Zulfiya Isroilova barcha sherlari

Zulfiya Isroilovaning barcha sherlari to‘plami — Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida degrez oilasida tugʻilgan.

Zulfiya Isroilova sherlari to'plami

Ne baloga etding mubtalo

O’tdi oylar g’am bilan oqibat,
Dil topmadi zarra tasallo.
Firoqingda qoldim tutoqib,
Ne baloga etding mubtalo!

Ko’z ochgani qo’ymaydi alam,
Boshim qo’ysam kuydirar bo’lish.
Yupatolmas kitob va qalam,
Misralarim ko’tarar nolish.

Nahot shuncha mas’um, shuncha pok,
Sevishmoqda olam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.

Tog’day bor deb bilgan yuragim,
Qush boshicha qolmadi chog’i?
G’amni yengarman deganim sarim,
Yana ortar olami, dog’i.

Erib ketmagandim sevgingdan,
Bo’lmaslik-chun baxtingdan dzyudo,
Birga qolish uchun sen bilan,
Kuyaman-u, bo’lmayman ado.
Ruhim seni istaydi.

O’g’lim, sira bo’lmaydi urush

To’lisharmi o’lkada bahor,
Quyosh kezar osmon ko’ksida.
Qaldirg’ochlar qanotmi qoqar,
Undan soya labi ustida.

Mana, o’g’lim labi ustida,
Qaldirg’ochning mayin qanoti.
O’spirinim toza ko’ksida,
Kunda oshar yangi his toti.

Bo’yi oshib ketdi bo’yimdan,
Bosa olar ko’ksiga boshim.
Sevgim qurib bergan uyimda,
O’sdi mening katta yo’ldoshim.

Yurak to’la shodlik, mehr, baxt,
Uning ko’zlariga boqaman.
Nigohiday tiniq va yorqin,
Orzu to’lqinida oqaman.

Orzulari qalbimga ziynat,
Hayotidir ko’zim qorasi.
O’kinaman, ba’zida faqat,
Yonida yo’q, uning otasi.

Urush! Noming o’chsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko‘p xonadonda,
Ota nomli buyuk shodlik kam.

Yulding ota demak baxtini,
Juda murg’ak go’daklarimdan.
Yaxshi ham bor shunday Vatani,
Dalda bo’ldi yuraklarimga.

Ota bo’lib soldim men yo’lga,
Ona bo’lib mehrimga oldim.
Mana, yurtga o’g’il o’stirgan,
Bir davlatmand boy bo’lib qoldim.

Qancha ishonch, umid baxsh etar,
Ham Vatanga, ham menga bu dil,
Qoya kabi yonimdan chiqib,
Suyan, –deydi, –kiftimga dadil.

Men onaman, mening yuragim,
Farzandlarim quvonchiga kon.
Dil orziqar, ba’zan tilagim,
Vahimalar o’ragan zamon.

Yo’q, urushning nomi ham o’chsin,
Mening o’g’lim kerak hayotga.
Istamayman, uning dudlari,
Qo’nsin labi uzra qanotga.

Bas, bas, ezgu onalar qalbi,
Yashay olsin bexavf, baxt bilan.
Mehnatimiz, g’azab, sevgimiz,
Tinchlik, deydi butun xalq bilan.

Ko’krak suti va mehnat bilan,
Biz jahonga berganmiz turmush,
Ona qalbi oyoqqa tursa,
O’g’lim, sira bo’lmaydi urush!

Madhiya haqida sara to‘plami

Bahor keldi seni so‘roqlab

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor,
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi,
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
U ham yosh to‘qdiyu, chekildi nari.

Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog‘larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqdi.

Topmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldiyu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.

Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan,
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…

So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan,
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga,
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.

Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldiyu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:

«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan,
«Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab».
Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?

O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga,
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qanday ishkqa to‘lib boqardi tongda,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida,
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.

Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol?
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?»

Qanday javob aytay loldir tillarim,
Baridan tutdimu, keldim qoshingta.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamdan tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdilar chok-chok.

Gulu rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq,
Bu qo‘shiq naqadar oshino, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

Bahorga burkangan, sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.

Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh?

Sog’inganda izlab bir nishon,
Qabring tomon ular edim yo’l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog’ ‘men eltaman gul.

Keldim. Uzoq qoldim men sokin,
Sening aziz boshingda yolg’iz,
Osmon tiniq edi va lokin,
Parcha bulut yetib keldi tez.

Ko’kda mening boshimda turib,
Go’yo yuragimda qalqdi u.
Kozimdagi yoshimni korib
U ham to’kdi yoshini duv-duv.

Biz yig’ladik tepangda shu kun,
Keldingmi deb ko’tarmading bosh.
Ayt-chi, senla baxtiyor ular,
Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh?

Xotira va Qadrlash kuniga sherlar to‘plami

Sen qaydasan yuragim

Qalb ishlash yiroqda,
Iroda ekan ojiz.
Do’stlar ham ko’p atrofda,
Ammo men yakka-yolg’iz…

Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen, sirdoshni qidirib,
Xayol ketar izingdan.

Qayga ketding, yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Tilda hasratim qat-qat.

Ko’pdir aytajak so’zim,
O’gitlaringga zormen,
Yig’laysan deb do’stlarim,
Ta’na qilar. Netay erkaklarmi?

Sovush bermaydi menga,
Yoqib ketganing olov.
Netay, yetmayman senga,
O’rtaga tashlangan g’ov.

Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi.

Bog’lar qiyg’os gulda

Bog‘lar qiyg‘os gulda — yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog‘ mehnat-u hosilga vatan,
O‘zga ko‘rk, o‘zga rang har bir daraxtda.

Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.
Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,
Biri biri uchun qudrat, himoya.

Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz,
Bilmam, qayda tole’ serzavq, serjilo?
Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz,
Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo.

Bir qardosh tinchisiz — o‘zga beorom,
Birining nonisiz — o‘zga emas to‘q…
Bu — qadim dunyoda yangi bir olam,
Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.

Tayanch bo‘lmasaydi odamzot albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt

Men o‘tgan umrga

Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.

Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa — telbacha suydim.

Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.

Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.

Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:

Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,

Izzat nima — bildim.
Shu-da bir yashash!..

Qayda o‘z sevinchim…

O‘qilmagan maktub,
Taqilmagan ziynat,
Nodarkorlar ichra yotar kesakday,
Uzoqroq,
Xilvatroq kunjakka irgit,
Naq jarroh pichog‘i — kayfing kesarday!
Shunday ham nobutun ko‘ksing qo‘ysin tinch!
Tuhfalardan baland,
Sinchkovlikka yot,
Sevinch!
Qayda o‘sha qaytmovchi sevinch?
Qo‘lga tutolmagum bebaho bisot!

So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sherlar to‘plami

Sog‘inib

Shu kunlarda bahorga zorman,
Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.
Kuz singari za’far ruxsorman,
Mevalar ham shoxlardan uzuq.

Shu kunlarda bahorga zorman,
Tanxastalik ezadi ruhim.
Tanho emas, qatorda borman,
Yana neni izlaydi suqim?

Shu kunlarda bahorga zorman,
Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.
Yaxshiyamki, qalamga yorman,
So‘zlab turar bor dilimni ul.

Shu kunlarda bahorga zorman,
O‘z bahorim kabi bemisol.
Bahor qaytmas, yonuvchi qorman,
Yo no‘noq qo‘l butagan nihol.

Shu kunlarda bahorga zorman…

Balki

Ko‘zingda chaqmoqqa o‘xshash o‘tli nam,
Ranging siniqishi, lab titrashi sir.
Balki, hisni bo‘g‘ib, irodangga jim,
Yolvorasan, kuch ber, bo‘lmay deb asir?

Ko‘mib yubormoqchi sen tul yoshliging,
U — faqat yashnashga qodir tabiat.
Balki, baxt bekasi atagan kishing –
Ruhi ham istamas xazoning bevaqt?

Bilsang, daraxtni sindirar bo‘ron,
Nihol bo‘lsa, yana o‘sar gurkirab.
Balki, yo‘q ta’nalar, andisha, gumon,
Baxtga haqqing yutar, diling zirqirab?

Yarim taqdir go‘yo siniq ko‘zgumish,
Hayot taqozosi baxt bekamlikdir.
Balki, to‘kqiz guling bilmasdan so‘lish,
Pok hisning amriga kirmak kerakdir?

Navro‘z haqida sherlar to‘plami

Nevara

Nevaram quyunday otilib kirib,
Qalamim tagidan qog’ozni yular.
Damda varrak yasab ko’kka uchirib,
Izidan qop-qora ko’zlari yurar,

Varrak tortar shekil, murg’akni kuch-la,
Oyoq tirab siltar dakani kibor,
Ayrilib qog’ozdan, she’rdan va hushdan,
Boqaman varrakboz jonga baxtiyor,

Naq bobosi siyoq zehnday tiyrak,
Ko’kish alangada yonar sochu qosh.
Borlig’i ezgu bir o’tganda kerak,
Tomirlarda qonmas, kezadi quyosh.

Daka varrak tiniq zangori fazo,
Tubiga intilar, sho’ng’ir naq xayol.
Talpingan ko’ksingda, bolakay ne bor,
Sen iqbolga, senga ne tutar iqbol?

Nevara bo’lmasa, odamzod albat,
O’zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

Sensiz

Mana, bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,
Tobuting boshida cho’kkanimda tiz,
Farzandlar ko’tardi rejimdan tutib.

Shundan beri tikman. Har nega qalqon,
Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga.
Birov azasida yig’layman qon-qon,
To’yida yayrayman o’xshab ohuga.

Ammo qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg’ular zoriga solganda quloq.
O’zni zaif, chanqoq sezganda goho,
Alamdan beraman javobsiz so’roq:

Tirik ekan nega tashlab ketmading?
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog’i tortmadi sani,
Edi nigohingga bor jannat ochiq,

Seni majnun etib bir yer go’zalali,
Nega meni tashlab ketavermadingmi?
Tirik ayrilishning dog’I nazoratmish,
Xo’rlik kemirarmish umrni chaynab!

Bu-mudhish egovga berardim turish,
Ketsang ham menga jon tuyg’undan aynab.
Bilardim, qaydadir olasan nafas,
Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik.

Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas,
Hozirgi qadaming kechadan katta.
Nega, nega meni tashlab ketmadingmi?
Bilaman, rashk meni etardi halok,

Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim,
Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok,
Hayotda men uchun qolarding tirik,
Qalaming mujdasin kutardim mushtoq.

Ma’yus taqdiringga yashab men sherik,
Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq.
Nega tirik ekan tashlab ketmading,
Tashlab ketmading-da, nazorat ketmading?!

Mushoira

Go’zal tuproq uzra quyiladi oqshom,
Kunduz olar dam,
Jo’shqin mushoira etadi davom,
Do’stim, kel sen ham!

Bunda uzoqdagi do’st bo’lar yaqin,
San’at, mahoratning bayrami bunda.
Qofiya, so’z, misra bahslari qizg’in,
Yuraklar davraga kiradi bunda.

Qay dil chamani boy, jozib nafasi,
Kimning fikri o’tkir, teran, bokira?
Bu gurung – shoirlar musobaqasi –
Sharq she’riy chamani, bu mushoira.

Hind tuprog’i uzra quyilib oqshom,
Kunduz olgach dam,
Jo’shqin mushoira etadi davom,
Do’stlar bo’lib jam.

Yuraklar jo’r ekan, ovoz hamohang,
Zarra ehtiyoj yo’q muhtasham zalga.
Bu she’r bog’ida go’zal, rang-barang,
Qo’shiq solib kelgan har shoir dilga.

Nil qudratin jo’shib kuylar bir shoir,
O’zgasi Gang misol qilar zamzama.
Faqat mango nusxa ajoyib chodir,
Bu go’zal davraga ajib boshpana.

Bengal ko’rfaziday ko’k edi oqshom,
Atrofda tabiat olardi nafas.
Rang-barang chiroqlar shu’lasi beson –
Osmon ko’zlarida etar edi aks.

Salqin sohillardan esgan shabboda,
Goh olib kelardi gullar bo’yini.
Goh hindu qiz kuyin, goh yaqin bog’da –
Sayragan anvoi qushlar kuyini.

Lekin hokim edi davrda ilhom,
Va jasur qalam.
Jo’shqin mushoira etardi davom,
Do’stlar bo’lib jam.

O’zbek supasiday sahnada gilam,
Chiroqda yonardi go’yo kamalak.
Sehr-u muhabbatin ko’rardi baham,
Haqiqat va nurga intilgan yurak.

Sahnaga chiqardi sipo va vazmin,
Chinor ham, nihol ham she’r chamanidan.
Keksa-yu yosh ota-yu farzandday yaqin,
Yonma-yon do’stlikning bu bayramida!

Sharqning ham buzilmas odatlari bor,
Hindlar udumiga qilamiz amal.
Chordana quramiz mehmon va mezbon,
Kamalakrang gilam uzra bemalol.

Poygakda yechilgan xil-xil poyafzal,
Mening nazarimda o’zi bir dunyo.
Har biri o’zida mehnat va go’zal,
Eli tuprog’ini keltirgan go’yo.

Ajib Hindistonning mohir, mirishkor,
Kosibin san’atin qilib namoyish,
Hindlar sandallari tizilgan qator.
Sandal daraxtidan yasalgan emish.

Juda soz! Albatta kiyib birini.
Safarga do’stlar-la men ham chiqaman.
Har qo’lga tutqazib xalqim mehrini,
Buyuk Hindistonni yayov kezaman!

Xitoyning bejirim, Bog’dodning puxta,
Oyoq kiyimlari turar yonma-yon.
Qarayman, Seylon bor va boshqa juftda,
Eron kosibining san’ati ayon.

Mo’g’ulcha etiklar Panjob kashfiga,
Ertak so’zlaganday egilib turar…
Ko’zlar quvonadi inson ishiga,
Shod etar tuprog’-u, mehnat va hunar.

So’ngra tevarakka sezdirmay sekin,
Men ham tuflimga tashladim ko’zim.
Yomon emas, Ahmad, mohir, kamtarin,
Vatandosh, ishingga olqish o’qidim.

Bilaman, sening ham bunda do’sting bor,
Balki Bombeyda u, balki Kashmirda.
Qayerda bo’lmasin xuddi sen misol,
Yashaydi davrada yangragan she’rda!

Chodir ichi gavjum, ko’zlar muntazir,
Mikrofon oldida davr sohibi:
Kumushday sochida jilvalanar nur,
Ko’zida yoshlikning so’nmas yolqini.

Nelarni ko’rmadi bu ko’zlar? Yurtda,
Ko’z yoshi daryoday oqqanin eslar.
Iroda va umid toblanib o’tda,
Qari haqsizlikni yoqqanin eslar.

Endi Hindistonning ustida oftob,
Shuning-chun yosh, dadil, munavvar boqar,
Bizni she’r bahsiga qiladi xitob,
Qo’shiq yuraklardan daryoday oqar.

Go’zal tarjimondir zangori oqshom,
Har yurak hamdam.
Bizning mushoira etadi davom,
Do’stim, kel sen ham!

Mana, musiqaday, sevgiday mayin,
Davraga kiradi Panjob bulbuli.
Nafis satrlari yoniq o’tdayin,
Jasur jaranglaydi onalik dili.

She’r o’qiydi Nepal, Vetnam, Xitoy,
Rus, tojik o’qiydi she’rini sarbast.
Qora alangaday soqolli singxlar,
Qorday oq libosli bengallar, hindlar.

Zavqidan tebranib naq to’lqinli soy,
Tinglardi hayajon og’ushida mast.
Qo’shiq-chi?
Goh kurash, goh qiz sevgisi.

Goh ko’kdan non kutib ko’r bo’lgan nigoh,
Goh go’dak kulgusi, goh banan isi,
Surmali ko’zlarning nozi bo’lib goh,
Goh bo’g’iq haqiqat dod, hayqirig’i,

Gohi yulduz kabi yiroq, yorqin baxt.
Qullikka sanchilgan g’azabning tig’i,
Goh erk tantanasi bergan adolat,
Osiyo, Afrika kartasi bo’lib,

Hayot alamiga, baxtiga to’lib,
Kirib kelar edi dildan dillarga.
Yellar misralarni dillardan yulib,
Million yo’llar bilan butun ellarga.

Ketardi go’yo bir samimiy sayyoh,
Yolqin qanotida do’stlik va mehr.
Go’yo sharqliklarning baxtiga guvoh,
G’arbni chorlar edi davraga she’r.

Ey latif, fusunkor hind oqshomlari,
Ne sehr bor edi zangor qo’yningda?
Tinglovchi va shoir hayajonlari,
Bu ulkan qalb bo’lib tepar to’lqinda.

Yangi kuy, yangi o’y olib shoirlar,
Daraga kelardi, kelardi hamon.
Dillarni payvandlar edi satrlar,
Do’stlik, qardoshlikning ko‘prigisimon.

Yor-u birodarning mehriga serob.
Yurakday davramiz borar kengayib,
Jafokash qoniga solib oftob,
Ko’zida qalbning oqligi yonib

Afrika farzandi o’qiydi she’r.
Irmoqday quyilar tinchlik so’zlari.
Orom og’ushiga kirgan bo’lar yer,
Yorqinroq chaqnaydi ko’k yudduzlari.

Sen ermak emassan, sen non, sen orom,
Orzu pokiza.
Sen hayot! Hayotni kuyla sen mudom,
Ey, mushoira!

Sen chorla, ovozing eshitsin jahon!
She’rning urib turgan yuragi bo’lib,
Hayotning eng ajib kuyiga to’lib.
Davramizga kirsin ishchi va dehqon,

Hayot san’atkori eng oddiy inson.
Balki u she’r yozib, o’qimagan ham,
Ijodning lazzatli dardi begona.
Kurashi –qalbida qaynagan ilhom,

Kitobi –erkka ishq, orzu va g’oya.
Mayli, o’rin olsin, bu shonli safdan,
Shoirlar kuyiga bo’lsin hamovoz.
Mehnat-la yaratgan saodat, baxtdan

Naql etgan misralar keng qilsin parvoz.
Hayot go’zalligi she’riyatining,
Yoniq nafasiga to’lsin bu jahon.
Xavfdan xalos bo’lgan bashariyatning

Qo’shig’in to’qisin ozod, tinch inson.
Davramiz mehrga to’liq bir olam,
Do’stlar bari jam,
Buyuk mushoira etadi davom,

Kelingiz, siz ham!

Askarlar va Harbiylar haqida sherlar to‘plami

Qatra

Ko‘zdan, so‘zdan, qo‘llardan uzoq,
Bukun senga to‘lar ellik yosh.

Go‘yo maysa ellik yoshlik naq —
Ellik yoshday boqadi quyosh.

Qalam, qog‘oz yozuv ham go‘yo,
Ellik yoshli yetuk va yaqin.

Hamma real, xayol va ro‘yo,
Hijron, sevgi, yog‘in va chaqin.

O, arablar! Tasanno sizga,
Hikmatingiz keldi menga qo‘l.

Debsiz. «Eng cho‘ng, uzoq masofa,
Dil bilan dil aro yotgan yo‘l».

Shu cho‘ng, uzoq yo‘l boshidan man,
Intilaman qalb bilan qalbga.

Men she’rdan ko‘prik tashlayman,
Uzr aytib dono arabga.

Ponamisol yorib taqdiring,
Men kirmayman uyingga zinhor,

Zero, hech on baxting va mehring,
Fikring chulg‘ab bermadim ozor.

Lekin bukun do‘stu raqib jam,
Xo, do‘st deb sev, xo raqib deb quv,

Ertaklarda bo‘lganday men ham,
Keldim, bo‘lib dilingga g‘uluv.

Darkor emas na poygah, na to‘r,
Qatraga barg ham, kosa ham joy…

Endi seni azob va huzur,
Girdobiga olar hoynahoy.

Bo‘sh qadahni qo‘yasan sekin,
Shuhrat-hurmat va sharobdan mast.

Nedur senga yetmayin lekin.
Bir nuqtaga boqasan loqayd,

Go‘yo hamma g‘oyib bo‘lganday,
Birdan o‘zing sezasan yolg‘iz.

Qo‘l cho‘zasan sipqormak-chun may,
May tutaydi o‘tsiz, olovsiz.

Tutamog‘i etar betoqat,
Va kayfingdan qolmaydi asar.

Chunki qadah tubida tomchi,
Bir bulbulning ko‘z yoshi qadar —

Shaffof, quruq, otashga to‘liq,
Alangasiz turadi yonib,

Unda shodlik, kayfu safo yo‘q.
Icholmaysan bu mayni qonib.

Kim bilar, u ne? Jigar qoni,
Yig‘lanmagan ko‘zing yoshimi?

Yo bo‘sadan yot lab fig‘onin,
O‘t jismiga yashiringan nami?

Yo qo‘rqoq ishq zaif jur’atning,
Ikki boshga solgan qamchisi.

Yo ayolning qalbi hovurining,
Muzga tegib singan tomchisi.

Nima bo‘lsin, shu yetim qatra,
Menman, menman, men o‘zim faqat,

Sen bu tutoq olovdan saqlan,
Ichma, bu may na kayf, na-da baxt!

Tun

Tog ‘ortiga o’tib ketdi kun,
Sokin cho’kdi toza, salqin tun…

Men deraza ochganim chorbog‘,
Sokin uxlar tun ko’rpasida.
Mayin qo’shiq yoyilar har yon,
Esib o’tgan yel o’tkirida.

Suv oqadi allalab tunni,
Hamma uxlar, uyda men uyg’oq,
Parcha qog’oz, kichik bir qalam,
Boshim uzra porlaydi chiroq.

Tunda qancha xayol, qancha kuy,
Men berilib quloq solaman.
So’z topolmay ifodasiga,
Rang qidirib shoshib qolaman.

Sof yel esar … Parvona uchar,
Chiroq yordamida o’rgilib,
O’zin urib qismi bo’ladi-yu,
Stolimga tushish.

Men yozaman, yulduzlar o’tar,
Har birisi so’ylar bir ertak.
Mana, Hulkar qarshimda chaqnar,
Yorqin tongdan qilingan darak.

Tun dastur, yana chorbog’dan
Ko’tarilar sahargi tuman.
Men-chi, asta chiroq so’ndirib,
Otayotgan tongni kutaman.

Ko’zlarimda erib ketdi tun,
Yoyiladi davomiyligi juvon kun…

  1. Komila:

    Barchaga salom, bir so’z bilan aytganda barchasi alo darajada. Zulfiyahonimga biz uchun shunday sherlar qoldirganiklari uchun tashakkur aytib qolamiz.

    • Asalinka:

      Salom hammaga menga Zulfiyahonmni sherlari juda yoqadi, ayniqsa «Og’lim sira bo’lmaydi urush» sheri.

    • Erka qizaloq:

      Zulfiya honim sherlari juda ma’noli, ammo ozroq uzun, yodlashga qiyin 😊

    • Oybarchin:

      Insoniyatga salom. Bu she’rlarda o’zgacha sehr va chuqur ma’no mujassam desak mubolag’a bo’lmaydi. Shoiramiz ijodiga tasannolar.

  2. Zebiniso:

    Barchaga Assalomu alayko’m. Zulfiyahonim sherlarini bari menga rosa yqodi. Hammalaringizga katta rahmat.

    • Ma'mura:

      Men barcha dildan yozilgan sheʼr-u gʻazallarni yoqtiraman.

    • Malika:

      Menga Zulfiyaning sherlari juda juda yoqdi, va sherlaridan yod oldim, sizlarga kottokon rahmat 😘

    • Bonu:

      Assolomu alaykum barchaga. To’g’ri Zulfiyaxonimning sherlari ajoyib va manoli. Yodlasa unutilmaydi. Zulfiyaxonim ayollarning eng yaxshi tasviri.

  3. Dilbaroy:

    Salom hammaga, man Zulfiyaning she’rlarini topdim va yod oldim, manga juda yoqdi, sizlarga kottakon rahmatlar.

  4. Maxfirat:

    Zulfiyaxonim sheʼrlari juda maʼnoli. Barchasi sheʼrlarini suyib oʻqiyman.

  5. Gavharoy:

    Menga ham juda-juda yoqdi, raxmat hamma-hammangizga, sog‘ bo‘linglar. Zulfiya honimga ham kattakon raxmat 🖤

  6. Muattarxon:

    Juda ham yoqdi, rosayam zo’r. Lekin menda bitta muammo bor, mani ismimga hech kim she’r yozmabdi, iltimos meni ismimga ham she’r yozinglar.

  7. Marvarid:

    Menga juda ham Zulfiyaxonimning sherlari yoqdi, mazza qilib o’qidim.

    • Zahro:

      Manga judda ham yoqadi Zulfiyaxonim sherlari.

  8. Safarova Sitora:

    Men «Salqin Saharlarda» Hamda «hayot kitobimni» sherlardan juda tasirlandim va Zulfiyaxonimning shunday sherlari borligidan tasirlanib ketdim, raxmat.

  9. Maʼrifat:

    Chiroyli sheʼrlar ekan, rahmat menga juda yoqdi, mazza qilib oʻqidim 👍

  10. Sarvinoz:

    Assalomu alaykum. Zulfiyaxonim she’rlari juda ifodali mazmunli tarzda yozilgan. Bizga ham Zulfiyaxonimga o’xshash nasib etsin. 👍

  11. Gulnoza:

    Menga Zulfiyaxononimning barcha sherlari yoqadi, sizlarga katta raxmat.

  12. Ripsigal:

    Bu she’rlarda haqiqatda ma’no bor. Hayollar og’ushiga olib ketadi insonni.

  13. Diyora va Bahoroy:

    Zulfiyaxonimning sherlari juda manoli, biz Zulfiyaxonimning sherlarini sevib o’qiymiz.

    • Muslima:

      Men Zulfiyaning sherlarini maroq bilan oʻqiyabman, katta rahmat.

  14. Muslima:

    Assalomu aleyko’m. Zulfiyaxonim yozgan sherlari juda ajoyip, bizga ham shunday serqirra shoira bo’lish nasib qilsin.

  15. Shalola:

    Menga ham Zulfiyaning sherlari juda yoqdi, hamma sherlari mazmunli bitilgan.

  16. Aisha:

    Mening fikrim quydagicha. Men 1-mart Zulfiyaxonim Isroilvaning tavalludi har qanday yurtda nishonlanadi. Chunki Zulfiyaxonim halqga tanilgan shoira, chunki bu shoira ko’p sherlar yozgan. Zulfiyaxonim Isroilvaning turmush o’rtog’i hamid olimjon. Zulfiyaxonim Hamid Olimjonga atab «HAYKAL» nomli she’r yozgan.

    • Modest:

      Ho’p, tavallud kuni 1-mart ekan, bunga uning turmush o’rtog’i, undan ham avval unga atab yozgan she’rini nima aloqasi yozayotganda nimalarni o’ylaganizi bilmadim-u, lekin men bunda hech qanaqa ma’no ko’rmadim)

    • Fotima:

      Zulfiya honimdek shoira bo’lish uchun ulardek hayot kechirish emas. Balki ulardek fikr yuritish kerak deb o’ylayman. Bunga sabab qalam tilga kelishi uchun avvalo ALLOH ko’ngliga qalam sehrini solish kerak.

  17. Mubina:

    Men ham qo’shilaman sherlari juda rohatbaxsh ekan! Tan olmasdan iloj yo’q.

  18. Zulayho:

    Assalomu alaykum. Zulfiyaxonimdek shoira bo’lmagan menimcha! U kishining she’rlariga gap yo’q!

  19. Farangiz Abruyeva:

    Assalomu alaykum. Darhaqiqat, Zulfiyaxonim haqiqiy va beqiyos shoira edilar. Ularning she’rlaridagi har misrada hayot nafasi ufurib turadi. Mazmun mohiyatning qalb tugʻyonidagi navo sadosi ila hamohangligi esa, insonning qalbi ajib tuygʻu va mavzuni anglashga koʻmaklashadi. Xulosa qilib aytganda, ularning she’rlaridan bahor ifori kabi xusunkor jiloning guvohi boʻlish mumkin!

  20. Go'zal:

    Menga Zulfiyaxonim juda ham yoqadi, sherlari ham juda chiroyli va manoli sherlardan biri hisoblanadi, men ham shu inson kabi bo’lishni hohlayman, men Zulfiya nomidagi davlat mukofatini olishni hohlayman.

  21. Marjona:

    Assalomu alaykum. Menga juda ham yoqdi, Zulfiyaxonning she’rlarini chin dildan mazza qilib o’qiyman.

  22. Dinora:

    Men Zulfiyaxonim ijodlaridan koʻp sherlarni oʻqib va yodlab chiqqanman.Juda ham ajoyib she’rlar.

  23. O'zbekoyim:

    Zulfiyaxonim USTOZim judayam ajoyib sherlaringiz sizdan bizga yodgor qolgan, men sizdek oʻzbek shoiralari boʻlganidan yuksak faxrdaman, InshaAlloh sizdek boʻlaman!!! Barcha sherlari yoʻq ekan, mayli shunisiga ham rahmat kattakon 🥰✍🏻🌸

  24. 𝑴𝒂𝒅𝒊𝒏𝒂:

    𝑴𝒂𝒏𝒈𝒂 𝒛𝒖𝒍𝒇𝒊𝒚𝒂𝒉𝒐𝒏𝒊𝒎 𝒔𝒉𝒆𝒓𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒋𝒖𝒅𝒂 𝒚𝒐𝒒𝒂𝒅𝒊 𝒂𝒚𝒏𝒊𝒒𝒔𝒂 «𝒖𝒈’𝒍𝒊𝒎 𝒔𝒊𝒓𝒂 𝒃𝒖𝒍𝒎𝒊𝒅𝒊 𝒖𝒓𝒖𝒔𝒉 » 𝒗𝒂 «𝒉𝒂𝒚𝒐𝒕 𝒗𝒂𝒓𝒂𝒒𝒍𝒂𝒓𝒊» 𝒔𝒉𝒆𝒓𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒚𝒐𝒒𝒂𝒅𝒊 🙂

  25. Durdona:

    Zulfiyaxonim sherlari juda samimiy o’qilishi oson va purmano. sherlarini o’qib olam-olam mano topish mumkin.

  26. Axmedov Shaxbozbek:

    Ha bu she’rlar ko’p kerak bo’ladi, chunki 1-martda Zulfiya Ismoilovnaga atab maktabda kichik tadbir bo’lishi aniq.

  27. Mexrniso:

    Juda manoli gaplar, qaniydi dunyodagi jamiyki insonlar o’qisa edi, hammani fikrlari o’zgarardi.

  28. Safiya:

    Menga Zulfiyaxonimning «Bahor keldi seni so’roqlab» degan she’ri judayam yoqadi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *