So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sara sherlar to‘plami

25-may barcha umumta’lim muassasalarida so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinadigan, bitiruvchilar qadrdon maktablari, sinfdoshlari bilan xayrlashadigan kun. Ushbu bitiruv kuni munosabati bilan, katta hayot ostonasida turgan yigit-qizlar uchun eng sara sherlar to’plamini taqdim etmoqdamiz.

So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sherlar

So’nggi qo’ng’iroq jaranggi

So‘ngi qo‘ng‘iroq

Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor,
O’n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo’lar, maktabda,
Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.

Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo‘lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o‘tgan maktab davrin unutmang aslo!

Axir oson bo‘lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo‘lmagandir 11 yil umr.
Oson bo‘lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o‘z gashti bor, qilingiz sabr.

Balki sizga unut bo‘lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo‘ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to‘lib,
Kutgandinglar chalinishin ilk qo‘ng‘iroq.

Alifboni tanimagan sofdil qizaloq,
Katta bo‘lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq,
Bugun endi o‘zimizga qilar nasixat.

11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish,
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog‘i ichra ochildi do‘stlik,
Kimlargadir nasib bo‘ldi sof bir muxabbat.

Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko‘chirmoqqa bo‘lmaydi imkon.
Kundalikka qo‘yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.

Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo‘lolmassiz, unutmang biroq,
Do‘stlaringiz bir umrga bo‘lar yelkadosh,
Do‘stlik uchun chalinmaydi so‘nggi qung‘iroq.

Chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq

Chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq

Maktab dargohini tark etib ketish,
Men uchun azobdir bu axir azob.
Yuragimni ezar og‘ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.

So‘nggi qo‘ng‘iroq ham chalinar asta,
Ko‘zda mayusligu, qo‘lda guldasta,
Maktab yillarimiz o‘tdi bir pasta,
Har vaqt sog‘inaman seni sinifdosh.

Maktab yillarimiz o‘tdi birma-bir,
O‘tdi kun fasllar, o‘tdi kun-oylar,
Bugun sog‘inchdan otadi tonglar,
Tongdan sog‘inaman seni sinfdosh.

Maktab va sinfdoshlar haqida sherlar

Sinfdosh do‘stlarim

Sinfdosh do‘stlarim sheri

Ko‘zlarimiz kuladi, ko‘ngil yig‘laydi,
Tillarimiz xayr deb, dil ketma deydi.
Sog‘inamiz maktabim, issiq bag‘ringni,
Ey sinfdosh do‘stlarim, ketgim kelmaydi.

Qaldirg‘ochga o‘xshabon, ucharmiz bizlar,
Dillarda sog‘inch bilan, ketarmiz do‘stlar.
Ko‘zlarimiz yo‘lingda, sog‘inar seni,
Ey sinfdosh do‘stlarim, ayrildik endi.

Chalinmay qo’yaqol so’nggi qo’ng’iroq

Chalinmay qo’yaqol so’nggi qo’ng’iroq

Bu oqshom osmonda yulduz yig’laydi,
Ko’k aro to’lin oy unsiz yig’laydi,
Majnuntol yonida maktab bog’ida,
Yurakda dard bilan bir qiz yig’laydi,
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Ayriliq onlari bunchalar azob,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq»
Aytilmay qoldiku aytilmas gaplar,
Goh oshkor goh pinhon bitilgan xatlar,
Bir bora yurakdan chiqmagan suhbat,
Ranglar sarg’ayib ko’nglimni ezar,
Qizlar qo’lidagi estalik daftar,
Nahot armonga aylansa endi,
Sinfdosh qiz bilan tushgan suratlar,
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan,
Ko’nglimga abadiy yoqding sen chiroq,
Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,
Chalinmay turaqol «So’nggi qo’ng’iroq»,
Nelar kutmoqda bizlarni hali,
Qayg’uli muhabbat, xijronli firoq,
Nahot tark etmoqda sho’xlik davrimiz,
Chalinmay turaqol «So’nggi qo’ng’iroq».

Seni sog’inaman sinfdosh

Seni sog’inaman sinfdosh bitiruvchilar uchun

Biz sinfdosh bo’ldik,
Sinfdoshmas dildosh bo’ldik,
Nahot bugun endi begona bo’ldik,
Seni sog’inaman aziz sinfdosh.

Maktab yillarimiz o’tdi birma-bir,
O’tdi kun fasllar, o’tdi kun-oylar,
Bugun sog’inchdan otadi tonglar,
Tongdan sog’inaman seni sinfdosh.

To’g’risi ranjitgan kunlarim bo’ldi,
Shu kun bedorli tunlarim bo’ldi,
Sog’inchim, iztirobibi o’ylarim bo’ldi,
Yig’lab sog’inaman seni sinfdosh.

Yillar o’tib ko’rib oqar ko’z yoshlar,
Endi ayro bo’ldi o’shal dildoshlar,
Nahot endi begonadir o’sha sirdoshlar,
Harvaqt sog’inaman seni sinfdosh.

Qara, oxirgi bor darsda birgamiz,
Oxirgi bor birga tanaffus kutib,
O’tiribmiz jimgina dardlarni yutib,
Dardli sog’inaman seni sinfdosh.

So’nggi qo’ng’iroq ham chalinar asta,
Ko’zda mayusligu, qo’lda guldasta,
Maktab yillarimiz o’tdi bir pasta,
Har vaqt sog’inaman Seni Sinifdosh!

Til haqida sherlar to‘plami

Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq

Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq

To‘xtab qolsin soat millari,
Chalinmasin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Ortda qolar sho‘xlik yillari,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Naxot boshqa, boshqa yo‘limiz,
Xomush tortib yig‘lar dilimiz.
Ketar chog‘i ortda ko‘zimiz,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Sizni unutmaymiz birinchi Ustoz!
Birinchi qadamim esimda-ku oz.
Sizni qadrlaymiz sizgadir e‘zoz,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Sho‘xliklar qilardim hammadan ko‘proq,
Haliyam qumsaydi yuragim mushtoq.
Xuddi tushdek o‘tgan damlarim,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Bir oiladek jambuljam edik,
Yillar o‘tdi tarqadik ketdik.
Endi mehr qadriga yetdik,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Sog‘indim sinifdosh sirdoshlarimni,
Ko‘zlari chaqnagan dildoshlarimni.
Jim turib eslayman xotiralarni,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Yangi hayot yangi yo‘llarga,
Qadam qo‘ydik boshqa yo‘llarga.
Yoshlik xotirasi Shamshod Safarga!
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Sinfdosh unutma do‘stlaringni

Sinfdosh unutma do‘stlaringni

Mana bugun xammaning ko‘zida yosh,
Ajralishar bir biridan sinfdosh.

Maktab binosi xam turar xomush,
Bu ko‘z yoshlarga berolmay bardosh.

Ey sinfdosh unutma do‘stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog‘larni.

Maktab yillarri o‘tti birin ketin,
Kimdir yoriga isxor qildi sevgisin.

Mayli ularga Xudoyim bersin baxtin,
Ular doimo birga bo‘lishsin.

Ey sinfdosh unutma do‘stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog‘larni.

Baxtli bo’l sinfdosh

Baxtli bo’l sinfdosh do'stim

Ba’zinxor ko’rmayin, ko’zlaringda yosh,
Sen uchun porlasin, ko’klarda quyosh.
Ayriliq ko’nglimda bo’ldi og’ir tosh,
Baxtli bo’l bir umr aziz Sinfdosh…

Endi senga o’tgan kunlar xayoldir,
U kunlar xotira bizga yodgordir.
Qaydasan sinfdosh dilga savoldir,
Baxtli bo’l bir umr aziz sinfdosh.

Umid deb atalmish guling so’nmasin,
Yurakda orzuying, bevaqt o’lmasin.
Shu qaro ko’zlaring, xech nam bo’lmasin,
Omon bo’l bir umr aziz sinifdosh.

Ustoz va murabbiylar haqida sherlar

Chalinadi songi qo‘ng‘iroq

Chalinadi songi qo‘ng‘iroq

Bahorning so‘ngi kunlari,
Tugayotgandek bolalik chog‘lari,
Yaqinlashmoqda ayrilish damlari,
Chalinmaytur so‘ngi qo‘ng‘iroq.

Sinfdoshlarim bilan yana biroz qolay,
Uztozlarga rahmat aytishga ulgurib olay,
Qadrdon maktabim bilan hayrlashib olay,
Biroz chalinmaytur so‘ngi qo‘ng‘iroq.

Nahot sinfdoshlarni endi ko‘raman kamroq,
Nahot maktabga kelaman endi ozroq,
Sinfdoshlarni maktabni unutmiman biroq,
Chalinmaytur so‘ngi qo‘ng‘iroq.

Maktabim sen menga eng aziz koshanasan,
Bugun o‘tib o‘tmishga aylanasan,
Eh Barno maktabni hali ko‘p sog‘inasan,
Biroz chalinmaytur so‘ngi qo‘ng‘iroq.

Shu chog‘ hayolimni buzib,
Sinfdoshlarni bir biridan ayirib,
Maktab hovlisidan uchirib quvib,
Jaranglab chalinadi songi qo‘ng‘iroq.

Qo‘ng‘iroq jarangi, xayr demoqda

Qo‘ng‘iroq jarangi, xayr demoqda

Yurakda — bugun bir, ajib xayajon,
Yoshlik damlarim bugun, eslagim keldi.
Ko‘ksimda iliqlik, ko‘z yoshlar marjon,
Maktabim — do‘stlarim, bir ko‘rgim keldi.

Oxista yangraydi, so‘nggi qo‘ng‘iroq,
Yurakdan nenidur, yulib olgandek.
Ozod yurt ramzi bu, hilpirar bayroq,
Ko‘nglimni — yoshligim, tark etayotgandek.

Bir chetda turibman, kuzatib sekin,
O‘quvchilarga omad, tilar ustozim.
Parvozga shaylanar, bugun do‘stlarim,
Oq yo‘l tilar mo‘tabar, mening ustozim.

O‘quvchilar yuzlaridan, ko‘z yoshlar oqdi,
So‘nggi qo‘ng‘iroq ovozidan, yuraklar yondi.
Ilk sevgim — ilk she‘rim, maktabda qoldi,
Yoshlik damlari ham endi, hotira bo‘ldi.

Xayr endi maktabim, xayr do‘stlarim,
Bizni unutmang xech qachon, aziz ustozim.
Biz sizni eslaymiz, har yil shu onda,
Jonajon maktabim qo‘ng‘irog‘i, chalinganida.

Qo‘ng‘iroq jarangi, xayr demoqda,
Do‘stlar ham oxista, qo‘l silkishmoqda.
She‘rim davom etmoqqa, qolmadi kuchim,
Omad va baxt tilayman o‘quvchilarga.
Maktabning bag‘ridan uchgan qushlarga!

Xayr maktab, xayr sinfdoshlarim

Xayr maktab, xayr sinfdoshlarim

Mana vaqt o’tib ketganini bilmay qolibmiz,
O’n birinchi sinfga ham kelib qolibmiz,
Kechagina maktabga ilk bor qadam qo’ygandik,
O’sha kunlarni ham qadriga yetmadik.

Endi esa bu kunlar biz uchun qadirli bo’ldi,
Men uchun esa qochgan darslarim armon bo’ldi,
Bu kunlarni hech qachon unutmiman,
So’ngi yillarni o’tishini istamiman.

Bularni bari endi kech,
Sinfdoshlar ham ayrilgisi kelmaydi hech,
Men uchun vaqt o’tishi bo’ldi birpasta,
Negadir yuragim ham bo’lgandi hasta.

Bu sinfda kimnidir dilini og’ritdim,
Yana kimlarnidir behuda ranjitdim,
Shuning uchun yuragim juda qiynalmoqda,
Endi esa hamma sinfdoshlar ayrilishmoqda.

Qizlarni ko’zidan asta yosh yumalar,
Bollarni esa jiddiylik qamrab olar,
Mana bitirmoqdamiz shu orzu qilgan maktabni,
Ancha yillar o’tsa ham unutmayman sinfdoshlarni.

Sinfdoshlar bilan zora ahil bo’lib,
So’ngi yilni urush janjalsiz o’tkazsak,
Ahir bir birimizga g’animat bo’lsak,
Endi bir birimizni birdek ko’raylik,
Maktabni bitirsak ham bir birimizdan habar olaylik!

Vatan himoyachilari haqida sherlar

So‘ngi qo‘ng‘iroq uchun qisqa sherlar

So‘ngi qo‘ngiroq tilaklar

Ko‘zimdan qalqiydi quvonch yoshlarim,
Maktab dargohini tark etar bu kun.
Yangi hayotga ham qo‘yishar qadam,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.

***

Dillarni titratib so‘ngi qo‘ng‘roq,
Maktab dargohidan qiladi yiroq.
Ustozlarim ko‘zidan tirqiraydi yosh,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.

***

Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom,
Yuragimdan chiqar dil izxorlarim. 
Opalarim akalarim ketishar bu kun, 
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.

  1. Shahrizoda:

    So’ngi qo’ng’iroq haqidagi ushbu sherlar to’plami juda yaxsh yozilgan ekan, o’qib chiqib miriqib dam oldim.

    • UzBaza.uz:

      Shahrizoda assalomu alayko’m. Ushbu sherlar to’plamini sizga foydasi tekkanligidan bag’oyatda mamnunmiz, kelgusida sizni yana veb-saytimizda kutib qolamiz, bildirgan samimiy fikringiz uchun tashakkur deymiz.

    • U:

      Sheriz yaxshi ekan, sizda 30 ko’plitga yaqin sher yo’qmi 25 mayga mo’ljallangan? Agar bo’lsa tashlay qoling.

    • Manzura:

      Judayam yaxshi. Tadbirlarda keng foydalanaman nasib.

    • Abror:

      Assalomu alayko’m 25-may uchun qalblarni junbushga keltiradigan she’rlar bo’lsa ko’proq tashlang.

    • Dilshoda:

      Yaxshi emas ekan, oddiy va juda soddaa, iltimos qilamiz yaxshiroq sherlar qo’yishingizni, qofiyalar buzilgan va manosiz, saviyasi past, raxmat!

    • Umida:

      Salom. Bu sherlar juda ma’noli. Sherlaringiz menga juda yoqdi. Ishlaringizga omad tilayman. Bundanda yaxshi yutuqlarga erishishingizga tilakdoshman.

    • KAMRON:

      Bu sherlar menga yoqdi, sizlarga kattakon raxmat, mehnatlaringizni qadrlaymiz.

    • Madina:

      Ehh qanday davrlar o’tib ketdiya, agar hozir vaqtni ortga qaytarib qaytadan o’qishni iloji bo’lganda qaniydi.

    • Aziza:

      Assalomu aleyko’m. Yaxshimisiz manga hamma sherlariz judayam yoqdi, sodda yozilgan ammo o’quvchi tilidan aytilgani bilinishi kere edi, sizda xuddi shundoq. Judayam yaxshi bo’gan ijodizdan xursandman, omadizni bersin sherlariz 25-may kuni bizani maktabda yangridi Inshaollox.

    • Shahnoza:

      Bu she’rlar juda ham ajoyib ekan. Bularni o’qib ko’zimga yosh keldi.

    • Muhiddin:

      She’rlar juda ham zo’r ekan. Menga juda ham yoqdi.

    • Abduxoliq:

      Sherlarni o’qib mazza qildim, maktab chog’lari mazza ekanligini bilib oldim, sinfdoshlar bir biriga g’animat ekan.

    • Bahora:

      Assalomu Alayko’m, menga 25 may haqidagi she’rlar juda yoqdi, yana tashlang miriqib o’qidim.

    • Diana:

      Menga ham juda yoqdi. Kelgusi yil ham shunday she’rlar kutib qolaman. she’rlar uchun raxmat. Sizga omad tilab qolaman.

    • Malak:

      Zo’r ekan menga yoqdi. Ishlarizga omad. Insha Alloh Sinfdoshlarimizni barcha barchasiga 2023-yil Talaba bo’lish baxti nasib aylasin.

    • Durdona:

      Bu yil men ham maktabni bitiraman, bu sherlar menga juda yoqdi. Juda mano mazmunga boy sherlar ekan. Bir zum bo’lsada yoshlikga qaydim.

  2. Jasurbek:

    Bu sherlar judaham ajoyib tuzilgan va yozilgan ekan, nasib etsa bu sherlardan 25-may sanasida bo’lib o’tadigan so’ngi qo’ng’iroq tadbirida foydalanaman.

    • Jasurbek:

      Juda ham zo’r talqin qilingan sherlar ekan. Kelajakda bu sherlarni yanada boyitasizlar degan umiddaman.

  3. Gulzoda:

    So’ngi qo’ng’iroq haqidagi bu sherlar zo’r yozilgan ekan, menga juda yoqdi, sizlarga kattakon raxmat.

  4. Sabina:

    So’ngi qo’ng’iroq haqidagi she’rlar juda ham zo’r yozilgan ekan, 25-may sanasida bo’lib o’tadigon so’ngi qo’ng’iroq tadbirida foydalanaman.

    • Muhayyo:

      So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sherlardan «Qo‘ng‘iroq jarangi, xayr demoqda» deb nomlanuvchi sherni o’zim uchun tanladim, endi navbat buni yod olishga.

  5. Guli:

    So‘ngi qo‘ng‘iroq haqidagi ushbu sher menga rosa yoqdi. Ayniqsa manabu satrlarga etibor qaratsak.

    Maktab dargohini tark etib ketish,
    Men uchun azobdir bu axir azob.
    Yuragimni ezar og‘ir bir qiynoq,
    Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.

    • Sardorbek:

      Salom Guli, sizga yoqqan bu sher bizgaham yoqdi, yana shuni aytmoqchimanki, ismingizham juda chiroyli ekan!

    • Lola:

      Juda ajoyib sherlar ekan. Ko’zimga yosh olib o’qidim. Bitiruvchilarga sabr tilayman.

    • Lola:

      Judayam ajoyib sherlar ekan. O‘qib ko‘zimga yosh keldi. 25-mayga 15-20 qatorli sherlar bo‘lsa judayam xursand bo‘lardim.

  6. Bonu:

    Ajoyib sherlar katta rahmat sizlarga, 25-may uchun zo’r qo’llanma ekan, boshqa snifdosh do’stlarimgaham maslahat beraman.

  7. Shahina:

    Men izlagan sherlar bor ekan, juda yaxshi sherlar ekan menga yoqdi, tadbirlarda foydalanaman albatta.

  8. Dilnoza:

    Manga sherlarni bari juda ham yoqdi, hattoki bittasin ko’zda yosh bilan o’qidim, endi snifdoshlarimsiz yashashga qiynalsam kerak.

    • Nilufar:

      Qanaqasilar takror takror-ku hammasi. Bir yig’latadigani yo’q ekan. Rasvoku hecham yoqmadi.

    • Durdona:

      Zo’r ekan boshqalarga ham bu sherlarni yod olishini maslahat beraman!

  9. Sevara:

    Maktab davri tugashiga mos va hos bo’lgan juda ajoyib sherlar ekan. Bu sherlarni barini yod olishga harakat qilaman.

  10. Mashhura:

    Barcha sheʼrlar juda ajoyib. Menga maktab davrimni yodga soldi. Raxmat sizlarga 👏

  11. Foydalanuvchi:

    Biz yoshlar uchun so’ngi qo’ng’iroq haqida juda yaxshi sherlar tuzilgan ekan.

  12. Rayhona:

    Qalblarni va dillarni titratuvchi sherlar ekan. Bu sherlarni barini yod olaman nasib bo’lsa.

  13. Dinora:

    Hammalaringizga katta rahmat. Menga she’rlar juda ham yoqdi!

    • Durdona:

      Rahmat sizlarga juda chiroyli sherlar ekan menga juda yoqdi.

  14. Sardorbek:

    Judaham chiroyli sherlar yozilgan ekan. Qaysi birini yod olishni bilmay turibman.

    • Nigora:

      She’rlar juda ajoyib ekan. Rahmat hammangizga. Menga juda ham yoqdi.

  15. Rayxona:

    Ah bu sherlarni go’zalligiga qarang, asalligiga qarang, mazza qildim bularni o’qib, endi navbat bu sherlarni yod olishga.

  16. Ismim sir:

    Assalomu alayko’m. Do’stlarim, aizlarim nahotki biz maktabni bitiryapmiz, bunga ishonish sira qiyin bo’lyapdi, endi sizlarni qanday ko’raman.

    • Oybaland:

      Juda ajoyib she’rlar ekan. Shoirlarga rahmat! Ijodingizga rivoj tilayman.

  17. Sevinch:

    Juda ham ajoyib she’rlar, o’qib ko’zlarimga yosh keldi, maktabni bitirayotganimga ishonmayman.

    • Ixtiyor:

      Barcha snifdoshlarimni sog’inaman, Barchalariga hayotda ulkan zafarlar yor bo’lishini tilab qolaman.

  18. Go'zal:

    Hammaga assalomu aleyko’m, sherlarga gap yo’q, juda ham ajoyib ekan, ishlaringizga ulkan zafarlar tilab qoluvchi Go’zal.

    • Durdona:

      Rahmat sherlaringiz juda ham chiroyli ekan menga yoqdi bundan mamnunman.

  19. Dilshoda:

    Bu sherlar ajoyib ekan. Manga yoqdi. Bitiruvchilarga omad tilayman. O’qishlarga kirishsin.

  20. Aziza:

    Yaxshi sherlar ekan, faqat hammasi oddiy va tshunarli ekan.

  21. Sevinch:

    She’rlar ajayib ekan. Bituruvchilar yuragidan chiqarolmagan so’zlar bari.

  22. Shodiyor:

    Bu sherlarni deyarli yarmini sher deb bo’lmaydi, iloji bo’lsa yaxshiroq sherlar tashasela saytga.

  23. Gulsevar:

    Menga «chalinadi so’ngi qo’ng’iroq» she’ri juda yoqdi sizlarga katta rahmat.

    • Farangiz:

      Menga «chalinadi so’ngi qo’ng’iroq» she’ri juda yoqdi sizlarga katta rahmat.

  24. Foydalanuvchi:

    So’ngi qo’ng’iroqga atalgan she’rlar to’plami judayam chiroyli chiqibdi lekin.

  25. Lobar:

    She’rlar juda ajoyib ayniqsa «chalinma so’ngi qo’ng’iroq» sheri.

  26. Nafisa:

    Menga she’rlar juda yoqdi. Hammaga o’qib chiqishni tavsiya etaman.

  27. Foydalanuvchi:

    Juda ham zo’r sherlar ekan. Bugun bizda so’ngi qo’ng’iroq bo’lib o’tadi.

  28. Gulbahor:

    Judayam ajoyib, 40 yilliklarga sherlar boʻlsa yaxshi boʻlardi.

  29. Gulnoza:

    Menga «chalinmaytur so’ngi qo’ng’iroq» she’ri juda yoqdi.

  30. Foydalanuvchi:

    Sherlar juda ajoyib ekan rahmatm kattakon sizlarga.

  31. Mehrigiyo:

    She‘rlar juda chiroyli ekan, yana bundan boshqa she‘rlariz bormi?

  32. Shirin:

    Bu she’rlar menga juda ham yoqdi. Ushbu she’rlardan foydalanmoqchimiz. Albatta, juda ham chiroyli chiqqan she’rlar ekan.✊

  33. Oysha:

    Assalomu Alayko’m. Manga bu sherlaringiz rosayam yoqdi, sinifdosh do’stlar uchun tabriklar ham tashang, iltimos.

  34. Oltinoy:

    She’rlaringiz juda ma’noli va mazza qilib o’qiydigan. Hatto bir-ikkitasini o’qib ko’zga yosh keladiye.

  35. Ozoda:

    Assalomu alayko’m. Juda ham manoli va chiroyli sherlar ekan, Mualifga rahmat!

  36. Shahzoda:

    Sherlar uchun rahmat, Olloh hohlasa kelajakda bu sherlardan foydalanaman, sherlar juda yoqdi, zo’r gap yo’q…

  37. Guli:

    Assalomu alayko’m. Manga bu she’rla judayam yoqdi, o’qib ko’zimga yosh oldim, judayam tasirlandim, katta raxmat.

  38. Sevinch:

    Assalomu alayko’m. She’rlar menga maqul bo’ldi, silardan Alloh rozi bo’lsin, mehnatlaringizdan rozi bo’linglar, bundanda yaxshi yurakka yetib boradigan qalbni to’ridan yozilgan sherlar bo’lsa yanayam yaxshi. Inshaalloh maktabimizda silarning tashabuslaringiz ortidan she’rlaringiz yangraydi, rahmat.

  39. Foydalanuvchi:

    Bu she’rlar menga juda ham yoqdi, ko’zlarimda yosh bilan o’qib chiqdim. Katta rahmat mualifiga.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *