Diniy va Islomiy eng sara sherlar to‘plami
Diniy hamda islomiy manoga ega, kattalar va bolalar uchun eng sara sherlar to‘plamini qabul qiling.
Xizmatga ketajakmiz
Ey robbimiz, yaratmishsan dunyoni ikki qilib,
Islomdan boshqasi nedir – hech kim ketmadi bilib…
Orqamizdan baqirsalar, biz ularga bir kulib,
Ularga gul otar-otmas, xizmatga ketajakmiz.
Zakariyo quling kabi arra bilan kessalar
Yoki hazrat Bilol kabi xarsangtosh-la ezsalar
Mayinlarni va tog‘larni to‘siq deya tersalar
Bir turtki ham tegar-tegmas, xizmatga ketajakmiz
Kalomulloh hassasidek dengizlarni burarmiz,
Sening yo‘ling bizga rohat, xoh azobda yurarmiz.
Biz Ibrohim do‘sting kabi Ka’balarni qurarmiz
Namozlar o‘qib-turilmas, xizmatga ketajakmiz
Bu xizmatga tortish uchun pok siynali boylarni
Ekib qurub xonasida ichajakmiz choylarni,
Oltmish kunlik yasharmiz biz o‘ttiz kunlik oylarni
Choylar tugab bitar-bitmas xizmatga ketajakmiz
Dunyo bizni alday olmas, na ribo va na pora,
Desalarki, otang o‘ldi, bu kunlar senga qora
Ko‘z yoshi va duolarla eltib qo‘yib mozora
So‘ngra tuproq tortar-tortmas, xizmatga ketajakmiz
Kechalari do‘stlar bilan choy suhbatin yutibon
Iymon to‘la xurjunlarni yelkalarga ortibon,
Jujug‘imiz so‘rasa gar: Qayga yana otajon?!
Qo‘llaridan o‘par-o‘pmas, xizmatga ketajakmiz
Bu kun mahshar kuni emas, qochmaymiz bu zahmatdan
Alloh uchun Chin soriga yo‘l olgumiz Xirotdan…
«Charchoq»ni va «yetar» so‘zin olib tashlab lug‘atdan
Uch-besh luqma yutar-yutmas, xizmatga ketajakmiz
Insonni yot tutsa agar to‘fon yoki zilzila,
Alloh uchun shu yo‘ldamiz, tayyordirmiz tizila…
Shartlashdikmi, bas, yetadi, aytganmiz-ku «basmala»
Qo‘llar qanot tutar-tutmas, xizmatga ketajakmiz
To‘kib-to‘kib sochajakmiz kimning bor esa nesi
Qadrin topar faqat shunda bu umr sarmoyasi
Olinmoqdan kesilsa gar birimizning nafasi
Sirtimizga otar-otmas, xizmatga ketajakmiz
«La ilaha ila Alloh»ni aytmagan kim bor yana
Ul kimsa iymon bilmagay, qilolmasmiz tantana…
Pora-pora bo‘lsa mayli, bu yo‘lda qay bir tana,
Ul mayitni yuvar-yuvmas xizmatga ketajakmiz.
Yig‘lamaymiz, taqdir deya chidashga o‘rgatildik,
Haq kalomin boshqalardan oz bo‘lsin erta bildik,
Shuning uchun bu xizmatga juda tez, erta keldik,
Nafas rostlab olar-olmas xizmatga ketajakmiz.
Odam nasli qarshi chiqsin parvoyimiz falakdir,
Qarindoshlar, vatandoshlar bu yo‘llarda halakdir.
Qancha zug‘um oshsa, shuncha bizda yaxshi tilakdir
Azobimiz ortar-ortmas xizmatga ketajakmiz.
Bu muqaddas yo‘l erurki, bobolardan meroslar
Bul maskanni obod qilur muhabbat va ixloslar.
Oxir kunda zahmatlardan bo‘lish uchun xaloslar
Uyqulardan turar-turmas xizmatga ketajakmiz.
Dengiz orti, uzoq yurtda kim bilmas din xabarin
Shu joyga ham yetkazarmiz iymon degan javharin
Azonlar-la isloh etib sayyoraning har yerin
Osmonga ko‘z tikar-tikmas, xizmatga ketajakmiz
Ey Robbimiz, biz qullarga atab qo‘y ko‘shk-saroyni,
Seni ko‘rmoq bor-ku axir xuddi ko‘rgandek oyni,
Bizning asli murodimiz yoningda ichmoq choyni
O‘sha kuni yig‘lab-yig‘lab, unutib ming chiroyni
Piyola choy tutar-tutmas, endi ketmayajakmiz…
Xizmatimiz haqin ko‘rib tinmay yig‘layajakmiz!!!
Yo Rasulalloh
Sevgingiz deb maydonga,
Keldim, yo Rosulalloh!
Dardim bilan davronga,
Kirdim, yo Rosulalloh!
Zokirning zikri Yorni,
Tark ettirar ag‘yorni,
Oshiq bo‘lgach Dildorni,
Ko‘rdim, yo Rosulalloh!
Lutf eting Hazrat bizga,
Sizdan saodat bizga,
Jumla muhtojdir Sizga,
Bildim, yo Rosulalloh!
Bosh yalang, yoqa vayron,
Ko‘zim yosh, jigar giryon,
Jonimni Sizga qurbon,
Qildim, yo Rosulalloh!
Hijronda qoldim o‘zim,
Ochilmishdir qalb ko‘zim,
Poyingizga gul yuzim,
Surdim, yo Rosulalloh!
Qalb o‘zgacha kon emish,
Zotida burhon emish,
Mahbubiy mehmon emish,
Tuydim, yo Rosulalloh!
Kim tanisa Rosulullohni!
Farqlash zarur har bir kishiga,
Savob ila zarar, gunohni.
Puxta erur, biling, ishiga,
Kim tanisa Rosulullohni!
Har kim yo‘lda horib toladi,
Oxir kelib qulab qoladi.
Islom yo‘lin bilib oladi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Ibodati bir istirohat,
Ko‘rmas aslo ruhiy talofat.
Ko‘ksin silar haqiqiy rohat,
Kim tanisa Rosulullohni!
Musibatni kim qarshi olar,
Degan savol yangrasa agar,
Musibatni jim qarshi olar,
Kim tanisa Rosulullohni!
Najas hokim etmas didini,
Qo‘rqitolmas ko‘kning tutuni!
To‘ymas hidlab zamin hidini,
Kim tanisa Rosulullohni!
Tushida ham aytar zikrni,
Tark aylamas aslo shukrni.
Tushunadi Abu Bakrni,
Kim tanisa Rosulullohni!
O‘limga tik yura oladi,
Jannatni ham ko‘ra oladi.
Tahajjudga tura oladi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Ko‘z yoshidan tashkil bo‘lar ko‘l,
Chalg‘itolmas biron bitta yo‘l.
Xotiniga ko‘tarolmas qo‘l,
Kim tanisa Rosulullohni!
Yana do‘stlar, nelarni deyin?!
Qiziqtirmas uni so‘m, tiyin!
Ovqat yeydi qo‘shnidan keyin,
Kim tanisa Rosulullohni!
Onasiga tik qarolmaydi,
Otasiga tik borolmaydi,
Ahliga ham o‘shqirolmaydi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Umid qilmay aslo birovdan,
Do‘zax qattiq degay olovdan,
Bilmas nedir qochishlik yovdan,
Kim tanisa Rosulullohni!
Bilishlik-chun xilqat hilmini,
Va eitshga kashf tilsimini,
O‘rganadi dunyo ilmini,
Kim tanisa Rosulullohni!
Obro‘ ila mansab talashmas,
Do‘sti bilan markab talashmas.
Mo‘min bilan mazhab talashmas,
Kim tanisa Rosulullohni!
Har giz ilm tomon otlatar,
Ba’zan majbur kulib dodlatar,
Bolasiga Yosin yodlatar,
Kim tanisa Rosulullohni!
Tillarini tiyib yuradi,
Dinim Deya kuyib yuradi.
Toza kiyim kiyib yuradi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Sahovatdan xulla, to‘n bichar,
Faqirlarga kiyimin yechar.
Shaxsiyatdan din deb voz kechar,
Kim tanisa Rosulullohni!
Din ishiga xodim bo‘ladi,
U o‘lsa gar motam bo‘ladi,
Eng chiroyli odam bo‘ladi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Rizqlarini haloldan terar,
Va uyiga jilmayib kirar.
Salomini birinchi berar,
Kim tanisa Rosulullohni!
Siyrat ila dil topar malham,
Ul zot uyi ma’naviy mahram!
Ozor bermas chumoliga ham,
Kim tanisa Rosulullohni!
Peshonasin shamol ham silar,
Baliqlar ham saodat tilar,
Qalbida ham tahorat qilar,
Kim tanisa Rosulullohni!
Birodar der har bir kishini,
Kulsa oydek ko‘ring tishini!
O‘ngda qilmas chap qo‘l ishini,
Kim tanisa Rosulullohni!
Faqirligi juda ham chiroy,
O‘rtaholi qurmaydi saroy!
Boy bo‘lsa ham eng chiroyli boy,
Kim tanisa Rosulullohni!
Yosh holati ipakdan harir,
Yigitligi vazmin va og‘ir!
Qarisa ham chiroyli qarir,
Kim tanisa Rosulullohni!
Halol yo‘lda horib, tolmaydi,
Haqiqatga indayolmaydi!
Savdo qilsa aldayolmaydi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Qalbi g‘amgin turar kulsa ham,
Irodasi metin so‘lsa ham.
Donishmanddir farrosh bo‘lsa ham,
Kim tanisa Rosulullohni!
Yolg‘ondakam gul tutolmaydi,
Musibatda bol yutolmaydi.
Qiyomatni unutolmaydi
Kim tanisa Rosulullohni!
Tinglab dam olasiz so‘zini,
Shod bo‘lasiz ko‘rib yuzini.
Tanigaydir xullas o‘zini,
Kim tanisa Rosulullohni!
Bizlarni kechiring yo Rosululloh
Ko‘rmayin ergashdik izingiz haqqi.
Jannatda porlagan yuzingiz haqqi.
«Ummatim!» dedingiz so‘zingiz haqqi.
Bizlarni kechiring yo Rosululloh.
Sigaret chekyabmiz musulmonmiz deb.
Aroq ham ichyabmiz musulmonmiz deb.
Faxshni quchyabmiz musulmonmiz deb.
Bizlarni kechiring yo Rosululloh.
Tiniq buloq suvin voh loylayabmiz.
Eh bizlar dunyo deb hech to‘ymayabmiz.
Ochko‘z bo‘lib qoldik yeb to‘ymayabmiz.
Bizlarni kechiring yo Rosululloh.
Mo‘’minmiz deymiz-u qalb ko‘zimiz ko‘r.
Ummatmiz deymiz-u amalimiz g‘o‘r.
Gerdayib yurishda biz hammadan zo‘r.
Bizlarni kechiring yo Rosululloh.
Qalbimiz matohga boylandi bu kun.
Yurakka hasadlar joylandi bu kun.
Dinimiz niqobga aylandi bu kun.
Bizlarni kechiring yo Rosululloh..
Ramazon Hayiti bilan!!! — Yo‘lchi Ro‘ziev she’ri
O‘ttiz kun o‘tib ketdi,
Degaymiz shukur Olloh.
Ollohim mehr eltdi,
Asradi bizni panoh.
Saxovat xayr qilibsiz,
Hayitga do‘st yetibsiz.
Muhtojga qo‘l cho‘zibsiz,
Jannat nurin kutibsiz.
Bu olam hammaniki,
Hayit ma’nosi katta,
E’zozlasa kim uni,
Yetgaydir jannat taxtga.
Ro‘za ezgulik nomi,
Kutdik sahar va Shomni,
Ulug‘laylik bu nomni,
Ro‘za sinar insonni.
Qiblaga yuz burganlar,
Jannat nurin kutganlar,
Mehr-baxtni kutganlar,
Yomonlik unutganlar.
Hayit muborak do‘stlar,
Tabrikka ezgu so‘zlar.
Yozdim men dildan so‘zlar,
Hayit muborak sizlar.
Yo‘lchi yozdi tabrik so‘z,
Qutlaymiz takror biz.
Ko‘raylik Hayitni yuz,
Tabriklaymiz Hayit siz!
Ixlos — Rustam Mubiniy sheri
Taqvodor bir yigit qoldi xilvatda,
Shayton fursatin poylab keldi albatta.
Unga der: «Yoshlikdan boʻlding toatda,
Qani senga barobar kim ibodatda?!
Sajdalar asari — peshonangda nur,
Roʻzang shunchalar koʻpki, sanoq qiynalur.
Qurʼon oʻqib xording-ku, qani endi tur,
Lazzatga boy olamda bir oz umr sur.
Hech nomahram ayolga boqmadi koʻzing,
Umring bekor oʻtmoqda, qiynama oʻzing.
Goʻzallar koʻrsin-da bu nurli yuzing,
Maftun ayla ularni, aytgin bol soʻzing.
Axir oʻylamaysanmi, ne der odamlar?!
Yoshsan, goʻzal hayotga qoʻygin qadamlar.
Bir boqqin, doʻstlaring — gʻamlari kamlar,
Senga ne foyda berdi toatli damlar?!
Roʻzani lozim deb boʻlding-ku soyim.
Endi bemalol degin: «Jannatdir joyim»,
Bilaman gunoh, deb qocharding doim,
Gapirgin qizlarga endi muloyim.
Rohatni nahotki istamaysan hech?
Axir hayot abadiy davom etmaydi.
Oʻynab qol butunlay boʻlmasidan kech,
Qoʻyib tur, namozing qochib ketmaydi.»
Der yigit: «Allohdan tilayman panoh,
Quvilgan Shaytonning yomonligidan.
Vasvasa qiladi meni kelib goh,
Alamda iymonlar omonligidan.
Qoʻrqaman Allohdan, titraydi yurak,
Oʻzimga taqvoning yoʻlin ochaman.
Nechun men gunohga botishim kerak?
Soʻng Robbim qahridan qayga qochaman?!
Odamlar ne desa, desinlar mayli,
Olovda yonaymi ular tufayli?!
Menga keragi faqat Rahmon rizosi,
Axir har bir insonning bordir qazosi.
Mayli qilayin gunoh, boʻlsang gar rostgoʻy
Menga Allohim koʻrmas bir joy topib qoʻy.
Bilaman qoʻlingdan kelmaydi bu ish,
Istamam sen bilan doʻzaxda kuyish.
Bandaga hech qachon aylamasin zor,
Zorlanib insonga toparman ozor.
Menda hammadan buyuk yakka iloh bor,
Faqat Unga oshiqman, qalbim intizor.
Aslo nomahramlarga tashlamam nigoh,
Makringdan Allohim aylasin ogoh.
Ibodatimni doim sanagayman kam,
Dunyoda nafsimdan boʻlmam xotirjam.
Harom narsalaringdan ichib-yemasman,
Men laʼnatilarga oshno emasman,
Paygʻambar, ahli bayt va sahobalar,
Shulardan oʻzgasin ibrat demasman!»
Falastinimga — Rustam Mubiniy sheri
Bedor o‘tmoqda tunlar,
Uyqu kelarmu ko‘zga?
Dardim yo‘qdir shu kunlar
Falastinimdan o‘zga.
Nima qoldi arzonroq,
Musulmonning qonidan?!
Hatto topmay kafan, oq,
Ayrilmoqda jonidan.
Yashayapmiz biz esa,
Beg‘am, yo‘q hech ishimiz.
Dindosh noxaq o‘q yesa,
Bunga befarq kishimiz.
Zulm qilsa iymonsizlar,
Mazlumga qaramaymiz.
Ayting, nahot azizlar,
Duoga yaramaymiz?!
Boshpanasiz, qorni och,
Yahudiylar edi xor.
Bir-biriga dedi: «Qoch!»
Dunyo bo‘lganida tor.
Yevropa sig‘dirmadi,
Azob berdilar faqat.
Qochqinlik et tirnadi,
Qolmaganida toqat.
Axir o‘sha og‘ir dam,
Ular madad kutdilar.
Falastin bersa yordam,
Ko‘p o‘tmay unutdilar.
Yaxshilikka yomonlik,
Deganlari balki shu.
Bermay tinchlik-omonlik,
Qildilar ko‘p tortishuv.
Endi Falastin ahli,
Tinch yashay olmayapti.
Bepoyon o‘lkasidan,
Asar ham qolmayapti.
Azizlarim kelingiz,
Bo‘laylik ko‘p duoda.
Alloh bizni qo‘llasin,
Tinchlik bo‘lsin ziyoda!
Robbim bir soliha nasib et menga
Kalomingni o’qib qoriya bo‘lgan,
Erning moliniyu shanin saqlagan,
Dunyo zinolarga to’lsa boqmaga,
Robbim bir soliha nasib et menga.
Kelsin iymonimni komil qilgani,
Faqat sening uchun meni suygani,
U bilan borardim Jannatga sari,
Robbim bir soliha nasib et menga.
Xursandman birinchi sevmasin meni,
Birinchi sevgisi atalsin senga,
Hatto o’zidan yaxshi tanisin seni,
Robbim bir soliha nasib et menga.
To’rt tomon boqarman har taraf zino,
Hijolatdan yuzlar boqadi yerga,
Bu qalbimga kelsin bo’liblar oro,
Robbim bir soliha nasib et menga.
Dunyo ishlaridan ko’ngillar bezgan,
Qulingman duolar qilaman senga,
Sening rizoying deb taqvoda yurgan,
Robbim bir soliha nasib et menga.
Solih solihalar ko’rmoqlik uchun,
Ummatning safin keng qilmoqlik uchun,
Jannatinga borib yetmoqlik uchun,
Robbim bir soliha nasib et menga.
Bolalik haqida sherlar to‘plami
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni
Besh yosh edim, o‘qimoqchi bo‘ldim namoz,
Sura yodlash masalasi qiynardi biroz.
Shunday qilib o‘tdi qishu, o‘tdi bahor, yoz
Menga erta ekan, deya bo‘ldim benamoz.
Kunlar o‘tdi, qarshiladim o‘nta bahorni,
Ertayu kech cho‘mildik zeriktirmay anhorni.
Joynamozni chetga surib tutdim dutorni,
O‘yin bilan o‘tdi kunim, bo‘ldim benamoz.
Kelib qoldi yigirma yosh bo‘lib mehmon,
Iymon emas qalbda sevgi bo‘ldi sulton,
Yor vasliga yetay, deya sarson sargardon,
Ishq o‘tida kuyib-yonib, bo‘ldim benamoz.
Qirq yoshimni qarshi oldim to‘kib savlat,
Yelib- uchdim to‘play deya molu davlat.
Masjidga yur desa, dedim yo‘qdir fursat,
Bu dunyoni dardida bo‘ldim benamoz.
Oltmish bahor o‘tdi, oltmish kun misol,
Kech angladim, aziz umrim bo‘libdi uvol.
Ibodatga turay desam yo‘qdir majol,
O‘z jonimga jabr aylab bo‘ldim benamoz.
Saksonimda dard to‘shakga qo‘ydi joylab,
Qo‘l oyog‘im qimirlamas yillab, oylab,
Hayhot, o‘lim farishtasi turar poylab,
Ketar bo‘ldim bu dunyodan bo‘lib benamoz..
Bugun hasratdaman, iztirobdaman,
Qabrimda na bo‘y bor, na bordir eni.
Yagona o‘tinchim so‘rayman Sendan
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Umrimni sovurdim yel-shamollarga,
Berildim safsata, xom xayollarga,
Bugun yuzim tutdim ming zavollarga,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Ko‘zimni yaratding, lekin ko‘rmadim,
Haq yo‘lni eshitib, unda yurmadim,
Umrim bo‘yi uxlab, aslo turmadim,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Bugun hayotimning ziyosi so‘nmish,
Qop-qora qarg‘alar qabrimga qo‘nmish,
Tanimni yulajak tikonlar unmish,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Taqvoni egnimga qilayin libos,
Barcha gunohlardan bo‘layin xalos,
Yagona o‘tinchim – Sendan, iltimos,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Ne yo‘qotar edim, qilsam ibodat,
Nahotki, shunchalar bosibdi g‘aflat,
Alam bilan so‘ray faqat va faqat,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Tanimni bir ko‘ring – qop-qora ko‘mir,
Badanim nimtalar qizigan temir,
Oh, afsus, berilmas qaytatdan umr,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Allohim, izn ber, qabrimni o‘yay,
Iymon lazzatini qalbimda tuyay,
Bir bora boshimni sajdaga qo‘yay,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!!!
Qazo qildim
Mol dunyo deb, har kuni,
Ishlayabman kun-tuni,
Afzal bilib uyquni,
Qazo qildim, Bomdodni.
Kiym kiyb kerilib,
G‘ijim bo‘lar deb, ilib,
Yumushlarga berilib,
Qazo qildim, Peshinni.
Vaqti o‘tdi asrni,
Bitqazmadim qasrni,
Ko‘ring, men betasirni,
Qazo qildim, Asrni.
Uyga kelib choy ichib,
Telvizorga, eh ko‘chib
Robbim buyrug‘in kechib,
Qazo qildim, men Shomni.
Nafs havoga to‘lib,
Go‘yo tiriklay o‘lib,
Charchash baxona bo‘lib,
Qazo qildim, Xuftonni.
Tinim bilmay dunyoda,
Amallarim riyoda,
Qildim gunoh ziyoda,
Qazo qildim, Namozni.
Sen notavon gumroh deng,
Benamoz deng…, osiy sen,
Bu xolimdan yig‘lab men,
Tavba qilay endi men.
Bolalar uchun sherlar to‘plami
Jannatgayam yetvolsak kerak
Qalbga iymon urug‘in ekdim,
Yuragimni sug‘ordi Qur’on.
Xotirjamlik ko‘liga cho‘kdim,
Ko‘karganda qalbimda iymon.
Savoblarni sandiqqa soldim,
Yeb qo‘ymasin minnat degan qurt.
Gunoxlarni yodimga oldim,
To kelmasdan maxshar degan yurt.
Ilmim oshno etdim amalga,
Ikkisiga bosh bo‘ldi ixlos.
Namozlarim turdi qamalga,
Buyurtirdim taqvoga libos.
Orzularni xaydab yubordim,
Nafs og‘ziga bog‘ladim zanjir.
Xasadlarni qalbdan qo‘pordim,
Tavakkuldan yasadim xanjar!
Soqchi etdim sabrni dilga,
Qanotdan kiydirdim sovut.
Og‘ir toshlar bostirdim tilga,
Sen xokimsan-dedim, yodda tut!
Kibr bilan xasadni asta,
Xaq tig‘i-la o‘ldirib keldim.
Qo‘rquv dilni aylasa xasta,
Umid bilan to‘ldirib keldim.
Men ibodat yo‘lini tutsam,
Sen iymonni maxkam tut, yurak!
In sha Allox dunyodan o‘tsam,
Jannatgayam yetvolsak kerak!!!
O‘limni eslab turaylik axir
Dunyoga berilib qurdingiz qasr,
Mayli yashangiz yana bir asr.
Abadiy emasdir qurilgan qasr.
O‘limni eslab turaylik axir.
Dunyo siz uchun balkim go‘zaldir.
Molingiz ko‘payib xayot asaldir.
Eslatay sizlarga Jannat afzaldir.
O‘limni eslab turaylik axir.
Nafsni tiyolmay dunyo deb yursak.
Shaytoni ayblab gunoxlar qilsak.
Alloxdan qo‘rqmay yo‘lidan chiqsak.
O‘limni eslab turaylik axir.
Odamlar bor ekan o‘limdan qochar.
Nafsiga berilib dunyo deb ketar.
Baribir ungaxam o‘lim yetar.
O‘limni eslab turaylik axir.
Men qarshi emasman boy bo‘lishga.
Allox bergan rizqni olishga.
Bog‘laning dunyoda xalol topishga.
O‘limni eslab turaylik axir.
O‘limni unutar dunyosi borlar.
Xayotim bir umir abadiy derlar.
Xaromdan topib qo‘rqmasdan yerlar.
O‘limni eslab turaylik axir.
Xar bir nafs o‘limni tortar.
Mo‘minlar dunyodan qiynalmay ketar.
Nafsini tiyganlar abadiy yutar.
O‘limni eslab turaylik axir.
O‘limni eslagan Alloxdan qo‘rqar.
O‘limi kelguncha ibodat qilar.
Alloxni raxmati ularga bo‘lar.
O‘limni eslatib turaylik axir!!!
G’aflatda yotgan jo‘ralar
Ey g’aflatda yotgan jo‘ralar,
Ahvolingiz qandoq so’ralar,
Tinglang sizga hitoblarim bor,
Ey davronni sotgan jo‘ralar.
O’zni ne ne ko‘yga solibsiz,
Ayollardan nusxa olibsiz,
Ordan battar yumshab qolibsiz,
Ey qalqonni sotgan jo‘ralar.
Vaqtingizni zo’r o’ldiryapsiz,
Latifalarla kuydiryapsiz,
Avlodlarga ne qoldiryapsiz,
Ey zamonni sotgan jo‘ralar.
Tilloni zar misga tenglamay,
Naxot ulug’ haqni anglamay,
Uhlamaysiz qo’shiq tinglamay,
Ey qur’onni sotgan jo‘ralar.
Tushunmadim hali yoshmisiz,
Dinsizlarga yo dindoshmisiz,
Yoronlarga qarindoshmisiz,
Ey kamonni sotgan jo‘ralar.
O’lik qalblar hamon yotibdi,
Ammo ko’kda tonglar otibdi,
Uyg’onishning vaqti o’tibdi,
Ey vulqonni sotgan jo‘ralar.
Mayli shu o’y hayolda qoling,
O’rningizdan mayli turvoling,
Jinsingizni o’zgartirvoling,
Ey vijdonni sotgan jo‘ralar.
Bir so’z aytay meni kechiring,
Diningizni darhol ko’chiring,
Ummat degan nomni o’chiring,
Ey iymonni sotgan jo‘ralar.
Kiygan kiyim yopishib tarang,
Tizza yopar qizingiz arang,
Ahlingizning holiga qarang,
Ey imkonni sotgan jo‘ralar.
Qalbingizni aylab mozorlar,
Ruxingizga yetdi ozorlar,
Sizga masjid bo’lmish bozorlar,
Ey irfonni sotgan jo‘ralar.
Vos kechiblar buyuk hizmatdan,
Yuz o’girib ulug’ himmatdan,
So’ralasiz har bir ne’matdan,
Ey insonni sotgan jo‘ralar.
Bu so’z tengdir har bir muqimga,
Musofiru hatto hokimga,
Tayyor turing og’ir hukmga,
Ey farmonni sotkan jo‘ralar.
Moziylardan so’ralar sabo,
Munofiqqa jazodir davo,
Jahannamga aylang marhabo,
Ey bo’stonni sotkan jo‘ralar.
Bu so’zlarga befarq qoling jim,
Istagancha mayli kulingchi,
Jahannamdan chiqib olingchi,
Ey arqonni sotkan jo‘ralar.
Ayting nega ko’ngil adashdi,
Hayolingiz nega ilashdi,
Evaziga qancha to’lashdi,
Ey rizvonni sotkan jo‘ralar,
Ey insonni sotkan jo‘ralar,
Ey qur’onni sotkan jo‘ralar.
Qalbga o‘rang, o‘zbek qizlari
Ro‘molni bozorda sotmay qo‘yishdi,
Izlayman sovg‘aga zarur kezlari.
Yo balki narximi shunchalik oshdi?
Nega o‘ramay qo‘ydi o‘zbek qizlari?
Kattalar hurmatin aytmayin mayli,
Yerga qarashni ham bilmas ko‘zlari,
Saqichin erinmay chaynaydi kulib,
Qayoqqa ketyapti o‘zbek qizlari?
Qayerda yurmasin xayolda serial,
«Upa-elik, kiyim….» — shudir so‘zlari.
Bilimga, ziyoga xattogina sal,
Qiziqmay qo‘yishdi o‘zbek qizlari.
Ters javob qaytarar, neni so‘rsangiz,
Uyatdan qizarmas gulgun yuzlari.
Tarbiya so‘zidan yo‘q biron bir iz,
Shaddodroq chiqdimi o‘zbek qizlari?
Saharlar qo‘ymaydi o‘sma qoshiga,
Hovlidan kelmaydi rayhon islari.
So‘zlari mos emas aslo yoshiga,
Moziyni eslamas o‘zbek qizlari.
Balki tanqidlarim , ranjitdi biroz,
Hurmat etgum, albat qalbning xislarin.
Gaplarim barisin etmang e’tiroz,
Rosti ham bor jindek, o‘zbek qizlari.
Yo‘q, avvali Alloh insofni bersin,
Ko‘zimga surtaman bosgan izlarin.
Hayo, ibo, iffat, odob dunyosin,
Qaytadan zabt etsa o‘zbek qizlari.
Ro‘molni bahona qildim, aslida,
Achchiqroq tuyular do‘stning so‘zlari.
Millatning sha’nini tutmoq vaslida.
Uni qalbga o‘rang, o‘zbek qizlari!!!
Konstitutsiya haqida sherlar to‘plami
Qabrdagi suhbatimdan xavotirman
Shodon demang labim kular dilim vayron,
Amali kam jasadimdan xavotirman,
Jayron kabi jonim uchun xushim hayron,
Qabrdagi suhbatimdan xavotirman.
Tinim bilmay zulm qilar makkora nafs,
Otash sari yetaklaydi hoyu havas,
Savoblarim gunohimga kelgaymi bas,
Kecha-kunduz g‘aflatimdan xavotirman.
Umr shamdek yonib-yonib tugar oxir,
Ikki malak yelkam uzra mudom hozir,
Neki amal qilgan bo‘lsam bari zohir,
Menga bo‘lar savolimdan xavotirman.
Fano ichra intihosin topsa yo‘lim,
Shahodatni aytarmikan sarkash tilim,
Borar joyim bo‘larmikan sokin so‘lim,
Qabr tomon jo‘nashimdan xavotirman…
5 vaqt namoz o‘qing birodar
Alloximni dildan sevsangiz,
Islom dinin Xaq deb bilsangiz,
Sunnatiga amal qilsangiz,
5 vaqt namoz o‘qing birodar.
Yuzim yorug‘ bo‘lsin desangiz,
Qalb iymonga to‘lsin desangiz,
Xaq marxamat qilsin desangiz,
5 vaqt namoz o‘qing birodar.
Xaq jamolin ko‘ray desangiz,
Payg‘ambar-la bo‘lay desangiz,
Jannatlarda yuray desangiz,
5 vaqt namoz o‘qing birodar.
Mevasidan totay desangiz,
Zam-zam suvin ichay desangiz,
Xur qizlar-la bo‘lay desangiz,
5 vaqt namoz o‘qing birodar.
Sinovlarda xormay desangiz,
Cho‘loq bo‘lib bormay desangiz,
Azoblarda qolmay desangiz,
5 vaqt namoz o‘qing birodar.
Alloximdan ajr kutsangiz,
Zora vaqtdan foyda yutsangiz,
Raxmatidan umid etsangiz,
5 vaqt namoz o‘qing birodar.
O‘ng tarozim bossin desangiz,
Savoblarim oshsin desangiz,
Quvonch yoshim oqsin desangiz,
5 vaqt namoz o‘qing birodar.
Umrim zoye etmay desangiz,
Afsuslarda ketmay desangiz,
Alangada yotmay desangiz,
5 vaqt namoz o‘qing birodar.
Oxiratning g‘amin yesangiz,
Savobingiz kamin sezsangiz,
Tilagimga «AMIN» desangiz,
5 vaqt namoz o‘qing birodar…
Bir xabar oling
Oydin kechalarda allalar aytgan,
Bemor bo‘lganizda yonizda turgan,
Bomdod namoziga sizni uyg‘otgan,
Munis onangizdan bir xabar oling!
Shirin taom tayyorlab, tunlari kutgan,
Eng og‘ir damlarda, sizga suyangan,
Shirin so‘zingizdan dardin unutgan,
Singlingiz xolidan bir xabar oling!
Oyog‘ingiz og‘risa boshda ko‘targan,
Xar qanday xolatda sizga ishongan,
Betob bo‘lganizda yoningizda turgan,
Akangiz xolidan bir xabar oling!
Siz uchun jonini jabborga bergan,
Qishda o‘zi kiymay, sizni kiydirgan,
Baxtli bo‘l bolam deb, o‘zin unutgan,
Otangiz xolidan bir xabar oling!
Shunday yashang, xasad emas xavas qilsin,
Yordam bering bir umrga esda qolsin,
Barcha ezgu niyatlarim sizga bo‘lsin,
Mexrga muxtojdan bir xabar oling!
Baxtiyor kunlarni sizga tiladim,
Uzr qalbingizni biroz qiynadim,
Yarador qalbingizga shifo so‘radim,
Qalbi bemorlardan bir xabar oling!
Harflar haqida sherlar to‘plami
Boshimdagi ro‘molim
Meni tushuning ustoz,
Itoatdaman, xolos.
Momolarimdan meros,
Boshimdagi ro‘molim.
Siz cho‘chimang, yeb qo‘ymas,
Yoki sehrlab qo‘ymas,
Oddiy mato, bombamas,
Boshimdagi ro‘molim.
Saqlar meni gunohdan,
Turli shahvat nigohdan,
Qiyomatda do‘zaxdan,
Boshimdagi ro‘molim.
Yech, deb gunohga botmang,
Har kimga meni sotmang,
Iltimos, yulib tortmang,
Boshimdagi ro‘molim.
Forma, deb jar solursiz,
Do‘ppi, deb bosh olursiz.
Biling o‘zizam olursiz,
Boshimdagi ro‘molim.
Sizdagi dinga nafrat,
Kofir qilar xijolat,
Sizlarga degum «Tabbat»
Boshimdagi ro‘molim.
Bir kun siz ham o‘lgaysiz,
Yuzi qaro bo‘lgaysiz.
Hujjat bo‘lur, ko‘rgaysiz,
Boshimdagi ro‘molim.
Alloh bor deydi bilmas kimligin
Shundaylarni ko‘rdim yorug‘ olamda,
Alloh bor deydi bilmas kimligin.
Tunu kun dardlari dunyo yig‘ishda,
Boshqalarni xatto pisand etmaydi.
Erta tong saxarda o‘qilmas namoz,
Xatto juma ga xam boradi arang.
Bilmasmi yo barchasi sinovligini,
Haqni aytsang darrov bo‘ladi garang.
Musulmonman deydi oson tillari,
Dunyo bilan limmolim bo‘lgan qalblari.
Faqat faqat bo‘ladi dunyo so‘zlari,
Mol mulkaan boshqasin ko‘rmas ko‘zlari.
Eh birodar aytay gapning lo‘ndasin,
Bundaylarni oxiri bo‘lmas qissasin.
O‘qisa gar shunday inson sherimni,
Nasixatim sizga chin dildan aytdim.
Alloh bergan vaqt oxir bo‘lmasdan,
To‘ldiring savob ila umir daftarin.
Meni arzon sotmagin, ey do‘st
Ortimdan tosh otmagin, ey do‘st,
Gunohlarga botmagin, ey do‘st.
Qadri baland qadrdonimsan,
Meni arzon sotmagin, ey do‘st!
Nahot o‘tda kuydi diyonat,
Nahot do‘sting bo‘ldi hiyonat.
Qiyomatlik do‘stim, qiyomat!
Meni arzon sotmagin, ey do‘st!
Jismi jonim tortib ozorga,
Nega solding meni bozorga.
Tiriklayin elting mozorga,
Meni arzon sotmagin, ey do‘st!
Erkak bo‘lib, o‘tgay mard kishi,
Do‘st sha’nini asrash tashvishi.
Bunday savdo pastlarning ishi,
Meni arzon sotmagin, ey do‘st!
Ortingdan tosh otgan yo‘q edim,
Kim tosh otsa unga o‘q edim.
Sen borsan deb ko‘ngli to‘q edim.
Meni arzon sotmagin, ey do‘st!
Bugun senga shaytonlar jo‘ra,
Tenging topding ko‘nglingga ko‘ra.
Avval mendan narximni so‘ra,
Meni arzon sotmagin, ey do‘st!
Raqamlar haqida sherlar to‘plami
Allohimni seving faqat
Xaqdan kelgan muxabbatning davosi yo‘q,
Iloxiy ishq sotilmaydi savdosi yo‘q,
Xaq sevgisi yuraklarni aylasin cho‘g‘,
Allohimni seving faqat Allohimni…
Duosi bor daraxtlarin soyasida,
Mehri bisyor har maysayu poyasida,
Tun ibodat qilar Oyning ziyosida
Allohimni seving faqat Allohimni…
Bahorlari kelsa gulu ifori bor,
Yozda quyosh nurlarida tumori bor,
Kuzagin ham o‘zgacha bir xumori bor,
Allohimni seving faqat Allohimni.
