Muvaffaqiyatga erishishda sizga xalaqit beradigan inson o‘zingiz

Jamiyat ham, davlat ham, boshqa birov ham emas. So‘zsiz, ayrimlarning imkoniyatlari ko‘proq, masalan, o‘ziga to‘q ota-onalarning farzandlarida. Biroq hech narsaga qaramay, har qanday inson o‘z maqsadiga erishishi mumkin. Buning uchun sizga olg‘a harakat qilish imkoniyatini bermayotgan fikrlardan xalos bo‘lish lozim.

muvaffaqiyatga erishishga halaqit beradi

Sizni maqsadingizga eltuvchi 5 ta oltin qoida

Oliy ma’lumotga ega bo‘lishim kerak

«Muvaffaqiyatli bo‘lishim uchun oliy ma’lumotga ega bo‘lishim kerak» Yo‘q. Orzuingizdagi hujjat biror kishi uchun kuniga 8 soat ishlashni istayotgan bo‘lsangizgina kerak bo‘ladi. Agar o‘z ishingizni ochsangiz, o‘z-o‘zingizga xo‘jayin bo‘lasiz.

Oliy ma’lumotsiz ham biznes qurish mumkin. Facebook asoschisi Mark Sukerbergni yodga oling. U eng mashhur ijtimoiy tarmoqni yaratish uchun Garvardni tashlab ketgan. U o‘zi sevgan va qo‘lidan kelgan ish bilan shug‘ullangan.

Bu esa unga katta boylik orttirishda qo‘l keldi. Universitet avtomatik tarzda aqlliroq bo‘lib qolishni kafolatlamaydi. Mustaqil o‘qib-o‘rganish ko‘pincha ancha samarali.

Vaqtim yo‘q

Muvaffaqiyatsizlikni shu tarzda oqlashadi

«Vaqtim yo‘q» — Insonlar o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ko‘pincha ana shu tarzda oqlashadi. Bir daqiqa ham bo‘sh vaqti bo‘lmagan odamni izlab topish mushkul bo‘lsa kerak. Kompyuter o‘yinlarini o‘ynash yoki yangiliklar lentasini ko‘zdan kechirish o‘rniga o‘zingiz sevgan ish bilan shug‘ullaning.

Sevimli mashg‘ulotingiz muvaffaqiyatli biznesga aylanishi mumkin. Albatta, ba’zida dangasalik ustunlik qiladi. Biroq maqsad sari mayda qadamlar bilan harakat qilsangiz, oxir-oqibat qat’iyatliligingiz uchun mukofotga ega bo‘lasiz.

Siz komfort zonani zudlik bilan tark etishingiz kerak

Yoshim o‘tib qoldi

Miyangiz hali ham ishlamoqda. Hali ham vaqtingiz bor. Tirik ekansiz, istagan narsangizga erishishingiz mumkin. O‘qish-o‘rganishning kechi yo‘q. Hatto 20 yoshdan ancha katta bo‘lsangiz ham bu qo‘l qovushtirib o‘tirish uchun bahona bo‘lolmaydi.

Nimadan boshlashni bilmayman

Boshlash doim og‘ir. Tashabbus ko‘rsating. Foydali ma’lumotni izlashni boshlamasangiz, biror yangi narsa o‘rganolmaysiz. Yordam so‘rab kasbining ustalariga murojaat qiling.

Sayohatdagi eng murakkab ish – uydan chiqib olish. Bor-yo‘g‘i boshlang. Keyin esa qo‘rquvlaringizni yuzingizda tabassum bilan yodga olasiz.

  1. Nuriniso:

    Juda zo’r hammasi to’g’ri. Ko’proq bunaqa narsalarni tashlanglar.

  2. Sevinch:

    Muvaffaqiyatga erishish yo’lida bosilishi kerak bo’lgan qadamlar mardonavor bo’lmog’i lozim. Qolaversa hayotdan olingan haqiqatlar bilan yozilgan
    maqolalarni ko’payishini xohlayman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *