshiqlik bir yildan uzoqqa cho’zilmaydi. Bundan keyin bog’liqlik kelib chiqadi yoki ko’ngil sovishi.

Muhabbat va bevafolik haqida maqollar

13 — Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, sevgan insonning miyasida qiziq kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Serotonin moddasi kamayib, kortizol oshadi. Xuddi shunday jarayon yengil ruhiy kasalliklarda ham sodir bo’ladi.

14 — Sevgan insonning hissiyotlari kokain moddasi beradigan eyforiya holati bilan tengdir.

15 — Mutlaqo sevmaslik va romatnikka berilmaslik tibbiyotda gipopituitarizm kasalligining asolsiy belgilari hisoblanadi.

16 — Kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, ayollarda ko’proq yuzma-yuz gaplashganda, erkaklarda esa, birga ishlash jarayonida qarama qarshi jins vakiliga nisbatan muhabbat paydo bo’larkan.

17 — Ma’lumotlarga ko’ra, har bir inson umri davomida to oila qurgunga qadar o’rtacha yetti marotaba kimnidir sevib qolarkan.

18 — Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’rinishlaridan bir-birlarlariga o’xshagan juftlar baxtli hayot kechiradilar.

19 — Sevishganlarda bir-birlariga moyillik tanishuvning birinchi to’rt daqiqasida tug’iladi.

20 — Sevish terapiyasi haqida eshitganmisiz? Ma’lum bo‘lishicha, sevgiga mubtalo bo‘lgan kishining tanasi va miyasi har doimgidan ko‘ra yaxshiroq holatga kelar ekan. Asab tolalari tinchlanib, xotira esa 100 foizga tiklanarkan.

21 — ”Yuragimga ozor berding”, degan gap mubolag’a emas. Qayg’u, hasrat tufayli organizmda yurak uchun zarur moddalarning ishlab chiqilishi kamayishi oqibatida yurakda og’riq paydo bo’ladi.

Daraxtlar haqida qiziqarli malumotlar

22 — Ba’zi psixologlarning aytishicha, inson tabiatan poligamik bo’lib yaratilgan. Biroq tabiatda monogamiya (ya’ni bir juft bilan yashash) ham borligini ko’rish mumkin. Masalan, gibbon, oqqush, bo’ri, albatros va qora grif kabi hayvonlar hayotlarini faqat bir juft bilan o’tkazadilar.

23 — Qadimda yunonlar nomsiz barmoqda yurakka borib ulanadigan qon tomiri o‘tgan deb, hisoblashgan. Va uni «muhabbat tomiri» deyishgan. Nikoh uzugini aynan shu barmoqqa taqilishining sababi ham shunda. Nikoh uzuginining taqilishi ilk marotaba Qadimgi Misrda qayd etilgan.

Sevgi oksitotsin moddasini ishlab chiqaradi

24 — Sevgidan mast bo’lib yurgan oshiqlarning organizmida oksitotsin moddasi shiddat bilan ishlab chiqiladi. Bu gormon kayfiyatga, fikrlash jarayoniga, muomalaga ijobiy ta’sir qiladi. Shuning uchun sevgan inson mehribon va xushkayfiyat bo’lib qoladi.

Sevgi oksitotsin moddasini ishlab chiqaradi

25 — Yigit va qiz turmush qurishdan avval qancha uzoq muddat bir-biri bilan gaplashib, sirlashib yursa, nikoh ham shu qadar mustahkam bo’lishi aniqlangan.

26 — Sevgan insonni quchoqlash og’riqning kamayishiga turtki bo’ladi. Sababi, bu paytda miyada “og’riqsizlantiruvchi gormonlar” ning ishlab chiqilishidir.

Bulbul haqida qiziqarli malumotlar

27 — Muhabbatga mubtalo kishi aql bovar qilmas ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Chin ma’noda Majnunga aylanishning sabablari ilmiy jihatdan aniqlandi. Unga ko‘ra sevib qolgan insonning qon tarkibida serotonin gormoni ruhiy xasta odamlarniki kabi kam miqdorda bo‘ladi. Bu esa o‘z xatti-harakatlarini tahlil qila olmaslikka sababdir.

28 — Mutaxassislar er-xotin o’rtasidagi farq to’qqiz yildan oshsa, ajrashish ehtimoli ko’proq bo’lishini aytishadi. Shuningdek, 24 yoshdan keyin qurilgan oilalar nisbatan mustahkam bo’larkan.

29 — Bir-birini sevib, uzoq vaqt elkama-elka yashagan juftliklarning yuz qiyofalari yillar davomida o‘xshash bo‘lib qoladi.

30 — Yengil, o’tkinchi sevgi shaydolari qizlarning qomatiga ahamiyat bersa, haqiqiy muhabbatini qidirgan yigitlar qizlarning chehrasiga nazar soladilar.

31 — Ishqiy munosabatlardagi romantik qarashlar nari borsa, bir yildan sal osharkan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, har qanday jo’shqin muhabbat uzog’i bilan uch yarim yildan so’ng sokinlasha boshlaydi.

Koinot haqida qiziqarli malumotlar

32 — Olimlar shunday tajriba o’tkazishgan. Bir qancha juftliklarni bir yarim soat davomida bir xonaga qamab, faqat sevgi haqida gaplashib, keyin esa,yarim soat bir-birining ko`ziga termilib turishni buyurishgan. Oradan ko’p o’tmay, haligi juftliklarning yarmidan ko’pi bir-biriga ko’ngil qo’yib, turmush qurishgan.

33 — Sevgilisi yoki uning suratiga tikilgan oshiqning ko’z qorachig’lari kengayadi.

34 — Olimlarning aniqlashicha, agar ilk uchrashuv vaqtida erkak o‘zi hamrohlik qilayotgan ayolga 8,2 soniya ko‘z uzmay termulib tursa, demak u sevib qolgan bo‘ladi. Qizlarjon, birinchi uchrashuvga o‘zingiz bilan birga sekundomer olib chiqishni unutmang!

  1. Nozima:

    Sevgi bu õzgacha tuyg’u aynan boshqa jinslarning bir-biriga sevgisi emas
    Allohga,payg’ambarimizga, oila a’zolarimizga, yaqinlarimizga, qarindoshlarimizga va kelajakdagi juftimizga hurmat va sevgi bõladi

    • Samandar:

      Juda toʻgʻri aytasiz, sevgi chindan ham ilohiy tuygʻu…

  2. Kamila:

    Sevgini hamma har xil tushunadi inson ermak uchun yoki vaqt utkazish uchun emas balki usha juftingiz bilan guzal hayot qura olishni bilish kerak va harakat qilish kerak.Kimnidir kunglini og’ritgan bulsam uzr.

  3. MEXR:

    Kimnidir sevish uchun birinchi navatda pok kòngil va mustahkam yurak kerak bunday narsalari yoq odamlar sevgini tushunarmidi

    • Xudoberdi:

      Dunyoda hamma narsa unga erishguncha qiziq tuyuladi xolos. Sevgi ham yaratgan tomonidan berilgan vaqtinchalik tuyg’u. Sevgan insoningizga erishishingiz bilan sevgi-muhabbat tez orada o’zining qadr-qimmatini yo’qotadi. Hayotda kimnidir sevib unga qattiq bog’lanib qolish yaxshi emas.

  4. nasiba:

    Sevgi yòq narsa deb òylayman faqat òz ehtiyojini qondirish uchun yaratilgan bòlmağur narsa deb òylayman💔

  5. Samandar:

    Sevgining padariga ming lanat, tupurdim sevgi degan narsaga. Albatta hazil 😉

    • UzBaza.uz:

      Samandar assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan kayfiyatimiz ancha ko’tarildi 😉

    • Feya:

      Alloh muhabbatni o’zi uchun va sizga haohl qilib taqdiringizga yozgan inson uchun yaratgan.

  6. Nomalum:

    Sevgi bu ilohiy tuyg’u. Alloh uchun sevishganlar sevgilisini har qanday paytda ham hurmat qiladi va sevishda davom etadi bu haqiqiy sevgi deb o’ylayman ♡

  7. Guli:

    Man sevgiga ishonaman bu insondagi eng shirin va ajoyib tuyg’u.

    • Guli:

      Ajoyib tuyg’u lekin ko’pincha oldingdan oqqan suvni qadri yo’q deydi.

  8. Шукрона Назарова:

    Салом мен Тожикистонданман Севгига ишониш керак эмас уни хис килиш керак биз факат Аллохни севишимиз керак

    • Foydalanuvchi:

      To’g’ri lekin Olloh bilan oila ota ona va shunga oʻxshash boshqa narsalar bularni bir biriga tenglashtirib bo’lmaydi hammasini o’z o’rni bor mana shunga eʼtiborli bo’ling.

  9. Nomalum shaxs:

    Inson sevgi deganda ikki juftning ko’ngliga Alloh tomonidan solinadiga tuyg’uni tushinish kerak. Va shunga ishonishimiz kerak sevgi hammaga ham nasib etavermaydi. Sevgi bu ermaklik emas ikki insonning ruhiy holatining balki qalbingizniham o’zgarishiga olib keladi. Alloh bu tuyg’uni harkimning ham qalbiga solavermaydi halos ♥️♥️♥️

  10. Shaxlo:

    Ko’p qiyinchiliklarni boshimdan kechiryapman. qiynalip ketdim. Men judayam birga bo’lishimizni istayman.

  11. Marjona:

    Assalomu alayko’m. Sevgi haqida berilgan maʼlumotlar menga yoqdi. Sevgi bu judayam ajoyib tuygʻu chunke men hozirgi paytda o’z sevganim bilan judayam baxtliman, chunki sevgi Alloh tomonidan beriladi va biz shu sevgimiz orqali Allohga bo’lgan sevgini topamiz.

  12. Lolaxon:

    Sevgi bu shunchaki o’yin deb hisoblaymiz, sevgi faqat ertaklarda bo’ladi holos!

  13. Oddiy inson:

    Sevgi bu oddiy o’yin uni o‘ynash hammaniyam qo’lidan kelavermaydi!

    • Shaxina:

      Sevgi o’yin emas, sevgan odam hech qachon o’yin qilmaydi.

  14. Marvarid:

    Haaa men ham fikringizga qo’shilaman sevgi ilohiy tuyg’u xar kim ham sof muhabbat egasi bo’la olmaydi, keyin sevgiga arziydigan insonlar bor, arzimaydiganlar ham bor, to’g’risi hozirgi zamon qizlarini ko’pchiligi pulga xirs qo’ygan, hamma ham emas, sof qalb egalari bundan mustasno. Bu hayotda seving seviling lekn Ollohga bo’lgan sevginggizni ham unutmang!

    • UzBaza.uz:

      Marvarid assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan mamnunmiz, fikringizga to’liq qo’shilamiz. Sizni kelgusida yana veb-saytimiz UzBaza.uz’da kutib qolamiz.

  15. Seyman:

    Assalomu alayko’m. Men sevgi bu safsata deb o’ylayman.

  16. Umida:

    Assalomu alaykum hammaga. Bildirilgan fikrlaringiz menga juda yoqdi. Men sevgiga ishonaman. Hozir bu tuyg’ular mening boshimdan o‘tyapti. Men baxtliman.

  17. Alisher:

    Yaxshi man o’zimda sinab ko’rdim, bo’ladi silayam sinab ko’rila bo’ladi.

  18. Sevgi:

    Sevgi bu dunyodagi eng shirin tuyg’u, chin sevgini qadriga yetmagan inson ohir oqibat hor bo’ladi.

  19. Nodirbek:

    Sevgi u o’zi yo’q narsa, sevgi faqat u Islom diniga bo’lgan sevgimizdir.

  20. Mushtariy:

    Sevgi bu ilohiy tuyg’u. Siz qanchalik ishonsangiz albatta orzuingizdagi sevgan insoningizga erishasiz. Sevgini qanday bo’lishi har birimizni qarashlarimizga bog’liq deb o’yliman.

  21. Malika:

    Sevgi bor narsa, pok qalb bilan yaxshi niyatda sevgan inson sevgilisiga erishadi. 8-yil sevgan insonim bilan hato qo’l bermay, ichimizda jar solmay, birga yurmay qadrlab vafo bilan sevdik. 2 oydan keyin to’yim nasib.

  22. Nafisa:

    Haqiqiy sevgi faqat Allohga bo’ladi Alhamdulillah!

  23. Sevinch:

    Sevgi bu shirin tuyg’u, bazida alamli, bazida quvonchli, bazida esa kulguli 💖

  24. Surayyo:

    Sevgi bu moʻjizaviy tuyg’udir! Sevib, sevilib baxtli boʻlganlar chinakam ishq sohiblari!

  25. Allohimning bandasi:

    Sevgi bu Allohning inomi inson sevganini ko‘rmasada yuragida saqlaydi, u haqda eshitsa o‘sha tomonga boradi, u bilan birga bo‘lishga chin dildan ishonadi, Alloh nima hohlasa shu bo‘ladi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *