Vatan haqida sara sherlar to‘plami

Vatan haqida eng sara sherlar to‘plami. Vatan ostonadan boshlanadi. Inson dunyoga kelishi bilan vatan oldidagi burchi hamda vazifasi u bilan birga bo‘ladi. Har bir inson umri davomida «vatan menga nima berdi» — deb emas balki, «men vatanimga nima berdim»-deb yashashi kerak.

Vatan haqida sherlar

Ajdodlar bo‘ldilar qurbon vatanga

Jonim qurbon vatanga

Kurashib yovlar bilan,
Fido qildi jon-u tan,
Necha-necha ajdodlar,
Bo‘ldilar qurbon Vatan!

Oyoq bosib Chingizlar,
Otdi senga ildizlar,
Ba’zi gumrox beyuzlar,
Sotdilar arzon Vatan!

Hind yurtida qildi sabr,
Seni sog‘inib Bobur,
Yot yurtda o‘lmoq og‘ir,
Sensan bizga jon Vatan!

O‘zga yurtda Furqatlar,
Chekdi qancha zaxmatlar,
Yillab kutdi fursatlar,
Bo‘lmadi imkon Vatan!

Gul bo‘lmayin kul bo‘ldik,
Birovlarga qul bo‘ldik,
Mana endi xur bo‘ldik,
Senga sharof shon Vatan!

Ajdodlarim yod bo’lsin,
Ruxlari ham shod bo‘lsin,
Yurtimiz obod bo‘lsin,
Bizlarga makon Vatan!

Oshdi shuxrat shonim ham,
O‘tar bahtli onim xam,
Senga fido jonim ham,
Xur O‘zbekiston Vatan.

Bayroq haqida sherlar to‘plami

Vatan — Xurshid Davron sheri

Vatan xurshid davron sheri

Dilingizda bo‘lsin quvonchi g‘ami,
Kitoblarda emas, qog‘ozda emas.
Bo‘zda yashaysizmi, Buxorodami,
Siz bilan barobar u olsin nafas.

Bolangizni belab qo‘ying tush payti,
Tollar belanchakni uchirsin ko‘kka.
Ammo siz boshida allalar ayting,
Vatan tuyg‘usini soling yurakka.

Ayting, dalalarda egilgan lahza,
Ayting, quyosh qonga botib yotganda.
Ayting, quvonchu g‘am solganda larza,
Ayting, oq ko‘ylakli tonglar otganda.

Janozada yig‘lab allalar ayting,
Ayting, shuurlaru kurashlar aro.
Toki qalbimizda jo‘sh urgan tuyg‘u,
Farzandlar qalbida bersin aks-sado.

Ona To‘marisning shonli qismati,
Jaloliddin tig‘i taratgan jarang,
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Bo‘lmaganda, xalqim, allang — xotirang.

Beruniy yulduzi, Sino kahkashoni,
Falakdan yo‘limiz yoritib boqsin.
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni,
Farzandlar qalbida jo‘sh urib oqsin.

Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan,
Ko‘chib,ifikrlarni yoritsin surur,
Dillarni charog‘on etsin Navoiy,
Qalami taratgan hikmatli shuur.

Mirzo Ulug‘bekning rasadin toqi,
Yurgan yo‘limizga nurlar to‘shasin,
Vatan deb jon bergan har botir xoki
Dilda nafas olsin, dilda yashasin.

Vatan – yurakdagi quvonch, qayg‘u, shasht,
Uni tirik saqlar yurakdagi sas.
Vatan – bamisoli quyoshga o‘xshash,
Vatan ham odamdek oladi nafas.

Vatan — Xoldor Vulqon sheri

Xoldor Vulqon sheri vatanim

Sen agar bug‘doy boshoq bo‘lsang somoningman, Vatan,
Toabad boshing omon bo‘lsin, tovoningman, Vatan.

Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf,
Qimtinib bir chekkada yurgan yomoningman, Vatan.

Chor taraf zulmat, tuman, uvlaydi ming -minglab shoqol,
To sahar gulxan yoqib chiqqan cho‘poningman, Vatan.

Barcha jim, tilsiz pisib, mum tishlaganda, xayqirib,
Haq so‘zin dor ostida aytgan zaboningman, Vatan.

Bo‘lmasin ovvora yov oybolta qayrab qatlima,
Qatl etib o‘ldirsa xam o‘lmas omoningman, Vatan.

Yurtda Vulqon cho‘qqidek boshim bulutlardan baland,
Yov uchun mangu o‘tib bo‘lmas dovoningman, Vatan!

Tavallo — Muhammad Yusuf sheri

Tavallo Muhammad Yusuf sheri

Oq yo‘rgakka o‘ragansan o‘zing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan o‘zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo‘lib,
Kunimizga yaragansan o‘zing bizni.
Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o‘g‘loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o‘pib,
Yovlar yaqin yo‘lolmagay qo‘rg‘oningga.
Adoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo‘ladi,
Ko‘zlariga ikki dunyo tor bo‘ladi.
Shodon daming ko‘rolmagan yurtfurushlar,
Bir kun bir kaft qumlog‘ingga zor bo‘ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!

Gul ko‘ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,
Soddadilu ulug‘vorlik senga xosdir.
Sevamizki, cho‘llaring ham bizga jannat,
Tuprog‘ing ham Makka misol muqaddasdir.
Onadek ko‘rgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!

Mustaqillik haqida sherlar to‘plami

Vatanim — Muhammad Yusuf sheri

Vatanim Muhammad Yusuf sherlari

Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon, o‘zim sulton,
Sen taxti sulaymonim,
Yolg‘izim, yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o‘zing mehri –
Ilig‘imsan, Vatanim…

Sen Mashrabsan, xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko‘ringan da‘vo qilgan,
Ming bir yog‘i ochilmagan
Qo‘rig‘imsan, Vatanim…

Sen ho‘jandsan, chingizlarga,
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan,
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig‘i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon,
Cho‘lig‘imsan, Vatanim…

Kim qashqarni qildi makon,
Kim enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig‘ deb,
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to‘qson olti
Urug‘imsan, Vatanim…

O‘g‘lim desang osmonlarga,
G‘irot bo‘lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga,
Navkar bo‘lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug‘beging quchgayman,
G‘ichir-g‘ichir tishimdagi,
So‘lig‘imsan, Vatanim…

O‘tgan kuning – o‘tgan kundir,
O‘z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo‘lin bog‘lab, dilin dog‘lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan,
Dudug‘imsan, Vatanim…

Yoningda qon yig‘lagan bir
Shoiringga qarab qo‘y,
Gar Qo‘qonga yo‘ling tushsa,
Detdomlarni so‘rab qo‘y.
Hech bo‘lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo‘y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug‘imsan, Vatanim…

Sen – shoxlari osmonlarga,
Tegib turgan chinorim,
Ota desam, o‘glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo‘ynimdagi iftixorim,
Bo‘ynimdagi tumorim,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…

Vatan — Iqbol Mirzo sheri

Iqbol Mirzo sheri vatan

Seni desam yuragimda,
Ochilar gullar,
Yomg‘ir bo‘lib samolardan,
Sochilar gullar,
Sahrolardan, daryolardan,
Sochilar gullar,
Yuragimning gulisan sen,
Gullagan Vatan!

Isming aytib uyg‘onadi,
Chuchuk jilg‘alar,
Sunbulalar tonglaringdan,
Taqar sirg‘alar,
Kiprigimda yog‘dularing
Solar jilvalar,
Tilagimning gulisan sen,
Gullagan Vatan!

Xushbo‘y-xushbo‘y olmalarda,
Jannat havosi,
Tog‘laringning bag‘rida ming,
Dardning davosi,
Shudir, axir, bir insonning,
Umr safosi,
Yuragimning gulisan sen,
Gullagan Vatan!

Hovuch-hovuch, zilol-zilol,
Suvingdan ichdim,
Mehring qanot bo‘ldi, moviy,
Ko‘klarda uchdim,
Yana qaytib senga keldim,
Tuprog‘ing quchdim,
Tilagimning gulisan sen,
Gullagan Vatan!

Yuragimning gulisan sen,
Gullagan Vatan!

Meni olib keting — Abdulla Oripov sheri

Meni olib keting

Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon,
Titradi go‘yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Issiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar,
Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon doktorning na davosidan.
Qaytarmang xastani muddaosidan,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin,
Har kim o‘zi tortar umr kemasin.
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Talpingan diyorim, u — O’zbekiston!
Sehrini aytishga bormi hech imkon!
Yo‘q, o‘zga yurtlarda berolmasman jon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Mehr oqibat haqida sherlar to‘plami

Erk haqqi — Abdulla Oripov sheri

Erk haqqi Abdulla Oripov sheri

Qadimiy bobo yurtim,
Qutlug‘ bo‘lsin yaloving,
O’ylay-o‘ylay tashlagan,
Qadam muborak bo‘lsin.

Tag‘in gurillab yongay,
O’chmagan qalb oloving,
Erk haqqiga ichilgan,
Qasam muborak bo‘lsin.

Kimsaga yomonlikni,
Ko‘rmagansan hech ravo,
Lekin shum qutqulardan
Chiqmadi sho‘rlik boshing,

Endi seni qo‘llasin,
Zafar o‘zi doimo,
Safaring bexataru,
Xizr bo‘lsin yo‘ldoshing.

Inju diyor uchun — Abdulla Oripov sheri

Inju diyor uchun

Qutlug‘ davralarda jam bo‘lgan mahal,
Do‘stlarga baxt tilash azaliy odat.
Keladigan bu yil tinch bo‘lsin avval,
Baxsh etsin har kimga oliy saodat.

Yoshlik — bu karvonning erka noridir,
Daryoday toshqindir, jilg‘a kabi sof.
Yoshlik — kelajakning xaloskoridir,
Sira tark etmasin yoshlikni insof.

Mo‘’tabar onalar — xonamiz ko‘rki,
Otalar hayotdir — yorug‘dir jahon.
Tiriklik nomiga bir o‘tinch shulki,
O’rtaga tushmasin bemahal hijron.

Inju diyorimiz ko‘z bo‘lsa agar,
Mudom omon bo‘lsin to‘garak zamin.
Boshimiz silagan shu xalq mo‘’tabar,
Daf’atan chekmasin farzandlar dog‘in.

Yangi yil sha’niga aytmoqdamiz so‘z,
Balki o‘tib ketar bir zum bu farah.
Xalqimning mehnatin aylagin ko‘z-ko‘z
Million chanoqlarda ko‘pirgan qadah.

Turkiston bolalariga — Abdulla Oripov sheri

Turkiston bolalariga

Turkistonning bolalari, maqtovimga quloq tutmang,
Gina qilsam chidang, ammo gaplarimni hech unutmang.

Eng avvalo, shajarangiz qaydan chiqqan, bilib oling,
Siz ham bashar farzandisiz, Haqni bayroq qilib oling.

Men Temurdan so‘zlayinmi, so‘zlayinmi Navoiydan,
Barchasini o‘qigansiz, eshitgansiz yo roviydan.

Tarixingiz shundoq uzoq, jangu jadal desa ham bor,
Bosqin ham bor, toshqin ham bor, kasbu amal desa ham bor.

Bobur bo‘lib so‘radingiz qo‘ni-qo‘shni dunyolarni,
Mashrab bo‘lib kezdingiz goh qashqir yurmas sahrolarni.

O’t ketsin u qora kunga — birovlarga qul bo‘ldingiz,
Sharqu G‘arbning o‘rtasida oyoqosti yo‘l bo‘ldingiz.

Biroq iymon nuri doim oqib turgan qoningizda,
O’zingiz ham sezmagansiz, bir gavhar bor joningizda.

Ming-ming shukr, zamon kelib istiqbolga erishdingiz,
Xarob bo‘lgan xonadonni butlamoqqa kirishdingiz.

Hurlikniyu saodatni muborakbod etgum, lekin,
Aytib qo‘yay, qulog‘ingiz bitgan ekan sekin-sekin.

Nazaringiz tushar avval zebi-ziynat dasturxonga,
Hanuz ta’zim qilmoqdasiz mol-dunyosi bor insonga.

Bo‘y-bastini ko‘rsatguvchi urfoni zo‘r millat qani,
Sizning uchun obro‘ — oltin, arzongarov shuhrat — ma’ni.

Yuragida javhari bor kimsalarni ko‘rmagaysiz,
Karnayi yo‘q bechoraning to‘yiga yo‘l burmagaysiz.

Har qadamga xushomadni o‘z o‘rniga qo‘yolsaydim,
Peshvolarning poylariga haftada qo‘y so‘yolsaydim,

Bo‘lmas edi mendan ulug‘, mendan aziz biror inson,
Oh, xalqimni ne ko‘ylarga solding zamon, solding zamon.

Turkistonning bog‘larida bulbullari bor, holbuki,
Xor bo‘lsa ham tog‘day baland ko‘ngillari bor, holbuki.

Birov u yon tortar bo‘lsa, birov bu yon tortayotir,
Qonsiragan jallodlarning shodliklari ortayotir.

Bilib bo‘lmas rost gap qayda, bilib bo‘lmas qayda yolg‘on,
Malomatga yo‘liqadi, elga: «œBirlash» degan inson.

Turkistonning bolalari, Turkistonning bolalari,
«œPuf» deganda to‘zg‘igudek mo‘’jazgina lolalari.

Chinor bo‘lib ildiz oting, qoya bo‘lib tiklangiz qad,
Ulug‘-ulug‘ ajdodlarning xavotiri Sizdan behad.

Soyangizda panoh topsin horib tolgan qondoshingiz,
Unutmangki, bul chamanda har bir yaproq jondoshingiz.

To‘qayzori bo‘lmasa gar sheru arslon qaydan unar,
Bir manzili bor ekanki, burgutlar ham kelib qo‘nar.

Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkoningiz,
Osilmagan ne-ne Mashrab, otilmagan Cho‘lponingiz.

O’tinch ila hasratimni nasihat deb yuzga solmang,
Xudo insof bergan kuni barmog‘ingiz tishlab qolmang.

Muruvvatu ma’rifatdir buyuklikning nishonasi,
Qadam qo‘ying, mana sizga dong‘il yo‘lning ostonasi.

Turkistonning bolalari, Turkistonning bolalari,
«Puf» deganda to‘zg‘igudek mo’jazgina lolalari.

Ummon ortidagi makon — Abdulla Oripov sheri

Ummon ortidagi makon

Keng jahon bir qadam bo‘ldi men uchun,
Menga ham ochildi olam darchasi.
Yiroq Amriqoda taft sochar bu kun.
O’zbek quyoshining olov parchasi.

Ochildi men uchun tor osmon bekam,
Kezdim yuksaklikning cho‘ng darg‘asini.
O’zbekning lochini ozod va ko‘rkam,
Qurdi bu yerda ham qo‘nalg‘asini.

Nechun xushnud bo‘lmay, dilimni yormay,
Ummon ortida ham bordir makonim.
Dunyoning qaysi bir burchiga bormay,
O’zing boshpana bo‘l, O’zbekistonim!

Vatan sening onang

Vatan sening onang

Vatan sening onang, meni ham onam,
Shu bois be hurmat bo‘lmagin bolam.
Kimki, vatan qadrin bilmasa agar,
Demak qadrin bilmas onasini ham.

Hamisha e‘zozlab tuproqlarini-
Qo‘lidan kelguncha ko‘rsatsa himmat.
Qorachiqday asrab giyohlarini-
Yurolsa to abad topajak hurmat.

Kimki vatan ishqin dilga qilmas jo,
Topmaydi hayotdan hech qanday ma‘no.
Onasin sevganday sevsa vatanin,
Uni ham o‘shanday e‘zozlar Xudo.

Vatan seni onag, meni ham onam,
Shu bois behurmat bo‘lmagin bolam.
Kimki vatan qadrin bilmasa agar,
Demak qadrin bilmas onasini ham.

Ona vatanim

Ona vatanim

So‘zlarning gavhari senga munosib,
O‘tmishim eslayman seni aytiboq.
Ajdodlar eli bo‘ldi bu makon,
Osmonda nur sochgan, ona Vatanim. 

Osmoning tinch, beg‘ubor o‘lka,
Jannatning havosi yelib keladi.
Bag‘ringda yashaymiz, tinch — totuv hamon,
Onadek mehribon, Ona Vatanim. 

Madhiyangda yangrar husn jamoling,
Gerbingda humo qush, tinchlik misoli.
Osmonda bayrog‘ing hilpirar mag‘rur,
Yagona, muqaddas ona Vatanim. 

Xar go‘shangda ochilar gullar,
Bog‘- u rog‘laringda pishgan mevalar.
Erta bahorda sayrar bulbullar,
Dostonlarda bitilgan, Ona Vatanim. 

Alloh sevgan yurtning bandalarimiz,
Kuchli, baquvvatli farzandlarimiz.
Bilimda yengilmas shoiralarmiz,
Dunyoda tengi yo‘q, Ona Vatanim.

Sevgi muhabbat haqida sherlar to‘plami

Sevaman vatan

Sevaman vatan

Ko‘hna tol beshikdan boshlangan olam.
Senga iddaolar qilmay sevaman,
Bir kuni singlim deb, bir kuni onam-
Vatan Kimligingni bilmay sevaman.

To‘zg‘iydi to‘ningdan tortgan to‘ralar,
Kecha tuzingni yeb, sotgan to‘ralar.
Endi pushaymonda tuynuk mo‘ralar,
Men sening yoningdan jilmay sevaman.

Menga yering suyuk, osmoning suyuk.
Boqsam teng to‘rttala tomoning suyuk,
Tovonimga kirgan tikoning suyuk,
Kaftdan zirapchang ham olmay sevaman.

Cho‘ksang, tur singlim deb soching silayman,
So‘ksang opam deyman umring tilayman,
Sendan ranjimayman gina qilamyman,
Hoh ho‘mray hoh jilmay birday sevaman.

Vatan — Yuragimning olampanohi,
Bu dunyo bukri bir jiydangning shohi!
Ko‘zim yoshi bilan sog‘orib gohi,
Ko‘ksimda o‘stirgan gulday sevaman.

Bu yorug‘ jahonda yo‘g‘u borimsan,
Tilimning ostida novvot-zarimsan,
Sen mening yagona Payg‘ambarimsan,
Men Bilol, Men Habash — Qulday sevaman!!!

Vatanim seni sog‘indim

Vatanim seni sog‘indim

Uyg‘ondim yurak yutib uyg‘ondim,
Ko‘ngil sog‘inchin tuyib uyg‘ondim.
Umid yo‘lini kutib uyg‘ondim,
Vatanim seni seni sog‘indim.

Ko‘ngilday oqarib tonglar otganda,
Noming takrorlab tun uyg‘otganda,
Vatanim seni seni sog‘indim.

Shohlarda shivirlar so‘ngi yaproqlar,
Derazam chaqnatar kuzgi chaqmoqlar,
Dilimda bosilmay ajib bir titroq,
Vatanim seni seni sog‘indim.

Go‘daklardan so‘radim vatan onam dedilar,
Onalardan so‘radim vatan bolam dedilar,
Bobolarim pok tuprog‘in iymon dedilar,
Vatanim seni seni sog‘indim.

Vatan devorlari

Vatan devorlari

Bu devorlar – bizning yelkamiz,
Bu devorlar – oyoqlarimiz.
Yelkamizda ona o‘lkamiz –
Kuyu bayot, qir, bog‘larimiz.

So‘zimizdir – devorda har tosh,
Ko‘zimizdir – toshdagi bo‘yoq.
Izimizdir – yurtdagi har bir,
Qal’a, qasr, madrasa, chortoq.

Minoralar – qaddimiz bizning,
Sardobalar – bizning ko‘z yoshlar.
Bitik toshdir har biri, o‘qing,
Poydevorga taxlangan toshlar.

Bo‘lmaganda gar Shoxizinda,
Yo Xivaning Kalta minori –
Yurak degan qutlug‘zaminda,
Yuksalmasdi G‘urur chinori.

Bo‘lmaganda Go‘ri Amirning,
Toshlariga bitilgan ko‘klam –
Hayratlanib qoshida sirning,
Viqor bilan to‘lmasdi ko‘krak.

Yurmas edik bunchalar tetik,
Bo‘lmas edi tanda ruh obod.
Bor bo‘lardi yurakda kemtik –
Bo‘lmaganda oddiy Ruhobod.

Imom Buxori-yu Shohi Naqshband,
Imom Termizi-yu, Najmiddin Kubro —
Bobolarning ravshan imoni,
Yuraklarga beradi oro.

Biz ularni bilmasak agar,
Porlamasdi buncha ko‘zimiz.
Osmonlarni titratmas edi,
She’r aytganda sas, ovozimiz.

Ona deymiz vatanni

Ona deymiz vatanni

Vatan –
Shu Registon, shu Ichanqal’a.
Bolalikdan ular bizlarning,
Boshimizda aytmishlar alla.

Vatandir – yer ostidan birdan,
Qadim qo‘shiq parchasi kabi,
Sellar o‘tib, ko‘zga tashlangan,
Bitik toshlar – bobolar qalbi.

Qal’alarning ko‘ksiga botgan
O‘qlar izi – yarasiga boq!
Ular – dilda og‘riq uyg‘otgan,
Bujur yara, iztirob, ingroq.

Ularni sen o‘yilgan ko‘z deb,
O‘ylamagin – ko‘radi ular.
Ular yashar dunyoda biz deb,
Qadamimiz tuzatib turar.

Ular qaddi bukilsa agar,
Yelkamizni tutaylik darrov.
Qulayotgan minor oldidan,
Befarq o‘tgan ajnabiymas, yov!

Zilzilani kutgan asbobdek,
Sergak bo‘lsin doimo yurak.
Aldamasin xuddi sarobdek,
Aldoqchi his, o‘tkinchi ermak.

Yelkalarni tutaylik, toki,
Qudrat bilan to‘lsin yelkamiz.
Yelkamizda ko‘zimiz oqu,
Qorasi – yurt, ona o‘lkamiz.

Yelkalarni tuting… Devorlar,
Cho‘kib borar – Vaqt qilmas shafqat.
Qulaganda… Qulaydi ular,
Bolalarning ustiga faqat.

Biror yurtni topolmadim

Biror yurtni topolmadim

Dunyo kezib goʼzal-goʼzal yurtlar koʼrdim,
Jannatmonand oʼlkalarda hayron yurdim,
Аmmo, sendek yuragimga aziz bo‘lgan,
Biror yurtni topolmadim, ona yurtim!

Men noningdan shirinroq non topolmadim,
Men nomingdan azizroq nom topolmadim,
Shoningdan ham yuksakroq topolmadim,
Tarixlarda nomi yuksak, ona yurtim!

Xoru xasing azizroqdir javharlardan,
Tuprogʼingning gardi laziz gavharlardan,
«Dunyo koʼrki menman» degan shaharlardan
Siqimgina xoking aziz, ona yurtim!

Istiqloling moʼtabardir onamdayin,
Bamisoli onam aytgan alladayin,
Аjdodlarim qoni tomgan daladayin,
Muqaddassan, mukarramsan, ona yurtim!

Ona diyor

Ona diyor

Baxtiyormiz, quvnoqmiz,
Tabiatga o‘rtoqmiz.
O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.

Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!

Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i,
Mustaqil O‘zbekiston!

Sportchimiz, bardammiz,
G‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.

Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin,
Shu aziz bo‘stonimiz.

Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin,
Hur ona-diyorimiz!

Navr’oz haqida sherlar to‘plami

O‘zbekiston qomusi

O‘zbekiston qomusi

O‘zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog‘dusi –
O‘zbekiston qomusi.

Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati –
O‘zbekiston qomusi.

Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo‘rg‘on,
Safarga chiqqan karvon –
O‘zbekiston qomusi.

Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o‘g‘il-qizi,
Tarixda cho‘ng ildizi –
O‘zbekiston qomusi.

Madhiyasi, bayrog‘i,
Humosi ko‘z qarog‘i,
Har xonadon charog‘i –
O‘zbekiston qomusi.

Himmati baland o‘zing,
Baxti bahramand o‘zing,
Ahli arjumand o‘zing –
O‘zbekiston qomusi.

Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan,
O‘zbekiston qomusi!

  1. UzBaza.uz:

    Ramzidin Assalomu alayko’m. Fikringiz uchun tashakkur. Aytingche Vatan haqidagi aynan qaysi sher sizga ko’proq yoqdi?

    • Xurshida:

      She’rlar tartib bilan chiroyli ketma ketlikda joylangan, menga hamma she’rlar yoqdi, tashkilotchilarga raxmat…

  2. Zarnigor:

    Sevaman Vatan she’rining muallifi kim? Audioshe’r tayyorlamoqchiman. Muallifsiz she’rni o’qish g’alati. Iltimos, muallifini ham yozib qo’yingizlar. Telegramda ijodiy kanalim bor. She’rlarni tanlab o’qiyman. Bemalol kuzatib, kerakli she’rni olishingiz mumkin. Manzilimni qoldiraman. @Zarnigor_Ibragimova she’riyat ixlosmandlarini kutaman.

    • UzBaza.uz:

      Zarnigor Assalomu alayko’m. Bildirgan fikringiz uchun tashakkur. Sevaman Vatan sheri muallifi Muhammad Yusuf. Ha aytgancha kanalingiz obunachisiga aylandim. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutamiz!

    • Behruzbek:

      Menga O‘zbekiston qomusi she’ri yoqdi rostan ham shuni audiosi bormi bor bo‘lsa tashlab yuboringlar iltimoa telegramim bor @BehruzbekZokiraliyev shu telegramim zo‘rrrr

  3. Mamatova Mahliyo Kadirovna:

    Assalomu alaykum eng yaxshi sherlar bor ekan qaysi birini autidhni yodlashni bilmayapman rahmat bari uchun

    • UzBaza.uz:

      Mahliyo Assalomu alayko’m. Vatan haqidagi sherlar sizga yoqganidan hursandmiz. Samimiy fikringizdan minnatdormiz!

    • Muxlisa:

      Assalomu alaykum, Xoldor Vulqon muallifligidagi ģazal juda yaxshi yozilibdi. Bu ijodkorga qiziqib qoldim. Rahmat. Ishlaringizga omad

  4. Muxlisa:

    Assalomu alaykum, Xoldor Vulqon muallifligidagi ģazal juda yaxshi yozilibdi. Bu ijodkorga qiziqib qoldim. Rahmat. Ishlaringizga omad

    • UzBaza.uz:

      Muxlisa Assalomu alayko’m. Xoldor Vulqon muallifligidagi Vatan sheri juda chuqur manoga ega. O’ylaymanki bu sher siz singari boshqalargaham maqul keladi. Yoqimli fikringiz uchun rahmat.

    • Foydalanuvchi:

      Salom, «Ona vatanim» sheri yaxshi yozilibdi.

  5. UzBaza.uz:

    Dilnura fikringizdan mamnunmiz!

  6. Hikmatillayeva Charos:

    She‘rlar juda manoli ekan. Bolalarga yod oldirish ham oson ekan.

    • UzBaza.uz:

      Charos Assalomu alayko’m. Fikringizdan bag’oyatda hursand bo’ldik! Aytingche Vatan haqidagi ayanan qaysi sher sizlarga ko’proq yoqdi?

  7. Dilnoza Ibaydullayeva:

    Yaxshi ammo qaysi sherni tanlashni bilmayapman. Yordaminguz kerak.

    • UzBaza.uz:

      Dilnoza assalomu alayko’m. Shaxsan menga «Vatan sening onang» sheri ko’proq yoqadi.

  8. iFarzona:

    Menga vatan haqidagi sherlar juda yoqdi,ayniqsa Vatan sening onang sheri, hatto uni yod olishni boshladim

    • UzBaza.uz:

      Farzona Assalomu alayko’m. Vatan haqidagi sherlarni sizga foydasi tekganligidan xursandmiz. Alo baholarga o’qishingizga tilakdoshmiz!

  9. Dilrabo:

    Manga Vatan haqida she‘rlar juda ham yoqdi.barcha she‘rlarni yod olishga harakat qilaman.

    • UzBaza.uz:

      Dilrabo assalomu alayko’m. O’qishda va ishlaringizda omad tilaymiz.

    • Dilnoza:

      Menga vatan haqidagi sherlardan «ona diyor» deb nomlangan sher yoqdi, zo’r ekan raxmat!

    • Gulnora:

      Vatan haqida juda ajoyib sherlar ekan. Barchasini yod olaman va yaqinlarimgaham yod olishni tavsiya beraman.

  10. UzBaza.uz:

    Mushtariy assalomu alayko’m. Fikringiz uchun tashakkur.

  11. Xurshida:

    Juda zoʻr sheʼrlar .Oʻqib ham,yod olib ham mazza qilasan . Rahmat

    • UzBaza.uz:

      Xurshida assalomu alayko’m. Fikringiz uchun tashakkur. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

  12. UzBaza.uz:

    Yulduzcha assalomu alayko’m. Aytingche Vatan haqidagi aynan qaysi sher sizga ko’proq yoqdi?

  13. UzBaza.uz:

    Ramz fikringiz uchun alohida tashakkur aytamiz.

  14. @obbzipoo7:

    Ajoyib hammasi a’lo imloviy xatolarga yo’l qo’yilmaganda yana ham yaxshi bo’lardi

  15. Nodira ♥️ nodiwkam:

    Rahmat juda zor sherlar ekan foyda berdi menga sherlar yoqdi

  16. Uluġbek:

    Sherlardan foydalansak boladimi man yosh kompozitorman bu sherlardan tanlab qoshiq yaratmoqchiman

  17. Uluġbek:

    Sherlardan foydalansak boladimi man yosh kompozitorman bu sherlardan tanlab qoshiq yaratmoqchiman

  18. Sitorabonu:

    Assalomu alaykum «Biror yurtni topolmadim» sheʼrining muallifi kim oʻzim ham topolmadim

  19. UzBaza.uz:

    Behruz assalomu alayko’m. Konsitutsia haqida sher marhamat foydalanishingiz mumkin.

  20. E'zoza Sunnatova:

    Tadbirda wu werlardan aytdim juda ham zõr ekan

  21. Marjona:

    Assalomu alekum. Rostdan ham vatan haqidagi sherlar zo’r ekan. Har kimga o’zligini eslatib turganizdan xursandmiz.

  22. Foydalanuvchi:

    Vatan haqidagi sherlarni hammasi juda ajoyib ekan, menga hayot haqida ham sher kerak edi?

  23. Rosa zo'r chiqibdi:

    Oka yana shunaqa sherladan yanada ko’pro chiqarib turila. Mani ismimga ham sher yoza olaslami. Mani ismim Charos. Iltimos 😥

  24. Foydalanuvchi:

    Oka anavu vatan seni sog’indim degan sherni kim yozgan. Bizni tadbirimiz boridi. Manashu sherni tanladim. Muallifini topomadim. Iltimos Juma kunigacha aytvoring. 5-martgacha aytvoring. Muallifini topmasam bo’midi. Iltimos muallifini topib bering.

  25. Gulasal:

    Vatan haqidagi bu sherlar menga juda yoqdi!

  26. Foydalanuvchi:

    Hammasi zo’r ekanu lekin bu sherlar kamda, manga ko’proq she’r kerak edi.

  27. Moxinur:

    Ha to’gri, menga «Vatan onang» sheri rosa yoqdi, kelgusida bu sherlardan yod olish niyyatim bor.

  28. Abror:

    Jonajon vatanim O’zbekistonim haqida juda ko’p va tasirli hamda manoli sherlar bor ekan, bulardan bir nechtasini yod olishni niyyat qildim.

  29. Davlat:

    Vatan haqidagi bu she’rlar juda ajoyib ekan, barchasini yod olishga harakat qilaman, katta rahmat.

  30. Sardorchik:

    Barchaga salom, Vatanim seni seni sog’indim nomli sherni muallifi kim? kim bilsa menga shu yerda yozib qoldirsin iltimos.

  31. Rahmatova Sabinabonu:

    Assalomu alayko’m, she’rlar bir biridan a’lo. 👌 Shaxsan menga «Sevaman Vatan» she’ri juda manzur keldi. She’rlar salmog’ini bundan-da ko’paytirishingizni so’rab qolaman.

  32. Marjona:

    Assalomu aleyko’m, kattakon rahmat sizlarga vatan haqidagi ushbu ajoyib sherlar uchun.

  33. Jasmina:

    Menga bu sherlar juda yoqdi, vatanga bo’lgan muhabbatimni oshirdi bu sherlar.

    • Jasmina:

      Men sizlarga bir gap aytaman, Vatanni asrang vatan tug’ulib o’sgan joy. Men Vatanni sevaman.

  34. Bahtigul:

    Mengaham sherlarni bari yoqdi, qolaversa saytgaham gap yo’q. barchasi qoyilmaqom bajarilgan.

  35. Imona:

    Bu sherlar juda ajoyib. Vatanimga bo’lgan sevgim yanada oshdi. «Biror yurtni topolmadim» sherining muallifi kim?

  36. Blog:

    Juda zo’r sherlar ekan, barakalla bu sherlarni chiqargan odamga.

  37. Mumtozbegim:

    Ko’proq «O’zbekiston qomusi» dagan sher yoqdi, juda zo’r ekan, menga sinf soati fanidan kerak edi, mana yodlayapman.

    • Muattar Mamatqulova:

      Assalomu aleykum. Menga barcha she’rlaringiz yoqdi. Bularning hammasida mazmun-mohiyat katta ekan. Men uchun eng yoqqan she’r «Ona yurt» nomli she’r bo’ldi. Bizga taqdim etgan she’rlariz uchun «UzBaza.Uz»ga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman!

  38. Muslima:

    Vatan haqidagi sherlariz juda zo’r, o’qib maza qildim, sizlarga kattakon raxmat.

  39. Shahzoda:

    Assalomu alayko’m. Vatan haqidagi sher menga judayam yoqdi.

  40. Zebuzar:

    Menga Vatan hqida sher va maqqollar kerak edi. Shu sayt yordam berdi.

  41. Mahliyo:

    Assalomu alayko’m barchaga, «Vatan devorlari» deb nomlangan she’rini kim yozgan?

  42. Shabnambonu:

    «Vatanim» sheri borku, o’sha sher zoʻr ekan, Muhammad Yusuf aytgan, menga juda yoqdi!

  43. Otabek Abdullayev:

    Vatan haqida juda ma’noli she’rlar to’plami bor ekan. Sizlarga kattakon raxmat.

  44. Mahliyo:

    Tashakkur rahmat. O’zbekiston Respublikasini juda yaxshi ko’ruvchi shoirlar ko’p ekan.

  45. Charos:

    She’rlar juda zo’r manga yoqdi, ertaga tadbir bor edi, albatta foydalanaman, rahmat.

  46. Nazokat:

    Menga «ona diyor» sheri va «O’zbekiston qomusi» degan sher yoqdi. Sherlar uchun katta rahmat. Yanada ko’p sherlar chiqarishingizga omad tilayman.

  47. Kumushoy:

    Bu sherlar juda zo’r ekan. Iloji bo’lsa mening ismimgaham yozib bering iltimos.

  48. Yasmin:

    Menga hamma sherlar yoqdi, lekin qay birini yod olishni bilolmayapman, menga uzun va manolo sher kerak, aynan qay birini yodlashim mumkin. Yoshim 12 da?

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *