Bo’ri haqida qiziqarli faktlar

Bo’ri dunyo xalqlarining ertak va afsonalarida ishtirok etadi. Bir zamonlar bu yirtqich juda keng tarqalgan hayvon edi. Hozirgi kunga kelib uning soni keskin kamaygan.

Bo'ri haqida qiziqarli faktlar

Bo’ri 9 kilometr uzoqlikdagi tovushni bemalol eshita oladi.

Qizil bo’ri tulkiga shu qadar o’xshaydiki, ko’p hollarda odamlar ularni bir-biridan ajrata olmay qiynaladi.

Qadimiy vikinglar jangga otlanishdan oldin jangovar ruhga ega bo’lish uchun bo’rining qonini ichgan.

Ilon Mask haqida qiziqarli faktlar

Bo’rining maksimal vazni 86 kilogrammgacha yetadi.

Bo’ri 4-5 metr yuqoriga sakray oladi. Yugurganda tezligi soatiga 60-65 kilometrgacha yetadi.

Agar bolasi qopqonga tushsa, odamlar qo’lida azoblanmasligi uchun ona bo’ri yo ota bo’ri bu bolasini o’zi yeb qo’ya qoladi.

Bo’rilar suvda suzishni juda yaxshi o’zlashtirgan. Ular 15 kilometr masofagacha to’xtamasdan suzib bora oladi.

Bo’ri o’ziga o’lim xavf solayotganini sezib tursa ham birinchi navbatda yaqinlarini xavfdan xalos etishga intiladi.

Bo’rivachchalar onadan kar va so’qir holda tug’iladi.

Bo’ri bir marta juft tanlaydi

Bo’ri bir marta juft tanlaydi va u bilan bir umr birga bo’ladi.

Bo’ri tirnog’ini yerga ishqalagan holda o’tkirlaydi.

Bo’ri bir marta juft tanlaydi

Bo’ri miyasi hajmi itnikiga nisbatan 25-30 foizga kattaroq bo’ladi.

Agar bo’ri och bo’lsa, bir o’tirishda 10 kilogrammdan ko’proq go’shtni paqqos tushiradi.

Urg’ochi va erkak bo’ridan tug’ilgan bo’rivachchalarni butun boshli gala tarbiya qiladi.

Faqat chiyabo’rilarni qo’lga o’rgatish mumkin. Ularni it o’rnida boqsa bo’ladi.

Qadimiy astek qabilalari melanxoliya xastaligiga qarshi kurashda bo’ri jigaridan unumli foydalanishgan.

Bo’ri itni ko’rib qolsa, unga qarindosh sifatida emas, balki o’lja sifatida munosabat yuritadi.

Dunyoga mashhur 12 inson haqida qiziqarli faktlar

Agar ikkita bo’ri galasi uchrashib qolsa, bu mushtlashuv bilan yakun topadi. Lekin mushtlashuvda faqat to’daboshilar ishtirok etadi. Qay biri yengilsa, o’ljasini g’olib to’daga qoldiradi-yu, sheriklari bilan jo’nab ketadi.

Bo’ri och bo’lsa, bir yeyishda 8-10 kilogramm ovqatni paqqos tushiradi.

Bo’rilar qo’lga o’rganmaydi

Bo’ri qo’lga o’rganmaydi. Hatto, qafasda saqlangan, uy sharoitida yashagan bo’lsa ham baribir ko’chaga talpinaveradi.

Bo’rilar qo’lga o’rganmaydi

Shimoliy qutbdagi bo’rilar shu qadar kuchli irodaga egaki, ular yashaydigan sharoitda uncha-muncha hayvon yashab qola olmaydi.

Bo’rilar «o’rmon sanitarlari» hisoblanadi. Chunki o’rmonda yashash jarayonida tevaragini xasta hayvonlardan tozalab turadi.

Yangi tug’ilgan bo’ri bolasining ko’zlari moviy rangda bo’ladi. Oradan bir necha oy o’tgach, jigarrang tusga kiradi.

Bo’rining bolalari hamisha moviy ko’z bilan tug’iladi.

Qora bo’rilar itlar bilan chatishtirish natijasida dunyoga kelgan. Ular asosan Shimoliy Amerikada istiqomat qiladi.

Erkak bo’ri urg’ochisiga juda sadoqatli juft sanaladi. U urg’ochiga so’nggi nafasi qolguncha xiyonat qilmaydi. Faqat urg’ochisi o’lsagina juftini almashtirishi mumkin.

Sevgi haqida sizni hayratga soluvchi faktlar

Qadimda yevropaliklar ayollar tug’ruq jarayonida og’riq kamroq bo’lishi uchun bo’ri jigaridan maxsus kukun tayyorlashgan.

Bo’rining hid olish qobiliyati

Bo’rining hid olish qobiliyati ham maqtovga loyiq. U 15-20 kilometr uzoqlikdagi hidni his eta biladi.

Bo’rining hid olish qobiliyati

Yangi tug’ilgan bo’rivachchalar dastlabki paytlarda ko’r va kar holatda bo’ladi.

«Bo’ri» so’zi yapon tilida «Buyuk Xudo» ma’nosini beradi.

Bo’rining eshitish imkoniyatlari juda keng. U 7-8 kilometr uzoqlikdagi tovushni ham bemalol eshita oladi.

Bo’rining yolg’izi galasiga nisbatan ancha xavfsiz hisoblanadi. Yolg’iz yurganda ular juda ehtiyotkorlik bilan harakatlanadi.

Bo’rivachchalar tug’ilgach, dastlabki 4 oyda katta tezlikda vazn yig’adi. Yangi tug’ilgan bo’rivachchaning vazni esa atigi 500 grammga teng bo’ladi.

Ozodlikdagi bo’ri och holatda 5 kundan 7 kungacha yashay oladi.

Daraxtlar haqida qiziqarli malumotlar

Bo’ri odatda odamlarga hujum qilmaydi. Faqat quturgan bo’rigina tashlanishi mumkin. Sog’lom bo’ri odamlarni aylanib o’tishni ma’qul ko’radi.

Bo’ri 200 million xil hidni bir-biridan ajrata oladi.

Bo’ri tulkini o’ldirishi mumkin

Bo’ri tulkini o’ldirishi mumkin, ammo yemaydi.

Bo'ri tulkini o'ldirishi mumkin

Bo’ri tungi hayot tarzini kechiradi. U kerak bo’lsa bir kechaning o’zida yuz kilometrgacha yo’l bosib o’tishi mumkin.

Bo’rilar ba’zida o’laksalarni yeydi. Faqat juda och qolsa, yeyishga yemish topolmasagina o’laksa yeyishga majbur bo’ladi.

Bo’ri bolasining tishlari endi-endi chiqish pallasiga kira boshlaganda, ona bo’ri tili bilan milklarini artib tozalab chiqadi.

Bo’ri suvda suzishni yoqtirmaydi. Ammo to’g’ri kelib qolsa, bu vazifani a’lo darajada udalay oladi. Yoshi ulug’ bo’ri suvda o’nlab kilometrlarni to’xtamasdan suzib o’ta oladi.

Bo’rining ko’zlari qorong’ilikda xuddi mushuklarniki kabi yonadi.

Bo’rining tishlari sher va yo’lbarslarniki kabi maksimum darajada o’tkir emas. Shuning uchun o’ljasini bir tishlasha o’ldira olmaydi. Shuning hisobiga o’ljani tiriklay yeyishga majbur.

  1. Otabek:

    Mavzuga gap bo’lishi mumkin emas. Juda zo’r va aniq malumot berilgan ekan.

    • UzBaza.uz:

      Otabek assalomu alayko’m. Bildirgan Samimiy fikringiz uchun tashakkur. Sizni kelgusida yana web saytimizda kutib qolamiz.

  2. Burhonjon:

    Bu malumotlar ajoyib va menga koʻp yordam berdi. Sizlarga omad tilayman.

  3. Behzod:

    Bo’ri xa u juda vahshiy qotil jonivor ehtiyot bo’lish kerak uchratmagan maqul.

  4. Abdujalil:

    Bo’rining qorni to’q bo’lsa, odamlarga tegmaydi. Agar odamlar bo’riga tegishmasa. Rahmat bu ma’lumotlar menga yoqdi. Kelajakda bundan ham ko’p ma’lomotlar topishingizga ishonamiz.

  5. Gulchiroy:

    Meni fikrimcha bo’rilar vaxshiy hayvon emas, hech qachon odamlarga tashlanishni maqul ko’rmaydi…

  6. Baxtiyor:

    Manga bo’ri yoqadi, qaniydi uyimda bo’ri bo’lsa, faqat qo’lga o’rgatilgani. Menga bu malumotlar as qotadi. Bu malumotlarni chiqarganga adushi raxmat.

  7. Dilafruz:

    Bu malumotlar menga yoqdi, Bo’rilarni kim qanday asarda yozganini ham bersangiz yaxshiroq bo’lardi, malumot uchun katta raxmat.

  8. Abduqodir:

    Do’stlar kim biladi, Bo’riga aylangan odamlar bormi? yoki bu bir afsona xolosmi?

  9. Shohida:

    Men bo’rilar haqida shunaqa qiziqarli ma’lumotlar topganimdan va buni farzandlarimga o’qib berganimdan juda xursandman! Rahmat katta! Charchamanglar!

    • Mehriniso:

      Yana bir qiziq maumot, Bo’rilar g’urur va nomus timsolida ham keladi.

  10. Dinara:

    Ajoyib ma’lumotlar keltirilgan ekan, menga juda yoqdi va juda asqotadi raxmat 👍

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *