Asalari haqida siz bilmagan 14 qiziqarli malumot

Asalarilar ari va chumolilarning qarindoshlari hisoblanadi, ular Antarktidadan tashqari barcha qit’alarda yashaydilar. Asalarilarning 21 mingga yaqin turi va 520 avlodi mavjud.

Ular oqsil va boshqa oziq moddalarni olish uchun nektar va polen bilan oziqlanadi. Asalarilar ekotizimda muhim rol o‘ynaydi, ular gulli o‘simliklarni changlatadilar.

Asalari haqida 14 qiziqarli malumot
Asalari haqida siz bilmagan 14 qiziqarli malumot

1 — Dunyo bo‘ylab changlatuvchi hasharotlar ichida eng  ko‘pi asalarilardir. Shu sababli, asalarilar oziq-ovqat ekinlarini changlatish borasida juda muhimdir. Biz istemol qilayotgan ovqatlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i asalarilarning changlantirishiga bog‘liq.

2 — Malika asalari vafot etgan taqdirda, yangi ochilgan lichinkalar orasidan yangi malika saylanadi. Saylangandan keyin malika “Royal Jelly” (Shohona jele) deb nomlangan maxsus ovqat bilan oziqlanadi. Bu yosh lichinkaning unumdor malikaga aylanishiga imkon beradi.

Burun shakli inson fel atvoridan so‘zlaydi

3 — Asalarilar uyalarda yoki koloniyalarda yashaydilar. Malika uyani boshqaradi. Qolgan asalarilar ishchilar va haramlarga bo‘linadi. Malikaning ishi yangi uyani tashkil qiladigan katta miqdordagi tuxum qo‘yishdir. Ishchi asalarilar urg‘ochi asalarilardan tashkil topgan bo‘ladi. Ularning vazifasi polen va nektar to‘plash, uyani qurish va zararkunandalardan ximoya qilishdir. Haram erkaklardan iborat va ularning vazifasi yangi malikaga juftlik qilishdir.

4 — Shoxona jele – bu hazm qilingan polen, nektar, asalni birlashtirib oladigan sut moddasi. Malika hayoti davomida faqat jele bilan oziqlanadi.

5 — Asalarilar, aksariyat boshqa hasharotlar singari, 300 dan 600 nanometrgacha ko‘rishlari mumkin. Bu degani, ular qizil tusni ko‘ra olmaydilar. Ammo ular ultrabinafsha spektrida odamlar uchun mavjud bo‘lmagan narsalarni ko‘rishlari mumkin. Asalarilar quyuq va och ranglarni ajrata oladilar.

6 — 1 litr asal olish uchun asalarilar ikki milliondan ortiq gullardan nektar yig‘ishlari kerak bo‘ladi.

7 — Asalarilarning ikkita qorni bor, biri ovqat uchun, ikkinchisi gullardan yig‘ilgan nektarni uyaga yetkazish uchun kerak.

Zakovat savollari javoblari bilan

8 — Ikkita ko‘zdan tashqari, asalari boshining tepasida yana uchta qora nuqta ko‘rinadi. Ular narsalarning shaklini ko‘ra olmaydi, lekin ular yorug‘likni aks ettiradi. Shunday qilib ari unga biron bir joydan xavf yaqinlashayotganini sezishi mumkin. Ikkala oddiy ko‘zlar, mayda linzalardan iborat bo‘lib, asalariga keng tasvirni ko‘rsatadi.

9 — O‘layotgan arini gulga qo‘yish kerak. Yoki oq shakarni suv bilan 50:50 nisbatda aralashtirib, asalariga keltiring. Ushbu aralashma asalariga energiya beradi, uni uglevodlar bilan ta’minlaydi va xayotga qaytaradi.

10 — Asalarilarning qovurg‘alariga biriktirilgan ikkita qanot to‘plami mavjud. Old qanotlari orqa qanotlariga qaraganda ancha katta. Asalari ikkala qanot to‘plamini birlashtirishi va kerak bo‘lmaganda orqa qanotlarini ochib olishlari mumkin.

11 — Sovuq mavsumda asalarilar 9 oygacha yashashi mumkin. Biroq yozgi mavsumlarda asalarilar kamdan-kam hollarda 42 kundan ko‘proq umr ko‘rishadi. Ko‘pincha nektarlarni yig‘ishdek mashaqqatli ishi tufayli ular oldinroq vafot etishadi.

Kelajakka tayyorlanish uchun bosish kerak bo‘lgan 10 qadam

12 — Asalari zahari tarkibida melittin bo‘lib, OIVning oldini oladi. Olimlar asalari zahari asosida gellar yaratish yo‘lidalar.

13 — Revmatoid artrid sabab bo‘lgan qo‘llarning egriligi va deformatsiyasini asalari chaqishi bilan davolash mumkin. Asalari zahari molekulalari inson organizmidagi  glukokortikoid miqdorini oshiradi. Yallig‘lanishga qarshi gormonga glukokortikoid deyiladi.

14 — Uyaning malikasi eng uzoq, besh yildan ko‘proq yashaydi. Yoz oylarida u kuniga 2000 dona tuxum qo‘yishga qodir.

  1. Foydalanuvchi:

    Barchaga salom. Asalari haqida juda zo’r malumot ekan. Manga yoqdi katta rahmat sizlarga.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m. Samimiy fikringiz uchun tashakkurlar aytamiz. Sizni kelgusida yana web saytimizda kutib qolamiz.

  2. Shahlo:

    Asalarilar haqida juda qiziqarli ma’lumotlar uchun rahmat.

  3. Sumayya:

    Judayam foydali ma’lumotlani oldim, yanada ko’pro ma’lumotlar berib borsangiz, oldindan rahmat.

  4. Guli:

    Men uchun juda foydali bo’ldi… Albatta arilar bilan fizik bog’liqliklar haqida ham ma’lumotlar qo’shishingizni so’rab qolardim… Maqola ajoyib 🥰

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *