Burun shakli inson fel atvoridan so‘zlaydi
Ko‘pchiligimiz fiziognomiya fani haqida eshitganmiz. Bu anatomiya va psihologiya orasidagi fandir. Bu fan odamning tashqi ko‘rinishiga qarab, fel atvorini aniqlab beradi.
Burnimiz biz haqimizda nima der ekan? Keling buni chuqurroq ko‘rib chiqamiz.
Albatta insonning burun tuzilishi turlichadir. Biz bu yerda bir necha holatlarni ko‘rib chiqamiz.
Arksimon burun
Biroz bukikroq, o‘tkirroq uchli burun – bunday burunga ega insonlar o‘ziga xos fel atvorli, hamda tashkilotchilik qobiliyatiga ham egadirlar. Ular juda masuliyatli odamlardir. Bunday odamga, xar qanday vaziyatda suyanish mumkin.
Ilmoqsimon burun
Bunday tuzilishdagi burun, qush uyasini eslatadi. Bunday burunli odamlar, o‘zining izlanuvchanligi va kashfiyotchiligi bilan ajralib turadi. Ular aqlli, istedodli va o‘z ishiga puxta odamlardir.
Zakovat savollari javoblari bilan
Grekcha burun (to‘g‘ri ingichka)
To‘g‘ri ingichka burun soxiblari, juda sinchkov, tejamkor odamlardir. Ular sodiq va ishonchli do‘st bo‘ladi. Do‘st tanlashda juda sinchkov bo‘lishadi.
Nubiyancha burun (uzun burun)
Uzun va pasti ingichkalashgan burun. Bunday burunli odamlar jamoatchi, kirishuvchan va do‘stlar davrasini hush ko‘radilar. Ular yangilikka intiluvchan va qiziquvchan insonlardir.
Qiyshiq burun
Bunday burunga ega insonlar – rahmdil va mehribon bo‘lishadi. Xar qanday vaziyatda yordam qo‘lini cho‘za oladilar. Ular ajoyib suhbatdoshdir. Shu bilan birga boshqalarni ham diqqat bilan tinglab, maslahatlar bera oladilar.
Kelajakka tayyorlanish uchun bosish kerak bo‘lgan 10 qadam
Bukrisi bor burun
Bunday burun, egasining saxovatli, qo‘li ochiq inson ekanligiga guvohlik beradi. Lekin ularning kamchiligi ham yo‘q emas. Gap shundaki ular qattiq tasirchan bo‘lishadi. Birgina ehtiyotsizlik bilan gapirilgan gap ularni juda xafa qilib qo‘yishi mumkin.
To‘g‘ri burun
To‘g‘ri burun sohiblari, hayotda faol va qiziqqon tabiatli odamlardir. Ular kuchli fel atvorga ega bo‘lishadi, hayot qiyinchiliklarini oson yenga oladilar, boshqalarning gap so‘zlariga etibor bermay, faqat olg‘a intiladilar.
Tugmacha burun
Ular g‘aroyib tabiatli, uzoq rejalashtirishlarni yomon ko‘radigan, tavakkalchi odamlardir. Lekin bu tavakkalchilik bilan hayotda bemisl muvaffaqiyatlarga erishishlari ham hech gap emas.
Kutilmagan bashorat: 11 yoshli qizning 1969 yilda yozgan xati topildi
Xulosa
Mana siz bilan shunday ajoyib misollarni ko‘rib chiqdik. Bu o‘ziga xos test sizga, odamlarni tashqi ko‘rinishiga qarab osongina, fel atvorini bilib olish imkonini beradi.
MENGA YOQDI
Menga yoqdi ko’proq testlar kamentariyaga qo’yizla zo’r.
Ajoyib, ma’lumotlar bilan tanishdim rahmat, yanada ko’proq shunga o’xshash maqolalar bo’lsa nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.