Subhidamdan salom aytar sabolari,
Asli Arshdan kelsa azon sadolari.
Ibodatin aylab bo‘ling fidolari.
Allohimni seving faqat Allohimni…
Xar bandaning tuz namagin o‘lchovi bor,
Har bandani siylaguvchi parvardigor,
Bizni sevib bu olamni etdi nisor.
Allohimni seving faqat Allohimni…
Qiblagohim desangiz ham otangizni,
Farishtam deb suysangiz ham onangizni.
Jondan ortiq ko‘rsangiz ham bolangizni,
Allohimni seving faqat Allohimni…
Dil bandidan in’om etar dilbandingiz,
Diyonatla kamol topsin farzandingiz,
Qancha shirin bo‘lsa hamki payvandingiz.
Allohimni seving faqat Allohimni…
Qo‘shganini qo‘sh qaritsin parvardigor,
Yaratgandan ikrom erur iymonli yor.
Yorga mehr bersangiz ham bisyor — bisyor
Allohimni seving faqat Allohimni…
Xaqdan kelgan muxabbatning davosi yo‘q,
Iloxiy ishq sotilmaydi savdosi yo‘q,
Xaq sevgisi yuraklarni aylasin cho‘g‘,
Allohimni seving faqat Allohimni…
Bomdotlarni qazo qilganlar
Tura oldilar uyqudan qolib,
Qiyomatni jazo bilganlar.
Yig’lasinlar dod faryod solib,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Go‘yo kesib tomirlarini,
Unutib Haq amrlarini.
Yeb qo‘ydilar umrlarini,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Yo‘l adashgan oqil so‘qirlar,
Endi qanday sabab to‘qirlar.
Peshinlarni yig’lab o‘qirlar,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Gar his qilsak ko‘rmog’i mavlo,
Yotolmasdik qiliblar yallo.
Tatimagay uyqusi aslo,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Oz rohatlik uyqu qurboni,
Endi honiy bo‘lmas Qur’oni.
Ahvoli ne uyg’ongan oni,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Ketkazolmas ko‘ngildan dog’in,
Unutolmas namoz firog’in.
Haq deb bilar ayol quchog’in,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Bu nafratga men xam arziyman,
Qachon nafsim g’amini yeyman.
Shu on o‘lib qolmasin diyman,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Xitobim shu ketar onlarim,
Xazillashmang qadirdonlarim.
To‘rt mahallik namozhonlarim,
Bomdotlarni qazo qilganlar…
Kim ne qilsa qaytadi ishon
Kimdir seni nochor deb bilsa,
Xandon otib ustingdan kulsa,
Tinch kuningni g‘alvali qilsa.
Sen indama sabrdan nishon,
Kim ne qilsa qaytadi ishon.
Tuxmat toshlar otsa yana kim
Siring bilib sotsa yana kim,
dilga og‘ir botsa to‘xta jim.
Sen indama sabrdan nishon,
Kim ne qilsa qaytadi ishon.
Dil bersangda dil qolsa kuyib
U o‘zgani tanlasa suyib.
Bir kun qaytsa mexringni to‘yib
Sen indama sabrdan nishon,
Kim ne qilsa qaytadi ishon.
Tuzing totib tupurib ketsa
Bor yo‘g‘ingni supurib ketsa.
Tig‘ qadalib suyakka yetsa.
Sen indama sabrdan nishon,
Kim ne qilsa qaytadi ishon.
Tan olmasa yaxshi ishingni
Kilib yursa g‘iybat mishingni
Sindirsa xam urib tishingni.
Sen indama sabrdan nishon,
Kim ne qilsa qaytadi ishon.
Sen bandasan xatolar bisyor.
Birda quyosh birda yog‘ar qor,
Dil qanchalar cheksa xam ozor.
Sen indama sabrdan nishon,
Kim ne qilsa qaytadi ishon.
Dunyo asli yaralgan bir kam,
Yomon kular, yaxshi ko‘zi nam,
Ular senga nima qilsa ham.
Sen indama sabrdan nishon,
Kim ne qilsa qaytadi ishon.
Alisher Navoiy ruboiylari to‘plami
G’animatsan, ibodat qil
Mol dunyoga ko’ngil berma, omonat.
Umring bo’yi quraverma imorat.
Barchasining hisobi bor, qiyomat.
G’animatsan, ibodat qil, ibodat.
Davlat bersa, miskinlarga nazar qil.
Harom-harish kelsa, undan hazar qil.
Umring tugar, borar joying mozor, bil.
G’animatsan, ibodat qil, ibodat.
Musofirsan, joning tanda omonat.
Oxiratda yashay desang farog’at.
Bu damlarni g’animat bil, g’animat.
G’animatsan, ibodat qil, ibodat.
Jannat yuzin ko’ray desang, kamtar bo’l.
Takabburlar Alloh sari topmast yo’l.
Najot senga ibodatdan, qilgil mo’l.
G’animatsan, ibodat qil, ibodat.
Raddiya
Ne bo‘ldi bizlarga ayting brodar,
Kanday zamonlarda turibmiz axir.
Musulmonlar xar joyda bo‘lib darbadar,
Go‘yo munofiqqa aylandik bizlar.
Ximoya qilmasak Rasulullohni (s.a.v),
Nima dep aytamiz biz badbaxtlarni.
Xatto qolmadimi iymonni qadri,
Faqat boo‘lib koldi dunyoni dardi.
Kim u lanati dinin sotkanlar,
Ikki dunyo xor bo‘lgur Shayton farzandlar.
Kimligin bilmasdan otmagin toshlar,
Xali kun keladi qon boo‘lib oqadi yoshlar.
Ey iflos lanati najas murtatlar,
Uch kunlik xayotga ishonma buncha.
Xali kun Maxsharda yig‘ilar xamma,
Javob berasanlar xamma aytilgan so‘zga.
Allohim bizlarga Umarlar bergin,
Ey Roxman bizlarga rijollar bergin.
Alloh o‘zing ularga kifoya bo‘lgin,
Allohim ularni xidoyat qilgin.
sherlar juda tasirli va chiroyli olloh panohida asrasin hammamizni omin
Shahina assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan xursandmiz. Ilohim aytganingiz kelsin.
Sherlar uchun raxmat, Ollohim ikki dunyo saodatini bersin!
Assalomu alayko’m. Ilohim aytganingiz kelsin!!!
Alloh hammamizni oʻz panohida asrasin omin…
Assalomu alaykum menga sherlar juda ham yoqdi Alloh sizdan rozi bulsin
Shohsanam assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy va ezgu tilaklaringiz uchun tashakkur. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Assalomu aleykum sherlar juda ajoyip menga hammasi yoqdi rahmat maʼnoli va tasirli sherlari rossa kop
Sherlar juda xam chiroyli lekin men ozimni ismimga wer topa olmadim
Assalomu aleykum. Menga sherlar juda yoqdi, sherlar juda tasirli chiqibdi, ayniqsa «Bir xabar oling» sheri va «Boshimdagi ro’molim» sheri, raxmat.
Zaynab
sherlar ajoyib chiqqab Alloh hammangizni panohida asrasin
Avvalam bor Assalamu alekum sizga raxmat juda chiroli sherlariz uchun odamni kõziga yosh keltiradi juda ham tasirli sherlar ekan. olloh sizdan rozi bõlsin inshaolloh omin.
Assalomu alayko’m. Menga olloh haqida yozilgan sherlar yoqdi. Judayam yaxshi. Olloh rozi bo’lsin rahmat.
Diniy va islomiy sherlar menga juda yoqadi. Juda ham manoli. Saytingizga omat tilayman!
«Kim tanisa Rasulullohni» sheri manga va onamga yoqdi, raxmat kottokon, sherlaringiz ma’noli ekan.
Menga hamma she’rlar juda yoqdi, rahmat kottakon, Alloh hammamizdan rozi bo’lsin!
Assalomu alayko’m. Raxmat juda xam chiroyli sherlar ekan. Omad tilayman sizlarga!
«Boshimdagi ro’molim» deb nomlangan sher juda zo’r sher ekan!
Menga ham shu sher yoqdi. «Boshimdagi ro’molim» sheri. Omadingizni bersin Ilohim.
Islomiy sherlar juda yaxshi va manoli ekan. Yana shunaqa sherlardan chiqarasizlar degan umiddaman.
Islomiy sherlarni eng zo’rlari jam bo’lgan ekan, menga juda yoqdi, barchaga kattakon raxmat.
Sherlar juda zo’r ekan, yana juda manoliham ekan, yana yangisidan bo’lishini hohlaymiz.
Xiyonat xaqidayam sherlar bormi? Oldida guldek ayoli bo’la turib o’zgadan baxt istaganlar haqida tasirli sherlar yozing iltimos.
O’z qurgan uymizi Opa-ukalar uy-joy talashvoti, lekin Olloh uchun jimmiz. Yer talashib gunoh qmili dep. Shunga mos sher bormi?
She’rlar juda yoqdi. Do’st haqida ko’proq she’rlar yozing iltimos!
Mashaallah ko’z teymasin, she’rlarni kim yozgan bo’lsa ham qo’llari dard ko’rmasin.
Juda Manoli va qalblarni titratuvchi sherlar, juda yoqda sizlarga kattakon rahmat.
Ustoz haqida sher jo’natvoring, ertaga tanlov bo’ladi, ustoz haqida sher jo’natvoring.
Assalomu aleyko’m menga bu yerdagi barcha sherlar yoqdi. Hammasi juda tasirli.
Menga juda yoqadi islomiy va diniy sherlar.
MaShaa Alloh juda ma’noli she’rlar, Alloh rozi bo‘lsin Ilohim sizlardan.
Alloh rozi bo’lsin. Bu she’rlarning mualliflaridan rozilik so’ramoqchi edim. Bu she’rlarni audo shaklida sahifamga joylayapman…
Assalomu aleykum. Juda chiroyli va tasirli sherlar ekan.
Sherlar rosayam yoqdi, Alloh sizdan rozi bo’lsin, ko’p-ko’p yozavering.
Assalomu alayko’m barchaga. Men 15-raqamdagi Sherni yodladim, juda zo’r sher ekan, menga yoqdi 😍
Ha juda ham to’g’ri. Men bu she’rni qo’shig’ini eshitgan edim 😊 Qo’shiq muallifi Jaloliddin Ahmadaliyev ❤
Yaqinda uylanmoqchiman, bizlargaham Alloh soliha qizlardan nasib qilsin ilohim.
Assalomu alayko’m, Alloh rozi bo’lsin sizlardan, sherlaringiz tasirli ekan, o’qib ko’zimga yosh keldi. Achchiq haqiqatli sherlar ekan, raxmat sizga, Alloh rozi bo’lsin.
Assalomu alayko’m. Juda ham zo’r, manoli sherlar ekan, menga juda yoqdi, o’qib mazza qildim, ilohim hammamizni Olloh o’z panohida asrasin, Omin.
Assalomu aleyko’m aziz do’stlar! She’rlarni mazza qilib o’qidim, juda ta’sirli va juda chiroyli, Olloh rozi bo’lsin.
Sher juda ham yoqdi, Ollohim barchamizni jannatga qabul qilishlikni nasib aylasin, Omin!
Assalomu alayko’m va rahmatullohu va barakatuh, boshlagan ishinglarni Alloh o’zi ilgari qilsin, Alloh rozi bo’lsin. Menga ko’proq Marhabo Karimovani she’rlari yoqadi. O’zilarni ehtiyot qililar, men sizlarni Alloh uchun yaxshi ko’raman!
Assalomu alaykum. Menga barcha she’rlar yoqdi. Juda ham ta’sirli va ALLOHNI TANITGUVCHI she’rlar ekan. Katta rahmat. Alloh sizlardan rozi bo’lsin.
Juda ta’sirli she’rlar ekan, hamma fikrlar uchun rahmat, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
Assalomu alayko’m. Sherlar uchun raxmat. Alloh barchangizdan rozi bo’lsin.
Assalamu aleykum. Menga sherlar juda yoqdi, Olloh hammamizga jannatda qasir qurgan bo’lsin 🤲