Hindiston haqida siz bilmaydigan 50 qiziqarli fakt

Hindistonga tushib qolgan odam ushbu mamlakatning sirli va mo‘jizakor muhitiga sho‘ng‘ib, dunyodagi barcha narsani unutadi.

Shu boisdan Hindiston haqida eng qiziqarli faktlardan 50 tasini havola etamiz.

Hindiston haqida 50 fakt
  1. Hindiston dunyodagi eng ko‘p tilli halq hisoblanadi, u yerda 400 dan ortiq tilda gaplashishadi.

2. Hindistonda tez-tez qo‘l ushlashib yuradigan erkaklarni uchratish mumkin. Bu hech qanday yomon ma’noni bildirmaydi, faqat yaqin do‘stlikni bildiradi.

Odam (inson) haqida qiziqarli faktlar

3. Ko‘pchilik Hindiston aholisini faqat hindular tashkil etadi deb o‘ylashadi. Bu noto‘g‘ri, Hindistonda musulmon, xristyan, va boshqa din vakillari yashaydi.

4. Hindiston aholisining uchdan bir qismi vegetarianlar, ular hatto tuxum ham yeyishmaydi. Ular uchun alohida mashhur restoranlar bor.

5. Hindistonda sigirlar muqaddas hayvon xisoblanadi. Shuning uchun ular shahar ko‘chalarida bemalol sayr qilib yurishadi.

6. Ba’zida hindlar «Ha» so‘zi o‘rniga boshini yon tomonga silkitishadi. Chet elliklar buni tushunmay inkor ma’nosida qabul qilishlari mumkin.

7. Hindiston ko‘chalarida mashinalar, motosikllar, piyodalar, aravalar va sigirlar birdek aralashib yuraveradi. Chet elliklar uchun bu bir qarashda tartibsizlikday ko‘rinadi, lekin ular o‘rtasida aytib bo‘lmaydigan bir kelishuv bor va hech qachon harakat tirbandligi kelib chiqmaydi.

8. Agar siz Hindistonda avtobusga chiqib qolsangiz, tayyor turing, sizning avtobusingiz yo siz tushadigan bekatda to‘xtamaydi,  yoki ko‘chani o‘rtasida to‘xtaydi, ba’zida bekatga 100 metr qolganda to‘xtaydi, yana avtobusdan sakrab tushishingizga to‘g‘ri keladi. Bu yerdagi avtobuslar harakatida o‘ziga xos qoidalar bor, buni faqat hindlar tushunadi.

9. Hindistonda eng mashxur transport bu motosikl va mopedlar. Ular Hindistonning gavjum ko‘chalariga juda mos keladi. Yana bunday transportlarni sotib olish va sotish juda oson, xatto chet elliklar uchun ham. Boshqarish uchun ham hech qanday haydovchilik guvohnomasi kerak bo‘lmaydi.

10. Hindistonda sayohat qilish uchun eng qulay va arzon transport – bu poezd. Faqat poezdda o‘tirib butun mamlakat go‘zalligini tomosha qilib ketish mumkin.

To‘ti qush haqida qiziqarli faktlar

11. Hindistonda eng arzon poezd chiptalari sotiladi va bunday chiptalar uchun joy ajratilmaydi. Natijada vagonga nechta odam sig‘sa shuncha odam minib ketaveradi. Odam ko‘payib ketgan vaqtda, poezd tomida ham ketaverishadi. Chet ellik sayyohlar ham hohlasa bunday «attraksionni» his qilib ko‘rishlari mumkin.

12. Hindistonda achchiq taomlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Sizga ham juda achchiq taomlarni tortiq qilishadi, yana yoniga chili qalampirini ham qo‘shib berishadi. Hindlar achchiq taomlarni juda oson tanavvul qiladilar. Bunga bolaligidan o‘rganishgan.

13. Hindiston aholisi soni jihatidan dunyo bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turadi.  Aholi soni 1 milliard 200 million kishini tashkil qiladi.

14. Hindlar chet elliklarni yaxshi ko‘rishadi. Siz bilan tanishishga va sur’atga tushishga harakat qilishadi.

15. Hindiston ko‘chalari toza bo‘lmaydi, ular ko‘chalar tozaliliga unchalik e’tibor berishmaydi. Lekin shunga qaramay o‘z uylarini toza va ozoda saqlashadi.

16. Hindiston eng ko‘p millatli mamlakat xisoblanadi, unda  400 dan ortiq etnik guruhlar yashaydi.

17. Hindistonda diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish narxi, sayyohlar va mahalliy aholi uchun 10-15 baravar farq qiladi. Masalan Tojmaxalni tomosha qilish narxi mahalliy aholi uchun 10 rupiy bo‘lsa, sayyohlar uchun 750 rupiy.

18. Hindistonda yiliga 1000 ta film ishlab chiqariladi.

19. Hindlar qo‘shiq aytish va raqsga tushishni juda yaxshi ko‘rishadi. Shuning uchun ham filmlari qo‘shiq va raqssiz  bo‘lmaydi.

Qushlar haqida qiziqarli faktlar

20. Hind kalendarida 6 ta mavsum bor. Bahor, yoz, yomg‘ir mavsumi, kuz, qish, erta bahor.

21. Mumbay shahri eng boy, shu bilan birga eng kambag‘al shahar hisoblanadi. Mamlakatni hech qayerida bunday yarqiragan, osmono‘par binolarni va butun bir qashshoqlar mahallasini topa olmaysiz.

22. Shampun birinchi bo‘lib Hindistonda o‘ylab topilgan. Shampun so‘zi sanskritcha «champu» so‘zidan olingan bo‘lib, massaj qilmoq manosini bildiradi.

23. Hindiston dunyo bo‘yicha (AQSH dan keyin) ingliz tilida so‘zlashuvchilar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.

24. Alkagol va sigaret mahsulotlari faqat mahsus do‘konlarda sotiladi.

25. Hindistonda eng mashxur taksi bu riksha, mahalliy aholi uni tuk-tuk deb ataydi. Riksha Hindistonning tor va gavjum ko‘chalarida yurishga juda mos keladi va ularni hamma joydan topsa bo‘ladi.

26. Hindistonda 300 000 ta masjid xisobga olingan.

27. Xozir biz ishlatayotgan raqamlar Hindistonda kashf qilingan. 0 tushunchasi ham Hindistonda o‘ylab topilgan.

28. Hindistonda arzon mehmonhonalar juda ko‘p. Xatto sayohatchilar eng ko‘p keladigan shaharlarda ham arzon mehmonhona topsa bo‘ladi. Ba’zi shaharlarda atigi 500 rupiyga (8 dollarga) hamma qulayliklarga ega, zo‘r xona ijaraga olish mumkin.

Informatika va kompyuter haqida qiziqarli faktlar

29. Hindistonda vaqt mintaqalar aro bo‘linmagan. Butun shaxar bir vaqtda (soat) yashaydilar.

30. Qadimda Hindistonda svastika belgisi — hayot, baxt, va farovonlik ramzi bo‘lib kelgan. Hozir ham svastika tasvirini Hindiston ko‘chalarining hamma joyida ko‘rish mumkin.

31. Hindiston qonuniga ko‘ra 5000 rupiydan ko‘p bo‘lgan milliy valyutani mamlakatdan olib chiqish taqiqlangan.

32. Sharqiy Bengaliya qonuniga ko‘ra har bir sigirning shaxsiy guvohnomasi va sur’ ati bo‘lishi kerak.

33. Dunyodagi  70% ziravorlar Hindistondan eksport qilinadi.

34. Hindiston aholisi Janubiy va Shimoliy Amerikanikidan ko‘proq.

35. Hindistondagi GoAir aviakompaniyasi faqat ayollarni ishga oladi. Chunki ayollar erkaklarga qaraganda tejamkor bo‘lishini hisobga olishadi va yiliga bir necha million dollarlik yoqilg‘ini tejashadi.

36. 2050 yilga borib Hindiston aholisi soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

37. Dunyodagi barcha oltinlarning  11% iga Hindistonlik ayollar egalik qilishadi. Bu AQSH, Shveysariya va Germaniya oltin zahiralaridan ham ko‘proq degani.

38. Hindistonlik 70% yoshlar kelishuv asosida turmush qurishni ma‘qul ko‘rishadi.

39. Hindiston so‘zi Hind deb nomlangan ko‘l nomidan kelib chiqqan.

40. Shaxmat eramizning 5-6 asrlarida Hindistonda o‘ylab topilgan.

Dunyodagi eng qiziqarli faktlar

41. Hindiston 17-asrdagi Britaniya istilosidan oldin, dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri bo‘lgan.

42. Xindiston dunyodagi 90 dan ortiq mamlakatning dasturiy ta‘minotchisi hisoblanadi.

43. Yoga – Hindiston madaniyatida 5000 yillik tarixga ega.

44. 100 million yil avval Hindiston o‘zi bir orol bo‘lgan, keyin yevrosiyo materigi bilan to‘qnashishi natijasida Himolay tog‘ini xosil qilgan.

45. Hindiston harbiy qo‘shini soni jihatidan, dunyo bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. (AQSH va Xitoydan keyin)

46. Hindistondagi muqaddas Varanasi shahri dunyodagi eng qadimiy shaharlardan hisoblanadi. Uning yoshi 3000 yilga teng.

47. Hindistonda juda katta daromadli tabaqalar, ya’ni bir millonga yaqin millionerlar yashaydi, shu bilan birga 35% aholi kuniga 2 dollardan kam pul topib yashaydi.

Afsonaviy izquvar: Puaro rolini ijro qilgan aktyor Devid Sushe haqida 7 fakt

48. Hindistonning rasmiy nomi, ko‘pgina hind tillarida Bharat deb nomlanadi.

49. Hindiston prezidenti faqat vakil vazifasini bajaradi, davlat boshqaruvida deyarli ishtirok etmaydi. Aslida davlatni Bosh vazir boshqaradi.

50. Hindistonning mashxur kurort zonasi  Goa – 1961 yilgacha Portugaliyaga tegishli bo‘lgan.

  1. Criton:

    Hindiston haqidaga ushbu qiziqarli malumotlar va faktlar haqiqatdanham juda ajoyib ekan.

  2. Mehribon:

    Zo’r hindiston haqida malumotlarni bilib oldim!

  3. Foydalanuvchi:

    Zo’r ekan, Hindiston haqida ancha malumotlarni bilib oldim. Sizlarga kattakon rahmat.

  4. Feruzaxon:

    Judayam ajoyib maʼlumotlar berilgan ekan. Koʻp malumotlar oldim.

  5. Gulasal:

    Ishlaringga omad, bundanda qiziqarli ma’lumotlar yozaveringlar, menga juda yoqdi.

    • Dilnura:

      Judayam qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan ekan. Menga juda yoqdi.

  6. Foydalanuvchi:

    Hind dunyosiga oid juda yaxshi fakt va malumotlar bor ekan. Juda zo’r ekan.

  7. Nilufar:

    Juda zo’r malumotlar ekan, mazza qilib o’qidim, katta raxmat sizlarga.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *