Til haqida sara sherlar to‘plami

Til haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she’ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi.

Til haqida sherlar to‘plami

Ona tilim — Orif To‘xtash

Ona tilim orif to‘xtash

Alla bo’lib qulog’imga kirgan tilim,
G’azal bo’lib sabog’imga inggan tilim.
Gullab-yashnab ko’z-ko’z etding jamolingni,
Dilim yayrar ko’rib yuksak kamolingni.

Реклама

Bobur mirzo sog’inchida yig’ladingmu,
Amir Temur ag’yorlarin tig’ladingmu?
Ona tilim, boqiy tilim, jon tilim,
Yillar osha yashnab turgan xon tilim.

Seni asrab-ardoqlayin shirin so’zlab,
Xazinangga yo’l axtargum durlar izlab.
Ona tilim, go’zal tilim, jon tilim,
Har lutfida bir siri bor xon tilim.

Ustoz haqida sherlar to‘plami

Реклама

Ona tilim o‘lmaydi — Erkin Vohidov

Ona tilim o‘lmaydi

Notiq dedi: «Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda».

«Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!»
Navoiy bilan Pushkin,
Turib keldi qabrdan.

Kim darg‘azab, Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.

«Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».

Реклама

— Hey, bu qanday aqida!
— Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida,
Ruboiy aytdi Xayyom.

Ehtirosli, otashdil,
Beranje so‘rdi nolon:
— Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!

Neruda, Lorka turdi,
Servantesning yoniga:
— Kim qasd etib tig‘ urdi,
Ona tilim joniga!

Fuzuliy yondi: — Ozar,
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
«Ona tilimo‘lmaydi».

Реклама

Kamalakdek rango-rang,
Bo‘lsin deb san’at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

«Faust» yondi gurillab,
«Xamsa» o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar: Hech qachon,
Ona tilim o‘lmaydi!

Реклама

Ona tilim — Abdulla Oripov

Abdulla Oripov ona tilim

Ming yillarkim bulbul kalomi,
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi,
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

Ona tilim — Iroda Umarova

Ona tilim iroda umarova

Ona tilim – yurak qatimdan,
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan,
Alla bo‘lib singigan ohang.

Ona tilim – necha asrlar,
Kurashida yenggan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar,
Suyib o‘tgan turkiy zabonim.

Ona tilim – do‘ppi kiygan So‘z,
Doim yangi yo‘lcha-atlasi.
Bir satriga tashlasangiz ko‘z,
Tovlanadi ming-ming qirrasi.

Реклама

Ona tilim – asalchoy ta’mli,
Bulbultalqin, muhabbatsheva.
Lablarimga ko‘chirgum doim,
Talaffuzin men seva-seva.

Ona tilim – yurak qatimdan,
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan,
Alla bo‘lib singigan ohang!

Ona tilim — Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf ona tilim

Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Реклама

Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

Ona tilim — Xurshid Davron

Xurshid Davron ona tilim

Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg‘ariy,
Kuylab o‘tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringga,
Dil qonini berdi Navoiy.

Реклама

Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan,
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.

Ammo dushman o‘ldirgan botir,
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir,
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.

Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni,
Shimirding sen o‘xshab giyohga.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday,
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

Реклама

Ona tilimsan — H. Nuriy

Ona tilimsan

Navoiy g’azalin har bir satrida,
Nafosat, go’zallik sharh tilga xosdir.
Shunchalar qudrat bor so’zning atrida,
Har bir durdona yoki olmosdir.

Tongotar fayzini nay navosini,
Dalalar shukuhin ob-havosini.
Visol chog’larini, dil sadosini,
Odamning jamiki muddaosini.

Barini, barini kuylamoq mumkin,
Odamda ni bo’lsa o’ylamoq mumkin.
Shu qadar serma’no ona tilimsan,
Tarjimon, eng dono ona tilimsan.

“Paxta” degan oddiy bitta so’zingda,
Jahonga arzirlik ulug’ ma’no bor.
Nega maqtamayin men ona tilim? –
Dilrabo so’zlari o’ynatsa dilim.

Ona tilim — Rauf Parfi

Rauf parfi ona tilim

Abut-Turk tarixdan balki bir hikmat,
Biroq sen borsan-ku Turon elinda.
Shoir, so‘z aytmakka sen shoshma faqat,
Ulug‘ Alisherning qutlug‘ tilinda.

Реклама

Ul olis quyoshdir kuyinib yonar,
Olis xotirotlar o‘chmas falakda.
Haqdan, Haqiqatdan ko‘ring, kim tonar?
Dunyoviy alamning tiyg‘i yurakda.

Vatan deb atalgan beshik, onajon,
Men uchun yopilgan eshik, onajon,
Men sokin sollanib ilg‘ab borarman.
Vatan deb atalgan tobut qo‘ynida.

Chuvalgan bulutni qordek qorarman,
Ruhimning panjasi chaqmoq bo‘ynida.

O‘zbek tili — Rauf Parfi

O‘zbek tili rauf parfi

Hayhot, toptaganda arab va mo‘g‘il,
Hayotingning zanjirli yili,
Boshdan ne kechirding, mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.

Ulug‘ tarixingga qilaman xitob,
Navoiy she’rining guli,
Kechmish zamonlarning tirik guvohi,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.

Реклама

Seni naqadarlik sevaman, ona,
Oh, yuragimning bulbuli
Bo‘lib sayragansan go‘dak chog‘imdan,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.

Ona tilim, ruhimning qoni

Ona tilim ruhimning qoni

Hech zot uza bilmas uzilgan jonni,
Haqiqatni uza bilmas hech qachon.
Elim, ona tilim, ruhimning qoni,
Bir imdod so‘rayman sendan, onajon.

Chayonzor yo‘lidir borar yo‘llarim,
Tanim yonmaktadir ishqsiz ochunda,
Ko‘klarga to‘qinar so‘ngak qo‘llarim,
Oyoqlarim mening tuproq ichinda.

Barchaning boshida birdek beomon,
Manxus zamonlarning o‘lik shamoli, —
Buzg‘un yigirmanchi asr a’moli…

Mening ona tilim, munis, mehribon,
Sen Turkiy dunyoning g‘olib xayoli —
Seni yozajakman, tirilgan jahon.

Реклама

Ona tilim, ona xalqim

Ona tilim, ona xalqim

3. Ulug‘ Turkistonim, oltin dalalar,
Oftob sochqi sochar bosh uzra balqib,
U sening tilingda aytar allalar,
Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim.

Navoiy baytiga o‘xshaydi yo‘llar,
Bu toshlar Hamzaning qotili, hayhot!
Nahotki umrbod o‘rtasa o‘ylar,
Umrbod zanjirband etsa xotirot?

Zanjirbandman, ona tilim Ona so‘zingga,
Kundayin so‘larman, oydek to‘larman,
Mil kabi tortarman seni ko‘zimga.

Men g‘arib bandangman. Bir so‘z tilarman,
Boshimni qo‘yarman sening izingga,
Qudsiya anfosin aytib o‘larman.

Vatan haqida sherlar to‘plami

Реклама

Sayrab turgan bu tilni

Sayrab turgan bu tilni

Mungli qushim, sayrab-sayrab kel, anglat,
Kimlar erur Turk tilini sotg‘uchi?
Bulbul kabi sayrab turgan bu tilni,
Uyalmayin bu o‘lkadan otguchi?

Bolday totli, jondan aziz turkchani,
Tushunmayin, xo‘rlab-xo‘rlab yotg‘uchi?
Mungli qushim, ularni qo‘y, sen sayra!
Turk tilining dong‘in chiqar ko‘klarga!

Qo‘y ularni, ular yo‘ldan ozsinlar,
El ichida bo‘sh bo‘g‘uzlik sotsinlar!

Ona tilim — A‘lo tilim

Ona tilim a‘lo tilim

O’tmishi bor tarixga boy,
Navoiydan olgan chiroy.
Orzu havas bunda talay,
Ona tilim – a’lo tilim.

Yana qayta tug’ilgansan,
Baxt – iqbolga yog’rilgansan.
O’lkamizga nur bo’lgansan
Ona tilim — a’lo tilim.

Реклама

Ona tilimda — Jumaniyoz Jabborov

Ona tilimda jumaniyoz jabborov

Dunyo ishi sho’x mavjlanadi ona tilimda,
Har bir so’z yuz ma’noli durdona tilimda.
Izhori ko’ngil chog’i ipak tovlanadir ul,
Burro-yu go’zal, go’lib-u mardona tilimda.

Do’stlarning shirin davrasida shaydo shakardir,
Har jilvasi bir gulxan-u gulxona tilimda.
Bor unda Navoiy ruhi, unda Bobur bor,
Har shevasi qasr ila koshona tilimda.

Dunyoda bor ilm-u hunar unda jilobaxsh,
So’ngsiz xazina qomus-u afsona tilimda.

Ona tilim — Mirtemit

Mirtemit ona tilim

Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko‘z yoshidan, oq sutidan;
To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yo‘g‘rilgan til — Ona tilim.

Daryolarning toshqin payti
Arslon yanglig‘ arillashi,
Dovonlarning ko‘k qiyosi,
Qorli tog‘lar jilosidan,
Cho‘ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go‘ro‘g‘lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan —
Tug‘ilgan til — Ona tilim.

Tulporlarning asovligi,
Tosh chaqishi, olovligi,
Bobolarning oltin so‘zi,
Bo‘yoqchining o‘lanidan:
To‘quvchining alg‘ovligi,
Chilangarning dalg‘ovligi,
Bu tuproqning qo‘sh ho‘kizi,
Qo‘shchisi ham qo‘lanidan —
Yaralgan til — Ona tilim.

Реклама

Shu tuproqning jon ayamas
Tarlonlari, burgutlari,
Kelinlarning dildoshligi,
Yor-yorlarning jarangidan;
Bosqinlarning bedodligi,
Buvilarning o‘gitlari,
Do‘mbiraning mungdoshligi,
Dutorning ham tarangidan —
Taralgan til — Ona tilim.

Asl durdona tilim

Asl durdona tilim

So‘zi qudratli, sirli,
Ham go‘zal, ham sehrli,
Go‘yoki tirik jondek,
Muhabbatli, mehrli,
Go‘zal jonona tilim,
Asl durdona tilim.

Dilimiz torjimoni,
Sen millatning mulkisan,
Chiroylisan, ko‘rklisan.
Fe’l-atvori, ruhini
Aks ettirgan ko‘zgusan,
Donishmand, dono tilim,
Asl durdona tilim.

Sensiz na ilm bo‘lar,
Na fikr, bilim bo‘lar.
Sen bo‘lmasang so‘zlarnnig,
Bag‘ri ming tilim bo‘lar.
Onajon, ona tilim,
Mening shohona tilim.

Ona tilim jonu dilim

Ona tilim jonu dilim

Bobolardan me’ros qolgan,
Butun olam e’zoz qilgan.
Bu dunyoda yagonamsan,
Ona tilim-jonu dilim.

Sen ancha vaqt orzu bo’lding,
Rus so’zidan juda to’yding.
Oxir o’zni tiklab olding,
Ona tilim-jonu dilim.

Реклама

Hozir juda go’zaldirsan,
Hamma tildan o’zing zo’rsan.
Zulmatdagi nurimdirsan,
Ona tilim-jonu dilim.

Men sen ila o’zbekdurman,
Sensiz men ham qul bo’lurman.
Allalar tinglagan tilim,
Ona tilim-jonu dilim.

Ona tilim jonu dilim — Latofat Bo’riyeva

Latofat Bo’riyeva ona tilim

Dilim yayrar so’zlaganda,
Nais qalam izlaganda.
Kundan-kunga chiroy ochding,
Ona tilim – jonu dilim.

Madhing dildan kuylay jo’shib,
Ohanglaring qo’shib-qo’shib.
O’rganarman sendan bilim,
Ona tilim – jonu dilim.

O’zbegimning iftixori,
Til millatning nomus ori.
Ardoqlaydi sevib elim,
Ona tilim – jonu dilim.

Mening kesilgan tilim

Mening kesilgan tilim

Mening tig’ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim,
Bahaybat to’g’on tushib,
Yo’li to’silgan tilim.

Реклама

Qushning unut patiday
To’kilgan unut jonim,
Kitoblarning qatida,
Rangi-ro’yi somonim.

«Eski o’zbek tili»mas,
Dedilar eskirgan til,
Qo’rqib chiqarmoqqa sas,
Sandiqlarga kirgan til.

Senda bodom isi bor,
Senda bobom isi bor,
Bolam na rus, na o’zbek,
Arosat belgisi bor.

Besh yuz yillar avvalgi,
Xatni men anglayman, bas,
Men bugun aytganimni
Bolam ba’zan tushunmas.

Ko’kragimda dod qotgan,
Yaqinlashar katta xavf,
O’z tilini yo’qotgan,
Xalq bo’lmasmi yerdan daf.

Oldga, safarbarlikka,
Qanday yaraydi bolam,
Ortidagi jarlikka,
Qanday karaydi bolam.

Uni kim qilib qo’ydim,
Kim bo’ldi og’am-inim,
Tomir-tomirim kuydi,
Sindi bo’g’in-bo’g’inim.

Реклама

Guli unut xalq bo’ldik,
Io’li unut xalq bo’ldik,
Ommaviy gunglik sodir,
Tili unut xalq bo’ldik.

Umrimning shom, kechiga
Shu o’y sanchilib turib,
«Lug’atit-turk» ichiga,
Yoshim tomchilab turib,
Dedim: — Tig’ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim.

Ona tilim — Sa’dulla HАKIM

Sa'dulla hakim - Ona tilim

Doʼstga dostu dugona tilim,
Begonaga begona tilim,
Beshigimda yagona tilim,
Ona tilim.

“Lugʼatit turk”, “Qutadgʼu bilik”,
Oʼzbegimni oʼstirgan ilik.
Odamiyga odamgarchilik,
Ona tilim.

Qizlaridek iffatli tilim,
Qardoshiga izzatli tilim,
Tilim, tilim va ilhaq tilim,
Ona tilim.

Ulus tilim, elat,xalq tilim,
Ulugʼ tilim, abad haq tilim,
Navoiyga zor, ilhaq tilim,
Ona tilim.

Ota boʼlib otlangan tilim,
Ona boʼlib shodlangan tilim,
Bola boʼlib yodlangan tilim,
Ona tilim.

Реклама

Boshimda bosh bor ekan, borsan,
Koʼzimda yosh bor ekan, borsan,
Toki quyosh bor ekan, borsan,
Ona tilim.

Bayroq haqida sherlar to‘plami

O‘zbek tili – mening ona tilimdir

O‘zbek tili – mening ona tilimdir

Gullasin Vatanim, yashnasin elim,
Baxt-u saodatdan yayrasin dilim,
Armoni yo‘q inson bo‘lay dunyoda,
Dilim quvonchini so‘ylasin tilim.

Ona tilim obro‘sin ko‘taray ko‘kka,
Men ham intilaman doim yuksakka,
Vatanga muhabbat tilga sadoqat,
Har kimni yetkazar ezgu tilakka.

O‘zbek tili – mening ona tilimdir,
Har bir kuy-g‘azali g‘uncha – gulimdir,
O‘z ona tilimni chin dildan sevmoq,
Bilaman, men tutgan to‘g‘ri yo‘limdir.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Navro‘z haqida sara sherlar to‘plami
  2. Ustoz va Murabbiylar haqida sara sherlar to‘plami
  3. Yil fasllari haqida sara sherlar to‘plami
  4. Yoz fasli haqida sara sherlar to‘plami
  5. Kuz fasli haqida sara sherlar to‘plami
  6. Qish fasli haqida sara sherlar to‘plami
  7. Bahor fasli haqida sara sherlar to‘plami
  8. Vatan haqida sara sherlar to‘plami
  9. Mevalar va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami
  10. Hasharotlar haqida sara sherlar to‘plami
  1. sultonboy:

    chotki masakan tufata

    • .......:

      uzing shunaqasan she’rlarga gap yuoq

    • Аноним:

      Zo’r sherlar ekan, menga juda yoqdi!

    • Nasi:

      Hech qanaqa barcha sherlar zor menga yoqdi hammasi

    • Begi:

      Uzing tufta

    • BadBoy:

      Zor ajoyib

    • Aziza:

      Rossa zor sherlar ekan

    • Аноним:

      Zor

    • Abdurahmon:

      Oʻzing tuftasan bilib qoʻy oʻqishni bilmagan jinni. Agar kallang ishlaganida tufta demagan boʻlar eding. Deding demak seni kallang yoʻq.Bu sheʼrlar juda ajoyib. kim sahifa aynan boʻlsayam rahmat inshaalloh baxtini bersin.

    • Abdurahmon:

      Oʻzing tuftasan sheʼrlar zoʻr rahmat menga juda yoqdi

    • Sabina:

      Assalomu aleyko’m. Menga barcha sherlar juda yoqdi. Ajoyib sherlar ekan, UzBaza.Uz saytiga kelgusi ishlarida omad tilab qolaman.

    • Mohizar:

      Yaxshi

    • Sitora:

      Assalomu alayko’m. Menga bu sayt juda yoqdi UZBAZA.UZ kanaliga omad.

    • Munisabonu:

      Assalomu alayko’m hammalaringa, sog’ salomat bo’lilar. Manga barcha til haqidagi she’rlar juda-juda yoqdi.

    • Guli:

      😏

    • Zahroxon:

      Mashaalloh juda go’zal she’rlar bor ekan. Menga yoqdi.

    • Temur:

      Assalomu aleykum barchaga, menga barcha sherlar juda-juda yoqdi, hammaga rahmat.

    • Dilyanora:

      👍🏻👍🏻👍🏻👍🏻

    • Charos:

      Zo’r ekan hamma sherlar. Manga juda-juda yoqdi, hammasiga rahmat ishlarizga omad, barchangizga va Uzbaza.uz saytiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

    • Asalxon Xajiboyeva:

      Zo‘rku hammasi ohirigacha o‘qib chiqing barcha she‘rlarni

    • Аноним:

      Sherga gap yoq

    • Аноним:

      Menga umuman yoqmadi yaxshimas ekan

    • Mardona:

      Juda zo’r she’rlar ekan. Menga juda ham yoqdi 😊

    • ???:

      Ajoyib sherlar. ammo õqishni bilish kerak

    • .......:

      👍👍👍

    • Nazira:

      Assalomu alaykum hammaga menga sherlar yoqdi. Sultonboy aka sizga bundan boshqa qanaqa sher kerak.? Sizni oʻzingiz tufta.

    • uzmuir:

      zo`rjuda

    • Shaxzoda:

      Juda zor sherlar ekan manga juda yoqti bu sherlarni tufta deganlani uzi tufta😜😁👏👏😍

    • Bye.:

      Zor sherlar gap yu zor . TUFTA DEGANI UZI TUFTA 😜😂👏👏😍

    • Муслима:

      Бу ердаги шеърларни хаммаси ёкди жудаям зор экан сазифа яратувчига рахмат каттакон

    • Xalilova Munisa❤️💓🌹👍👍💘💘:

      Juda ham zo’r she’rlar bor.Menga juda ham yoqdi.Yanada ko’paytiringlar.👍👍👍🌹🌹🌹🌹👍👍👍👍👍👍👍

    • Kitobxon jurnalist:

      Ajoyib eng sara she’rlar qoyil 😀👏👏

    • SHAXRIZODA:

      JUDA ZOR SHERLAR EKAN

    • SHahnoza:

      Bu she’rlarni o’zlaringiz yozganmisiz?

    • sabina:

      zor sherlar ekan

    • Sitora:

      Menga yoqdi raxmat 😃😃

    • Аноним:

      Juda yaxshi

    • 9:

      Juda zor

    • 😄😄😄:

      Chuda zõr sherlar ekan

    • Аноним:

      sherlarga gap yo’q o’ta go’zal

    • Saodatxon:

      Zor😍😍😍

    • L:

      Õch

    • Sabrina:

      Bõmaydi

    • Zubayda:

      Til haqidagi bu sherlar ichidan menga «Asl durdona tilim» deb nomlangan sher rosa yoqdi, bu sherni yod olib ota onamga aytib bermoqchiman.

    • Aziza:

      Juda zo’r, til haqidagi sherlarga gap yo’q.

    • Iroda:

      Juda ajoyib she’rlar bor ekan hammasini o’qib chiqishingizni tafsiya qilaman zo’r she’rlar ekan

    • MAHLIYO:

      JUDA JUDA AJOYIB

    • ...........:

      yo’q zo’r ekan kakras manga kerak edi shu she’rlar

    • Elbek:

      Ozing tuftasan

    • Madina:

      She’rlar Juda ajoyib

    • Jasur:

      hech bunaqa mas

    • Xon0007:

      Chindan ham uncalik yaxshimas ekandee

    • Pari:

      durdushmisan sherlar daxshat avval o‘zing shunday yoz keyin o‘qiymiz

    • BONU:

      Bu sherlarni yozishda shoir va shoiralarning qancha qimmatli vaqtlari sarflangan. Bõlmaydi tufti deganlar sher yozish chetta tursin sher nimaligini ham bilmaydilar. Bu sherlarni yozib biz yoshlarga qoldirgan shoirlarga qancha tazim aylasak ham kam.

    • Rano:

      Uzing yozolmagandan keyin hech bumasa boshqalarni fikrini hurmat qiii

    • .........:

      daxshat sherlar born elan menga juda yoqdi

    • Durdona:

      She’rlarga gap yuq zor👍👍👍👍 sultonboy o‘zing tufata

    • DILSHOD:

      ozing shunaqa sherlar yoz song tufta deb gapir undayam sani haqqing yooq

    • ADMERAL:

      og’zingni sarishta qilolmayabsanmi

    • nomsiz:

      sherlar shunchaki klass

    • sarvinoz:

      haaaaaa

    • Chexronbek:

      Yahshi menga yoqdi sherlar

    • Mustafo:

      Hamma sherlar manga yoqdi

    • Nozli:

      Ajoyib she’rlarku!

    • Bonu:

      Assalomu alayko’m, Bu sherlar juda ham go’zal, judayam manoli ekan manga juda ham yoqdi, kattakon raxmat.

    • Moxidil:

      Siz adabiyotni, sanatni tushunmas ekansiz, jim turing.

    • Аноним:

      Hammasi zo’r ekan, seni diding tufta…

  2. Аноним:

    qiziqarli va ibratli

    • UzBaza.uz:

      Fikringiz uchun tashakkur!

    • Dunyo:

      Juda zõr

    • UzBaza.uz:

      Dunyo qimmatli fikringiz uchun tashakkur izhor etamiz.

    • Kumushbegim:

      Topishmoq

    • Abduqayim:

      Zòr

    • Gulsanam:

      Juda zoʻr rahmat hammangizg
      🇺🇿😎🥰

    • Ism yashirin:

      Yoshlarga mos sherlar uncha yõq ekan😕

    • Lela:

      Menga ayniqsa 1-she’r yoqdi

    • charos:

      Juda chiroyli VA manoli sherlar menga yoqdi

    • Oʻgʻiloy:

      Sherlar juda zoʻr va juda ham manoli. gap boʻlish mumkin emas

    • Mansurmek:

      Bu sherlar juda kop manoli va doim yaxwilikka chorlaydi raxmad

    • Yusufxon:

      Sherlar juda qiziqarli va ibratli ekan. Sizga katta rahmat

    • Javohirchik:

      Zor ajoyib

    • Аноним:

      Salom menga bu sherlar juda-juda yoqdi, zo’r ekan barcha allomalarning barcha sherlari bor ekan, ishlaringizga omad tilayman.

    • yoq:

      yoqmadi

    • Tojinur:

      Ajoyib she’r

    • gullola:

      AJOYIB

    • Shabbona:

      Juda zo‘r menga yoqdi

    • islom:

      Ajoyib

    • Аноним:

      Ok

    • aziko:

      Qonuqarli. Yoshlarbop va yodlashga oson

    • Hayot:

      🌸🌸👏👏👏👍👍👍🌸🌸

    • Iroda:

      Yaxshi

    • Аноним:

      She‘rlar juda yaxshi. Hammasini yodlagilar keladi

  3. Ahrorbek:

    Sherlar juda ham zor. Faqat kichik satrlilari koproq bolsa yacshi bolardi

    • marjona:

      juda ajoib😗😗

    • Marjona:

      Juda chiroyli sher

    • Аноним:

      Ha

    • Go‘zal:

      Salom ahrorbek fikringgizga qo’shilaman

    • Davronbek:

      O’zing tuftasan. SHe’rni mag’zini chaqmagan inson tufta deydi. CHuvki uni o’zi tuftaligini hali bilmaydi. SHe’rlar juda ham ajoyib. Menga yoqdi, ishingizga rivoj tilayman. Bundanda ajoyibi yo’q…

    • UzBaza.uz:

      Davronbek assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan minnatdormiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

    • Аноним:

      Zor

    • Hayotjon:

      Juda ajoyib ekan zur

    • Munisa:

      Menga

    • Munisa:

      Menga juda yoqdi juda ajoyib raxmat😘😘

    • Goʻzal:

      Uzun satrli boʻlganda yaxshi boʻlardi

  4. Umida:

    Juda yaxshi

    • UzBaza.uz:

      Umida fikringizdan bag’oyatda hursandmiz.

    • mashxura:

      ajoyib

    • Nozima:

      Mega yopti juna chiroyli sherlar

    • diyora:

      bu sherlar juda ajoyib ekan manga yoqdi

    • Shahzoda:

      Bravo gap yo’q

    • Hadicha:

      Juda chiroyli tuzilgan

    • Maruf:

      toppa togri

    • Аноним:

      🖒🖒🖒🖒🖒🖒🖒🖒🖒🖒🖒🖒🖒

    • Hayot:

      Ajoyib sherlar rahmat☺☺☺

    • Ruhshona:

      Assalomu alaykum. She’rlar manga judayam yoqdi. Keyin she’rlarni «tufta» dgan inson…..sz oʻzingiz shunde she’r yoza olaszmi??? Kimmidir mehnatini bunaqqb oyogosti qlsh yaxshimas. Inson oʻzi boshidan oʻtkazmasa bilmidde hchnimani

    • Аноним:

      Hm

    • Iroda:

      Yaxshi. Yana bormi

  5. Magistr:

    Judayam chiroyli she’rlar!

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m. Qimmatli fikringiz uchun tashakkur.

    • Sevinch:

      Ha to‘g‘ri juda zor menga yoqdi

    • UzBaza.uz:

      Sevinch assalomu alayko’m. Bildirgan yoqimli fikringiz uchun alohida tashakkur.

    • Bakisyor:

      Zor

    • Durdona:

      Zo’r she’rlar ekan,juda yoqdi

    • Farangiz:

      Assalomu alayko’m. Til haqida sherlar, maqollar judayam yoqdi. Rahmat.

    • Malifesenta:

      sherlarning barchasi ajooyib ekan

    • ILXOMJON:

      Juda chiroyli sh erlar ekan 😎😍

    • VAZIRA:

      HA JUDAYAM CHIROYLI VA MANOLISHERLAR EKAN MENGA JUDA HAM YOQDI AJOYIB

    • Hayt:

      Juda ham chiroyli sherlar qoyil juda chiroyli

    • Nurhayot:

      Bu she’rlar juda ham zör. Chunki bu she’rlarni tagida ancha ma ‘no yotadi.

  6. Alishan:

    juda zor

    • Muslima:

      Zor sherla ekan yaqinlariga ham ulashaman 🥳😘🥰😍

    • UzBaza.uz:

      Muslima assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan xursandmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

    • Dilshodbek:

      Til haqida sheʼrlar va ruboiylardan bo’lsin iltimos sizlardan.

    • gdfdsyufgshdgcdsfc:

      yamon

    • Sarvinoz:

      Bular rossa manoli tarbiyaviy sherlar ekan zor👍😘

    • Charos:

      Menga yoqdi sherlar zuuurrrr ekan

    • Sabrina:

      Bõmaydi

    • Hayt:

      Juda ham chiroyli sherlar qoyil juda chiroyli

  7. Fazilat Boqulova:

    She‘rlar ajoyib tadbirbob.

  8. Fazilat Boqulova:

    Ajoyib , purma‘no she‘rlar Rahmat

    • Gulnora:

      Ajoyib qoyil👏👏👏

    • Аноним:

      Zo‘r

  9. Sardor:

    👌👌👌

    • Nomsiz:

      Juda zo‘r . Rahmat😍😍😘😗

  10. Maqsuda:

    Man izlagan she’lar.Rahmat JAMLAGANLARGA

    • UzBaza.uz:

      Fikringizdan mamnunmiz.

    • Hayot:

      Juda ajoyib

    • Munisa:

      Sherlar uchun raxmat

  11. Dinora:

    Til haqida kattalarga mos Manoli sher

    • cosmos:

      baladay

    • SHAHNOZA:

      SHE’RLAR A’LO .MENGA JUDA YOQDI.👍👍👍👍👍👍👍😊😊

  12. Аноним:

    Juda chiroyli

    • Malika:

      Juda chiroyl

    • Malika:

      Ajoyib

    • 7777:

      juda zor

  13. Kamila:

    Juda zo’r. Qoyil qolmasdan iloj yo’q!!! Tasanno.!!! Shu she’rlarni kim tahlagan bo’lsa o’shaning ota onasiga va ustozlariga rahmat!!!

    • UzBaza.uz:

      Kamila assalomu alayko’m. Avvalo bildirgan samimiy fikringiz uchun tashakkur. Kelgusida sizni yana web saytimizda kutib qolamiz.

    • Shoxrux:

      Narmalni sher yoqku

    • khan:

      zurekan yurtdoshlar !!!

  14. SEVINCH:

    ROSTANHAM SHE’LARINGIZ CHIROYLI

    • Munisa:

      Ha rostdan ham

  15. Gulsanam Ibrohimova:

    She’rlar juda ham ma’noli va maqbul. Kerakli manba bòlibdi.

    • UzBaza.uz:

      Gulsanam assalomu alayko’m. Bunaqangi fikrlarni eshitish bizga ilhom bag’ishlaydi.

  16. Аноним:

    Yordamingiz uchun tashakkur

    • Kumush:

      Juda zo’r she’rlar ekan

  17. Pari:

    Rossa zor sherlar kotta raxmat

    • UzBaza.uz:

      Fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz.

    • Mubina:

      Zor gap bolishi mumkin emas

  18. Madina:

    She’rlar zo’r. Har qanday yoshga mos she’rlar bor. Tadbirimga tanlab oldim.Katta rahmat

    • Lovely:

      Tōģri menga hamma she’rlar yoqdi yanada kōproq bôlsa yaxshi bŏlardi

    • Sabrina:

      💖💖👍👍👌😍😍😍🥰😘

  19. kamoliddin:

    Sherlari yaxshi zòr ekan menga yoqdi katta raxmat

    • Sevinch:

      zo‘r sher

    • Sabrina:

      💖💖👍👍👌😍😍😍🥰😘

    • Shahzoda:

      Menga juda yoqdi, qizim ham yodlab ustoziga aytib berdi, juda zo’r ekan.

  20. Habiba:

    Foydalanuvchilarga katta qulaylik yaratibsizlar. Rahmat. Juda xursand bo’ldik. Ishlaringizga omad. Charchamanglar.

    • UzBaza.uz:

      Habiba assalomu alayko’m. Avvalambor bildirgan samimiy fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz. Tashrifingiz uchun tashakkur.

  21. Feruza:

    Assalomu alaykum she’ringgiz juda mantiqli va mazmunli she’rlar uchun rahma😀😃😄

    • Alisher:

      Juda zor sherlar ekan. Hammaga maslahat beraman

  22. Munisa:

    Ismim haqida sherlar

    • Gulchehra:

      Ajoyib sherlar menga juda yoqdi

  23. Gulchehra:

    Ajoyib sherlar menga juda yoqdi

    • Sirli:

      Juda ma’noli she’rlar

  24. U_ijodkor_:

    Sherlar juda zur. Manoli va jozibador. Mening uzim ham uz ijodimdan sherlar yozib turaman. Barcha ijodkorlarga ulkan omad tilayman.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz. O’z ijodingizdan namuna jo’natishingiz mumkin, balkim sizning sherlaringizham web-saytimizga yuklanishi mumkin.

    • Gozal:

      👍👍👍👍👍👍👍👍👍

  25. Аноним:

    barakalla

  26. Аноним:

    Menga ham yoqdi. Zõr ekan👍👍👍

  27. Sirli:

    Juda ma’noli sherlar

  28. Sirli:

    Juda ma’noli she’rlar

  29. Nozima:

    Hamma sherlar menga yoqdi

    • Shaxzoda:

      Zudayam zur ayni kerak sherlar ekan raxmat

    • Buyuk:

      tente nas

  30. Аноним:

    Juda zor

  31. Аноним:

    Ofarin

  32. Nasi:

    Juda ham ajoyib sherlar barchasi zor menga yoqti

    • Zuhra:

      Menga yoqdi Kerakli she’rlarni topdim rahmat

  33. aziza:

    rahmat juda ham yoqdi

  34. Maryam:

    Sherlar juda gòzal

    • Ha:

      Menga ham yoqdi qaysisini yod olishni bilmayapman

  35. diyora:

    bu sherlr juda ajoyib ekan menga yoqdi

    • Shoxsanam:

      Juda..zur ekan hammasini uqidim

  36. Sanjar:

    Juda zórrrr

    • Kumush:

      Juda zor

  37. Oyzora:

    Judaxam zo’r sher chiqipti

  38. Kumish.:

    Juda. Qizix. Sh’rlar. Ekan. Menga. Yoqti

  39. Аноним:

    Nu narmalniy she’rlar

  40. Maxliyo:

    Judayam zór gap yóq shunaqa she’rlar kopaysin👌👌

    • Muslimahon:

      Til — millatning borlig’i degan she’r yo’q ekan!

  41. Неизвестно:

    Til — millatning bolig’i degan she’r yo’q ekan bu esa yaxshi emas!!😒

  42. sevinch:

    assalomu alaykum she’rlaringa tilojiz ishlaringa omad tilayman

  43. MARDONA:

    ASSALOMU ALEYKUM SHERLAR ZORRR

  44. jalil:

    gap yo’q digi digi

  45. Аноним:

    Raxmat menga katta yordami tegdi til bayrami uchun sherlarini yozib oluvdim

  46. Sofiya:

    Til haqida yanada ko’proq sherlar kutib qolamiz

  47. Imona:

    Juda zo‘r sherlar

  48. Imona:

    Juda ham zo‘r. Gap bo’lishi mumkin emas. Rahmat uzbaza.uz Menga juda ham yoqdi.

    • UzBaza.uz:

      Imona assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan bag’oyatda xursandmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

  49. 🌹🥀🌺:

    ASSALOMU ALAYKUM. VASILA ISMIGA HAM ILOJI BO’LSA SHE’R YUKLASANGIZ. OLDINDAN RAXMAT.

  50. Zabo:

    ASSALOMU ALAYKUM. VASILA ISMIGA HAM ILOJI BO’LSA SHE’R YUKLASANGIZ. OLDINDAN RAXMAT.

  51. ASADBEK:

    JUDA YAXSHI SHE;R EKAN

  52. 7777:

    yaxshi

  53. kukla:

    juda zo’r sherlar

  54. Shirina:

    Juda ham ciroyli soʻzlar bn tuzilgan sherlar ekan rahmat

  55. Oyfincha:

    She’rlarning hammasi zoʻr menga juda yoqdi

    • Baxriddin:

      Juda zõr

  56. Durdona.:

    Menga. juda. yoqdi. zo’r

  57. Sanamjon:

    Manga ham juda yoqdi 👍👍👍

    • Muhammad Ali:

      She’rlar juda yoqdi. Rahmat. Barchasi ajoyib va mazmunli. Oʻzimga keraklilarini topa oldim. Tashakkur👍👏

  58. Azizbek:

    yaxshi she’rlar bor ekan.

  59. SHodiyona:

    Juda zor

  60. Mahliyo:

    She‘rlar juda zo‘r gap yo‘q🤗👍

    • Аноним:

      Ha toʻgʻri she’rlar zoʻr

  61. Аноним:

    Zor

  62. Madina:

    Zoʻr

  63. Аноним:

    Yaxshi

    • Аноним:

      yoqmadi

  64. Аноним:

    Menga juda yoqdi.👍👍👍

  65. Muhammad Ali:

    She’rlar juda yoqdi. Rahmat. Barchasi ajoyib va mazmunli. Oʻzimga keraklilarini topa oldim. Tashakkur👍👏

  66. Аноним:

    Juda chiroli sherlar ekan

  67. Zebiniso:

    Juda ajoyib sheʼriy toʻplami bor ekan

  68. Jaloliddin:

    Menga juda yoqdi raxmat👍👍👍

    • Ruxshona:

      Menga ham juda yoqdi

  69. ???:

    Katta rahmat juda foydali

    • jonim:

      juda yaxshi she’r emas ekan. Yoqmadi. chunarlimi?

  70. Zulfiya:

    Ajoyib sherlar ekan

  71. ..:

    Juda chiroyli sherlar rahmat hamma sherlar uchun!

  72. Gulchehra:

    SHerlarga gapyo’q

    • Botirbek:

      Hmmmmm gap yo

  73. Gulsanam:

    Sherlar juda mazmunli va ma’noli ekan.Menga juda yoqdi 💖💖

    • Аноним:

      Zor ekan sherlar man ga yoqdi oxirgacha òqib chiqdim👍👍

  74. Malifesenta:

    sher juda zo’r$

    • Azizaxon Xushvaqtova:

      Avvalambor assalomu alayko’m. Menga yozgan she’rlaringiz juda ham yoqdi! Sizlarning ishingizga omad kasbingizga ulkan zafarlar tilab qolaman hamda UzBaza.uz saytiga ham o’z minnatdorchiligimni bildiraman!

  75. X.Ravshan:

    Eng yaxshi shellacr uchun rahmat

  76. X.Ravshan:

    Eng yaxshi shellacr uchun rahmat 👍👍✋🙋‍♂️😊

  77. Аноним:

    Juda ma’noli sōzlar

    • Asadbek:

      juda yaxshi

    • Siddiqa:

      Assalomu aleyko’m. Manga barcha sherlar yoqdi. UZBAZA.UZ ga rahmat.

  78. Zahro:

    Juda ajoyib sherlar

    • Аноним:

      To’gri aytasiz

  79. Asadbek:

    Ichida boshlovchilar aytadigan yani yaxshilari 2 ta 3 ta Ekan. Qolganlari ham yaxshi

  80. Asadbek:

    judfa-juda-juda-juda yaxshi

  81. Аноним:

    😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍💖Menga bu she’rlar juda yoqdi gap yo‘q.💖😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘

    • Аноним:

      Gapyo’q pro

  82. Dilafruz:

    Yaxshi sherlar meng ham yoqdi. Ishlaringizga omad

  83. Fayz:

    Juda zo’r bolalarimga o’rgatyapman borilarga shukr

    • aziko:

      Qonuqarli. Yoshlarbop va yodlashga oson

  84. Nomsiz:

    Juda zor werla manga yoqdi

  85. Afike n1:

    Gapyo’q pro

  86. Stop:

    Gapyo’q pro

  87. 007:

    SHE’RLAR JUDA ZO’R EKAN

    • Mehriddin:

      tug’ri

    • LOSER123:

      Rostan ham zor sherla ekan tufta deganlani uzi tufta😒😍🤣👏

  88. Mehriddin:

    sherlarga gap yu

  89. Sirli qizaloq:

    Zo’r gap bolishi mumkinmas

  90. Tohira:

    Menga juda yoqdi.

  91. 😎😎😎:

    Juda yaxshi she’rlar ekan rahmat kattakon ishlaringizga omad👍👍👍👍👍

  92. Hulk:

    Juda zo’r!!!!!

  93. Mavjuda:

    Rahmat. Yaxshiliklaringiz ollohdan qaytsin.

  94. LOLA:

    ADABIYOTIMIZ YUKSALAYOTGANIDAN XURSANDMAN SHOIRLARIMIZGA TASANNNO

  95. Zilola Abduganieva:

    She`rlar uchun rahmat manga juda yoqdi

  96. Аноним:

    Juda ham tushunarli so’zlar bilan yozilgan she’rlar bor ekan rahmat hammalaringa👏👏👏

    • SHahnoza:

      Salom she’rlarni ba’zilarini o’zlaringiz yozganmisiz?

    • Аноним:

      Ha

  97. Fotimaxon:

    She’rlar zõr Tufta digan kishini ma’naviyat ôlik ekan ahmoq

    • Nozli:

      To’g’ri manaviyati pas inson ijodni tushunmaydida!

  98. Диёр:

    салом шеърлар жуда яхши

  99. Диёр:

    шеърлар жуда яхши

  100. Аноним:

    Elmurodjon vaMohiniso sheʼr juda ajoyib va betakror ekan .Rahmat

  101. Elmurodjon vaMohiniso:

    Elmurodjon vaMohiniso sheʼrlar juda ajoyib va betakror ekan .Rahmat

  102. Adham:

    Sherlar juda ham yoqdi

  103. ..........:

    manga ko’pro »Asl durdona tilim» she’ri yoqdi. qoganiyam zor.

  104. Dinora:

    Sherlar juda chiroyli sherlarni yomoni bomiydi sherlarga gap yogu lekin kamro ekande yanada kopro bosa zor bolardide

  105. Dinora Norboyeva:

    Sherlar juda chiroyli ekan

  106. Nomalum:

    Juda yaxhi ekan

    • Farangiz:

      Sherlar juda-juda yoqdi, maʼnoli mazmunli sheʼrlar ekan!

  107. Ifora:

    Qoyilmaqom🥰🥰🥰

    • Ominaxon:

      Zõrakan yahshi bõladi lekin manga yoqdi💐💐🥰🥰🥰👍

  108. Shahrizoda Charos Jasmina:

    Juda yaxshi manoli sherlar ekan juda yoqdi🥰🥰🥰🥰🥰🥰👍👍👍👍👍👍

  109. Аноним:

    Zor sher

  110. Аноним:

    Assalomu alaykum manga ushbu sherlar to‘plami judayam yoqdi zo‘r ekan qoyil yaratgan odamga omadini bersn Inshaalloh

  111. Muxlisa:

    Juda zõr sherlar. Ijodingizga omad

  112. Аноним:

    Yaxshi, zor hamma sherlar

  113. DILSO'Z:

    SHe’rlarga gap yo’o’o’q.

  114. Dilimdagi so'zim:

    she’rlar judayam ajoyib

  115. Аноним:

    Judayam zo’r she’rlar ekan qoyil qoldim

  116. Dilya:

    Sherlar juda yaxshi mas lekin

  117. Аноним:

    Rahmat katta

    👍☝👍👍👍👍👍👍

  118. Sevinch:

    👍👍

  119. Аноним:

    Ижод ахлига омад

  120. Dilnura:

    She’rlarga gap yoq👏👏👏

    • Feruzaxon:

      Assalomu alayko’m menga bu she’rlar juda yoqdi. Ishlaringa omad tilayman.

  121. Jalilov Sadaddin:

    O’zbek she’riyatining durdonalari. Barcha mehnat qilgan insonlarga ofarin va minnatdorlik bildiraman. Shuningdek barchaga omad tilayman.

  122. Bibisora:

    JANATGA OSHIQMAN!

  123. Gulirano:

    Zo’r manga yoqdi. Bunaqa she’rlarni o’qib mazza qildim. UZBAZA.UZ kanaliga omad.

  124. Shahnoza:

    Menga she’rlarning hammasi yoqdi, bu ajoyib to’plam ekan 👍 ❤

  125. Davlat:

    She‘rlarga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Juda zo‘r chiqibdi menga yoqdi.

  126. Mehrangiz:

    Bolalarga mos yaxshi sherlar ekan.

  127. Ruxshona:

    Juda ajoyib va zo’r she’rlaar, gap bo’lishi mumkin emas, kattakon raxmat.

  128. Аноним:

    Juda zo’r sherlar ekan, rahmat kattakon, omadlaringni bersin, ishlaringa rivoj.

  129. Sardorbek:

    Juda zo’r sher ekan, mashetda yozganlardan bittasi sher yoqmadi debdi, nimaga yoqmedi bulardi hammasi zo’r.

  130. Nargiza:

    She’rlar juda zo’r. Rahmat shundy chiroyli she’rlar uchun. Uzbaza.uz zo’r 👍.

  131. Sevgi:

    Menga juda yoqdi. Salomatlik tilab qolaman sizlarga. Ishlarizda omad. MIRHILOLOVA ZEBO’ning nomidan rahmat.

  132. Yulduz:

    Juda ham yaxshi sherlar bor ekan, yodlab nutqimizni o’stirsak ham bo’larkan, ushbu UzBaza.uz sayti juda ham zo’r ekan.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *