Ota haqida sara sherlar to‘plami
Ota haqida eng sara, tasirli va manoli sherlar to‘plami. Kimning ota-onasi tirik ekan, u inson dunyoda eng baxtli insonlardan erur. Ayniqsa, bu tabarruk zotlar bilan bir xonadonda bo‘lishlik va ularning xizmatini chin dildan ado qilishlik dunyoning barcha ne’matlaridan ham a’loroq.
Ota haqida tasirli sher
Men bulutni oq deb yuribman,
Yuragingiz buncha oq ota.
Rosiyada ishlab yuribman,
Dunyo menga o‘yingoh ota.
Qalaysan deb so’raysiz holim,
Har galgiday ko‘nglim chog’ ota,
Ko’zmunchoqlar bermasin onam,
Hudo menga ko’zmunchoq ota.
Duolariz asraydi meni,
Ko’nglim mangu yashar bog’ ota,
Yolg’onlarga o’rgatmagansiz,
Haqni izlab dilim tog’ ota.
Qaytkim kelar qishloqqa gohi,
Buncha og’ir yashamoq ota,
O’pib yashar oyog‘ingizni,
Tuproq mendan baxtliroq ota.
Otam — Shukur Qurbon sheri
Ey umrim javhari davlatim Otam,
Dillari quyoshdur mehribon Otam,
Sizga izdoshdurman abadul-abad,
Shul sabab ko’nglim shod g’rurim Otam.
Bu dunyo sinovli yolg’onchi dunyo,
O’tgaydur umrlar misoli daryo,
Do’st degan ulfatim bo’lsada ammo,
Bo’lolmas siz kabi dartkashim Otam.
Sizning-la bordurman ichra keng jahon,
Shukrumni e’shitsin ul buyuk Rahmon,
Qalbingiz og’ritib bo’libman nodon,
Doimo kechirgan rahimli Otam.
Bog’ ichra gurkirar chamanzor ravon,
Tinmagay har nafas mehnatkash bog’bon,
Mehnat ila ayladiz siz meni inson,
Siz mening qo’li gul bog’bonim Otam.
Bilsangiz yurarman osmonda doyim,
Siz borsiz omondur ko’kdagi boshim,
Shubha yuq aytarman har yerda so’zim,
Tog’ kabi sarviqor osmonim Otam.
Joningizga jon bo’lolmas afsus bu jonim,
Bo’lsa e’di berardim sizga bor umrim,
Insho Olloh ko’rgaysiz gullagan bog’im,
Nuri ila yoritgan jahonim Otam!!!
Dadajon tushlarimga kiring
O’z-o’zimni pichoqsiz so’ydim,
Yuragimni sog’inchdan o’ydim.
Bu dunyodan juda ham to’ydim,
Tushlarimga kiring Dadajon!
Meni yetim qilgan o’zingiz,
Bir bor ko’ray qizil yuzingiz,
Qayerlarda qolgan izingiz,
Tushlarimga kiring Dadajon!
Menga ayting o’shal arzingiz,
Tushunmabman sira dardingiz,
Yomon o’tdi bugun qadringiz,
Tushlarimga kiring Dadajon!
Dushmanlarga to’la koshonam,
Vayron bo’ldi sizsiz koshonam,
Bunchalar sho’r ekan peshonam,
Tushlarimga kiring Dadajon.
Otam tabassumi
Otam kulganida juda yayrayman,
Olamga bir boshqa ko’zla qarayman,
Ollohga shukur deb hech charchamayman,
Otam tabassumin yaxshi ko’raman.
O’z dardin hech qachon oshkor etmaydi,
Bizni siqilmasin deya saqlaydi,
Otam kulganida dunyo porlaydi,
Otam tabassumin yaxshi ko’raman.
Otam yuzlaridan bir nur yog’ilgay,
Ko’zlari ham ajib bir hisga to’lgay,
Meni otam doim duolar qilgay,
Otam tabassumin yaxshi ko’raman.
Otamga qo’shilib onam jilmayar,
Bunda mening baxtim ming karra oshar,
Ular kulganlarin ko’rib quvnayman,
Otam tabassumin yaxshi ko’raman.
Otam bilan onam doim sog’ bolsin,
Meni tabassumla duo qilishsin,
Men ham ular ko’nglin shod aylagayman,
Otam tabbasumin yaxshi ko’raman.
Otalarni yig‘latma hayot
Havas qilar ahli dunyo sabotiga,
Ko’z tegmasin iymon-etiqodiga,
Dog’ tushmasin oilasin nomiga,
Otalarni yig’latma hayot.
Ayollarning makriga hech uchmasin,
Keksayganda farzandlari kechmasin,
Dilbandini tobutini quchmasin,
Otalarni yig’latma hayot.
O’gli ichib chekib xor bo’lsa,
Qizi behayo, benomus, beor bo’lsa,
Ko’zlariga keng dunyo ham tor bo’lsa,
Otalarni yig’latma hayot.
Yig’lasa ham quvonchidan yig’lasin,
Farzandlari to’ylarida o’ynasin.
Hajga borib dili ko’zi quvnasin,
Otalarni yig’latma hayot.
Havas qilar axli dunyo sabotiga,
Ko’z tegmasin iymon etiqodiga,
Ko’z yosh yarashmaydi erkak zotiga,
Otalarni yig’latma hayot.
Otalar — Abdulla Oripov sheri
Otalar sha’niga loyiq so’z demoq,
Tabarruk bir kitob yozish bilan teng.
Ularning mehri-ku, bamisli charoq,
Bag’ri ham yulduzli osmon kabi keng.
Sharqona tashbehni olsam gar yodga,
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib, avlodga,
Bus-butun yetkazgan otalar, axir.
Yuksak-yuksaklarga uchgan sor lochin,
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq uchun,
Axir ota qavmi kechgan jonidan.
Non,degan farzandning dardli xitobi,
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum zardobi,
Sochlari qirovdek ko’pirib chiqqan.
Taxti Sulaymonddan balanddir beshak,
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo’ldi, o’lim yo’q demak,
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.
Men ko’kka termulib kutmasman madad,
Do’st izlab har yonda kezmasman sarson.
Do’stu madadkor ham otadir abad,
Shoni-shoning erur, armoni-armon.
Farzand — Abdulla Oripov sheri
Bir kuni ranjitdi otani farzand,
Ota o’z uyidan bosh olib ketdi.
Lekin Alloh mehri bo’lib sarbaland,
Ota Makkatulloh vasliga yetdi.
Ota fig’on chekdi Ka’ba qoshida,
Go’yo unut bo’lgay alamlar bari.
Najot charx ursa ham garchand boshida,
Sira ketolmadi bir gapdan nari.
Ka’baga sig’inar ekan keksa chol,
Armonin oshkora aytdi olamga.
Dedi: — Ibodatim bo’lsa ham uvol,
Faqat saodat ber o’sha bolamga.
Ota duosi — Abdulla Oripov sheri
O’g’lim so’ramasman sendan mol-dunyo,
Uy ham qurib berma, mayli, alomat.
Mayli, ko’zlarimga bo’lmagil ziyo,
Yonimda yursang bas sog’u salomat.
Mayli, ko’tarmagil meni yelkangda,
Qalqon ham bo’lmagil yog’sa malomat.
Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda,
Tepamda tursang bas sog’u salomat.
Ota — Muhammad Yusuf sheri
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o’tlar bosgan o’rmonim bor.
Qizg’aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o’tmagan otajonim bor.
Ota desam, bag’ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo’ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to’lib ketgan osmonim bor.
Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o’zingsan eng muqaddasim,
Bag’ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.
Odam bo’lib bir odamni tushunmaslar,
Ko’zingda yosh ko’rib ham goh o’kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo’l cho’zib turgan qalqonim bor…
Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O’lgunimcha endi undan ayrilmasman —
O’z otamdek bo’lib qolgan imonim bor.
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o’rmonim bor,
Qizg’aldoqlar bosh egib qon yig’lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.
Opa va singil haqida sherlar to‘plami
Ota va Ona duosi — Safo Ochil sheri
Olmasam gar ko’nglim to’lmas,
Ota — onam duosini.
Olmasam gar yo’lim bo’lmas,
Ota — onam duosini.
Qayda bo’lmay yo’qlagayman,
Mehrin asrab saqlagayman,
Axir, qanday oqlagayman,
Ota — onam duosini.
Umrim bo’yi g’amin yerman,
So’zin durga alishtirmam.
Siymu zardan ortiq derman,
Ota — onam duosini.
Safo Ochil, holin so’rgum,
Mudom boshim egib turgum,
Qancha bo’lsa ham oz ko’rgum,
Ota — onam duosini.
Qaytib kelmas otam
Yurardim qachonlardir betashvish-u beg’am.
E’tibor qilmapman dardin bilsam ham.
Endi foydasi yo’q qancha achinsam,
Qaytib kelmas yerga otlangan otam.
Uch kun jim yotdilar shiftga boqqancha,
Biror so’z demasdan qalbim yoqqancha,
Hisoblab gunoh-u va savobin qancha,
Sukutda kimlarni o’ylagan otam.
Uch kun azoblanib ozor chekdilar,
Umr bog’lariga dardni ekdilar,
G’amning yaprog’idan kafan tikdilar,
O’zining ajalin sog’ingan otam.
Uchkun ham o’tdi-yu tilga kirdilar,
Mehribonim sekin yaqin tortdilar,
Mendan rozi bo’lgin qiynalma deya,
Nasihatlar aytib vidolashdilar.
Men ahmoq tushunmay vido so’zini,
Yolg’iz tashlab ketdim bilmay o’zini,
Ortiq ko’rolmadim o’tli ko’zini,
Bir umr ko’ziga zor etgan otam.
Otajon mehribon, g’amxo’r edingiz,
Asaldayin shirin edi so’zingiz,
Sog’inib eslaydi telba o‘glingiz,
Bolam deb, o‘g’lim deb yashagan otam.
Kuz kelib xazonlar to’kildi bir bir,
Kimdir vafot etdi, tug’ildi kimdir,
Vafotizga mana to’libdi bir yil,
Olloh dargohiga yo’l olgan otam.
Qabringiz yonida turibman mana,
Siz sevgan gullardan keltirdim yana,
Ko’ksimdan otilib yosh chiqdi ana,
Mening ko’zlarimni yoshlatgan otam.
Otajon o’ksinmang ranjiganim yo’q,
Ko’zimga chang kirdi yig’laganim yo’q,
Yaxshiman ko’nglingiz qilavering to’q,
Tushlarimda holim so’ragan otam.
Yig’lamayman degandim yig’ladim biroq,
Ahir kimsa yo’q-ku sizdan yaqinroq,
Ne uchun ketdingiz olislab yiroq,
Qaytib kelmas yerdan joy olgan otam.
Panohlarim — Baxtiyor Roziq sheri
Baxtiyorman, ko’zlarimga dunyo kengdir,
Duo bilan har kishining ishi o’ngdir,
So’zlaringiz oltinlarga qadar tengdir,
Mening uchun qiblagohim otajonim,
Duogo’yim, nur panohim onajonim.
Mening mahzun, tag’in shodon kuyimdasiz,
Nurli hayot tilab turgayen o’yimdasiz,
Parvonasiz, har daqiqa o’yimdasiz,
Tangridan baxt, tole’ so’rgan otajonim,
Yoshligini menga bergan onajonim.
Qoshu ko’zim sizga o’xshar otamdirsiz,
Tilimdagi ilk so’rog’im, onamdirsiz,
Sizlar menga eng mo’’tabar olamdirsiz,
Mening yo’lchim, soyabonim otajonim,
Xushzabonim, mehribonim onajonim.
Oh urarman, qadringizga yetolmayin,
Shirin so’zim sizga tuxfa etolmayin,
Men bag’ritosh bo’ldimmikan oh shundayin,
Yo’llarimga intizorim otajonim,
Nuridiydam, yo’g’u borim onajonim.
Dadajon sizningsiz… — Baxtiyor Roziq sheri
Ulg’ayib boryapman, o’tmoqda umr,
Bulutli taqdirlar to’ldirar sabrim.
Hattoki huzurda qolmadi huzur,
Ko’ksimni tepkilar jonlanib jabrim.
Jabrning jangidan toqat toq ekan.
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Ulg’ayib boryapman, o’tmoqda fursat,
U qanday fursatki, bunchalar og’ir?
YO ayting, holimni yutganmi qismat?
Vo ajab, shum qismat har nega qodir.
Qadridan qolsa qalb qatra dog’ ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Mening ham o’ynoqlab kulgim keladi,
Yuragim sevinib xush bo’lsa deyman.
Ko’nglimda ko’rganim yulgim keladi,
Ko’rganim qayg’uli tush bo’lsa deyman.
Armonim tokaydir bu so’roq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Go’yoki sarobga aylandi olam,
Qush bo’lib uchdimi umid shodasi,
Onamlar aytadi, o’kinma bolam,
O’kinma, taqdirning shu irodasi.
Menku men, onamda dard qandoq ekan?
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
O’tmoqda zalvorli fasllar hanuz,
Birgalik chog’larim eslab yashayman.
Yodimda tiriksiz kechayu kunduz,
Men sizni hamisha qumsab yashayman.
Sog’inchdan dunyo ham bir ovloq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Ulg’ayib boryapman, xayolim miskin,
Shu xayol sababli dil titroq ekan.
Tunda oy, kun quyosh bermaydi taskin,
Faqatki she’rlarim bir o’rtoq ekan.
Aslida bo’z tuproq baxtliroq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Sodda tilak — Muhammad Yusuf sheri
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog‘ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo‘llariga aso — bir tayoq tushsin.
Imoni sof yuzga kirib yorug‘ yuz,
To‘ylar ko‘rib yelkasidan tog‘ tushsin.
Va jismiga so‘nggi safar paytida
O‘z bolasin qo‘lidan tuproq tushsin…
Qalqonim ota — Mahmud Asror sheri
Yelkangiz o’parkan quyosh ham bota,
Qarshilab barchani bir-bir uyg’ota,
Bolangiz ko’ngliga paxtadan yumshoq,
Temirdan qattiqroq qalqonim, ota!
Zalvorli yuklar-da yuqtirolmas gard,
Oldingizga tushmas biron bitta mard.
Zardobga aylangan ichga yutar dard,
Yurakdan portlagan vulqonim, ota!
Gullar titrasada bo’ston vahmida,
E’zozlab yashagay sizni rahmida!
Biz deya hayotning achchiq sahnida,
O’zin yer aylagan osmonim, ota!
Bolam deb nigohi g’unchadek so’lgan,
Og’ir sinovlarda ne bo’lsa-bo’lgan…
Yuzi qayg’ursa-da, ko’zlari kulgan,
Jannat hidi kelar rayhonim, ota!
Biror lug’ati yo’q yig’lab nolishda,
Asta hordiq olgan qattiq bolishda!
Qalbida erkalab, yig’lagan tushda,
Yillarga ulg’aygan armonim, ota!
Sizga men shu bukun qo’shig’im aytdim,
Qadringizni o’ylab hovliga qaytdim,
Mehringizda qolgan bo’lsa gar qaytim,
Men uchun bir umr darmonim ota!
Ayollar haqida sherlar to‘plami
Ota-ona g’animat
Hayot karvonini tortib o’tamiz,
Umrni sarhisob qilib o’tamiz,
Kimnidir dunyoda aldab o’tamiz,
Bu dunyoda bormi o’zi diyonat,
Ey birodar ota-onang g’animat.
Inson yashar yolg’on kunning ostida,
Inson yashar qil ko’prik ustida,
Inson yashar ko’cha-ko’yning qo’ynida,
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat,
Bu dunyoda ota-onang g’animat.
Ba’zan do’stdan chiqib qolar dushmaning,
Ko’zlab urar yashnab turgan chamaning,
Agar bo’lsa sevgan yoring yomoning,
Ota-onang yonidasan xijolat,
Bu dunyoda ota-onang g’animat.
Otang hayot xonadoning charog’on,
Onang hayot baxting to’kis farovon,
Ular borki bosgan qadaming ravon,
Har ne borki saqlay olgin qanoat,
Bu dunyoda ota-onang g’animat.
Mehr bergin ayolingga, gulingga,
Mehr bergin ,farzandlaring yo’lingga,
Mehr bergin jigaring-u qoshningga,
Atrofingda yaqinlaring tumonat,
Bu dunyoda ota-onang g’animat.
Farzand uchun yemagan-u yedirgan,
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan,
Qaro ko’zim kam bo’lma deb o’stirgan,
Ular uchun qilolmasak inoyat,
Bu dunyoda ota-onang g’animat.
Yashayapsan bu dunyoda kimni deb,
Olomasang duosini onam deb,
Tiriklikda yo’qlolmasang otam deb,
O’tgandan so’ng qilma bekor dod -faryod,
Tushun axir ota-onang g’animat.
Ota onang ketsa — Guljamol Asqarova sheri
Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani,
Shunchaki… ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.
Ikki qo‘rg‘on — Guljamol Asqarova sheri
Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani,
Shunchaki… ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.
Ota meni o’ylab g’am yema
Ota meni o’ylab g’am yema,
Ko’nglim ko‘hna ovchining saydi,
Meni bandi aylagan kema,
Haliveri to’xtash bilmaydi.
Kamalakka aylanar yo’lim,
Goho g’amnok gohida sho’xman,
qaytishimni o’ylash kulgili,
Men miltiqdan otilgan o’qman.
Manzilim qay kimning yuragi,
Xudo bilar qildingmi tusmol,
Qo’rqma mening sinmas kuragim,
Qo’rqma mening o’ylarim halol.
Garchi qadah tuta boshladim,
Garchi qizlar tilin bilaman.
Meni mayxo’r deyolmas hechkim,
Oshiqlari berib qo’ygan tan.
Ketmon emas qalamim ila,
Kiprigimga ilaman yerni,
Kechir meni otajon illo..
Portlab-portlab yashagim keldi.
Ketganim yo’q qishloqdan to’yib,
Ildizimni yaxshi bilaman.
Men zaminni kaftimga qo’yib
Bitta ulkan qishloq qilaman..
Faqat meni o’ylab g’am yema
Guldirakman ko’ngling bo’lsin to’q
Ota bo’lsang bilasan dema,
Ota bo’lib ko’rganimcha yo’q.
Otajon so’zingiz hikmat — Nafosat Sodiqova sheri
Otajon so’zingiz ajib bir hikmat,
Hech bir kitoblardan topmam qidirib.
Umr yo’lingizda yashaydi qat-qat,
Halollik ustuni turar bilinib
Yusingiz sahnida yashirin yillar,
Mehringiz bosadi oftob taftini.
O’sha siz o’tqazgan daraxtlar bilar,
Mehnatkash qo’lingiz qadoqlarini.
Ona allasi matni va alla haqida sherlar
Ota onam uchun
Bozor-o’char savdo qildim kimga, bolam uchun,
Borin muhayyo paydo qildim kimga, bolam uchun.
Dabdabali to’ylar qildim kimga, bolam uchun,
Hashamatli uylar qurdim kimga, bolam uchun.
Lekin nima qildim meni tuqqan onam uchun,
Dunyodagi eng yaxshi odam otam uchun.
Kimga dasturhon yozdim bolam uchun,
Ba’zida semirdim, ba’zida ozdim bolam uchun.
Aqldan ham ozayozdim bolam uchun,
Ex kimlarga yalinmadim bolam uchun.
Lekin hech narsa ilinmadim onam uchun,
Dunyodagi eng yaxshi odam otam uchun.
Aylandim, o’rgildim, ado bo’ldim bolam uchun,
Sog’lig’imdan ham judo bo’ldim bolam uchun.
Bola shoh men go’yo gado bo’ldim bolam uchun,
Danagidan mag’zi shirinda ota-ona uchun.
Lekin nima qildim o’zim bola bo’lib onam uchun,
Dunyodagi eng yaxshi odam otam uchun.
O’zi yemay-ichmay menga yedirgan ham onam edi,
Yupun yursa ham meni kiyintirgan otam edi.
Omon bo’lsang bo’ldi bolam derdi,
Ayting men ham odammanmi endi.
Nima qildim bir mushtipar onam uchun,
Dunyodagi eng yaxshi odam otam uchun.
Sobirjon Assalomu alayko’m. Fikringizdan mamnunmiz, aytingche Ota haqidagi aynan qaysi sher sizga yoqdi? Kelgusida sizni yana Web-saytimizda kutib qolamiz.
Barchaga salom, Ota haqidagi ushbu sherlarni ichidan menga «Qaytib kelmas otam» deb nomlangan sher maqul keldi.
Assalamu alaykum. Men bu yerdan o’zimga tasirli, go’zalini topdim. Sherlar qoyilmaqom qilib yozilgan. Hech qayerdan topa olmayotgan sherlarim shu yerda ekan. Yana ham ishlaringizga rivoj tilayman. Ko’proq ikkinchi sher menga yoqdi! Sherlarga esa ofarin 🥰
Gulfuza assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan boshimiz ko’kda.
Hammasi juda yoqdi ajoyib misralar ekan. Rahmat.
Sherlar juda yahshi ekan oqib, otamni eslab yiglab toymadim otalar haqida sher yozishdan tohtamanglar
Salom hammaga sher juda yoqdi. yozinglarYana ko’proq sherlar
Otajonlarimizga atalgan juda zo’r va tasirli sherlar bor ekan, raxmat sizlarga.
Juda zor! Dadajon 😍 sizi yaxshi koʻraman! 🤗
OTA MENI O’YLAB G’AM YEMA. JUDA ZOR SHE’R ETIROZGA URIN YO 5
Ota haqidagi barcha sherlar menga juda yoqdi. Ayniqsa «Otalarni yig‘latma hayot» degan sher ko’zlarimga yosh qalqitdi. Sherlar juda zo’r.
Assalomu alayko’m. Samimiy fikringizdan boshimiz ko’kga yetdi. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Mengaham ota haqidagi ushbu sherlar judayam yoqdi.
Rahmat! Gap yo‘q. Otamni eslatdi. Barcha she’rlarda otamni ko’rdim.
Juda chiroyli va nihoyatda maʼnoli sheʼrlar toʻplami boʻlibdi.
She’rlaringizni xammasi judayam zo’r chiqibdi xammasini o’qib judayam ta’sirlanib ketdim gap bo’lishi mumkin emas. Iloyim yozgan qo’llaringiz dard ko’rmasin, ko’zlaringizni nuri yanayam nurafshon bo’lsin sheringizga sherlar qo’shilsin ijodlarizga omad. Ollox sizni qo’llasin she’rlar uchun raxmat sog’lik tilaymam omadizni bersin. (Regardan. Tojikistonlik)
Bu sherlar judayam tasirli ekan hayottan o’tgan dadamni eslab rossa yig’lap oldim. Onam hali hayotta bor shukur. Dadam yo’qligini bildirmagani bilan bari bir men uchun bilinadi 😔😔
Sherlariz zoʻr qoʻshiq qilib chiqaradigan sherlariz bormi?
Bu sherlarga gap yo’q. Ajoyib chiqqan iloyim charchamay tolmay yuring. Sherlaringiz bundan ham tasirli bo’lsin.
Buvajonimga sher yozmoqchi edim, yaqinda tug’ilgan kunlari, Buvamga yoqadigan sher bo’sa tashavoring Chromega.
Assalomu alayko’m. Hurmatli yurtdoshlar kanal adminiga katta rahmat aytib qolaman, hamma sherlar juda zo’r ekan. Manga bir sher yoqib qoldi, mani o’zim yangi ijodkorman, shu ota-onang g’animat degan sherni ashula qilmoqchiman shu sherni muallifi kim? iltimos manga aytib yuborsangizlar.
Otalarimizni qadriga yetaylik, ularni qarigan chog’larida doimo ardoqlab yurish hammaga nasib etsin.
Assalomu alayko’m. Ilohim aytganingiz kelsin.
Assalomu alayko’m. Sherlar uchun raxmat. Ishlaringizga omad. Tojikistondan muxlisingiz.
Shukrona assalomu alayko’m. Sizni web-saytimizga tashrifingizdan juda-juda hursandmiz.
Otajonlar haqida judaham ajoyib sher bo’libdi. Qo’llaringiz dard ko’rmasin ilohim. Otalarni qadriga yetaylik azizlarim.
Otajonim davlatimga atalgan sherlar menga rosa maqul keldi. Kelgusida ushbu sherlarni barini birma-bir yod olishga kirishaman.
Dadalar haqida juda ajoyib va zo’r sherlar bo’libdi hammasi chiroyli.
Assalomu alayko’m. To’gri aytasiz, otamiz va onamiz g’animat bo’larkan.
Doimo Ota-Onalarimiz bahtimizga sog’-omon bo’lsinlar.
Ota haqidagi hamma sherlar yaxshi. Yig’lab o’qidim. Dadajon tushlarimga kiring 🙏🙏🙏
Juda ajoyib sherlar bo’libdi, sayt ijodkorlariga omad yor bo’lishini tilab qolaman.
Ota haqidagi bu sherlar yaxshi ekan. Fikrim juda zo’r sher, juda ham tasirli.
Mening otajonimga atalgan sherlar juda yahshi ekan, raxmat kattakon sizlarga.
Otajonlarimiz baxtimizga doimo sog’ salomat yuringlar, mehnatdan va hayot tashvishlaridan sira charchamanglar.
«Otalarni yig’latma hayot» sheri juda yoqdi, ishlaringizga omad tilab qolaman.
Ota haqida nahotki yaxshi sherlar bo’lmasa, hammasi manosiz umuman yoqmadi.
Juda ham zo‘r, rahmat sizlarga ishingizga rivoj va omad tilayman.
Barchaga salom, menga bu sherlar yoqdi, lekin ota haqida dardliroq sherlar bo’lsa juda yaxshi bo’lardi, o’qigan odam yig’lab yuborishi kerak.
Raxmat katta sherlarina juda tasirli ekan, o’qib rossa mazza qildim, iloyim tanu jonina sog’ bo’lsin, umrina uzog’ bo’lsin.
Judaham tasirli sherla, juda yoqti, ota va onalarimiz doim baxtlarimizga sogʻ va salomat boʻlishsin…
Salom. Hamma sherlaringizni o’qidim. Juda chiroyli mazmunga ega sherlar ekan. Menga yoqdi. Ajoyib!
Assalomu aleykum. Juda zo’r she’rlar ekan. Dada sizni yaxshi ko’raman 💖
Salom hammaga, menga bu sherlar juda yoqdi, ayniqsa «Ota Ona g’animat» she’ri juda ajoyip yozilgan ekan.
Ota haqidagi sherlar menga juda yoqdi, raxmat hammasi zo‘r.
Bu shʼerlar juda taʼsirli hamda qiziqtirishi bilan menga juda yoqdi.
Bu juda ham zo’r, kim tayyorlagan bo’lsa ham, o’zi ham zo’r ekan. Menga yoqdi.😇