Konstitutsiya haqida sara sherlar to‘plami
8-dekabr Konstitutsiya haqida sherlar to‘plami. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan.
Qomusim bor, baxtim bor
Mening suyangan tog‘im,
Yo‘l ko‘rsatar mayog‘im,
Gullagay chaman bog‘im,
Qomusim bor, baxtim bor.
Har satrida inju-zar,
Ajdodlar ruhi kezar,
Hayotim, umrim bezar,
Qomusim bor, baxtim bor.
El-ulusni teng deydi,
Xalqning g‘amini yeydi,
Dillar cho‘ng Baxtni tuydi,
Qomusim bor, baxtim bor.
Hech kimdan kam emasman,
Erta g‘amin yemasman.
O‘zga yurtni demasman,
Qomusim bor, baxtim bor.
Vatan obod, ko‘ngil to‘q,
Zarra bo‘lsin armon yo‘q,
Dilda o‘chmas mangu cho‘g‘,
Qomusim bor, baxtim bor.
Boshim baland, qo‘lda soz,
Madh etayin kuylab boz,
Do‘stlar, bo‘ling jo‘r ovoz,
Qomusim bor, baxtim bor.
Vatan himoyachilari haqida sherlar
Qomusim sharofati
Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g’uborlar ketgan,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon,
Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.
Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Bizning konstitutsiya
Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro’ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya!
Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsya!
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo.
Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madanyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne’matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!
Konstitutsiya muqaddas
Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas,
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.
Bolalar bor: oq, sariq, qora,
Lekin qalbi toza beg‘ubor.
Ular dili orzuga to‘la,
Gard qo‘nmasin, qo‘nmasin zinhor!
Jajji qalblar intilar tinmay,
Poyoni yo‘q koinot tomon.
Yuragiga o‘kinch tushmasin,
Kelajagi bo‘lsin hur zamon.
Konstitutsiya kitobi
Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!
Nodir qomusimiz
Adolatli jamiyatga berganda baxo,
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.
Mustaqillik haqida sherlar to‘plami
Oddiylik adolatdir
Baxtiyorman hur elimning,
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.
Qomusimni bilmoq istadim
Qomusimni bugun bilmoq istadim,
Har moddasin dilga solmoq istadim.
Qomus erur qonunlarning to‘plami,
Qonunlarni dildan tuymoq istadim.
Qomus berdi huquqimni, burchimni,
Shon-shuhrati oshsin doim yurtimning.
Qonunlarni agar yaxshi o‘rgansam,
Albat yetar, qayga cho‘zsam qo‘limni.
Muqaddas kitob
Amu bilan Sirdaryodan
Kamol topgan o‘zbekmiz.
O‘z erkiga, huquqiga
Ega bo‘lgan o‘zbekmiz.
Xalqim diliga yog’du,
Sochar misoli oftob.
Qonunlar majmuasi,
Muqaddas, ezgu kitob!
Konstitutsiya oliy qomusim
Sening bitik yo‘ling kurashdir yiroq.
Bir bobing To‘maris ko‘targan chiroq,
Yozdi bir bobingni qon bilan Shiroq,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitusiyam — oliy Qomusim.
Sening manzilingni ko‘zlagan karvon,
G‘aznaviy, Temuriy, Boburiy davron,
U karvon boshida Navoiy sarbon,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitusiyam — oliy Qomusim.
Elimning qomusi
Jahonda eng baxtlilarning biriman.
Men elimning qomusini kuylayman
Go’zal yurtim, iftixorim — Vatanim.
Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!
Hur elimning dovrug’i bor tillarda,
O’zbekiston madhiyasi dillarda.
Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,
Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman
Konstitutsiya inson xizmatida
Adolatning qo’yib tamal toshini,
Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi, shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.
Konstitutsiya eng oily hakam
Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!
Konstitutsiya baxtimsan
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo’lim nurafshon bo’ldi,
Ko’nglim zavqlarga to’ldi.
Sahifangni o’qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
Huquqlaring bilib ol
O’qib olsang kundan – kun,
Fikring bo’ladi durkun.
Huquqlaring bilib ol,
Hayotda yur bemalol!
A’lo bo’lsang har ishda,
Dono bo’lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o’tadi, sen kutma!
O’qi, bedor bo’lsang ham,
Hayotda bo’lmaysan kam.
Bayroq haqida sherlar to‘plami
Konstitutsiya baxtnoma
Iqbolimiz ko’zlagan,
Adolatdan so’zlagan.
Bu bizning «Baxtnomamiz»,
Yayrab undan qonamiz!
Baxtimizga yo’l ochgan,
Iqbol urug’in sochgan,
Qomusimiz bir jahon,
Dovrug’i bo’lsan doston!
Bosh qomusim
Konstitutsiyam – mening bosh Qomusim!
Adolatga o’zing tamaltosh, Qomusim!
Quyosh bo’lib, mehr nurin soch, Qomusim,
Kelajakka baxt eshigin och, Qomusim!
Qomusimni kuylayman
Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g‘uborlar ketgan
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Konstitutsiya moddalariga sherlar
Vatanimning bayrog’i,
Dilginamning qarog’i.
Madhiya hamda gerbim,
Porloq yo’lim chirog’i (5-modda).
* * *
Azimdir Toshkent shahri,
Juda keng saxiy bag’ri.
Udir Vatan yuragi,
Ulug’ xalqim tilagi (6-modda).
* * *
Burchlarimizdan so’zlar,
Bilsang, o’n birinchi bob.
Burchimni anglashimda,
Qomusim misli oftob.
* * *
Bepul bilim olamiz,
Hur Vatanim qo’ynida,
Vatanga xizmat qiiish —
Har o’g’il, qiz o’yida (41-modda).
* * *
Oila — jamiyatning,
Asosiy bo’g’inidir.
Oltmish uchinchi modda,
Shu bo’g’in talqinidir.
* * *
Vatanimning nomini,
Aytar birinchi modda.
O’qib, o’rgansak uni,
Muhabbat ortar qalbda.
* * *
O’ttiz yettinchi modda,
Mehnat qilish haqida.
Har kim sevsa kasbini,
Egallagay baxtini.
* * *
O’ttiz to’qqizinchi modda,
So’zlaydi ta’minotdan.
Har bir inson keksaygach,
Mamnun bo’lar hayotdan.
* * *
Moddaning to’rtinchisin,
Ulug’ tilim tasdiqlar.
Ajdodlarim orzusi,
Ko’zlarimda charaqlar.
* * *
Huquq, erkinlik haqda,
18-, 21-, va 31-modda.
O’qib, uqib, o’rganib,
Amal! qilamiz, albatta.
* * *
Bo’lmoq yaxshidir mulkdor,
Ham fermeru chorvador.
Ko’chmas mulkning egasi,
Tadbirkorlar sarasi (36-modda).
* * *
Tibbiy xizmat doimo,
Kerak har bir kishiga.
Sog’lom tanda sog’ aql,
Urtum berar ishiga (40-modda).
* * *
Atrof-muhitni saqlash,
Barchaning teng burchidir.
Uni asrab-avaylash —
Vijdonlining ishidir (50-modda).
* * *
Yetmish oltinchi modda,
Yurtim oliy organi —
Oliy majlis haqida,
Qunt bilan o’rgan uni.
* * *
Yuz yigirma beshinchi,
Moddani anglash kerak.
Ozod, hur Vatan uchun ,
Dovyurak o’g’lon kerak.
Milliy boyligimizni,
Qadriga yetmoq kerak.
Yer, suv, o’simlik bari
Elimga doim kerak (55-modda).
* * *
Oltmish oltinchi modda,
Farzandlik burchin so’zlar.
Har soniya, soatda,
Insoniylikni ko’zlar.
Zo’r menga yoqdi. Hursand buldim yangiliklari bor ayniqsa pedagoglarga yaxshi imkon. Rahmat kanal jonkuyarlariga.
Dilsora assalomu alayko’m. Avvalambor bildirgan samimiy fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Salom, hursand bo’ldim, izlagan sherlarimni topdim, rahmat silarga.
Sherlar haqiqatdan ham juda zo’r ekan raxmat
Xo’p mayli. Yoqqan bo’lsa yaxshi. Xursand bo’ldim.
Assalomu alaykum. Menga sherlar juda yoqdi. Endi biz bu sherlar bilan nasib musobaqada g’olib bo’lamiz. Sizlarga omad. Yana bir bor raxmat.
Juda zo’r, menga juda yoqdi, bu maqolani keng targ’ib qilib bolajonlarga yetkazib bera olsak bizning yutug’imiz…
Maqollaringiz yoqdi, juda zo’r ekan, faqat konstitutsiya haqida sal boshqacharoq she’r jo’nating iltimos manaviyatdan kerak edida.
Konstitutsiya haqidagi sherlar juda zo’r.
Konstitutsiya haqida ajoyib she’rlar to’plami ekan. Menga yoqdi.
Sizlarga omad tilab qolaman, bundanda qiziqarli mavzularga qo’l uringlar, sherlarga esa gap bo’lishi mumkin emas.
Ofarin. Konstitutsiya haqidagi she’rlar ajoyib ekan. Bu sherlarni barchasi menga rosa yoqdi.
Yaxshi, menga ham konstitutsiya haqidagi sherlar judaham yoqdi.
Sherlaring dim bir biriga mos emas. Manga hech yoqmadi. Sher degan undin bo’midi.
Bu she’rlar ajoyib ekan, menga yoqdi katta rahmat.
SHe’rlar juda ajoyib. O‘quvchi yoshiga mos, yod olishi uchun ham qulay. Metodik yordam oldim. Qayerdan olaman qaysi kitobdan izlayman deganimda bu kanal menga juda katta yordam berdi. Masullarga rahmat.
Konstitutsiya haqida ajoyib sheʼrlar ekan. Menga juda ham yoqdi.
Menga sherlar uncha yoqmadi, masalan 51-modda deyilgan joylar boru, uncha yarashmagan.
Asslomu alayko’m. Manga juda ham she’rlar yoqdi va she’r yozishimga yordam berdi 👋
Judayam chiroyli she’rlar. Bu mavzuda she’rlar ko‘proq bo‘lsa yaxshi-da.
Assolomu alaykum. Avalamor kanal egalariga kotta raxmat, sog‘ bo‘lilar, juda manoli mazmunli malumotlar bor, menga juda yoqdi.
Juda chiroyli she’r ekan, bu sherlarni deyarli barchasini o’qib chiqdim.
Konstitutsiya haqida sheʼrlar juda zoʻr ekan, menga yoqdi.
Juda chiroyli she’rlar ekan. Menga ham juda yoqdi. Rahmat.
Barchaga salom. Sherlar juda ham zo’r. Sizlarga ming bor raxmat deyman.
She’rlar mazmunan bo’sh. Juda oddiy. Yuqori sinflar uchun jo’nlik qiladi. Mazmunan puxtaroq sherlarni topish kerak.
Rahmat hamma ijodkorlarga. Doimo hammaning ishlari barakali bo‘lsin! Sherlar to’plamiga keladigan bo’lsak hammasi juda ajoyib ekan.
Juda yoqdi rahmat, izlagan barcha she’rlarimni topdim!
Yosh bolalarning sherlari ekan, juda sodda sherlaringiz!
She’rlar juda oson ekan. Shunday bo’lsa ham kitobsiz tayyor qidirb shu sherlarni olayapmiz. Barchangizga omad ishimizni yengil qilyapsizlar.
Assalomu alayko’m. Juda ham zo’r sherlar, izlaganlarimni topdim, raxmat sizlarga.
Juda ajoyib sherlar bor ekan, oʻqib chiqib mazza qildim.
Juda zo’r sherlar bor ekan. O’zimga keragini topdim rahmat.
Ajoyib. O’zimga kerak hamma she’rlarni topdim. Raxmat sizlarga.
Barcha sherlar yaxshikuya, faqat uzunrog’i yo’qmi? bular juda qisqayu, bayramga ko’proq sher aytmoqch edim.
Zo’r, she’rlar juda ajoyib 3-5 yosh bolalar uchun she’rlar ham alohida joylaylar, bog’cha yoshlariga.