Mustaqillik haqida sara sherlar to‘plami
Mustaqillik haqida sherlar to’plami — Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.
Mustaqillik muborak
Do’ppingizni ko’kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
mustaqillik kun muborak.
Madh etgancha sho’x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.
O’zbek eli o’ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko’rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko’prik,
Mustaqillik kun muborak.
Mustaqillik yog‘dusi
O‘zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog‘dusi –
O‘zbekiston qomusi.
Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati –
O‘zbekiston qomusi.
Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo‘rg‘on,
Safarga chiqqan karvon –
O‘zbekiston qomusi.
Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o‘g‘il-qizi,
Tarixda cho‘ng ildizi –
O‘zbekiston qomusi.
Madhiyasi, bayrog‘i,
Humosi ko‘z qarog‘i,
Har xonadon charog‘i –
O‘zbekiston qomusi.
Himmati baland o‘zing,
Baxti bahramand o‘zing,
Ahli arjumand o‘zing –
O‘zbekiston qomusi.
Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan,
O‘zbekiston qomusi!
Sevaman Vatan
Gar sendan nolisam uvoldir umrim,
Sen bilan paydodir qudratim, qurbim,
Har qarich xokingni ko‘zimga surdim,
G‘ubor-gardlaringni sevaman, Vatan!
Toza tuprog‘ingga yo‘lamas xatar,
Ozod osmoningda porlagay qamar,
Navoiydan Orif Abdullo qadar
Bayot-baytlaringni sevaman, Vatan!
Bobolardan meros — nomus, or, g‘urur,
Bizdan avlodlarga eltasan surur,
Toleingga mudom baxsh aylagan nur
Yorqin manglayingni sevaman, Vatan!
Chora axtarmasman o‘zimga chetdan,
Istiqloling murod-maqsadga yetgan,
Har bir nafasimga hayot baxsh etgan
Tirik dardlaringni sevaman, Vatan!
Mustaqil O‘zbekiston!
Baxtiyormiz, quvnoqmiz,
Tabiatga o‘rtoqmiz.
O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.
Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!
Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!
Sportchimiz, bardammiz,
O‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.
Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!
Konstitutsiya haqida sherlar to‘plami
O‘zbek elim
O‘zbek elim,
Bek elim,
Senga nasib
Erk, elim.
Peshanangga
Nur tegib,
Kamol topgin
Baxt emib.
O‘zingning o‘z
Tug‘ing bor,
Mustaqillik
Cho‘g‘ing bor.
Bobom Temur
Suygan xalq,
Dunyo uzra
Yayrab balq.
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim
O’tgan ming asrdan beradi sado,
Boshqalar bir dunyo o’z bir dunyo,
Tanamda doimo jo’sh urgan qonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.
Har bir qarich yeri jannatlarga teng,
Buxoro Samarqand Xivasin ko’ring,
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.
Zamonlarga boqing bugun tengdoshim,
Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim,
Yaxshi-yomon kunda Vatandir panoh,
Bu yurtni qo’llaydi yaratgan Alloh.
Birlashib shu elning ertasi uchun,
Yurakda porlasin o’chmas bir uchqun,
Dilda bo’lsin abad yolg’iz so’zimiz,
Axir biz buyuk yurt farzandlarimiz.
Shukrona ayt
Sajda ayla! Cho‘k muqaddas tuproqqa tiz,
Qoldir ko‘ngil ko‘chasida nurafshon iz,
O‘zligingni qilmoq uchun bir lahza his,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
O‘tgan kuning, bugunga boq, ertangga boq,
Yo‘llaringda yonsin umid yanglig‘ chiroq,
Toki olam ichra bordir vaslu firoq,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
Kin, g‘arazlar qalbni aylar nochor, yupun,
Iymoningni iblislardan asra butun,
Muqaddas yurt kelajagin ko‘rmoq uchun,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
Bolam deya, yurtim deya kuygan bu el,
Danagidan mag‘zin ustun qo‘ygan bu el,
Millatini, o‘zligini suygan bu el,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
Osmonimiz o‘rtanmasin dard alamda,
Ona Yerni suydim, jon bor to tanamda,
Bundan ortiq ne kerakdir? Har qadamda,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
Vatan — bu…
Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.
Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Birov-biroviga
Kerak deganim.
Aslida Vatan bu —
Tug‘ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yetgan qo‘rg‘onim.
Vatan — Miraziz A’zam
Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Mazza qilib ichamiz.
Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab mazza qilamiz.
Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.
Tuprog’ing ko’zimga suray
Bir chimdim tuprog’ing ko’zimga suray,
Bag’ringda sher bo’lib yashayman vatan,
Mayli men maysaga aylanib qolay,
Barbir men zo’r bo’lib yashayman vatan.
Bir hovuch tuprog’ing tillolarga teng,
Tog’dagi bir lolang samolarga teng,
Bir qarich yering ham dunyolarga teng,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.
Yurtim tog’laring ham viqorli seni,
Hatto tikonlaring ham iforli seni,
Doim olg’a boshlar qadaming shaxtam,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.
Jannatning o’zidir sening makoning,
Sen uchun jonini berar o’g’loning,
Doim musaffodir tinchdir osmoning,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.
Har bir bosgan izing tarixda qolar,
Mening bor bisotim faqat o’zingsan,
Butun dunyo bizga lol bo’lib qolar,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.
Bir qadam bag’ringdan yiroq ketmayman,
Sendan ketgan kunim gado bo’lgayman,
Tuprog’ing ko’zimga surtib yashayman,
Quchog’ingda sherdek yashayman.
Vatan haqida qisqa sherlar
Assalom O’zbekiston, onajon yurtim,
Senla to’kis doim bu yarim baxtim.
Ey tangrim etma ayro shu chamanimdan,
O’zga yurtda tatimas hatto baland bo’lsada taxtim.
* * *
Vatan deya she’r bitdim sig’mading satrlarga,
Barchasin yozmoqqa qodir qalam qoldiku ojiz.
Ona yurtim bu aslo emasdur bejiz,
Hayotim rangsiz-u, o’zim esa g’aribman sensiz.
* * *
Bag’ringdagi buloqdan suv ichdim qonib,
«Vatan» deya kuyladim, yurakdan yonib,
Sotqin farzanding tosh otganda, so’zidan tonib,
Himoya qilgayman, qo’limga qalqonim olib.
* * *
Yugurdim qirlaring, tog’laring uzra,
Tuprog’ing olib, surtdim ko’zimga.
«O’zbekiston» so’zin muxr qilib ko’ksimga,
Shukrona aytarman, shu yurtda tug’ilganimga.
* * *
Vatan so’zin ulug’lab, g’azal bitdi Alisher,
Bobur Mirzo Andijonsiz qoldiku g’arib,
Sendan olisda g’amlari ketmadi arib,
Faxrimsan Vatanim, yurgayman kaftimda tutib.
* * *
Vatan so’zin jaranglatib, yozdim qonimga,
Yo’q — yo’q, qonimga emas, jismu jonimga.
Shukrona aytib yasharman, har bir o’tgan onimga,
Sharafshon bo’lsin Vatanim, ISTIQLOLINGGA.
Bayroq haqida sherlar to‘plami
Mustaqillik haqida qisqa sherlar
Mustaqillik ne demak,
Ne demakdir istiqlol?
Buni bilmog‘ing kerak,
Ma’nosini dilga sol.
* * *
O‘z yurting – yer, samosi.
Shahri gulshan ma’vosi.
Tongda esgan sabosi,
Tog‘i, bog‘i, daryosi
Endi o‘z molu mulkining,
O‘z qo‘lingda o‘z erkining.
* * *
Yurting nurga belanib,
Ko‘rinmaydir ko‘zinga,
Barcha oltin-gavxaring,
Buyursin-a o‘zinga.
* * *
Endi o‘zingga bog‘liq,
Ne ekib ne o‘rmog‘ing.
Olqishlar seni borliq,
Zarur erur bilmog‘ing.
* * *
G‘ururing solib dilga,
Tezroq ulg‘ay top kamol.
Erka farzandsan elga
Senikidir istiqlol.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sara sherlar to‘plami
- Navro‘z haqida sara sherlar to‘plami
- Abdulla Oripov barcha sherlari
- Musofirlar haqida sara sherlar to‘plami
- Ota haqida sara sherlar to‘plami
- Opa va singil haqida sara sherlar to‘plami
- Ayollar haqida sara sherlar to‘plami
- Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari, to‘rtliklari va tuyuqlari
- Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari to‘plami
- Alisher Navoiy haqida sara sherlar to‘plami
Ajoyib sherlar
Sevara assalomu alayko’m. Bildirgan yoqimli fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz!
Mustaqilligimizga atatlgan sherlarni bari juda ajoyib chiqqan. Bu sherlardan yod olishni niyyat qildim.
Judayam zo’r sherlar menga juda yoqti!
Judayam zo’r kanal gap yo’q, manoli she’rlar, yana bir bor zo’r.
Ustozlar haqida sherlar bormi
Suhrob Assalomu alayko’m. Ustozlar haiqda sherlarni o’qish uchun ushbu ssilkaga bosing: Ustoz va murabbiylar haqida sherlar
Sherlaringiz manoli, huddi hayotdagidek, ALLOH rozi bo’lsin sizlardan.
Sherlaringiz menga yoqdi, Mustaqillik haqida yana sherlar topilmaydimi?
Menga sherlardan ba’zilari yoqdi, ba’zilari yaqmadi!
Vatan haqida sherlar juda zo‘r, deyarli barcha sherlaringiz menga yoqdi. Ishlaringizga omad yor bo’lsin.
Ota onalar haqidagi sherlaringiz menga yoqdi
Ijodizga omad
yurt va onalar haqidqgi yoqdi
Sheʼrlar juda zoʻr, yanada koʻproq Vatan haqida, Mustaqillik haqida koʻproq sheʼrlar bormi?
onalar va ustozlar haqidagisi yoqdi
She’rni nega muallifi yozilmagan?
Jonajon Mustaqil vatanimiz mustaqilligiga va tinchligiga sira ko’z tegmasin Ilohim.
Juda zo‘r ekan, menga yoqdi, bulardan 3-4 tasini yod olib silargaham aytib beraman.
Vatan va Mustaqillik haqidagi sherlar judayam yoqdi. Yana ham manoli sherlarda bo’lsin iltimos.
Barchaga salom, barchani kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabrikliman, ushbu sherlar menga yoqdi, yod olishga kirishdim.
Sherlar juda ajoyib ekan, menga juda yoqdi, ijodizga omad 👍
Vatan haqida sheʼrlarni o’qip maktabda yodlaganlarim esimga tushdi rahmat.
Mustaqillik haqida sherlar yoqdi. Yana ham ma’noli sherlardan bo’lsin.
Mustaqillik kuniga bag’ishlab yozilgan ushbu sherlar ajoyib ekan, sherlaringizga gap yo’q…
Mustaqillik haqidagi ushbu sherlar uchun kattakon raxmat, juda ajoyib sherlar ekan!
Mustaqillik haqidagi she’rlaringiz juda ham yoqdi, ishlaringizga rivoj, farovon hayot tilab qolaman.
Mustaqillik haqida juda zo’r she’rlar bor ekan, kottakon raxmat.
Mustaqillik haqidagi sheringiz juda ham yoqdi, ishlaringizga omad tilayman.
Shu She’rlar juda ma’noli yozilganda o’ziyam, menga rosa yoqdi, ijodingizga ulkan zafarlar tilab qolaman.
Barcha she’rlarni o’qib chiqdim. Yaxshi she’rlar. Faqat imlosida xatoliklar bor ekan. Sher — she’r. O’quvchini chalg’itadi.
Bu she’rlar manga juda yoqdi, ijodingizga omad, yaqinda o’qish boshlanganda shu sherlardan yod olib aytib beraman.
Sherlar juda chiroyli va manoli, menga juda yoqdi 😍
Assalomu alayko’m, Bu yerda to’plangan she’rlar yaxshi ekan, lekin muallifi yo’q ekan.
Bu she’rlar juda ma’noli ekan. Menga juda yoqdi. Kattakon rahmat.
Sizlarga kattakon rahmat, o’zim uchun kerakli sher topa oldim.
Menga juda yoqdi ishlarinizga omad.
Ishingizga omad. Juda chiroyli sherlar ekan!
Sherlar juda zo’r, menga «Mustaqil Vatanim O’zbekistonim» sheri yoqdi.
Barcha sherlar juda chiroyli va ma’noli, o’qib zavqlanasiz, MAKTABGA endi kiradigan bolalar uchun ham sherlarni kutib qolamiz.
Sherlar yaxshi, juda zo’r, men boxchada ishlayman bu shelardan foydalanganman, raxmat. Hammaga omad.
Assalomu alayko’m barchaga! Sizlarga kattakon raxmat, men bog’chada ishlayman, juda ko’p sherlarni shu yerdan olaman.
Assalomu Alaykum yaxshimisiz? manga sherlaringiz yoqdi ayniqsa mustaqil vatan O’zbekistonim degan sheringiz, bu sherni men yod oldim, o’qituvchimdan maqtovlar eshitdim, men bu sheringizni o’zimning youtube kanalimga chiqarmoqchiman, agar ruxsat bersangiz?
Asalomu alaykum hammaga, menga bu sherlar juda ham yoqdi!