Qish fasli haqida sara sherlar to‘plami
Qish fasli haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. O‘lkamizga qish fasli kirib kelishi bilan, kunlar ancha qisqardi. Quyosh hamma yoqni yoritadi-yu, lekin qizdirmaydi. Biz esa qorni intizorlik bilan kutayapmiz.
Qish kelibdi yastanib
To‘rt fasllar aylanib,
Qish kelibdi yastanib.
Zamin oppoq o‘ramda,
Yumshoq, momiq gilamda.
Ko‘cha to‘la bolalar,
Uchar quvnab chanalar.
Yanoqlari zir qizil,
Lek yonmoqda qizib dil
Olam naqadar go‘zal,
Ertakdaman shu maxal.
Osmonlardan yog‘ar qor,
Atrofga sochib chiroy.
Tarnovda to‘p sumalak,
Qator-qator bir talak.
Mo‘ri, pechdan bo‘rillab,
Tutqun o‘ynar tarallab.
Mo‘jaz, sirlarga boysan,
Erka, to‘lingan oysan.
Kuch olar uxlab borliq,
Tanga bag‘ishlab xordiq.
Kumush qish
Barglarini to‘kkanda daraxt,
Xashoratlar bo‘lganda karaxt,
Pechkalarda yonganda o‘tin,
Mo‘rilardan chiqqanda tutun,
Dala, bog‘ni qoplaganda qor,
Muzlaganda arig‘u-anxor,
Sovuq xukm surganda xar dam,
Qalin kiyim kiyganda odam,
Dalalarda susayganda ish,
O‘lkamizda demak «kumush qish»!
Yetib keldi qish yana
O‘tib ketdi kuz chog‘i,
Yetib keldi qish yana.
Kengdir muzlik quchog‘i,
Bolalar tortar chana.
G‘izillashib o‘tishar
O‘g‘il-qizlar quvnashib.
Konki otib uchishar,
Bir-birlarin quvlashib.
Dam olib o‘tkazadi,
Bo‘sh vaqtlarin bolalar.
Oq to‘nga o‘raladi,
Butun atrof, dalalar.
Qish ham rohat bizlarga –
Ish qilib, olamiz dam.
To‘lar o‘g‘il-qizlarga,
Qorli tepalar har dam.
Qishning ishi
Qoyilman qish ishiga,
Zavq beradi kishiga.
Anhorni muzga qoplab,
Yaxmalak qildi boplab.
Faqat shuni bilmadim,
O‘ylab, o‘yga yetmadim.
Olamga oq libosni,
Qanday qilib yopdiykin?
Buncha oq rang, oq nurni,
Qanday qilib topdiykin?
Qish zavqi (Bolalar uchun sher)
Tiniq suv shildir-shildir,
Muz tagidan oqqanda.
Chana uchgim keladir,
Qish fasli qor yoqqanda.
Qor ustidan chanalar,
Gʼiz-gʼiz uchar oʼq kabi.
Chunki oʼynab bolalar,
Qizib ketar choʼgʼ kabi.
Baʼzan qor boʼron oʼynab,
Quvlashib qor otamiz.
Qorqiz, qorbobo yasab,
Qish zavqini totamiz!
Qish (Bolalar uchun sher)
Dala-dashtda tindi ish,
Mehmon bo’lib keldi qish.
Qish emas, — qor bobo,
Sovg’alari bor bobo.
Uyda bezog’lik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.
Qor yog’ar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht — oppoq gilam,
Qoqib bo’lmas sira ham.
Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor.
Qish tasbehlari
Qor kiyingan archalar,
Oq qalpoqqa o’xshaydi.
Yaltiroq shox-shabbalar,
Jez taroqqa o’xshaydi.
Muz qotgan ariqchalar,
Zar belbog’ga o’xshaydi.
Sumalaklar — qandillar,
Muz chiroqqa o’xshaydi.
Qor ustida qarg’alar,
Qora dog’ga o’xshaydi.
Yo oq qog’ozga tomgan,
Rang — siyohga o’xshaydi.
Fe’li sovuq izg’irin,
Ko’p chatoqqa o’xshaydi.
Quvib solar hammani,
Urto’qmoqqa o’xshaydi.
Qish yaqin (Bolalar uchun sher)
Quyonga dedi Ayiq:
— Buncha shoshasan, qiziq?
— Qish kelar qilich qayrab,
Qandoq o‘tiray qarab?
Qish g‘amini yeyapman.
—To‘xta, nima deyapsan?
Qish degani bir kecha…
— Unday emasdir hecham.
— Bir uxlab tursang, bahor!
— Bahorgacha ko‘p gap bor…
Qishli qirovli kunda,
Ovqat so‘rayman kimdan?
— Qanaqa qish, ey ahmoq? —
Darg‘azab bo‘lar maymoq.
— Qishdan qo‘rqmaysiz, demak…
— Gap qaytarma tirmizak.
Qishda (Bolalar uchun sher)
Rosa maza qish,
Qorlari — kumush.
Oq kiygan atrof.
Qish havosi sof.
Konki uchamiz,
Hech charchamay biz.
Goho qorbo‘ron
O‘ynab kim chaqqon? —
Bilib olamiz,
Qoyil qolamiz.
Qish sabog‘i
Shimimda to’rtta cho’ntak,
Paltomda to’rtta cho’ntak.
Birma-bir kirib chiqar,
Bariga ikki qo’lim.
«Kuh-kuh»lab qo’llarimga,
Oyimlar koyir andak,
— Shunaqa chatoq bo’lar,
Qo’lqop yo’qotish, o’g’lim!
Oppoq qish-ey — (Bolalar uchun sher)
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Eh, qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan,
Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.
Dam olmoqda dalalar,
Keng vodiylar, daralar,
Fasl gashti atrofga,
Qo‘shiq bo‘lib taralar.
Tarnovlarda sumalak,
Ko‘llar oyna—yaxmalak.
Ayting, ayting bo‘lmasin,
Hech kim yo‘lda charxpalak.
Sovuq hazllasharmi,
Yuzlar jizillasharmi,
Goho-goho uchragan,
Qo‘rqoqni izlasharmi?
Oppoq qor sut singari
Ona Yerga singadi.
Oftob kelib yaqinroq,
Qishning qahrin yengadi.
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Tarqoq qish-ey, qo‘rqoq qish.
Qish boshlandi
Dov-daraxtlar mizg’igan,
Izg’irin uel izg’igan.
Ko’chalar yaraqlaydi.
Yulduzlar charaqlaydi.
Jamlab barcha kuchini,
Kelmoqda qish qo’shini.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Navro‘z haqida sara sherlar to‘plami
- Bahor fasli haqida sara sherlar to‘plami
- Vatan haqida sara sherlar to‘plami
- Mevalar va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami
- Hasharotlar haqida sara sherlar to‘plami
- Hayvonlar haqida sara sherlar to‘plami
- Parrandalar va qushlar haqida sara sherlar to‘plami
- Lola guli haqida sara sherlar to‘plami
- Atirgul haqida sara sherlar to‘plami
- Qizlar ismiga sara sherlar to‘plami
Zõr sherlar
Juda ham zõr she’rear
Menga juda yoqdi
Menga juda yoqdi, she’rlar ajoyib va bolalar tez o’rgandigan ekan, raxmat kattakon.
Juda yaxshi sayt, bizga yoqdi. Bolalar adabiyotini bamani she’r va hikoyalar bilan yanayam boyitib borsalaringiz, xalq uchun juda man’faatli bo’lardi! Ilojisi bo’lsa elektron variantlarini ham targ’ib qilsangizlar. Keyin telegram platformalarida ham shunday saytlar borligini targ’ib qilsangizlar.
Juda zor sherlar
Rahmat judayam zo‘r she‘rlar to‘plangan ekan
Juda yoqti
Judayam yaxwi werlar
She‘rlar juda yaxshi ekan. Menga yoqdi. She‘rlardan faoliyatimda foydalanishga harakat qilaman
Yaxshi sherlar bor ekan. Raxmat ❤
yaxshi sherlar yoqdi
Zor sherlar ekan manga juda ham yoqdi qoyil lekin sizlrga ham yoqishi aniq 👍👍💓💋😜
Barchasi har doimgidek alo darajada. Ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman.
Salom. Sherla zo’r rahmat. «Qish tasbehlari» Degan sher mega maqul bo’ldi. Ushbu sherni yod olyapman.
Qish fasli seni sevaman. Qish fasliga atalgan sherlar juda ko’p ekan. Menga yoqdi bu sayt. Barchaga omad tilayman.
Assalomu alayko’m. Fikringizdan xursandmiz. Samimiy tilaklaringiz doimo o’zingizgaham yor bo’lsin.
Qizmga qish fasliga sher kerak edi, izlagan sherimni topdim, sizlarga raxmat.
Salom. She’rlar juda zo’r ekan menga yoqdi. Ishlaringizga omadlar tilayman. Shunga o’xshash sherlardan yana yuklasangiz yaxshi bo’lar edi.
Judayam zo’r sherlar ekan. Menga juda-juda yoqdi. Gap yo’q zo’r. Ijodlaringizga ulkan zafarlar tilayman.
Eh do’stlar shoir va shoiralarimizga tasanno aytmasdan ilojimiz yo’q. Sheriyatni haqiqiy cho’qqisi deb manabuni aytsa bo’ladi.
Sherlar juda ajoyip. Shoir va shoiralarga omad tilayman.
Assalomu alayko’m barchaga, mana qish fasli ham o’lkamizga kirib kelmoqda, shu munosabat bilan sherlardan yod oldim.
Juda ajoyib she’rlar ekan. Manga yoqdi. Rahmat.
Bu sherlar menga yoqdi, bulardan yod olishni oldimga maqsad qilib qo’ydim, ustozimni hursand qilmoqchiman.
Menga qish she’ri juda yoqdi. LAYK bosish yo’qmi?
Qish fasli haqida juda qiyin sherlar bormi? Ertaga kerak edi.