Xitoy devori haqida eng qiziqarli faktlar

Buyuk Xitoy devori haqida bizga nimalar ma’lum? Xo’sh bu so’zni eshitganingizda ko’z oldingizda nima tasvirlandi? Aslini olganda hammasi bunchalik hayratlanarli emas, buni esa o’zingiz o’qib guvohi bo’ling.

— Buyuk Xitoy devori asosan toshdan bunyod etilgan. Ayrim yerlarigina pishgan g’ishtdan tiklangan.

— Devor rostdanam yaxshi himoya bo’lganmi? Albatta, yo’q. Bir tomondan uni qurish uchun juda ko’p vaqt va kuch sarflangan. Devorda kuzatuv minoralari bo’lgan. Min imperatorlari esa bir necha ijrochilarni ishni o’z vaqtida tugatishmaganligi va «byudjet»ni o’zlashtira olishmagani uchun qatl etishgan.

Xitoy devori qiziqarli faktlar

— Xitoy devori mudofaa uchun yaroqsiz ekani allaqachon aniqlangan. Masalan, o’z davrida manchjurlar Xitoyga yurish qilganda, bu devorni sira qiynalmasdan aylanib o’ta olgan. Qo’riqchilar ham o’z hayoti uchun qayg’urib, qurolli kimsalarni kiritib yuboravergan. Yoki pul evaziga ham duch kelgan odamni o’tkazib yuborgan.

— Aytishlaricha, Xitoy devorini qurish davrida halok bo’lganlarning hammasi shu yerga dafn etilgan ekan. Chunki bu yerda ishlash sharoiti juda og’ir va qiyin bo’lgan. Shu sababli ham minglab, balki undan ham ko’proq odamlar halok bo’lishgan. Min imperiyasi davrida devorni askarlar va oddiy ustalar qurishgan.

Bahor fasli haqida eng qiziqarli faktlar

— Xitoy devorining bir qismi hozirgi Mo’g’uliston chegarasiga o’tib qolgan.

— Xitoy devorining eng qalin qismi 9,1 metrni tashkil etadi.

— Devorning uzunligi qancha? Devorning rasmiy uzunligi 10 000 mil. Qadimgi Xitoyda 10 000 tuganmas va cheki yo’q uzunlik hisoblanganligini ham unutmaslik kerak. Min imperiyasi davrida 8 850 km bunyod etilgan. Agar hammasini hisoblab chiqadigan bo’lsak, 20 kilometrdan uzunroq chiqadi.

— Buyuk Xitoy devori ustidagi katta-kichik minoralar soni 25 mingtaga yaqin.

Xitoy devori ustidagi minoralar

— Xitoy devorini qurishda millionlab odamlar ishtirok etgan. Ilk bor devorni bunyod etish uchun birdaniga 750 ming kishi jalb etilgan.

— Devorni qachon qurishgan? Himoya devorlari haqida eramizdan avvalgi 476-221 yillardagi ma’lumotlarda ham keltirilgan. Devor nafaqat ko’chmanchilardan himoyalanish uchun, balki qo’shni davlatlardan ham himoyalanish uchun qurilgan. Qurilish ishlarining eng qizg’in davri XVI asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi.

Qish fasli haqida eng qiziqarli faktlar

— Aytishlaricha, Xitoy devori yupqaligi bois orbitadan turib uni maxsus uskunalarsiz ko’rib bo’lmas ekan. To’g’ri, ayrim kosmonavtlar orbitadan pastroqda turib bu devorni ko’rganliklari haqida gapirishgan. Ammo bu gaplar rasman tasdiqlanmagan.

— Turli davrlarda Xitoy devori turlicha nomlangan. Faqat 19- asrga kelib hozirgi nom bilan atala boshlagan.

— Xitoy devorining uzunligi 9 ming kilometrga teng. Balandligi 6-10 metrni tashkil etadi. Ayrim joylarida eroziya tufayli devor buzilish pallasiga kirgan. Buzilgan joylarning balandligi 2 metrgacha tushib qolgan.

— Devor qurilishida ishtirok etib og’ir ish sharoitiga dosh berolmay o’lim topgan ishchilar murdalari devor ichiga joylanib, ustidan suvab tashlangan.

  1. Agamyrat:

    Xitoy devori haqida zo’r malumotlar ekan, shuni skachat qilsa bo’miydimi?

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *