Kuz fasli haqida sara sherlar to‘plami

Kuz fasli haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. Har bir faslning o‘z chiroyi bo‘lganidek, kuz fasli ham o’zgacha chiroyi, hech qaysi faslnikiga o’xshamagan husn-tarovati bor.

Kuz fasli haqida sherlar

Kuz fasli

Kuz fasli haqida sher

Sayrning ilinjida,
Bir kuni chiqdim boqqa.
Barglar gilamday bunda,
Toʼshalgan xammayoqqa.

Tut daraxti yoz boʼyi,
Yana qaytgan asliga.
Baxorda ipak qurti,
Tashna boʼlar bargiga.

Yozda men koʼrgan qushlar,
Janublarga ketibdi.
Kuz fasli demak doʼstlar,
Oʼlkamni zabt etibdi.

Fasllar haqida sherlar to‘plami

Do‘rmonda kuz

Do‘rmonda kuz

Bog‘imda mushuklar qoldirgan edim,
Daydib ketibdilar bechoralarim.
Barglarin to‘kmoqda daraxtlar qadim,
U bilan to‘kilar ezgu dardlarim.

Senga salom deyman so‘ng bor, behijon
Endi yerga yotding, soyabonim barg.
Nechun o‘ksik qolding, chinor, jonajon
Bog‘larga nahotki keldi bodi marg.

Arg‘uvon gullardi bu yerda abad,
Bu yerda kuylardi azal bulbullar.
Qushlarim, siz bizni tark etmang minut
Tag‘in ochilingiz bizning ey, gullar.

Sira ko‘z tegmasin qizg‘in ulfatga,
Qishda ham yashnaylik samoviy oydek.
Sizni taklif etar she’riy suhbatga
Mirtemir, Shayxzoda, albatta, Oybek.

Kechgi kuz

Kechgi kuz

Tungi bog’lar – sirli, qo’rqinchli,
Xususan kuz, xususan kech kuz.
Qora tunga bo’lib qo’riqchi,
Qotib turar daraxtlar unsiz.

Oyog’ingning ostida nogoh,
«Chirs» etaru sinib tushar shox,
Biroq, ulkan qushdek banogoh,
Qalqib ketar butun ulkan bog’.

Tungi bog’lar qora o’pqonday,
Guvlar bo’ron kezingan chog’lar.
Bog’ni chetlab o’tadi tunda,
Qo’rqa-pisa oydin so’qmoqlar.

Oltin kuz keldi

Oltin kuz keldi

Mevalarni,
Shakar etding,
Yaproqlarni,
Sim-zar etding,
Oltin kuzim.

To’kin-sochin,
Dala-yu bog…
Dehqonlarning,
Dimog’i chog’,
Saxiy kuzim.

Kuzni olib ketdi arava

Kuzni olib ketdi arava

Kuzni olib o’tdi dehqonlar,
Aravada olmalar bilan.
To’lib ketdi cheksiz sayxonlar,
G’ildiraklar g’irchillashidan.

Daraxtlarning rangi qorayib,
Bog’da esdi achchiq kuyundi.
Kuz yo’llari misli qora ip,
Cho’zildilar – yomg’irlar yuvdi.

Oq varaqqa siyoh dog’lari,
Sochilganday – ayni kun botar,
Har sharpadan kuzak bog’lari,
Qarg’alarni ko’kka sachratar.

Qushlar sergak –
Qora olchaday,
Ko’zlarida hadik surati.
Kezib yurar bog’ni kechalar,
Yog’ilmagan qorlar hasrati.

Aravada savat va savat,
Naqsh olmalar osmonga boqar.
Kuzni olib ketdi arava,
Aravaga sig’madi bog’lar.

Bahor haqida sherlar to‘plami

Yana xazonrezgilik

Yana xazonrezgilik

Yana xazonrezgilik,
Bog’lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.

Oq yaktakli qayinlar,
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag’-chag’laydi zarg’aldoq.

Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tanghalar.

Kuz kelib yo‘qoldi unig sirdoshi

Kuz kelib yo‘qoldi unig sirdoshi

Daraxtlar barglari sarg‘ayar birdan.
Ularga bahona kuzning quyoshi,
Unib chiqsa hamki ildizi yerdan,
Kuz kelib yo‘qoldi uning sirdoshi.

Sirdoshdan ayrilsa ko‘payadi g‘am,
Shodlikni o‘rnini bosar mahzunlik,
Har qanday janzotni yengarkan alam.
Sodiq oshnasidan bo‘lsa mahrumlik.

Oltin fasl kuz fasli

Oltin fasl kuz fasli

Davra qurib turnalar,
Boshimizda aylanar.
Budir kuz fasli bazmi,
Ona yerga ta’zimi.

Oltin fasl – kuz fasli,
Zarshunoslikdir asli.
Undan qirlar, tog‘ – oltin,
Undan yerlar, bog‘ – oltin.

Mevalar ham mo‘l-u ko‘l,
Ne yesang ham bol yeysan,
Kuzga: «Ofarin», – deysan.

Bunday oltinligin ham,
Tengsiz totliligin ham,
Aytsam bitmas siri bor:
Unda mehnat teri bor.

Oltin kuz kezar

Oltin kuz kezar

Shamollar daraxtni bargini uzar,
Shamollar qamchilab junjitar tanim.
Sarg‘aygan bog‘larda oltin kuz kezar,
Kuzning og‘ushida bu kun Vatanim.

Daraxtlar libosin echarkan asta,
Bo‘y cho‘zib qolishar ufqqa boqib.
Quyosh inib ketar ufqdan pastga,
Yulduzlar termilar chirog‘in yoqib.

Yaproqlar shiviri yo‘q endi bunda,
So‘ppayib turibdi yalang‘och tana.
Daraxtlar mudrashar yulduzli tunda,
Tabiat bizlarni siylar deb yana.

Paymoni to‘lgan chog‘ kuz ham ketadir,
Mangu yaralmagan faslning bari.
So‘ngra qish bog‘larga tashrif etadir,
Shamshiri qayralgan botir singari.

Ko‘p o‘tmay qirlarda o‘t ham unadi,
Bir-birin takrorlar fasl va hayot.
Bahorda kuzakni istab yonadi,
Kuz payti bahorni qumsar odamzod!

So‘nggi yaproq

So‘nggi yaproq

Daraxtning bir, butog‘i,
Tutib turar yaproqni.

Qo‘llarida avaylab,
Nogoh kelar yel poylab.

Tortqilay boshlar, yulqib,
Daraxt qaltirar, dir-dir.

Ey to‘ymas yel — quv, baxil,
Rahm qil-da, bu, axir.

Shir yalong‘och, daraxtning
Qolgan so‘nggi chaqasi.

Qish haqida sherlar to‘plami

Kuz manzaralari

Kuz manzaralari

Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog‘larda hazonlar yonadi lov-lov.
Do‘stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to‘kilgan olov.

Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Poyida shivirlar mening kuylarim.
Do‘stlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan, so‘ngsiz o‘ylarim.

Quyosh ham falakda bamisli ro‘yo,
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Do‘stlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.

Kuz tuni

Kuz tuni

Sukunat, sukunat, sukunat…
Na gʼam bor, na tashvish, na alam.
Na wuvonch, na shodlik, na sevinch,
Аstagina tebranar qalam.

Tin olar borlik tun bagrida,
Boʼlgan barcha-barchasi unut.
Bargin tukib sovuq zaxridan,
Daraxt xam jim, saqlaydi sukut.

Yerga toʼshalgan sariq gilam.
Daydi shamol dastidan toʼzgʼir.
Unutilgan quvonch-u, alam,
Tong otgach boz uyma-uy izg‘ir.

Kuz tashrifi

Kuz tashrifi

Qaydadir samoda o’qilar bayot,
Qulog’im tutaman sirli ovozga.
Ko’rdim, o’n yil oldin o’tib ketgan zot
Keldi Tillashayxga — juma namozga.

Ayni kuz, bog’larning pishgan mevasi,
Chumoli safiga tashlayman razm.
Olma turshagining bordir egasi,
Qarri ajinalar qilurlar bazm.

Porlab ko’rinadi Qutbda yulduz,
Osmon ham qoramtir — rangi aslidir.
Sariq chakmon qiygan Xizr kabi kuz,
Chindan u donishmand ruhlar faslidir.

Afsus, bahorlarim o’tdilar ketib,
Terga botganicha qoldi saraton.
Buyuk tomoshaning so’nggini kutib,
Fasllar oralab kezdim sargardon.

Nimani izladim kunduzdir, tundir,
Barcha ko’rganlarim nahotki abas.
Shamolni g’orlarga qamash mumkindir,
Qayta olinmagay “puf” degan nafas.

Ibtido bor ekan bordir intiho,
Chigal hislaringga kuz bergay barham.
Balki o’n yil o’tar, yuz yildir, ammo
Juma namoziga kelurman men ham.

Kuz isi

Kuz isi

Boqsam daraxt, o‘tloqqa, qirga,
Kuz aksini ko‘raman faqat.
Kuzning uzgan barglari yerga,
To‘kiladi qavatma-qavat.

Issiqsevar qushlar o‘zicha,
«Yoqtirishmas» iqlimni endi.
Faqat qarg‘a, chumchuq. musicha,
«Bir amallab» yashashga «ko‘ndi».

Qalinlashdi kiyimlar bir oz,
Ayab sochar nurlarin quyosh.
Mexmon bo‘lar yomg‘ir xam tez-tez,
Qishligini g‘amlar qari-yosh.

O‘t-o‘lanu, dov-daraxtlarni,
Barchasin kuz sariqqa belar,
Bitta-bitta uzar barglarni,
Nafas olsak, kuz isi kelar!

Yoz haqida sherlar to‘plami

Bariga ulgurib

Bariga ulgurib

Kuz fasli, daraxtlar bargi sarg‘ayib,
Yerga to‘kib bargin, turar angrayib.

Zaminni sap-sariq «to‘shak»ka burkar,
Qolgan «rang»larin xam, ustiga purkar.

Xovli etagida bir uyum axlat,
Joyidan jilmagan, yetmagan fursat.

To‘y-xasham, bariga ulgurgan inson,
Bir uyum axlatga vaqt topmas xamon!

  1. UzBaza.uz:

    Salom, Web-saytimiz o’zbek tilida bo’lganligi uchun rus tilidagi malumotlarni yuklay olmaymiz.

  2. Fazilat:

    Assalomu alaykum ajoyib she’rlar ekan. Ko’proq MTT uchun ham bo’lsa yaxshi bo’lar edi.

    • Jumagull:

      Iloji bolsa menga ham tashlab yuvorilar kuz haqidegi sherladi

    • Ozoda:

      O’lkamizga kirib kelgan kuz fasli haqidagi sherlar judayam yaxshi ekan, rahmat.

  3. Foydalanuvchi:

    Manga yoqmadi sher fikirsiz juda oddy va qiziqsiz

  4. Mushtariy:

    Taklifim bor «Chirt etib shohidan uzildi xazon» nomli she’r bor muallifini topolmadim kimda bolsa saytga joylanglar

  5. Janar:

    Judaxam yaxshi,qisqacha she’r bolalarga bo’sa tashavoring

    • Mahliyo:

      MTM bolalari uchun qisqacharoq sher bo’lsa tashlab yuboring.

  6. Hasan:

    Yaxshi sara sherlar ekan, ayniqsa bahor haqidagi sherlar!

  7. Sabrina:

    Barchaga assalomu alayko’m. Mana yaqin kunlarda yoz fasli tugab kuz fasli diyorimizga kirib keladi, shu munosabat bilan ushbu faslga atab sherlar yodlashga qaror qildim.

  8. Parizoda Dadajonova:

    Bir biridan ma’noli, chiroyli she’rlar yozibsilar ijodlaringa omad.

  9. Hamida:

    Sherlar judaham manoli, menga va do’stlarimga yoqdi, ishlaringizga omad tilayman.

  10. Elzara:

    Do’stlar mana yurtimizga jonajon kuz fasliham kirib keldi, sherlar juda yaxshi ekan.

  11. Dilsora:

    Assalomu alayko’m, menga barcha she‘rlar ma‘qul keldi, faqat she‘r muallifi ham bo‘lsa yaxshi bo‘lardi.

  12. Pariviso:

    Assalomu alayko’m. Kuz fasliga atalgan bu she’lar juda ham zo‘r ekan.

  13. Durdona:

    Koʻproq bolalarga sher bo’lsa yahshiroq boʻlardi, qisqa va odiy soʻzlardan iborat boʻlsa degandim.

  14. Diyora:

    Hammaga salom, kuz faslidagi sherlar judayam zo’r ekan. Ayniqsa manga ko’proq «kuz isi» degan sher yoqdi. Bundanam ajoyib sherlar tashisizlar degan umiddaman.

  15. Gullola:

    Assalomu alayko’m. Ko’proq bolalar uchun she’rlar bo’lsa, yaxshimi derdim.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *