Qish fasli haqida eng qiziqarli faktlar
Har bir fasl o‘zgacha go‘zaldir. Qish fasli ham hamma yoqni oppoq qorga burkagan vaqt, dillar beg‘ubor tuyg‘ularga to‘ladi. Bugungi maqolamizda qish fasli haqidagi eng sara va eng qiziqarli faktlarni etiboringizga havola etamiz.
1 — 2012 yilda Venetsiyada shunday sovuq qish bo’lganki, gondolalar muzga botgan va suv ustida harakatlana olmagan. Bungacha shunga o’xshash holat 1985 yilda kuzatilgan.
2 — Inson qo’liga tushgan eng katta qor parchasi diametri 38 santimetr bo’lgan.
3 — Ba’zan qish hukmdorlardan birining buyrug’i bilan kelishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Bir paytlar Fransiya qiroli Lyudovik XIV yozda chanaga minishni xohladi. Hechqanday muammosiz Versal atrofida darhol tuz va shakardan tayyorlangan qor yo’lagi qurildi.
Qish fasli haqida sherlar to‘plami
Qish faslining vaqt bo’yicha kirib kelishi
4 — Agar bizda qish — dekabr, yanvar va fevral oylari bo’lsa, unda janubiy yarimsharda aksincha. U yerda taqvimiy qish bizda issiq yoz bo’lgan paytda keladi. Bu Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrika va Janubiy Amerika uchun to’g’ri keladi.
5 — Qorparchalar odamning barmoq izlari kabi, har doim bir-biridan farq qiladi. Ko’p yillik tadqiqotlar davomida bir xil juftlik topilmagan.
6 — Yevropalik sotsiologlar aholi o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar davomida qiziq xulosalarga kelishdi — qishda tug’ilganlarda o’zlarining 100 yoshlariga qadar yashash imkoniyatlarini boshqalarnikiga qaraganda 16% ko’proq bo’larkan. Bundan tashqari, bunday insonlar bardoshliroq va ko’pincha sportda yuqori natijalarga erishadilar.
7 — Qishni yoqtirmaydigan odamlar kamdan-kam uchraydilar, ammo undan qo’rqadiganlar ham bor. Ular sovuqqa dosh berolmaydilar, qor va hatto muzdan qo’rqishadi. Psixologlar buni kionofobiya deb tasniflaydilar.
Kuz fasli haqida qiziqarli faktlar
Qishdagi eng past harorat ko’rsatgichi
8 — Qishda eng past harorat ko’rsatkichlari qayd etiladi. Shunday qilib, Yerdagi eng sovuq vaqt 2013 yil 8-dekabr edi — Antarktidada Yaponiya stantsiyasida harorat -91,2ºS da qayd etilgan.
9 — 1468 yilda Burgundiya yerto’lalarida qattiq sovuq tufayli sharoblar muzlab qolgan.
10 — Qish — bizning mamlakatimizda bu dekabr, yanvar va fevral oylari mehmon bo’lsa, janubiy yarimsharda — iyun, iyul va avgust oylarida mehmon bo’ladi. Astronomik qish 21dekabrdan 21 martgacha davom etadi. Iqlimli qish kunlik o’rtacha harorat nol darajadan pastga tushganda keladi.
Suv parisi haqida eng qiziqarli faktlar
11 — Moskvada eng katta qor parchalari qishda emas, balki bahorda yoqqan. Bu 1944 yil 30 aprelda, poytaxtga to’satdan kuchli qor yog’ishi bilan sodir bo’lgan. Qor parchalari tuyaqush patlariga o‘xshab, insonlarning kaftiday katta edi.
man o`zim qishda tug`ilgan man shuning uchun ham qish faslini yaxshi ko`raman
Barchaga salom do’stlar. Bu qiziqarli faktlar juda yoqdi. Men ham qish faslida tug’ilganman!!!
Menga ham qish yoqadi. Lekin men bahorda tug‘ilganman.
yaxshi emas
qish fasli menga yoqmeydi
man qish faslini yaxshi ko’raman
Men qish faslinI yaxshi kõraman.
menga qish rosa yoqadi
Menga qish fasli yoqadi. Chunki unda qandaydir sokinlik bor
Menga qish fasli juda yoqadi, lekin men bahorda tug’ilganman.
Qish fasli ajoyib fasllardan biri
Men ham qish faslini yaxshi ko’raman. Kimga qaysi fasl ko’proq yoqadi? Qani barcha yozib qoldirsin.
Menga qish fasli judayam yoqadi, bu fasilni sevaman.
Qish fasli ham xuddi boshqa fasllarga o’xshab ajoyib fasldir. Shaxsan menga qish fasli juda yoqadi.
Qish fasli juda yoqadi chunki u o’ziday oq va beg’ubor.
Qish fasli haqidagi ushbu qiziqarli malumotlar menga yoqdi. Qish faslining o’zi ham juda yoqadi chunki u o’ziday oq va beg’ubordir.
Saodat assalomu alayko’m. Fikringizdan mamnunmiz. Fikringizga qo’shilaman, Qish faslining ham o’zgacha tarovvati bor. Umuman olganda yurtimizdagi barcha fasllarning o’z o’rni bor.
Qish fasli haqida bunaqangi qiziqarli malumotlarni o’qimagandim. Endi esa ancha ko’p narsalar haqida bilib oldim, qish fasli haqida. Qish fasli menga juda yoqadi.
Zilola assalomu alayko’m. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz. Ishlaringizga omad tilaymiz.
Men ham qishda, ya’ni yanvarda tug’ilganman. Juda ham yoqtiraman bu faslni, chunki qanchalik sovuq bo’lmasin baribir o’zgacha tafti bor.